{"id":12404,"date":"2021-12-12T14:22:44","date_gmt":"2021-12-12T11:22:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12404"},"modified":"2021-12-12T14:22:45","modified_gmt":"2021-12-12T11:22:45","slug":"zarbdor-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zarbdor-tumani\/","title":{"rendered":"ZARBDOR TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>ZARBDOR TUMANI &#8212; Jizzax viloyatidagi tuman. 1979 yil 4 dekabrda tashkil etilgan. Shimoli sharqda Sirdaryo viloyati, g\u2019arbda Jizzax tumani, sharqda Yangiobod tumani, Janubda Zomin tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,51 ming kilometr kvadrat. Aholisi 45,7 ming kishi (2000). Zarbdor tumanida 5 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Adirobod, Andijon, lalmikor, Sharq yulduzi, Yangikent) va 2 shaharcha (Bo&#8217;ston, Zarbdor) bor. Markazi \u2014 Zarbdor shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi Mirzacho&#8217;lning Janubda joylashgan. Relyefi asosan tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -4\u00b0, -6\u00b0, iyulniki 28-30\u00b0. Yiliga 300 \u2014 350 millimetr yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 205-210 kun. Tuprog&#8217;i bo&#8217;z, qo&#8217;ng&#8217;ir tuproq. Yer osti suvlari yuza, sho&#8217;r. Tuman hududida kanallari bor. Oqova sho&#8217;r suvlarni qochirish uchun ariq va zovurlar qazilgan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan yantoq, sho&#8217;ra, shuvoq, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, qiyoq, qamish, yulg&#8217;un, oqbosh, ituzum, tol, jiyda o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabo&#8217;ri, kalamush, toshbaqa, ilon, kaltakesak, yovvoyi parrandalardan o&#8217;rdak, tustovuq, qirg&#8217;ovul, kalxat, chug&#8217;urchiq, qarg&#8217;a, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, mayna yashaydi. Aholisi, asosan o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, ukrain, qirg&#8217;iz, turkman, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga 89 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Qishloq aholisi 27,8 ming kishi, shaharliklar 17,9 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Qishloq xo\u2019jaligida paxtachilik, g&#8217;allachilik asosiy o&#8217;rinni egallaydi. 13 ta shirkat xo&#8217;jaligi mavjud. Jami qishloq xo\u2019jalik yerlari 34,5 ming gektar, shu jumladan sug&#8217;oriladigan yerlar 32,8 ming gektar, lalmi yerlar 430 gektar. Tumandagi barcha toifadagi xo&#8217;jaliklarda 12 mingdan ziyod qoramol, 14 mingdan ortiq qo&#8217;y echki, 370 tacha ot bor. 325 dehqon xo&#8217;jaligi bo&#8217;lib, 13,7 ming gektar yer ajratilgan. Tumanda Zarbdor un kombinati, 20 kichik, 20 xususiy korxona, 4 savdo tashkiloti, maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari mavjud. Tumanda 12 umumiy ta&#8217;lim maktabi (12,4 ming o&#8217;quvchi), &#171;Oqbuloq&#187; folklor etnografik guruhi, 230 o&#8217;rinli kasalxona, 8 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq vrachlik punkti, 8 feldsherakusherlik punkti, 2 poliklinika, 8 dorixona bor. Zarbdor\u2014Guliston, Zarbdor\u2014Toshkent, Zarbdor\u2014Samarqand va boshqa yo&#8217;nalishlar bo&#8217;yicha shaharlararo avtobus va taksi qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. &#171;Zarbdor&#187; tuman gazeta 1000 nusxada nashr etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZARBDOR TUMANI &#8212; Jizzax viloyatidagi tuman. 1979 yil 4 dekabrda tashkil etilgan. Shimoli sharqda Sirdaryo viloyati, g\u2019arbda Jizzax tumani, sharqda Yangiobod tumani, Janubda Zomin tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,51 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zarbdor-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12404","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12404","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12404"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12404\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12409,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12404\/revisions\/12409"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12404"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12404"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12404"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}