{"id":12433,"date":"2021-12-13T10:29:10","date_gmt":"2021-12-13T07:29:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12433"},"modified":"2021-12-13T10:29:11","modified_gmt":"2021-12-13T07:29:11","slug":"zardusht","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zardusht\/","title":{"rendered":"ZARDUSHT"},"content":{"rendered":"\n<p>ZARDUSHT, Zaratushtra (Avesto tili bo&#8217;yicha), Zoroastr (Yunoncha) (miloddan avvalgi taxminan 618, Xorazm \u2014 miloddan avvalgi 554, Balx)\u2014 zardushtiylik asoschisi; Movarounnahr, Xuroson va Eron xalqlarining birinchi voizi, shoir, din peshvosi; payg&#8217;ambar. Zardusht Spitama urug&#8217;ining raisi Purushasp xonadonida tug&#8217;ilgan. Onasining nomi Dug&#8217;dova. Zardusht 15 yoshgacha zamonasining donishmandi Barzin kuras qo&#8217;lida diniy qonunlar, tabiatshunoslik, voizlik, kalomi badi&#8217; fanlari bo&#8217;yicha ta&#8217;lim oladi, harbiy hunarlarni egallaydi. 16 yoshida Turon \u2014 Eron jangida ishtirok etadi. O&#8217;z qavm va qabilalari peshqadam vakillarining ko&#8217;pxudolik udumlariga qarshi harakatiga qo&#8217;shildi va 19 yoshida yakka Tangrini kashf etish umidida Sablon tog&#8217;iga chiqib ketadi. 20 yil g&#8217;orda yashaydi. Rivoyatlarga ko&#8217;ra, Zardusht Navro&#8217;z kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik \u2014 &#171;Hum&#187; tayyorlashga kirishgan. Erta tongda u daryodan suv olish uchun qirg&#8217;oqqa tushgan. Suv olib bo&#8217;lgach, ko&#8217;ziga qirg&#8217;oqda turgan porloq xilqat \u2014 &#171;Vohumana&#187; ko&#8217;rinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, u ezgu va ulug&#8217; Xudo Ahuramazda huzuriga boradi. Ahuramazda o&#8217;zining butun borliqni yaratgan Xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi (bu vaqtda u 40 yoshga to&#8217;lgan edi). Shu kundan boshlab Zardusht zardushtiylik dinining payg&#8217;ambariga aylanadi. &#171;Gatlar&#187; deb atalgan, qo&#8217;shiq qilib aytishga mo&#8217;ljallangan she&#8217;rlar yaratadi. So&#8217;ngra shaharu qishloq kezib, yakka Tangri g&#8217;oyasini targ&#8217;ib etadi, tarafdorlar orttiradi. Bundan xavfsiragan Turon shohi Arjasp Zardushtni dorga osish haqida farmon chiqaradi. Zardusht 300 maslakdoshi bilan Balxga, so&#8217;ng Seyistonga qochib ketadi. Shimoliy Eronda zardushtiylik diniga asos soladi. Zardusht Eron shohi Gushtasp qabulida bo&#8217;lib, uni va donishmand vaziri Jomaspni yakka Tangri Ahuramazda haqidagi ta&#8217;limotiga ishontiradi. Shundan so&#8217;ng, Gushtasp farmoniga ko&#8217;ra, Eron xududida zardushtiylik dini joriy etiladi. Buni eshitgan Arjasp Gushtaspga Zardushtni hibsga olib huzuriga jo&#8217;natish haqida talabnoma yuboradi. Gushtasp bu talabni rad etadi. Arjasp 300 ming lashkar bilan Eronga hujum qilib, Balx, Seyiston, Bexruz shaharlarini vayron qiladi. Gushtaspning 4 o&#8217;g&#8217;lini jangda o&#8217;ldiradi, keksayib qolgan otasi Luxraspni qatl etib, Gushtaspning o&#8217;g&#8217;li Isfandiyorni zindonband qilib, ko&#8217;p o&#8217;lja bilan qaytadi. Arjaspning ikkinchi hujumi paytida zindondan qochgan Isfandiyor mudofaa janglarini yaxshi uyushtirib, g&#8217;animlarni tormor etadi. Natijada turonliklar ham zardushtiylik dinini qabul qiladilar. Gushtasp farmoniga ko&#8217;ra, shahar va qishloqlarda yangi ibodatxona \u2014 otashkadalar qurila boshlanadi. Zardusht Balxda qurilgan shunday otashkadaning ochilishida ishtirok etadi va ibodat paytida ko&#8217;pxudolik tarafdori Bratarvaxsh tomonidan chavokdab o&#8217;ldiriladi. Zardushtning Istavatr, Uruvatr, Puruchitra ismli o&#8217;g&#8217;illari, Frini, Trini, Puruchisto ismli qizlari bo&#8217;lgan. Zardusht o&#8217;z ta&#8217;limotini \u2014 Avestoda bayon etadi. Tilshunoslik ma&#8217;lumotlari va kitob mazmuni Avestoning faqat ayrim qismi taxminan bir vaqtda yozilganligini ko&#8217;rsatadi. Ad.: Mokavelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960; Meri Boys, Zoroastriysi, M., 1988; Homidov H., &#171;Shohnoma&#187;ning shuhrati, T., 1991. Hamidjon Homidiy.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZARDUSHT, Zaratushtra (Avesto tili bo&#8217;yicha), Zoroastr (Yunoncha) (miloddan avvalgi taxminan 618, Xorazm \u2014 miloddan avvalgi 554, Balx)\u2014 zardushtiylik asoschisi; Movarounnahr, Xuroson va Eron xalqlarining birinchi voizi, shoir, din peshvosi; payg&#8217;ambar. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zardusht\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12433","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12433","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12433"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12433\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12441,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12433\/revisions\/12441"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12433"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12433"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12433"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}