{"id":124355,"date":"2024-05-16T19:42:45","date_gmt":"2024-05-16T16:42:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124355"},"modified":"2024-05-16T19:42:49","modified_gmt":"2024-05-16T16:42:49","slug":"said-ahmad","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/said-ahmad\/","title":{"rendered":"Said Ahmad"},"content":{"rendered":"\n<p>Said Ahmad (taxallusi; asl ism-sharifi Husanxo&#8217;jaev Saidahmad) (1920.10.6, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O&#8217;zbekiston Qahramoni (1999). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent ras- somlik bilim yurtida, Toshkent pedago- gika in-tida o&#8217;qigan (1940-43). &#171;Mush- tum&#187; jur. (1938-39; 1955-57), &#171;yosh leninchi&#187; gaz. (1940-41), O&#8217;zbekiston radioqo&#8217;mitasi (1941 \u2014 43)da, &#171;qizil O&#8217;zbekiston&#187; gaz. (1943\u2014 47) va &#171;Sharq yulduzi&#187; (1948 \u2014 50; 1957-59) jur.da adabiy xodim. Birinchi hikoyalar to&#8217;plami \u2014 &#171;Tortiq&#187; (1940). &#171;Er yurak&#187; (1942), &#171;Farg&#8217;ona hikoyalari&#187; (1948), &#171;cho&#8217;l burgu- ti&#187; (1960), &#171;cho&#8217;l oqshomlari&#187;, &#171;odam va bo&#8217;ron&#187; to&#8217;plamlariga kirgan hikoyalarida zamondoshlarining murakkab taqdiri, ruhiy kechinmalari ehtiros b-n aks et- tirilgan. S.A. o&#8217;z hikoyalarida Oybek- ning psixologik tasvir mahorati, G&#8217;afur G&#8217;ulomning yumori, Abdulla Qahhor bayo- nidagi lakonizmdan o&#8217;rganishga intilgan va ular ijodi S.A.ning yozuvchi bo&#8217;lib eti- shishida &#171;darslik&#187; vazifasini o&#8217;tagan. Ayni paytda u hajvchi, yumorist sifati- da tanilgan. Ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. Romanlarida ham yumoristik yo&#8217;nalish muhim o&#8217;rin tutadi. Uning yumoristik mahorati &#171;Kelinlar qo&#8217;zg&#8217;oloni&#187; (1976), &#171;kuyov&#187; (1986) kome- diyalarida yorqin namoyon bo&#8217;lgan. &#171;Ke- linlar qo&#8217;zg&#8217;oloni&#187;dagi xalqona yumor b-n yo&#8217;g&#8217;rilgan Farmon Bibi millat men- talitetini, o&#8217;zligini, kuchli va ojiz jihatlarini o&#8217;zida mujassamlashtirgan betakror obraz darajasiga ko&#8217;tarilgan. &#171;Ufq&#187; trilogiyasi (1964-74), &#171;jim- jitlik&#187; romani (1988) adib ijodida alohida o&#8217;rin tutadi. &#171;Ufq&#187; romani 20- a. millat hayotining o&#8217;n yillik davri \u2014 2-jahon urushi, urush va urushdan keyin- gi yillar voqealarini o&#8217;z ichiga oladi. Trilogiyada o&#8217;sha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar ko&#8217;ksidagi armonlar, shu musibatlarni engishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi iste&#8217;dodiga xos ehtiros, zo&#8217;r Ilhom b-n aks ettirilgan. Asarda Ikrom- jon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy ob- razlar yaratilgan. &#171;Jimjitlik&#187; Roma- nida esa sirtdan tinch, sokin ko&#8217;ringan sho&#8217;ro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati b-n ko&#8217;rsatilgan. Asardagi deyarli barcha etakchi personajlar fojeiy qismat ega- laridir. Roman o&#8217;zining asov, &#171;bebosh&#187; ifoda tarzi b-n jozibalidir. S.A. istiqlol yillarida ham hayotdagi o&#8217;zgarishlar haqida ko&#8217;plab maqola, badialar yozdi, avvalgidek quvnoq yumoristik, jo&#8217;shqin lirik hikoyalar yaratdi. &#171;Xandon pista&#187; (1994), &#171;Bir o&#8217;pichning bahosi&#187; (1995) hajviy to&#8217;plamlari, &#171;Yo&#8217;qotganlarim va top- ganlarim&#187; (1998), &#171;Qorako&#8217;z Majnun&#187; (2001), &#171;Kiprikda qolgan tong&#187; (2003) kitoblari, 3 jildli &#171;tanlangan asarla- ri&#187; (2000) chop etildi. &#171;Yo&#8217;qotganlarim va topganlarim&#187;da G&#8217;afur G&#8217;ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Saida Zunnunova va b. bir qator zabardast o&#8217;zbek yozuvchi va shoirlarining jonli qiyofasini badiiy bo&#8217;yoqlarda ifodalab berdi. Istiqlol tu- fayli odamlar qismati va ruhiyatidagi evrilishlar haqida bahs etuvchi &#171;Qorako&#8217;z Majnun&#187;, &#171;ot bilan suhbat&#187;, &#171;Azroil o&#8217;tgan yo&#8217;llarda&#187; hikoyalari, qatag&#8217;on dav &#8212; ri xotiralari b-n bog&#8217;liq &#171;borsa kelmas darvozasi&#187;, &#171;taqdir, taqdir&#8230;&#187;, &#171;Oftob oyim&#187; hikoyalari, adibning o&#8217;zi yaqindan muloqotda bo&#8217;lgan ustoz adiblar, teng- doshlari, shogirdlari va, nihoyat, o&#8217;z hayot va ijod yo&#8217;li haqidagi xotiraessela- ri mustaqillik davri o&#8217;zbek adabiyoti- da muhim hodisa bo&#8217;ddi. S.A.gagina xos nozik kuzatishlar, erkin, asov bir ruh, ham hazin, ham nurli, pokiza tuyg&#8217;ular, beg&#8217;ubor hazilmutoibalar b-n yo&#8217;g&#8217;rilgan xotiraesselar bu janrning zamonaviy o&#8217;zbek adabiyotidagi eng yaxshi namunala- ri qatorida turadi. Feleton janrida xam samarali ijod qilgan. 1947 y. &#171;xalq dushmani&#187; sifatida hibsga olingan. Sta- Lin vafotidan so&#8217;ng oqlangan. &#171;Kelinlar qo&#8217;zg&#8217;oloni&#187;, &#171;kuyov&#187; komediyalari hoz. O&#8217;zbek milliy akademik teatrida, &#171;Ke- linlar qo&#8217;zg&#8217;oloni&#187; dunyoning ko&#8217;plab mam- lakatlarida sahnalashtirilgan. &#171;Ufq&#187; asari asosida dramalar, &#171;O&#8217;zbekfilm&#187; kinostudiyasida &#171;muhabbat mojarosi&#187; filmi (1970) va b. yaratilgan. &#171;Do&#8217;stlik&#187; (1996), &#171;Buyuk xizmatlari uchun&#187; (1997) ordenlari b-n mukofotlangan. Ac: Ufq, T., 1976; Saylanma [3 j.li], 1982; tanlangan asarlar [3 j.li], T., 2000; Qorako&#8217;z Majnun, T., 2001; kiprik- da qolgan tong, T., 2003. Ad.: Normatov U., Sayd Ahmad [Ada- biy portret], T., 1971; G&#8217;afurov I., Pro- zaning shoiri, T., 1984. Umarali Normatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Said Ahmad (taxallusi; asl ism-sharifi Husanxo&#8217;jaev Saidahmad) (1920.10.6, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O&#8217;zbekiston Qahramoni (1999). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent ras- somlik bilim yurtida, Toshkent pedago- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/said-ahmad\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124355","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124355","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124355"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124355\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124362,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124355\/revisions\/124362"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124355"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124355"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124355"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}