{"id":12436,"date":"2021-12-13T10:30:30","date_gmt":"2021-12-13T07:30:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12436"},"modified":"2021-12-13T10:30:31","modified_gmt":"2021-12-13T07:30:31","slug":"zardozlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zardozlik\/","title":{"rendered":"ZARDO&#8217;ZLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>ZARDO&#8217;ZLIK \u2014 bezak san&#8217;ati turi; amaliy san&#8217;atning zar (tilla va kumush suvi yuritilgan) ip, nozik sim, ipak bilan kashta tikib bezak yaratadigan sohasi. To&#8217;rtburchak chambarakka (korcho&#8217;pga) o&#8217;rnatilgan Baxmal, shoyi, movut, charm va boshqa matolarga zardo&#8217;zi usulida kashta (gul, naqsh, tasvir) tikiladi. Kashtada ba&#8217;zan metall, tosh, shisha munchoklar ham ishlatiladi, turli matolar (Baxmal, shoyi va boshqalar) dan quroq qilinadi. Oldindan tayyorlangan (rassomlar tomonidan yaratilgan mujassamot nusxasi kuchirilgan) axta qog&#8217;ozlardan keng foydalaniladi. Matoga mustahkamlangan (tikilgan yoki yopishtirilgan) axta qog&#8217;oz zar ip bilan bir tomon &#8212; Lama qoplab tikiladi (mustahkamlovchi chok uchun zar ipga mos rangdagi ipdan foydalaniladi), natijada naqshgul yuzasi zar iplar bilan qoplanadi, matoning teskarisida naqshgul shakligina hosil bo&#8217;ladi. Zardo&#8217;zlar bezak yaratishda bir necha usulni qo&#8217;llaydilar: zardo&#8217;zi zamindo&#8217;zi va zardo&#8217;zi guldo&#8217;zi, shuningdek, birishimdo&#8217;zi (ipak ishlatilganda), pulakdo&#8217;zi (tugmasimon metall yaproqchalar qo&#8217;llanganda) va boshqalar. Mustahkamlovchi va tahrir choklarning bir necha xilini mohirona qo&#8217;llanilishi hamda ularning naqsh mujassamoti bilan uyg&#8217;unlashuvi zardo&#8217;zi buyumlarga joziba va nafosat baxsh etadi; ularning badiiy qimmati naqsh mujassamoti, xom ashyosi, tikilishi hamda zardo&#8217;z ustaning did va mahoratiga bog&#8217;liq. Naqsh mujassamotida keng tarqalgan an&#8217;ana Zardo&#8217;zlik badiiy hunarmandlik turi sifatida yaqin va O&#8217;rta Sharqda keng tarqalgan. Asosan, binolar ichini bezaydigan buyumlar, ayollarning bayram liboslari Zardo&#8217;zlik bilan tayyorlangan. Arxeologik topilmalar, tarixiy qo&#8217;lyozmalar O&#8217;rta Osiyo xalqlari orasida zardo&#8217;zi kiyim va badiiy buyumlar tikish qadimdan rivojlanganligini ko&#8217;rsatadi. Ispan elchisi Klavixo uz esdaliklarida Zardo&#8217;zlik usulida tikilgan ko&#8217;rpato&#8217;shaklar, ipak matoga zar taqilgan qimmatbaho darpardalar va chodirlar haqida, erkak va ayollarning zar ipda tikilgan kiyimlari haqida zavq bilan yozadi. Abdurazzoq Samarqandiy o&#8217;zining &#171;Hindiston safarnomasi&#187; risolasida Shohrux (1442) Hindistonning Kalkutta viloyati hukmdori huzuriga yuborgan elchilari orqali unga zardo&#8217;zi do&#8217;ppi sovg&#8217;a qilgani qayd etilgan. Vosifiy o&#8217;zining risolalarida Zardo&#8217;zlik kasbi to&#8217;g&#8217;risida so&#8217;z yuritgan. Darqaqiqat, 15\u201418 asrlarda Buxoro, Samarqand, Hirotda Zardo&#8217;zlik yuksak pog&#8217;onaga ko&#8217;tarilgan. Uning 19 asrdagi taraqqiyoti Buxoro bilan bog&#8217;liq. Buxoroda saqlanib kelayotgan Zardo&#8217;zlik kasbi uzoq davr mobaynida sayqal topib, takomillasha borgan. Zardo&#8217;zlik bilan, asosan, erkaklar shug&#8217;ullangan (hozir ayollar orasida ham keng tarqalgan), ular ustaxonalarga uyushib ishlashgan. 19 asr o&#8217;rtalari 20 asr boshlarida yaratilgan zardo&#8217;zi buyumlar (to&#8217;n, kamzul, chakmon, chalvor, poyabzal, belbog&#8217;, salla, kuloh va Jul kabi) ning deyarli barchasi Amir va uning oilasi, saroy a&#8217;yonlari uchun tayyorlangan, qisman badavlat xonadonlar buyurtmalari ham bajarilgan. 19 asr 30\u2014 60 yillarida Zardo&#8217;zlikda aks ettirilgan mujassamotlar qanchalik oddiy bo&#8217;lsa, kashta \u2014 gullar ham shunchalik ravon va jozibador bo&#8217;lgan. 19 asr 70\u201480 yillarida zar ip yoki zar aralashtirib eshilgan ipak ip (pushti, to&#8217;q qizil, moviy, yashil) dan foydalanilgan. Zardo&#8217;zlikning zardo&#8217;zi biri shimdo&#8217;zi nomli o&#8217;ziga xos turi shu davrga xosdir. 1893 yildan zar iplarning yangi navlari ko&#8217;p miqdorda ishlab chiqarilib, ular rangli ipak iplarni siqib chiqardi va umumiy tikish uslubini ham tubdan o&#8217;zgartirib yubordi. 1890\u2014 1900 yillardagi Zardo&#8217;zlik zargarona o&#8217;ta nozikligi bilan ajralib turadi. Turli ko&#8217;rinishdagi bo&#8217;rtma girixlar, yulduzchalar va shunga o&#8217;xshagan boshqa bezaklar buyumga o&#8217;zgacha zeb berib turgan, ayniqsa, davqur mujassamoti alohida o&#8217;rin tutgan. 20 asr 20 yillarida barcha amaliy buyumlarning turlari o&#8217;zgardi, avvalgi hashamdor buyumlar o&#8217;rnini nafis ishlangan, davr talabiga mos buyumlar egalladi, naqsh mujassamoti soddalashtirildi, an&#8217;anaviy naqshlar davr ruhini ifoda etuvchi shakllar bilan boyitildi. Zardo&#8217;zlar ayollarning bayram liboslari (ko&#8217;ylak, nimcha, do&#8217;ppi, kamar, kavush, sumkacha), an&#8217;anaviy buyumlar, erkaklar uchun sovg&#8217;a to&#8217;nlar, do&#8217;ppilar tayyorlay boshladilar. 40-50 yillar boshida mahobatli zardo&#8217;zi namoyonlar yaratish sezilarli darajada rivojlandi. Dastlabki yirik ish Navoiy teatri uchun tikilgan zardo&#8217;zi parda bo&#8217;ldi (1947, A. Shchusev chizgisi, hajmi 7&#215;27 metr). Rassomlarning amaliy san&#8217;at ustalari bilan hamkorligi hamda ijodiy izlanishlar natijasida yangi mujassamotli mayda buyumlar, badiiy jihatdan qimmatli namoyonlar yaratildi va yaratilmoqda: &#171;Kitoba&#187; (1952, N. Ami &#8212; Nov chizgisi), &#171;Paxta&#187; (1955, M. Prutskaya chizgisi), &#171;Bayram&#187; (1959, V. Stolyarov va M. Ahmedova chizgisi), &#171;Girih&#187; (1962, V. Stolyarov chizgisi), Alisher Navoiyning 525 yilligiga (1968) va boshqalarga bagishlangan namoyonlar Zardo&#8217;zlikning katta yutug&#8217;i bo&#8217;ldi. 90 yillarga kelib Zardo&#8217;zlik qayta tiklandi. Buxoro, Andijon, Namangan, Fargona, Toshkent, Samarqand, Urgut, Qarshi, Jizzax shaharlari, Surxondaryo viloyati zamonaviy Zardo&#8217;zlik san&#8217;atining markazlari hisoblanib, zardo&#8217;z ustalar (N. Aminov, B. Jumayev, S. Akbarova, T. Sodiqova, G. Bozorova, G. Pirimqulova, M. Habibova, G. Nurtoyeva, M. Muhiddinova, D. Tosheva va boshqalar) chopon, do&#8217;ppi, nimcha kabi liboslar katorida mavzuli namoyonlar, teatr pardalari hamda sovg&#8217;a buyumlar, ignadonlar, ko&#8217;zoynak g&#8217;ilofi, upaelik sumkachalarini Zardo&#8217;zlik usullarida bezatishni rivojlantirdilar. B. Jumayev rafiqasi M. Jumayeva bilan birgalikda Buxoro zardo&#8217;zlik san&#8217;ati maktabini tiklash va rivojlantirish maqsadida markaz tashkil qildi (1995). B. Jumayevning &#171;Bahouddin Naqshbandiy&#187; (1997), &#171;Buxoroyi Sharif&#187; (1997), &#171;Qo&#8217;shtovus&#187; (1998), &#171;Gultuvak&#187; (1998), &#171;Alisher Navoiy&#187; (1998) mavzularidagi devoriy namoyonlarining yuqori darajadagi texnik ijrosi hamda muallifning o&#8217;ziga xos uslubi va badiiy an&#8217;analarning uyg&#8217;unlashganligi bilan ajralib turadi. Ustalar va rassomlar yaratayotgan yirik mavzuli zardo&#8217;zi buyumlar respublika va chet mamlakatlar ko&#8217;rgazmalarida namoyish etilmoqda, muzeylarida saqlanmoqda. Ad: Sidorenko A. I., Artikov A. R., Radjabov R. R., Zolotoye shityo Buxari, T., 1984. Sayyora Mahkamova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZARDO&#8217;ZLIK \u2014 bezak san&#8217;ati turi; amaliy san&#8217;atning zar (tilla va kumush suvi yuritilgan) ip, nozik sim, ipak bilan kashta tikib bezak yaratadigan sohasi. To&#8217;rtburchak chambarakka (korcho&#8217;pga) o&#8217;rnatilgan Baxmal, shoyi, movut, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zardozlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12436","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12436","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12436"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12436\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12444,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12436\/revisions\/12444"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12436"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12436"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12436"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}