{"id":124382,"date":"2024-05-16T19:50:36","date_gmt":"2024-05-16T16:50:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124382"},"modified":"2024-05-16T19:50:39","modified_gmt":"2024-05-16T16:50:39","slug":"soch-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/soch-2\/","title":{"rendered":"Soch"},"content":{"rendered":"\n<p>Soch (mo&#8217;y, tuk, jun) \u2014 odamning bosh terisidan o&#8217;sadigan ipsimon shox unum. S. mayin, dag&#8217;al, jingalak bo&#8217;ladi. S.ning teri ustidagi qismi tola, teri ostidagi qismi esa iddiz deyiladi. S. iddizi S. xaltachasida joylashgan. Xaltachaga atro- fidagi yog bezlarining yo&#8217;li ochiladi. Xaltachaning ichki qinida S. piyozchasi va so&#8217;rg&#8217;ichi joylashgan. S. so&#8217;rg&#8217;ichida qon to- mirlar va nervlar bo&#8217;ladi. S, asosan, azot va oltingugurtga boy oqsilli shox modda \u2014 keratindan tashkil toptan. S. rangi kora, malla, okish bo&#8217;ladi, bu, asosan, soch- dagi pigmentlar miqdoriga bog&#8217;liq. Yosh o&#8217;tgan sayin sochdagi pigmentlar kamay- ib, u oqara boshlaydi (q. Soch oqarishi). S.da pigment mutlaqo bo&#8217;lmasa, u tug&#8217;ma oq bo&#8217;ladi (q. Albinizm). S, asosan, pi- yozchadan usadi. S.ning o&#8217;sishi organizm- ning umumiy ahvoliga, nerv va endokrin sistema holatiga, moddalar almashinu- VI, ovqatlanish tarzi, shuningdek, uni parvarish qilishga bog&#8217;liq. Sog&#8217;lom S. pishiq va elastik, jiloli bo&#8217;lib yilti- rab turadi. Yuqori tra va ishqorlar (na- shatir spirti, soda, kir sovun va b.) ta&#8217;- sirida S. holati o&#8217;zgaradi, u to&#8217;kiluvchan va mo&#8217;rt bo&#8217;lib qoladi. Nerv va endokrin sistema faoliyatining o&#8217;zgarishi va b. omillar ta&#8217;sirida yog&#8217;bezlari ko&#8217;gshab yog&#8217;ishlab chiqaradi, natijada S. haddan ziyod yogli bo&#8217;lib ketadi. Turli kasalli- klar yoki S.ni noto&#8217;g&#8217;ri parvarish qilish (boshni botbot, ayniqsa, qattiq suv va ishqorli sovun bilan yuvish, S.ni teztez jingalak qilish) uning o&#8217;sishiga zararli ta&#8217;sir etadi; u juda quruq, xira bo&#8217;lib qoladi va to&#8217;kilib ketadi. Soch kasalliklari. Yog&#8217;bezlari funk- tsiyasining buzilishi S.ning o&#8217;zgarishiga sabab bo&#8217;ladi. Natijada bosh terisida mayda kepakka o&#8217;xshash tangacha \u2014 qazg&#8217;oq paydo bo&#8217;ladi, bu ko&#8217;pincha seboreya kasal- ligida kuzatiladi. S. to&#8217;kilib, o&#8217;rnidan yangi S. chiqib turishining buzilish sa- bablari har xil; ba&#8217;zan S. butunlay to&#8217;kilib, kal bo&#8217;lib qolishi yoki, aksincha, S. zo&#8217;r berib o&#8217;sishi mumkin. Bosh kiy- imning og&#8217;ir yoki tor bo&#8217;lishi, uzoq vaqt parik kiyib yurish, shuningdek, oftobda boshya- lang yurish va boshqalar S. to&#8217;kilishiga sabab bo&#8217;ladi. Qish kunlari boshyalang yurish yaramaydi, aks holda yuza tomir- lar kisilib S. oziklanishi buziladi. S. strukturasi va ko&#8217;rinishining o&#8217;zgarishi terining zamburug&#8217;kasalliklarida (mi- krosporiya, trixofitiya, kallik) ham ku- zatiladi. S.da kasallik paydo bo&#8217;lsa, al- batta, vrachga murojaat qilish zarur. Soch parvarishi. Sochlarni mustahkamlash uchun organizmning umu- miy ahvolini yaxshilash, ochiq havoda ko&#8217;proq yurish, fizkultura, sport bilan shug&#8217;ullanish, ovqatlanish, uxlash tarti- biga rioya qilish kerak. Sochni yuvish. Yog&#8217;li S.ni har haftada, quruq va normal S.ni har 10-14 kun- da yumshoq suv bilan yuvish lozim. Agar yumshoq suv bo&#8217;lmasa, vodoprovod suvini kaynatib tindirib qo&#8217;yish kerak; bunda tuzlar idish tagiga cho&#8217;kadi, keyin suvni boshqa idishga quyib olib ishlatiladi. Suvni yumshatish uchun bir litriga bir choy qoshiq ichimlik sodasi, bura yoki yarim choy qoshiq novshadil spirti qo&#8217;shish mumkin. Boshga sovun tegizish yaramaydi, aks holda S. mo&#8217;rt bo&#8217;lib qoladi, sovunni qo&#8217;lda ko&#8217;pirtirib surtgan ma&#8217;qul. S.ga kirsovun ishlatish mumkin emas. S. ran- gi, jilosi birday turishi uchun boshni yuvib bo&#8217;lgandan so&#8217;ng, bir litr suvga bir osh qoshiq moychechak (romashka) qo&#8217;shib chayish kerak. Boshni issiq suv bilan yuvish lozim (suv t-rasi 50-55\u00b0 dan osh- masligi kerak). S quruqbo&#8217;lsa, yog&#8217;li so- vunlardan foydalangan ma&#8217;qul. Boshga qatiq yoki tuxum sarig&#8217;ini surtib ro&#8217;mol tang&#8217;ib qo&#8217;yish, 5-10 min.dan keyin yuvib tashlash yaxshi naf beradi. Quruq S.ni yog&#8217;liroq qilish maqsadida S.ga biror isitilgan o&#8217;simlik moyi (mas, kanakun- jut moyi) surtish, ma&#8217;lum vakt o&#8217;tgandan keyin boshni yuvib, limon sharbati yoki bir litr suvga bir osh qoshiq sirka qo&#8217;shib chayiladi. Yog&#8217;li S.ni har qanday atir sovun, shampun yoki suyuq sovun bi- lan yuvsa bo&#8217;ladi. Kishi keksayganda sochi mo&#8217;rt va to&#8217;kiluvchan bo&#8217;lib qoladi; bunday g&#8217;ollarda bosh yuvishdan oldin unga tuxum sarig&#8217;i va o&#8217;simlik moyi surtish, boshni ro&#8217;mol bilan tang&#8217;ib, yarim soatdan key- in sovunlab yuvish lozim. Oqargan S.ni sinkali suvda chayilsa, u jilolanib turadi. S.ni to&#8217;g&#8217;ri tarashga odatlanish kerak; kalta S. tagidan, uzun S. esa uchi- dan taraladi. To&#8217;kiluvchan S.ni tarashda keng tishli taroq yoki soch cho&#8217;tkasi ishla- tiladi, lekin hadeb chutka bilan tarash yaramaydi, u terini zararlashi mumkin. Boshni engil massaj qilib turish yaxshi naf baradi. Har bir kishining alohida tarog&#8217;i bo&#8217;lishi kerak. Saidqosim Arifov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Soch (mo&#8217;y, tuk, jun) \u2014 odamning bosh terisidan o&#8217;sadigan ipsimon shox unum. S. mayin, dag&#8217;al, jingalak bo&#8217;ladi. S.ning teri ustidagi qismi tola, teri ostidagi qismi esa iddiz deyiladi. S. iddizi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/soch-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124382","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124382","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124382"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124382\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124398,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124382\/revisions\/124398"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124382"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124382"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124382"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}