{"id":124390,"date":"2024-05-16T19:50:29","date_gmt":"2024-05-16T16:50:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124390"},"modified":"2024-05-16T19:50:34","modified_gmt":"2024-05-16T16:50:34","slug":"som-hom-tillari-afrika-osiyo-tillari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/som-hom-tillari-afrika-osiyo-tillari\/","title":{"rendered":"Som-hom tillari, Afrika Osiyo tillari"},"content":{"rendered":"\n<p>Som-hom tillari, Afrika Osiyo tillari \u2014 Afrikaning Atlantika oke- ani qirg&#8217;og&#8217;i va Kanar o.laridan qizil dengiz qirg&#8217;og&#8217;igacha bo&#8217;lgan shim. qismida, G&#8217;arbiy Osiyo xamda Malta o.da tarqalgan tillar makrooilasi. S.h.t. da (aso- san, Arab tilining turli lahjalarida) so&#8217;zlashuvchilarning guruhlari shu til- lar tarqalgan mintaqadan tashqaridagi ko&#8217;pgina mamlakatlarda ham uchraydi. So&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni 320 mln. kishidan ortiq. S.h.t. 5 tarmoqqa bo&#8217;linadi: som tillari, qad. Misr tili, barbarliviya tillari, Chad tillari, ku- shit tillari. Ba&#8217;zi tasniflarda 6tarmoq sifatida omot tillari ko&#8217;rsatilsada, bu fikr hali to&#8217;liq tasdiqlanmagan. S.h.t.ning som tarmog&#8217;i tarqalish va so&#8217;zlashuvchilar soni bo&#8217;yicha alohida o&#8217;rin tutadi. Insoniyat hoz. kunda foydalanib kelayotgan eng asosiy alifbolar (Arab, lotin, yunon, qad. va hoz. hind) ushbu tarmoqqa mansub finikiy tili yozuvidan kelib chiqqan. Finikiy tili, shuning- dek, Akkad, oromiy, Ugarit, qad. yahudiy, nabotiy, Falastin va b. bir qancha tillar o&#8217;lik tillardir. Illy tarmoqdagi eng keng tarqalgan til Arab tilidpr. Unda 20 ga yaqin Arab mamlakatlaridagi 200 mln. dan ortiq kishi so&#8217;zlashadi. Yana jon- li tillardan rasmiy til darajasidagi Malta, amxara, ivrit tillarini, shu- ningdek, kam sonli aholi so&#8217;zlashadigan Mehriy, jibboliy, so&#8217;qo&#8217;tra, tigray, ti- GRE, argobba kabi tillarni ko&#8217;rsatish mumkin. Misr tarmog&#8217;i qad. Misrda mil. AV. 4ming yillik oxiridan mil. 5-a.gacha bo&#8217;lgan davrga mansub ieroglifik Yodgor- liklar va demotik (xalqona) yozuvdagi hujjatlardan ma&#8217;lum qad. Misr tilini hamda qibtiy (kopt) tilini (qad Misr tilining 3-17-a.lardagi davomchisi) qamrab oladi. Qibtiy til yunon alifbo- si asosidagi yozuvga ega, u 17-a. dan umu- miste&#8217;moldan chiqqan, lekin hoz. gacha Misrdagi pravoslav cherkovining ibodat tili hisoblanadi. Barbarliviya tarmog&#8217;i Shim. Afrika va Sahroi Kabirda tarqalgan barbar xalqlarining ko&#8217;plab til va laxjalarini kamrab oladi. Bular: tashelxit (shilx, shlux); Tuareg tillari (tamashek, taneslemt, Gxat); zenet tillari (rif, senxayya, kabil); zenaga, tamazigxt va b. Ushbu tarmoqqa qad. Liviya tillari va guanch (Kanar o.lari) kabi ulik tillar ham kiradi. Kushit tarmog&#8217;iga kiruvchi tillar, asosan, Efiopiya va Somalida, shuningdek, Keniya, Tanzaniya, Uganda, Sudan va b. Shim.Sharqiy Afrika mamla- katlarida tarqalgan (50 dan ortiq til va lahjalar). So&#8217;zlashuvchilar soni 30 mln. kishiga yaqin. Bu tarmoqda Somali, oro- mo, badaviya, sidamo, afarsaxo kabilar yirik tillar hisoblanadi. Chad tarmog&#8217;i 150 dan ortiq til va lahjalarni qamrab oladi va 3 guruhga: g&#8217;arbiy Chad, Markaziy Chad, Sharqiy Chad guruxdariga bo&#8217;linadi. Markaziy Sudanda, Nigeriya, Kamerun va Chad Respublikasining Chad ko&#8217;li atro- fidagi hududlarida qo&#8217;llanadigan maz- kur tillarning eng yirigi xausa bo&#8217;lib, u qabila va elatlararo aloqa vositasi ham hisoblanadi (unda 30 mln. dan ortiq kishi so&#8217;zlashadi). Umuman, Chad tillari- da 40 mln.ga yaqin kishi so&#8217;zlashadi. Mazkur tasnif bir kadar nisbiydir, chunki mazkur tillar paydo bo&#8217;lish dav- ri, o&#8217;zaro yaqin aloqalarning yo&#8217;qolishi, turli sabablar bilan boshqa tillar qurshovi va ta&#8217;sirida qolishi tufay- li birbirlaridan ancha uzokdashib ket- ganlar. Olib borilgan qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar faqat 1000 ga yaqin so&#8217;z o&#8217;zaklarining S.h.t. uchun umumiy bo&#8217;la olishini ko&#8217;rsatgan. Hoz. kunda &#171;somhom tillari&#187; yoki &#171;Homsom tillari&#187; (ri &#8212; voyatlarga ko&#8217;ra, Nug&#8217;alayhissalomning o&#8217;g&#8217;illari hom va som nomidan) termi- ni umumiy tilshunoslikda eskirgan hisoblanib, uning o&#8217;rnida &#171;Afroosiyo tillari&#187; (&#171;Afrikaosiyo tillari&#187;) ter- mini qo&#8217;llanmoqda. S.h.t. ning boshqa Xu- susiyatlari haqida tegishli maqolalarda ma&#8217;lumot berilgan (q. Arab tili, Amxa- ra tili, barbar tili, ivrit, kushit til- lari, Misr tili, Oromo tili, Somali tili, xausa). Ad.: Dyakonov I. M., Semitoxamit- skie yaziki, M., 1965; Porxomovskiy V. Ya., Afraziyskie yaziki. V kn.: Sravni- Telno Istoricheskoe Izuchenie Yazikov raznix Semey. Zadachi i perspektivi, M., 1982. Abduvahob Madvaliev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Som-hom tillari, Afrika Osiyo tillari \u2014 Afrikaning Atlantika oke- ani qirg&#8217;og&#8217;i va Kanar o.laridan qizil dengiz qirg&#8217;og&#8217;igacha bo&#8217;lgan shim. qismida, G&#8217;arbiy Osiyo xamda Malta o.da tarqalgan tillar makrooilasi. S.h.t. da &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/som-hom-tillari-afrika-osiyo-tillari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124390","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124390","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124390"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124390\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124394,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124390\/revisions\/124394"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124390"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124390"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124390"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}