{"id":124419,"date":"2024-05-16T19:56:39","date_gmt":"2024-05-16T16:56:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124419"},"modified":"2024-05-16T19:56:45","modified_gmt":"2024-05-16T16:56:45","slug":"sil-tuberkulyoz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sil-tuberkulyoz\/","title":{"rendered":"Sil, tuberkulyoz"},"content":{"rendered":"\n<p>Sil, tuberkulyoz \u2014 turli a&#8217;zo- lar, asosan, o&#8217;pkada o&#8217;ziga xos yallig&#8217;li o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y berishi b-n tavsifla- nadigan yuqumli surunkali kasallik. Odamlarda uchraydigan S.ni ftiziatriya o&#8217;rganadi. Nemis mikrobiologi ro- Bert Kox (1882 y.) sil qo&#8217;zg&#8217;atuvchisini aniqladi (bu qo&#8217;zg&#8217;atuvchi uning sharafiga Kox tayoqchasi deb nomlandi). S. kasalli- gi qadimdan ma&#8217;lum. Kasallik belgila\u00a0 ri Gippokrat, Ibn Sino asarlarida xam ta&#8217;riflangan. S. b-n odamlardan tashqari, uy hayvonlari (asosan, qoramol), uy par- randalari (tovuq, kurka) kasallanadi. Odamlarda kasallikning asosiy man- Bai o&#8217;pka sili b-n og&#8217;rib, Mikobakteriya- lar aralash balg&#8217;am tashlab yuradigan be- morlardir. S. hammadan ko&#8217;p havotomchi yo&#8217;li b-n tarqaladi: yo&#8217;talganda, aksir- ganda mikobakteriyali balg&#8217;am va shilliq zarralari havoga tarqalib atrofidagi buyumlargatushadi. S. mikobakteriyasi, asosan, nafas yo&#8217;llari orqali kiradi. U boshqa mikroblarga nisbatan tashqi muhitning turli ta&#8217;sirlariga juda chi- damli bo&#8217;lib, o&#8217;zining yashash va ko&#8217;payish xususiyatlarini uzoq muddat davomida saklab qoladi. Quruq hoddagi S. Miko- bakteriyasiga 36\u00b0 haroratda ta&#8217;sir etil- sa, u 180 kungacha, +70\u00b0 qizdirilsa 7 soat davomida, oqar suvlarda 150 kun, ko&#8217;cha changida 10 kun ichida hayot kechirish va ko&#8217;payish xususiyatlarini yo&#8217;qotmaydi. Ayniqsa, quyosh nuri tushmaydigan zax erlarda uzoq muddat saqlanib qoladi. S. mikobakteriyalarining atrofmuhitda uzoq vaqt saqlanishi S. kasalligining idishtovoq, kiyimkechak, o&#8217;rinko&#8217;rpa va b. orqali yuqish ehtimolini tug&#8217;diradi. S.ning ochiq va yashirin shakli farq qilinadi. S.ning ochiq shaklida bemor balg&#8217;amida S. mikobakteriyalari topi- ladi; bemor gigiena qoidalariga rioya qilmasa, boshqalarga kasal yuqtiruvchi bo&#8217;lib qolishi mumkin. S.ningyashirin shaklidamikobakteriyalar balg&#8217;amda to- pilmaydi, bunday bemorlar atrofida- gilar uchun yuqumli bo&#8217;lmaydi. S. b-n og&#8217;rigan bemor barcha gigiena qoidalariga rioya qilsa, amalda atrofdagilar uchun xavfli bo&#8217;lmaydi. S. mikobakteriyalari faqat o&#8217;pkani emas, balki organizmda soch va tirnoqdan boshqa bo&#8217;g&#8217;imlar, suyaklar, miya pardalari, buyraklar va b. a&#8217;zolar- ni zararlaydi. S. kasalligiga aksari yosh bolalar (chunki ularda hali immunitet sust rivojlangan bo&#8217;ladi), balog&#8217;atga etish davridagi o&#8217;smirlar (nervendokrin boshqaruvining beqarorligi tufayli), shuningdek, organizmning infektsiyaga chidami susaygan yoshi katta odamlar cha- linadi. O&#8217;pka siliga xos belgilar kasal- lik shakliga, yoshga va b.ga bog&#8217;liq. Birlamchi S.da kasallik alomat- lari yaqqol namoyon bo&#8217;lmaydi. Biroq teri ostiga tuberkulin yuborib o&#8217;tkaziladigan Mantu sinamasi musbat chiqsa va bemorda kasallikning umumiy belgilari (rang ketishi, quvvatsizlik, uyqu va ishtaha buzilishi, tez toliqish, gavda haroratining ko&#8217;tarilishi, tunda terlash) paydo bo&#8217;lsa, busilin toksika- tsiyasidan darak beradi. Yosh bolalarda kasallik maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga qaraganda og&#8217;irroq o&#8217;tadi, AK- sari asoratlar kuzatiladi. S. intoksika- tsiyasi bolalarda ro&#8217;yrost namoyon bo&#8217;ladi; bolaning rangi siniqadi, injiq bo&#8217;lib qoladi, ishtahasi yo&#8217;qolib, teztez sha- mollab turadi. Vrachga o&#8217;z vaqtida borib, bolani to&#8217;g&#8217;ri parvarish qilinsa, odatda, butunlay sog&#8217;ayib ketadi. Ikkilamchi S. \u2014 o&#8217;pka silining hammadan ko&#8217;p uchraydigan shakli. U o&#8217;pkada va limfa tugunlarida sakda- nib qolgan infektsiya &#171;qo&#8217;ri&#187;dan ke- lib chiqadi; noxush sharoitlarda S. qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi faollashib, jarayonni zo&#8217;raytiradi (faol shakli). S mikobakte- riyasi bor bemor b-n uzoq vaqt muloqotda bo&#8217;lganda S. qaytalanishi ham mumkin. Bunga organizmning zaiflanishi, si- fatsiz ovqatlanish, stresslar, zarar- li odatlar (chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik), surunkali kasalliklar, o&#8217;pkaning nospesifik kasalliklari, qandli diabet, gastrit, me&#8217;daichak yara- lari, SPID, shuningdek, homiladorlik va gug&#8217;ruqdan keyin organizm himoya qobiliyatining kamayishi va b. sabab bo&#8217;ladi. Odatda, ikkilamchi S. yoshlikda va o&#8217;rta yoshda paydo bo&#8217;ladi, o&#8217;z vaqtida davo qilinmasa, kasallik astasekin, lekin to&#8217;xtamay rivojlanadi. Aksa- ri o&#8217;pkaning yuqori bo&#8217;laklarida mayda o&#8217;choqlar paydo bo&#8217;ladi (S. ning o&#8217;choqli shakli), ba&#8217;zan yiringli infiltratlar (S.ning yallig&#8217;langan shakli) kuzatiladi. Kasallik ba&#8217;zan uzoq vaqtgacha hech qanday alomatlarsiz kechadi, biroq, o&#8217;pka sili rivojlanganda, ya&#8217;ni S. mikobak- teriyalari ko&#8217;payishi boshlanganda or- ganizmda zaharlanish alomatlari paydo bo&#8217;ladi: holsizlik, tez charchash, tunda terlash, ozib kegish va b., borabora be- morda yo&#8217;tal zo&#8217;rayadi, hansiraydi, nim- jon bo&#8217;lib qoladi. Zo&#8217;r berib davolanish kasallik rivojlanishining oldini ola- Di. O&#8217;pkadan tashqaridagi S. (hiqildoq, ichak, buyrak, teri, suyak, bo&#8217;g&#8217;im va b.) o&#8217;pka siliga karaganda ancha kam uchraydi. S.ni barvaqt aniklash kasallikni to&#8217;lato&#8217;kis davolash imkonini beradi. Davosi. Davolash, asosan, kasalxona sharoitida, vrach nazorati ostida olib boriladi. S.ga qarshi ishlatiladigan zamonaviy doridarmonlardan kasallik- ning turi va og&#8217;irengilligiga qarab tay- inlanadi. Odatda, bu dorilar uzoq vaqt davomida (bir necha oylab) qo&#8217;llanadi. S.ni davolashda foydalaniladigan ki- myoterapevtik dorilar ma&#8217;lum bir gu- ruxlarga bo&#8217;linadi: izoniazid va uning analoglari, rifampisin; etambutol, protionamid (etionamid, tizamid (pi- razinamid), streptomisin, kanamisin, florimisin va b. Oldini olish ijtimoiy, sanitariya, kimyoviy va maxsus tadbirlarni o&#8217;z ichiga oladi. Aholi yashaydigan joylarni obo- donlashtirish moddiy hayot sharoitini yaxshilash, aholining umumiy madani- yatini oshirish va sanitariya bilimla- rini targ&#8217;ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Vrach buyurgan kun tarti- biga amal qilish, to&#8217;lato&#8217;kis ovqatlanish, iloji boricha ochiq havoda bo&#8217;lish, xona- ni botbot shamollatib turish lozim. S. b-n og&#8217;rigan bemorlarni kasallikning ilk bosqichlarida aniqlash maqsadida aholini ommaviy tekshirish, ya&#8217;ni flyu- orografiya tekshiruvidan (kamida 2 yilda 1 marta) o&#8217;tkazish ijobiy natija beradi. S. ni bolalarda barvaqt ani- klash uchun bolalar poliklinikalarida, bog&#8217;chalarida, maktablarda tuberculin sinamasi o&#8217;tkaziladi. O&#8217;zbekistonda bar- cha yangi tug&#8217;ilgan chaqaloqlar vrachning moneligi bo&#8217;lmasa, S.ga qarshi vaktsina- tsiya qilinadi; vaqtvaqti b-n (7,12 yoshda) revaktsinasiya o&#8217;tkaziladi. \/lA.Tursunov F. I., Ibrohimov M. A., Sodiqov A. S, Sil, T., 1999. Abdulla Ubaydullaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sil, tuberkulyoz \u2014 turli a&#8217;zo- lar, asosan, o&#8217;pkada o&#8217;ziga xos yallig&#8217;li o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y berishi b-n tavsifla- nadigan yuqumli surunkali kasallik. Odamlarda uchraydigan S.ni ftiziatriya o&#8217;rganadi. Nemis mikrobiologi ro- Bert Kox &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sil-tuberkulyoz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124419","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124419","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124419"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124419\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124430,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124419\/revisions\/124430"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124419"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124419"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124419"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}