{"id":124439,"date":"2024-05-16T20:01:09","date_gmt":"2024-05-16T17:01:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124439"},"modified":"2024-05-16T20:01:18","modified_gmt":"2024-05-16T17:01:18","slug":"seyshel-orollari-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/seyshel-orollari-2\/","title":{"rendered":"SEYSHEL OROLLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>SEYSHEL OROLLARI (Seychelles), Seyshel Orollari Respu- blikasi (Republic of Seychelles) \u2014 Hind okeanida, Afrikaning Sharqiy sohili yaqinidagi Seyshel va Amirant o.lari, Aldabra, Farkuar va b. orollarda joy- lashgan davlat. Mayd. 405 km2. Aholisi 80,1 ming kishi (2002). Poytaxti \u2014 Vik- toriya sh. (Mae o.da). Davlat tuzumi. So. \u2014 Respubli- ka. Amaldagi Konstitusiyasi 1993 y. 18 iyunda ma&#8217;qullangan va unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlik tarkibiga kiradi. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 president (1977 y.dan Frans Alber Rene), u to&#8217;g&#8217;ri umumiy saylov yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Majlis, ijrochi hokimiyatni prezident b-n hukumat amalga oshiradi. Tabiati. S.O. materikdan, ayrimla- ri marjonlardan hosil bo&#8217;lgan. Eng bal. joyi 905 m (Mae o.da). Yirik orollari \u2014 Mae, Siluet, Praslen, Ladig. Iqlimi subekvatorial, dengiz iqlimi. O&#8217;rtacha oylik tra 26-28\u00b0. Yillik yog&#8217;in 4000 mm gacha (asosan, ezda). Marjon orolla- ri tarkibidagi ohaktoshlar namni o&#8217;zida saqlamaydi, shu sababli ularni xo&#8217;jalik jihatidan o&#8217;zlashtirib bo&#8217;lmaydi. Yi- rik orollarning ichki hududlarida doim yashil tropik o&#8217;rmonlar saqlanib qolgan, ularda faqat mahalliy jaydari o&#8217;simliklar (jumladan, Seyshel palma- sining qad. turi) o&#8217;sadi. Bahaybat fil- Simon toshbaqa va qush ko&#8217;p. Aldabra, Kuzen va b. rezervatlar, SentAnn dengiz milliy bog&#8217;i bor. Aholisining aksariyati Seyshelli- klar yoki kreollar (asosan, ko&#8217;chib kelgan frantsuzlar va afrikalik qullarning avlodlari, umumiy soni 65 ming kishi); hindlar, malagasilar, xitoylar, ingliz- lar ham yashaydi. Rasmiy tillar \u2014 kreol, ingliz va frantsuz tillari. Aholining 90% xristiankatolik, qolganlari \u2014 musulmon, hindular va konfutsiychilar. Shahar aholisi 55,3%. Tarixi. S.O. qad. Arab va hind dengiz sayyoxlariga ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. 1609 y. bu orollarga ingliz dengiz sayyohlari ke- lib tushgan. 18-a. o&#8217;rtalarida frantsuzlar bosib olib, Frantsiya moliya vaziri Moro de Seshell nomi b-n atashgan. 1794 y. uni inglizlar egallab olgan. 1903 y.dan Buyuk Britaniya mustamlakasi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi tinim- siz kurash olib bordi. 20-a. o&#8217;rtalarida siyosiy partiya va kasaba uyushmalari tu- zildi, ular xalqning ozodlik yo&#8217;lidagi kurashiga boshchilik qildi. 1970 i. S.O.ga ichki muxtoriyat berilib, qonun chiqaruvchi Assambleya tuzildi, 1976 y. 29 iyunda mustaqillikka erishdi. So. 1976 y.dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 18 iyun \u2014 millat kuni (1993). Siyosiy partiyalari va kasaba uyush- malari. Demokratiyu partiya, 1992 y. tu- zilgan; Seyshel xalqi taraqqiyot fron- ti, 1978 y. tashkil etilgan; Seyshel milliy partiyasi, 1993 y. asos solingan. Seyshel ishchilari Ittifoqi Federasi- yasi kasaba uyushma birlashmasi, 1978 y. tuzilgan. Xujaligi. So. \u2014 agrar mamlakat. Baliq ovlash va xorijiy sayyohlik muhim ahamiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi, baliq ovlash ulushi 4,1%, sayyohlik ulushi 12,3%, sa- noat va kurilishning ulushi 20,5%. Q.x. mamlakat iqtisodiyotining asosini tash- kil etadi. Kokos palmasi, kofe, tamaki, meva, sabzavot, moyli ekinlar, ziravor- lar, choy etishtiriladi. Qoramol, cho&#8217;chqa boqiladi. Kopra va vanilni qayta ish- laydigan, efirli moylar, kokos tolasi- dan turli buyumlar, sovun ishlab chikara- digan va choy qadoqlaydigan kichik korxo- nalar, yog&#8217;och tilish z-Di, bir kancha oziq- ovqat korxonalari bor. Yiliga o&#8217;rtacha 126 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. T.y. yo&#8217;q. Avtomobil yo&#8217;llari uz. 345 km. Orollar orasida mahalliy ke- malar qatnaydi. Mae o.da xalqaro Aero- port bor. So. chetga kopra, shuningdek, dolchin yog&#8217;i va dolchin, vanil, muzlatil- gan va konservalangan baliq, toshbaqa kosasi, granit chiqaradi, chetdan sanoat mollari, oziq-ovqat oladi. AQSh, Fran- tsiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, JAR, Yapo- niya, Singapur b-n savdo qiladi. Pul birligi \u2014 Seyshel rupiyasi. Maorifi. Xalq ta&#8217;limi tizimi in- gliz, qisman frantsuz tizimlari ta&#8217;- sirida shakllangan. 1980 y. 6 yoshdan 15 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar uchun majbu- riy 9 y.lik ta&#8217;lim joriy etilgan, u 6 y.lik boshlang&#8217;ich va 3 y.lik to&#8217;liqsiz o&#8217;rta maktabni o&#8217;z ichiga oladi. Zamona- viy ta&#8217;lim tizimi 6 y.lik boshlang&#8217;ich, 3 y.lik to&#8217;liqsiz o&#8217;rta va 2 y.lik to&#8217;liqo&#8217;rta maktabdan iborat. To&#8217;liqo&#8217;rta MAK- tabda o&#8217;quvchilar ilmiy bilimlarni o&#8217;rganishdan tashqari unumli mehnat b-n ham shug&#8217;ullanadi. To&#8217;liq o&#8217;rta maktab ne- gizida ped. kolleji, 9 y.lik majburiy maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari ishlaydi. Yoshlar oliy ta&#8217;limni chet ellarda oladilar. Matbuoti, radio- eshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Gaz. Va jur.lari: &#171;Neyshn&#187; (&#171;millat&#187;, kreol, frantsuz va ingliz tillarida chiqadigan hukumat gaz.), &#171;Ofishl gazett&#187; (&#171;rasmiy gazeta&#187;, hukumat xabarnomasi), &#171;Pipl&#187; (&#171;Xalq&#187;, kreol, frantsuz va ingliz tilla- rida nashr etiladigan oylik jur.), &#171;Eko dez il&#187; (&#171;orollar aks sadosi&#187;, frantsuz, kreol va ingliz tillarida chiqadigan Di- niy jur.). Seyshel matbuot agentligi, milliy axborot agentligi, 1979 y. tuzil- gan. 1941 y.dan ingliz, frantsuz va kreol tillarida radioeshittirish olib bori- ladi. Hukumat nazoratidagi Seyshel ra- dio va televideniesi xizmati 1983 y.da tuzilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SEYSHEL OROLLARI (Seychelles), Seyshel Orollari Respu- blikasi (Republic of Seychelles) \u2014 Hind okeanida, Afrikaning Sharqiy sohili yaqinidagi Seyshel va Amirant o.lari, Aldabra, Farkuar va b. orollarda joy- lashgan davlat. Mayd. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/seyshel-orollari-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124439","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124439","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124439"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124439\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124456,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124439\/revisions\/124456"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124439"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124439"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124439"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}