{"id":124441,"date":"2024-05-16T20:01:12","date_gmt":"2024-05-16T17:01:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124441"},"modified":"2024-05-16T20:01:22","modified_gmt":"2024-05-16T17:01:22","slug":"seysmobardosh-qurilish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/seysmobardosh-qurilish\/","title":{"rendered":"SEYSMOBARDOSH QURILISH"},"content":{"rendered":"\n<p>SEYSMOBARDOSH QURILISH, zilzilabardosh qurilish \u2014 seysmik (zilzila botbot sodir bo&#8217;lib turadigan) hududlarda bunyod etiladigan bino va in- shootlarni zilzila kuchi (seysmik kuch- lar) ta&#8217;siriga bardoshli qilib qurish. Er kurrasining qaysi hududida qanday kuch b-n zilzila sodir bo&#8217;lishi mumkin- ligi seysmik hududlashtirish xarita- larida belgilab qo&#8217;yilgan. O&#8217;zbekiston hududi ham seysmik hududlar jumla- siga kiradi, uning uchun ham seysmik hududlashtirish xaritalari tuzilgan. Mazkur xaritalarda Toshkent, Andijon 9 balli, Farg&#8217;ona, Namangan va Samarqand 8 balli, Buxoro 7 balli hudud (zona) ga kiritilgan va h.k. Bino va inshoot- lar o&#8217;sha hududda sodir bo&#8217;lishi mumkin bo&#8217;lgan zilzila kuchiga bardoshli qilib loyihalanishi va qurilishi kerak. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta&#8217;minlash uchun maxsus antiseysmik cho- ratadbirlar qo&#8217;llaniladi (buning nati- jasida bino va inshootlarning tannarxi 3-10% ortadi). Zilzilabardosh bino, inshootlar va metropoliten loyihasida ularning tarhidagi ko&#8217;rinishi iloji boricha sod- da bo&#8217;lishi kerak, chunki tarhi aylana, kvadrat yoki to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak shaklidagi binolar murakkab shaklli bino va in- shootlarga nisbatan zilzilabardoshroq bo&#8217;ladi. Agar me&#8217;morlik yoki foydala- nish talablariga ko&#8217;ra, murakkab shak- ldagi bino va inshootlar qurish lozim bo&#8217;lsa, u holda ularni antiseysmik cho- klar vositasida oddiy shaklli qismlarga ajratiladi. G&#8217;ishtin devorli binolarda barcha yuk ko&#8217;taruvchi konstruktsiyalar (bo&#8217;ylama va ko&#8217;ndalang devorlar, yopmalar) birbiri b-n mustahkam bog&#8217;langan holdagina bino yaxlit fazoviy konstruktsiya sifatida zilzila kuchlariga qarshilik ko&#8217;rsatadi. Agar bu bog&#8217;lanish mavjud bo&#8217;lmasa yoki zaif bo&#8217;lsa, bo&#8217;ylama devorlar ko&#8217;ndalang devorlardan ajralib ketishi va ba&#8217;zi hollarda qulab tushishi mumkin. Devor qulagach, orayopmalar ham butunlay yoki qisman bosib qoladi. Antiseysmik cho- ralar qo&#8217;llanmagan binolarda bunday hodisalar ko&#8217;plab uchraydi. Binolarni zilziladan beshikast asrab qolish uchun maxsus choralar ko&#8217;riladi. Mac, bino- ning perimetri bo&#8217;ylab antiseysmik kamarlar ishlanadi, yopmalar birbiriga va devorlarga puxta bog&#8217;lanadi, devor burchaklariga hamda kesishuv erlariga armatura qo&#8217;yiladi va h. k. G&#8217;ishtin de- vorlarni tiklashda devor orasiga verti- kal yo&#8217;nalishda temirbeton elementlar \u2014 o&#8217;zaklar qo&#8217;yib, kompleks konstruk- tsiya hosil qilinadi. G&#8217;ishtin devor- lar ostiga qo&#8217;yiladigan gidroizolyasiya qatlami tsement qorishmadan ishlanadi; bu maqsadda tol ishlatish tavsiya etil- maydi. Yirik panelli binolarni yuqori darajada mexanizasiyalashtirish imko- niyati katta bo&#8217;lganligidan binokorlik- ning bu uslubi seysmik va noseysmik hududlarda keng qo&#8217;llaniladi. Bino VAZ- nining engilligi (g&#8217;ishtin devorli bi- nolarga nisbatan 1,2\u20142 baravar engil), devor materialining mustahkamligi, yuk ko&#8217;taruvchi konstruktsiyalarning sodda- ligi va yuk (kuch) ning butun sirtga bir me&#8217;yorda tarqalganligi tufayli Seys- mik zonalarda shunday binolar ko&#8217;plab quriladi. Seysmik hududlarda qo&#8217;llaniladigan tashqi devor panellarining konstruktsi- yasi 1 va 3 qatlamli bo&#8217;lishi mumkin. Bir qatlamli panellar keramzit beton yoki engil betonlarning boshqa turlaridan tayyorlanadi. Uch katlamli panellarning 2 chetki qatlami temirbetondan ishlanib, o&#8217;rta qatlami mineral paxta, ko&#8217;pikbeton singari issiqsovuq o&#8217;tkazmaydigan ma- teriallardan tayyorlanadi. Yopma panel- lari xona o&#8217;lchamida yasalib, to&#8217;rttala qirrasi b-n devorga tayanadi. Tarix sinovlaridan o&#8217;tgan zilzila- bardosh konstruktsiyalardan biri sinchli imoratlardir. Bunday imoratlar O&#8217;rta Osiyoda juda kadim zamonlardan beri ku- rilib kelingan. Sinchlar turli yog&#8217;och ma- teriallardan ishlangan. Endilikda ko&#8217;p qavatli binolar yog&#8217;och sinchlardan emas, ggo&#8217;lat yoki temirbeton sinch (karkas)lar- dan qurilmoqda. Yangi materiallarning mexanik xossalari yog&#8217;och materiallardan ancha farq qilganidan bulardan ishlana- digan sinchlarning konstruktiv sxema- lari ham boshqacha bo&#8217;ladi. Bino sinchi ustun, to&#8217;sin va yopmadan tashkil topadi; ular o&#8217;zaro mustahkam biriktirilgach, yax- lit fazoviy tizimni hosil qiladi. Ti- zim elementlari ham vertikal, ham gori- zontal (seysmik) kuchlarni qabul qiladi. Sinchlar orasiga g&#8217;ishtin devor uriladi. O&#8217;zbekistonda ham temirbeton kar- kasli binolar qurish keng tarqalgan. Seysmik hududlarda metall karkaslar- dan foydalanish ham yaxshi iqtisodiy samara beradi. Metall konstruktsiyalar mustahkam va engil bo&#8217;lganligidan zil- zilabardosh binolar bunyod etishda juda qo&#8217;l keladi. Pekin metall konstruktsi- yalarning zanglash, yuqori tralarda yuk ko&#8217;tarish xususiyatini yo&#8217;qotish kabi kamchiliklari ham bor. Zilzila payti- da yong&#8217;in chiqishi mumkin, shuning uchun metall qismlar o&#8217;tga chidamli material- lar b-n qoplanadi. Mac, Toshkentning Amir Temur hiyobonidagi 17 qavatli &#171;O&#8217;zbekiston&#187; mehmonxonasining 1 va 2 qavati yopmalari monolit, 3-17 qavatlariniki yig&#8217;ma temirbetondan ish- langan. Ichki devorlar yig&#8217;ma temirbe- ton, tashki devorlar esa keramzitbeton panellardan qurilgan. Chet el binokorligida tashki de- vorlar uchun engil osma panellar keng qo&#8217;llaniladi. Engil panellar kam qavatli binolarda ham, ko&#8217;p qavatli osmono&#8217;par binolarda ham juda keng tarqalgan. Xorijiy mamlakatlarda osma panellar, odatda, kup katlamli qilib tayyorlanadi. Panelning yuk ko&#8217;taruvchi qismi alyuminiy yoki po&#8217;lat karkas bo&#8217;lib, tashki va ichki tomonidan yupqa listlar b-n qoplanadi. O&#8217;rtasiga plastmassa, oyna yoki mineral paxtadan izolyasiya kat- lami joylanadi. Bunday panellar engil (50 kg\/m2) bo&#8217;lganligidan katta o&#8217;lchamli (mas, 2-3 qavat balandlikda) qilib ish- lanadi. Engil panellarni ta&#8217;mirlash jarayonida ularni osongina almashti- rish mumkin. Panel juda tez montaj qilinadi, chunki panel karkasga Bolt- lar yordamida biriktiriladi. Seysmik hududlarda quriladigan bino, inshootlar va metropolitenni loyihalash jarayonida ular odatdagi statik kuchlardan tashqari, qo&#8217;shimcha ra- vishda seysmik kuchlar ta&#8217;siriga ham hisoblanadi. O&#8217;zbekistonda 1996 y.gacha sobiq umumittifoq miqyosida amalda bo&#8217;lgan SN va P II\u20147\u201481 (qurilish me- &#8216;yorlari va qoidalari)dan foydalanib kelindi. 1996 y. 1 martdan e&#8217;tiboran respublikada yangi qurilish me&#8217;yorlari va qoidalari joriy etildi, 1997 y.da zilzila kuchini aniklash uchun seysmik shkala \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasi Stan- darti (o&#8217;z RST 836-97) qabul qilindi. S.q.ga doir i.t. ishlariga K.S. Zavriev (Tbilisi), M. T. O&#8217;rozboev, T. R. Rashi- dov (Toshkent), A. G. Nazarov (Erevan), E. F. Savarenskiy, S. V. Polyakov va I. L. Korchinskiy (Moskva) va b. olimlar katta hissa qo&#8217;shgan. O&#8217;zbekistonda S. q.ga M. T. O&#8217;rozboev asos solgan. S.q. sohasida O&#8217;zbekiston FA Mexanika va inshootlar- ning seysmik mustahkamligi inti, Seys- mologiya in-ti va ba&#8217;zi aktsiyadorlik ja- miyatlarida i.t. ishlari olib boriladi. Ad.: Rukovodstvo po proektirovaniyu seysmostoykix zdaniy i soorujeniy, t. 1-4, M., 1968-71; Seysmostoykoe Stro- itelstvo zdaniy, M., 1971; Rashidov T., Murakkab tizimli er osti inshootlari zilzila bardoshligining dinamik naza- riyasi, T., 1972; Hobilov B. A., Inshoot- lar dinamikasi va zilzilabardoshligi, T., 1988; Rashidov T. (Eshonxujaev A. A. b-n birga), Seysmostoykost tonnelnix konstruktsiy metropolitena melkogo za- lojeniya, T., 1993. Tursun Rashidov, Botir Hobilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SEYSMOBARDOSH QURILISH, zilzilabardosh qurilish \u2014 seysmik (zilzila botbot sodir bo&#8217;lib turadigan) hududlarda bunyod etiladigan bino va in- shootlarni zilzila kuchi (seysmik kuch- lar) ta&#8217;siriga bardoshli qilib qurish. Er kurrasining qaysi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/seysmobardosh-qurilish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124441","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124441","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124441"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124441\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124458,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124441\/revisions\/124458"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124441"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124441"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124441"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}