{"id":124463,"date":"2024-05-16T20:05:50","date_gmt":"2024-05-16T17:05:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124463"},"modified":"2024-05-16T20:05:55","modified_gmt":"2024-05-16T17:05:55","slug":"saudiya-arabistoni-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/saudiya-arabistoni-2\/","title":{"rendered":"Saudiya Arabistoni"},"content":{"rendered":"\n<p>Saudiya Arabistoni, Saudiya Arabistoni Podshohligi (Almamlaka alarabiya assaudiya) \u2014 Osiyoning Jan. g&#8217;arbida joylashgan davlat. Arabiston ya.o.ning taxm. 2\/3 qismini va qizil dengiz hamda Fors qo&#8217;ltig&#8217;idagi qator qirg&#8217;oqbo&#8217;yi orollarni egallaydi. Mayd. 2,25 million km2. Aholisi 23,5 mln. kishi (2002). Bulardan 5,3 mln. Kishi mamlakat fukarosi hisoblanmaydi. Poy- taxti \u2014 Arriyod sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 14 viloyatga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. S.A. \u2014 mutlaq teokra- tik monarxiya. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 podshoh, ayni vaktda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qo&#8217;mondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992 y. 1 martda podshoh farmoni b-n 4 y.lik muddatga Sho&#8217;ro (maslahat) Kengashi tashkil etilgan. 1997 y.da Sho&#8217;ro kenga- shi a&#8217;zolarining soni 60 kishidan 90 ki- shiga etkazildi. Podshoh Sho&#8217;ro Kengashi- ni tarqatib yuborishi va kayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarkatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, asosan, podshoh oila a&#8217;zolaridan tuziladi. Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari faoliyati rasman man etilgan. Tabiati. S.A. Jan.g&#8217;arbda Kizil dengiz, shim.Sharqda Hind okeanining Fors qo&#8217;ltig&#8217;i b-n o&#8217;ralgan. Qirg&#8217;oklari ko&#8217;p joyda past, qumloq, ba&#8217;zan qing&#8217;irqiyshiq. S.A. ko&#8217;p qismini (1 mil- Lion km2 ga yaqinini) cho&#8217;l tashkil qiladi. Platosimon tekisliklar keng tarqalgan (g&#8217;arbga tomon 1000-1300 m ga, sharqqa tomon 200-300 m gacha pasayib boradi). Er yuzasi quruq Daryo vodiylari b-n sezi- larsezilmas bo&#8217;linib turadi. Mamlakat- ning kattagina qismini lavali maydon- lar, Toshloq cho&#8217;llar (homadalar) tashkil qiladi. Qumli cho&#8217;llarning eng yirikla- ri \u2014 Nefud, Dahna. Rub&#8217;ulxolishshx shim. qismi barxanlar (200 m balandli- klikkacha), tizmali do&#8217;ng qumliklardan iborat. Zinasimon qir ko&#8217;p. G&#8217;arbda Qizil dengizga parallel holda bal. 2500-3000 m bo&#8217;lgan Hijoz va asir tog&#8217;lari cho&#8217;zilib ketgan. Fors qo&#8217;ltig&#8217;ining sohili bo&#8217;ylab ayrim joylari botqokdik yoki sho&#8217;rxok qatlam b-n qoplangan Alxasa&#8217;pastte- kisligi joylashgan (kengligi 150 km gacha). G&#8217;arbda Afrika \u2014 Arabiston plat- formasi fundamentining turtib chiqqan eri \u2014 NubiyaArabiston qalqoni joy- lashgan bo&#8217;lib, u arxey \u2014 quyi protero- zoy davrlariga mansub gneys va migma- titlar, shuningdek, yuqori proterozoyga oid geosinklinal cho&#8217;kindi kompleksla- ridan (qalinligi 10 km dan ortiq) ibo- rat. Yuqori va quyi proterozoy davriga oid intruziyalar keng rivojlangan: shim. Sharqiy yo&#8217;nalishda qalqon jinslari platforma qoplamasining qatlamlari ostiga cho&#8217;kkan, bu jinslar vend va Pale- ozoydan boshlanib, mezozoy va paleogen- ni o&#8217;z ichiga oladi. Fors qo&#8217;ltig&#8217;ining yon bag&#8217;ri bo&#8217;ylab Mesopotamiya chekka egil- masining neogen davriga mansub qalin molasslari rivojlangan bo&#8217;lib, uning Jan. chekkasida yirik neft konlari joylashgan. Rub&#8217;ulxoli sineklizasi ikkinchi neft mintaqasi hisoblanadi. Qalqonning tokembriy davri jinsla- ri orasida temir, xrom, mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin, pyx, oltin rudalari, Nodir er elementla- ri, berilliy va qalay konlari bor. Iklimi shim.da subtropik, Jan.da tropik, quruq, keskin kontinental. Yozi juda issiq, qishi iliq. ArRiyodda iyul- ning o&#8217;rtacha t-rasi 33\u00b0, yanv.da 14\u00b0, eng yuqori tra 48\u00b0, mamlakatning Jan.da 54\u00b0 va undan yuqori bo&#8217;lishi mumkin. Sohilda bu vaqtda namlik deyarli 100% ga etadi. Shim.da ba&#8217;zan tra \u2014 11\u00b0 gacha pasayadi. Yog&#8217;in miqdori deyarli hamma joyda 100 mm dan kam (yog&#8217;in Markaziy hududlarda bahorda, shim. hududlarda qishda, Jan.da ezda nisbatan ko&#8217;proq bo&#8217;ladi), tog&#8217;larda yiliga 400 mm ga etadi. Rub&#8217;ulxoli qumli cho&#8217;l va b. ayrim hududlarda o&#8217;n yillab yog&#8217;ingarchilik bo&#8217;lmaydi. Asir VI- loyatidagi tog&#8217;larda yog&#8217;in yiliga 25,5 mm ni tashkil etadi. Jan.ning issiq samum shamoli bahor va yozning boshlarida qum bo&#8217;ronlariga sabab bo&#8217;ladi. Muntazam oqib turadigan daryolar yo&#8217;q. Suv uch xil yo&#8217;l b-n: quduqlar, yomg&#8217;ir yoki suv toshqini vaqtida hovuzlarga yig&#8217;ish va maxsus moslamalar yordamida dengiz suvini chuchuklashtirish orkali olinadi. S.A.da dunyoda eng ko&#8217;p chuchuk suv (dunyoda olinayotgan chuchuk suvning 30%) ishlab chiqariladi. Yomg&#8217;ir va toshqin suv- laridan to&#8217;liq foydalanish maqsadida 186 ta damba va umumiy hajmi 775 mln.3 bo&#8217;lgan hovuzlar kurilgan. Sizot suv- lar extiyojning 1\/3 qismini qondiradi. Tuprog&#8217;i oddiy cho&#8217;l tuprog&#8217;idan ibo- rat, hududining katta qismida tuproq qatlami o&#8217;rnini tuz qoplami egallaydi. Shim.da dag&#8217;al subtropik bo&#8217;z tuproq, Jan. da sho&#8217;r tuproq va o&#8217;tloqsho&#8217;rxok tuproqlar mavjud. O&#8217;simligi, asosan, cho&#8217;l va chala cho&#8217;l o&#8217;simliklaridan iborat. Ayrim joylar- da oq saksovul, yantoq, Toshloq cho&#8217;llarda lishayniklar, lavali maydonlarda shuvoq, astragal, vodiy o&#8217;zanlarida yakka- terak, akasiyalar, sho&#8217;r erlarda yulg&#8217;un, suv bo&#8217;ylarida va sho&#8217;rroq joylarda galofit- lar o&#8217;sadi. Ko&#8217;chib yuruvchi qumli cho&#8217;llarda deyarli o&#8217;simlik o&#8217;smaydi. Namgarchilik ko&#8217;p bo&#8217;lgan yillari va bahor paytida ko&#8217;proq efemer o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. Jan. dagi tog&#8217;larda savanna ko&#8217;p. O&#8217;rmon va yaylovlar xukumat tomonidan muhofaza qilinadi. O&#8217;rmonlar S.A. ning Jan. g&#8217;arbiy qismida joylashgan va 2,29 mln. gektar maydonni egallaydi. Ko&#8217;chuvchi qumlardan saklash uchun tabiiy himoya chizig&#8217;ini shakllantirish maqsadida da- raxtlar ekiladi. Har yili ko&#8217;chat ekish xaftaligi o&#8217;tkaziladi. Hayvonlardan bo&#8217;ri, chiyabo&#8217;ri, sirtlon, tulki, qulon, kiyik, g&#8217;izol, daman, quyon, Arab yo&#8217;lbarsi, tuyaqushlar uchraydi. Ko&#8217;pgina kemiruvchi- lar, sudraluvchilar va qushlar yashaydi. S.A. chigirtkalar makoni hisoblanadi. Qizil dengizda turli xil baliq, toshbaqa va b. dengiz hayvonlari uchraydi. Dengiz va quruklikda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va rivojlantirish maqsadida ta- biatni muhofaza qilish hamda rivoj- lantirish milliy qo&#8217;mitasi tomonidan umumiy mayd. 90 ming km2 bo&#8217;lgan 15 qo&#8217;riqxona va asir milliy bog&#8217;i tashkil etilgan. Aholisining 90% ini arablar tash- kil qiladi. Hindlar, misrliklar va po- kistonliklar, bir necha yuz ming eronlik,\u00a0 fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, Iordani- yalik va b. ham yashaydi. S.A. da 200\u2014 800 ming o&#8217;zbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashma- lari \u2014 Unayza va Shammar; qabilalar \u2014 harb, mutayr, Huzayl, kaxtan, Juhayna, muahib, shararat, manasir, Banu Asad, tanuh, Quraysh, Banu Shaybon. Rasmiy til \u2014 Arab tili; ingliz tili ham keng tarqalgan. Davlat dini \u2014 Islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari \u2014 Makka va Madina S.A. dadir. Har yili bu shaxdrlarda 2 mln. dan ortiq musulmon Xaj va Umra safarida bo&#8217;ladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari \u2014 Arriyod, Jidda, Makka, Madina. Tarixi. S.A. hududida qadimdan (mil. AV. 2ming yillik) ko&#8217;chmanchi Arab qabilalari yashab kelgan. Mil. 7-a. da Arabiston ya.o.ning g&#8217;arbiy qismi (Hijoz)da Islom paydo bo&#8217;lib, poytaxti Madina sh. bo&#8217;lgan ilk musulmon teokra- tik davlati \u2014 Arab xalifaligi yuzaga keldi. 7-8-a.larda S.A. hududining ko&#8217;p kismi Umaviylar, 8-a. 2-yarmi \u2014 9-a.lar- da Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10-12-a.larda Arabiston ya.o.ning bir qismida mustaqil amirlik, sultonli- klar paydo bo&#8217;lgan. Xijoz Fotimiylar, so&#8217;ngra Ayyubiylar, 13-a.ning o&#8217;rtalari \u2014 16-a. ning boshlarida mamluklarta qaram bo&#8217;lgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu erda o&#8217;z hukmronliklarini saklab qolishga urinishgan. 16-a. boshlarida Hijozni Usmonli turklar o&#8217;z tasarrufiga olgan. 18-a.ga kelib Najdda vahhobiylik Di- niy-siyosiy oqimi paydo bo&#8217;ldi. Najd o&#8217;zining nisbatan mustaqilligi b-n AJ- ralib turgan. Najd Amirliklaridan biri Diriya xrkimi Muhammad Ibn Saud (Saudiylar sulolasi boshlig&#8217;i) 1745 y. Arabistonni vahxrbiylik shiori ostida birlashtirishga harakat qildi. 19-a.ning boshlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlashti- rildi. Bu davlat \u2014 birinchi Saudiy- lar davlati (1745-1811) hisoblanadi. 1811 \u2014 18 y.larda Arabiston ya.o.ning ko&#8217;p qismi Misr poshosi Muhammad Ali qo&#8217;shinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parchalab yuboril- Di. 1843 y. Faysal ibn Turki boshchi- ligida saudiylar mahalliy qabilalar ko&#8217;magida Najdni ikkinchi marta egal- lashdi. Arriyod sh. poytaxtga aylanti- rildi. Barpo etilgan davlat \u2014 saudii- larning ikkinchi davlati hisoblanadi (1843-65). 1840 y.dan so&#8217;ng ham Hijoz turklar qo&#8217;lida qolaverdi. 19-a.ning 2-yarmida vahhobiylar davlati Shammar hukmdori bo&#8217;lgan rashidiylar tomoni- dan bosib olindi. 1902 y. Amir Ibn Saud Kuvayt hukmdori muborak yordamida Arriyodni egallab, rashidiylarga zarba berdi, keyinchalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlar- ning uchinchi davlatiga asos soldi (1902 y.dan). Mustamlakachilik maqsadlarini ko&#8217;zlagan Buyuk Britaniya 1915 y. dek.da Angliya \u2014 Saudiya bitimining imzola- nishiga erishdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurolyarog&#8217; b-n yordam beradigan bo&#8217;ldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarshi urushtirishga muyassar bo&#8217;lmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari Makmagon b-n Makka (Hijoz) sharifi Husayn o&#8217;rtasidagi Max- fiy yozishmalar natijasida bir bitimga kelishilib, unga muvofiq, Husayn ara- Blarni Turkiyaga karshi otlantirishga va&#8217;da berdi. Buning evaziga Buyuk bri- Taniya Husayn boshchiligidagi bo&#8217;lajak Arab davlatining mustaqilligini tan olmoqchi bo&#8217;ldi. 1916 y. Husaynning o&#8217;g&#8217;li Amir Faysal qo&#8217;shinlari ingliz razved- kachisi T. E. Lourens rahbarligida tur- kiyaga qarshi harbiy harakat boshladi. 1918 y. Husayn &#171;arablar podshosi&#187; degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podshosi deb tan olish- Di. 1-jahon urushi tugagach, Ibn Saud Arabistonni birlashtirishni davom et- tiraverdi. 1920 y. u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik o&#8217;rnatdi (Asirning hammasi 1930 y. bo&#8217;ysundirildi). 1921 y. Shammarni bo&#8217;ysundirdi. Yangi dav- latning kuchayishini xoxlamagan Buyuk Britaniya 1922 y. o&#8217;zining gumashtala- ri (sharif Husaynning o&#8217;g&#8217;illari) \u2014 Iroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarshi chiqishga undadi. Saudiylar mag&#8217;lubiyatga uchradilar va bu Ibn Saudni 1922 y. Uqayrada Iroq b-n Kuvayt o&#8217;rtasidagi chegarani belgilash haqidagi shartnomani imzolashga maj- bur etdi. Natijada chegara, ya&#8217;ni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924-25 ylarda Ibn Saud Hijozni Najdga qo&#8217;shib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Ma- Dina qo&#8217;lga kiritildi. 1926 y. yanv. da u o&#8217;zini Hijoz podshosi, Najd va b. qo&#8217;shib olingan viloyatlarning sultoni deb e&#8217;- lon qildi. 1927 y. Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olishga majbur bo&#8217;ldi. 1932 y.dan boshlab mamlakat S.A. Podshohligi deb ataladigan bo&#8217;ldi. 1934 y. S.A. va Yaman o&#8217;rtasida bo&#8217;lib o&#8217;tgan va Yamanning mag&#8217;lubiyati b-n tugagan urush natijasida S. A. Asir, Jizana va Naj- Dning bir qismini o&#8217;z tarkibiga kirit- Di. 2-jahon urushi davri (1939-45) da S.A. Germaniya (1941) va Italiya (1942) b-n diplomatik aloqani uzdi, ammo urushda qatnashmadi. Urush oxiriga kelib S.A. da AQSh ta&#8217;siri kuchaya boshladi. 1943 y. AQSh Saudiya Arabistoni b-n diplo- matik aloqa o&#8217;rnatdi va S.A. ga Lendliz (biror shart b-n qarz berish) qonunini joriy etdi. AQShning aram ko neft kompaniyasi 1972 y.ga qadar neft qazib olish ishlarini bajarib keldi. 1962 y. Saud amaldagi hokimiyatni Amir Fay- salga topshirishga, 1964 y. 2 noyab.da esa Faysal foydasiga taxtdan voz ke- chishga majbur bo&#8217;ddi. Faysal hukumati xalq xo&#8217;jaligi (yangi sanoat korxonala- rini barpo etish va h.k.), xalq ta&#8217;limi sohasida bir qancha islohotlar o&#8217;tkazdi. 1960y.larning 2-yarmidan S.A. tashqi si- yosati 2 xil yo&#8217;nalishda bo&#8217;ldi. Bir tomon- dan musulmon davlatlari tashkiloti \u2014 Islom paktini tuzib (1966), kommunizm- ga qarshi harakatni qo&#8217;llab-quvvatlagan bo&#8217;lsa, ikkinchi tomondan Isroil agres- siyasiga duchor bo&#8217;lgan Arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boshladi. 1973 y.gi yaqin Sharkdagi harbiy tanglik paytida S.A. o&#8217;z qo&#8217;shinlari b-n Arab mamlakatlari to- monida turib urushda qatnashdi va Misr hamda Suriyaga qaytarib olmaslik shar- ti b-n moliyaviy yordam berdi; Isroil- ni quvvatlayotgan mamlakatlar \u2014 AQSh, Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha to&#8217;xtatib qo&#8217;ydi. 1974 y. okt. oyida ra- botda bo&#8217;lib o&#8217;tgan Arab mamlakatlari rahbarlarining konferentsiyasida S.A. Falastin Ozodlik tashkilotini tan oldi. 1975 y. 25 martda podshox. Faysal o&#8217;ldirilgach, uning o&#8217;rniga Xolid ibn Abdulaziz podshoh bo&#8217;ddi. 1982 y. iyunda Podshohxolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning o&#8217;rniga Faxd bin Abdulaziz taxtga o&#8217;tirdi. S.A. \u2014 1945 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR b-n diplomatiya munosabat- larini 1992 y. Fev,da o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 23 sent. \u2014 Podshohlik e&#8217;lon qilingan kun (1932). Xo&#8217;jaligi. Iqtisodiyotining aso- si \u2014 neft va gaz sanoati. 2-jahon urushiga qadar S.A. xo&#8217;jaligida chor- vachilik ustun bo&#8217;lgan. Urushdan keyin neft qazib olish va eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daro- mad 5 y.lik rejalar doirasida sanoatni rivojlantirishga katta mablag&#8217;ajratish imkonini berdi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 53%, q.x. ulushi 6%, xizmat ko&#8217;rsatish tarmog&#8217;i ulushi 41% ni tashkil etadi. I.ch. yalpi xdjmining 35% xususiy sektorga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Sanoati . S.A. neft zaxiralari bo&#8217;yicha dunyoda 1-o&#8217;rinda (35,8 mlrd. ton- na), neft qazib chiqarish bo&#8217;yicha 2o&#8217;rinda (AQShdan keyin) turadi. Neftning 95% &#171;Saudi aram ko&#187; milliy kompaniyasi tomonidan qazib chiqariladi. S.A. da ku- niga 7,5 mln. barrel (2002 y. 308 mln. tonna) neft qazib olinadi. Gaz zaxira- lari bo&#8217;yicha dunyoda 4o&#8217;rinni egallasada, uni qazib olish bo&#8217;yicha yaqin Sharqda lo&#8217;rinda turadi. 1960y.larning oxiridan neft kimyosi sanoati keng rivojlandi. Metallurgiya (Jidda), qog&#8217;oz (Dammam), oziq-ovqat (Makkadagi yog z-Di, konditer f-kasi, ArRiyoddagi sabzavot konserva- lari va Jiddadagi meva sharbati ishlab chiqaradigan f-ka hamda Hufuf va Ma- dinadagi xurmoni qayta ishlash f-kasi), to&#8217;qimachilik, qurilish materiallari sa- noati xam rivojlangan. Jidda, Dammam va ArRiyodda tsement z-dlari, Dahronda oynashisha z-Di bor. Bu korxonalarning ko&#8217;pchiligi to&#8217;liq yoki qisman (70%cha) &#171;Sabik&#187; davlat kontserniga karashli va u tomonidan nazorat qilinadi. Yi- liga o&#8217;rtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. S.A. da hunarmandchilik, shu jumladan, zargar- lik korxonalari salmokli o&#8217;rin egallay- Di. Qishloq xo&#8217;jaligi bundan chorak asr muqaddam iqtisodiyotning eng qoloqtarmog&#8217;i hisoblangan. 1990y.lar- dan u juda tez sur&#8217;atlar b-n rivojlan- Di va daromadli tarmoklardan biriga aylandi. Ekin ekiladigan umumiy may- don 1990y.larningoxirida 1,8 mln. gek- Targa etdi. Asosiy q.x. ekini \u2014 g&#8217;alla, sholi. Xurmo, kofe, uzum, mandarin, ba- Nan, sabzavot va mevali o&#8217;simliklar ham o&#8217;stiriladi. Ko&#8217;chmanchi chorvachilik ri- vojlangan: tuya, qo&#8217;y, echki, qoramol, shu- ningdek, tovuq boqiladi. Baliqovlash b-n shug&#8217;ullaniladi. Yiliga o&#8217;rtacha 698 ming t sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mamlakat o&#8217;z aholisini asosiy oziq- ovqat mahsulotlari b-n to&#8217;liq ta&#8217;min- laydi. Dengizdan marvarid va marjon olinadi. Har yili Makka va Madinaga keluvchi 2 mln.dan ortiq ziyoratchiga xiz- mat ko&#8217;rsatiladi. Temir yo&#8217;llar uz. 1400 km ni tash- kil etadi. Eng yirik t.y. yo&#8217;nalishlari Dammam\u2014 Dahron\u2014Arriyod (562 km), Hufuf\u2014Arriyod (322 km). Avtomobil yo&#8217;llari uz. 159 ming km, undan 100 ming km asfaltlangan; neft quvuri uz. \u2014 3,7 ming km. S.A. Yaqin Sharkda eng kuch- li dengiz flotiga ega. Mamlakatdagi asosiy dengiz portlari: Jidda, Yanbo, Jizon, RasTannura, Dammam, Jubayl, Daba va b. Mamlakatdagi 25 aeroport- dan 3 tasi xalqaro aeroportdir. Havo aloqasi &#171;Saudiarabien erlayns&#187; avia- kompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Xalqaro aeroportlari Dahron, Jidda va ArRiyodda. S.A. chetga, asosan, neft va neft mahsulotlari, bug&#8217;doy, xurmo chiqaradi. Chetdan mashina jihozlari, avtomobil, iste&#8217;mol mollari, transport vosita- lari, metall, to&#8217;qimachilik buyumlari, qurolyarog&#8217;oladi. Asosan, Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur, Frantsiya, Germaniya b-n savdo qiladi. Pul birligi \u2014 S.A. riyoli. Tibbiy xizmati. So&#8217;nggi 30 y. Ichida mamlakatda kasalliklarni davolash va oldini olishga qaratilgan keng qo&#8217;lamli investisiya dasturlarini amalga oshi- rish tufayli ijobiy o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y berdi. Ilgari aholi orasida ko&#8217;p uch- raydigan sil, bezgak, teri va traxoma kasalliklari deyarli barham topdi. Mamlakatga har yili keladigan ziyorat- chilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat ko&#8217;rsatiladi. Buning uchun Makkada 7 ka- salxona, 40 tibbiy markaz, Minoda 4 ka- salxona va 24 tibbiy markaz, Arofatda 3 kasalxona va 43 tibbiy markaz, Muzdali- FAda 6 tibbiy markaz, Madinada 8 kasal- xona va 48 tibbiy markaz mavjud. S.A. da 42625 o&#8217;rinli 290 kasalxona bor. Tib- biy markaz va dispanserlar soni 4000 dan oshadi. 2000 y. 30 544 vrach, 61\u00a0214 hamshira va 31977 texnik assistent ish- ladi. Vrachlarning 17% S.A. fuqarolari, qolganlari misrlik, pokistonlik, ma- layziyalik va b. mutaxassislardir. Eng chekka viloyatlardagi bemorlarni Mar- kaziy ixtisoslashgan kasalxonalarga tezkorlik b-n keltirish maqsadida 22 samolyotdan iborat havo ambulatoriyasi mavjud. S.A. Qizil yarim oy jamiyati- ning 154 markazi va 500 Kuchma ambula- toriyasi, 27000 xizmatchisi ham aholiga favqulodda yordam ko&#8217;rsatadi. Mamlakat va chet el fuqarolari uchun tibbiy xizmat bepul. Maorifi va madaniy-ma&#8217;rifiy mu- assasalari. 1926 y. boshlang&#8217;ich majburiy ta&#8217;lim va dunyoviy maktablar ochish, 1960 y. qizlarni majburiy ta&#8217;limga jalb etish qaqida qonunlar qabul qilingan. Ta&#8217;lim tizimi davlat qaramog&#8217;ida bo&#8217;lib, mamlakat fuqarolari va chet el- liklar uchun ham bepul. Maktabga 6 yosh- dan qabul qilinadi. Boshlang&#8217;ich maktab 6 y.lik, o&#8217;rta maktab 2 bosqichli bo&#8217;lib, to&#8217;liqsiz o&#8217;rta (3 y.) va to&#8217;liq o&#8217;rta (3 y.) maktabdan iborat. Boshlang&#8217;ich maktab negizida hunartexnika maktablari (4 y.lik), to&#8217;liqsiz o&#8217;rta maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari (2 y.lik) ishlaydi. Maktablarda o&#8217;g&#8217;il bolalar va kizlar alohidaalohida o&#8217;qitiladi. S.A.da o&#8217;g&#8217;il bolalar uchun 11191 va qiz bolalar uchun 11441 maktab bo&#8217;lib, ularda4,15 mln. bola o&#8217;qiydi, 292 ming o&#8217;qituvchi ishlaydi. Har bir o&#8217;qituvchiga 15 o&#8217;quvchi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Bu \u2014 dunyodagi eng yuqori ko&#8217;rsatkichlardan hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatda xususiy ta&#8217;lim muassasalari ham mavjud. Mam- lakatda bir qancha oliy o&#8217;quv yurtlari bor. Eng yiriklari: ArRiyoddagi podshoh Saud un-ti (1957), Jiddadagi Abdul Aziz un-ti (1967), Madinadagi I slom tadqiqotlari un-ti (1961), ArRiyoddagi Imom Muhammad ibn Saud Islom un-ti (1974), Sharqiy vshgoyatdagi podshoh Fay- sal un-ti (1974), Makkadagi Umm alkura un-ti (1981), Dahrondagi podshoh Faxd nomidagi neft va minerallar un-ti (1963), ArRiyoddagi Oliy texnologiya in- ti va texnika inti. Oliy ta&#8217;lim bera- digan un-t, institut va kollejlarda 297 830 talaba ta&#8217;lim oladi. Yirik kutubxonalari: Milliy kutub- xona (1968), Saud kutubxonasi, Arriyod un-ti kutubxonasi, Mahmudiya kutubxo- nasi, Orif Hikmat kutubxonasi, Madina un-ti kutubxonasi. S.A. da 153 madaniy markaz, madaniyat va san&#8217;at jamiyati, adabiyot klublari faoliyat ko&#8217;rsatadi. 12 ta muzey bor. Ularning eng yiriklari: ArRiyoddagi arxeologiya va xalq merosi milliy muzeyi, AlMasmak kal&#8217;asi mu- zeyi, Dammamdagi mintaqaviy muzey va b. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. S.A. da 100 dan ortiq kun- dalik gaz. va jur. nashr etiladi. Yiri- klari Arab tilida: &#171;Albilad&#187; (&#171;mamla- kat&#187;, kundalik gaz., 1934 y.dan), &#171;Annad- va&#187; (&#171;klub&#187;, kundalik gaz., 1958 y.dan), &#171;Almadinaalmunavvara&#187; (kundalik gaz., 1937 y.dan), &#171;Arriyod&#187; (kundalik gaz., 1964 y.dan), &#171;Aljazira&#187; (&#171;Orol&#187;, kundalik gaz.), &#171;Ashsharqalausat&#187; (&#171;Yaqin Sharq&#187;, gaz., 1978 y.dan); ingliz tilida: &#171;Arab Nyus&#187; (&#171;Arab yangili- klari&#187;, kundalik gaz., 1975 y.dan). Eng yirik va nufuzli nashriyot &#171;AlYamama&#187; hisoblanadi. Radioeshittirish 1948 y.dan boshlangan, 23 davlat radiostyasi mavjud. Eshittirishlar 4 kanal orkali Arab va ingliz tillarida, chet ellarga frantsuz, turk, urdu, Bengal, fors, o&#8217;zbek, suaxili va indonez tillarida uzatiladi. S.A. da milliy teleko&#8217;rsatuv faoliyati 1965 y.dan boshlangan. Makka (1967), Madina (1967), Dam- mam (1969) da yirik televizion markaz- lar mavjud. Teleeshittirishlar 2 kanal orqali olib boriladi. Sun&#8217;iy yo&#8217;ldosh orqali teleko&#8217;rsatuvlar asosiy axborot manbaidir. 70% teletomoshabinlar un- dan foydalanadi. Adabiyoti. Hozirgi S.A. hududidagi qad. va o&#8217;rta asr adabiyoti Arab mada- niyati o&#8217;zanida rivojlandi. Hijozda 5\u2014 7-a.larda badaviylar she&#8217;riyati (Imruulqays) rivojlandi, 7-a. ning 1-yarmida esa &#171;Qur&#8217;on&#187; xatga tushiril- Di. Badaviylar she&#8217;riyati namunalari va &#171;Qur&#8217;on&#187; mumtoz Arab tilini na- moyon etuvchi buyuk manba hisoblanadi. Arab xalifaligi tashkil topishi, 7-a. ning 20y.larida adabiy hayot markazlari- ning o&#8217;zgarib turishi (Damashq, Bag&#8217;dod, Kohira va b.) S.A. da adabiyot rivojini birmuncha sustlashtirdi. Vahhobiylar mafkurasi va konservativ jamiyat tu- zilishi yangi adabiyot rivojini uzok, vaqtgacha to&#8217;xtatib qo&#8217;ydi. Qo&#8217;shni Arab mamlakatlarining ta&#8217;sirida 20-a.ning 20y.laridan bir qancha shoir, jurnalist, yozuvchilar etishib chiqdi. Ularning asar- larida ma&#8217;rifatparvarlik, romantik va realistik yo&#8217;nalishlar uyg&#8217;unlashgan edi. Muhammad surur asSabbon va Muhammad Hasan Avvad romantik yo&#8217;nalish asos- chilari hisoblanadi. Husayn Sirxan, Muhammad Hasan FIKi, Muhammad ala- Mir arRumeyxa kabi shoirlar mazkur yo&#8217;nalishda ijod qilgan shoirlardir. Mehnatkash xalq hayotini, jamiyatda- gi ijtimoiy adolatsizliklarni fosh etish Ahmad Abd alG&#8217;afur Attor ijodi- da muxim o&#8217;rin tutadi. 2-jahon urushi (1939-45) dan keyingi davr nasrida Amin Salom Rumayha, Abdulla Munaa, Yusuf bin ashshayx Ya&#8217;qub hikoyalari, Hasan Nosif, Abd assalom Hoshim Hofiz qissalari realistik yo&#8217;nalishga ega. Realist yozuvchilar asarlarida sen- timentalizm ruhi kuchli. 1957 y. Abd as- Salom Hoshim Hofizning xotin-qizlar huquqini himoya etishga bag&#8217;ishlangan &#171;Hijozlik Samro&#187; nomli birinchi ro- mani nashr etildi. 50y.lardagi publi- tsistika va adabiy tanqidda Muhammad Hasan Avvad, Abdulla bin xalis, saod albovaridiy, Abdulla Abd aljabbor va b. ijodi muhim ahamiyatga egadir. Hikoya janri yaqinda paydo bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa ham, S.A. adabiyotida etakchi o&#8217;rinni egallaydi. Ahmad asSiboi, Hamid Damanquri hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Ahmad Assibo- ining &#171;Egizaklar&#187; asari bu janrda yara- tilgan birinchi asardir. Novella Jan- ri ham yangi janrlardan hisoblanadi. Husayn Ali Husayn, Muhammad Ulvan, Ali Xasuna, Siboi Usmon, Muhammad alMansura ashShakxa mazkur janrda sa- marali ijod qilmoqdalar. 80y.lardagi publisistika va adabiy tanqidda Ahmad Abd alG&#8217;afur al Attar, Muhammad Abdo Yamanini alohida ko&#8217;rsatish mumkin. 1980 y.dan podshoh farmoni b-n ada- biyot bo&#8217;yicha davlat mukofoti ta&#8217;sis etilgan. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Odam yuzi tasvirlangan tosh haykalchalar, hayvonlar tasvirlangan tosh releflar S.A. hududidagi qad. yodgorliklardan hisoblanadi (mil. AV. 7-2-a.lar). Makka va Madinada o&#8217;rta asr Arab me&#8217;morligi yodgorliklari (machit, madrasa, minora- lar) saqlangan. Hijoz shim.da mil. AV. 2 va mil. 1-a. larga oid nabatiyaliklar shahri vayronalari va qabrlar topilgan. Aholi turmush darajasining yuksalib borishi b-n an&#8217;anaviy loy va xom g&#8217;ishtlar o&#8217;rniga zamonaviy qurilish materialla- ridan mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda Villa va ko&#8217;shklar qurildi. Ko&#8217;chmanchilarning turar joy- lari esa echki terisi b-n yopilgan chayla- lardan iborat. Yirik shaharlar (Makka, Arriyod, Madina, Jidda)da jahon ando- zalariga mos darajada ko&#8217;p qavatli uy- lar, mehmonxona, stadion, aeroportlar mavjud. Zamonaviy qurilishlarda Arab milliy me&#8217;morligi an&#8217;analari o&#8217;z aksi- ni topgan. Yirik inshootlarning devori ko&#8217;pi marmar b-n qoplangan. Kinosi. S.A.da hayot tarzi Islom dini arkonlari asosida qurilgani sa- babli kinoteatr va teatrlar yo&#8217;q. Shunga muvofiq, kinematografiya san&#8217;ati ri- vojlanmagan. Asosan, sport va ijtimo- iy xarakterga ega filmlar yaratiladi. Ommaviy tarzda kinofilm va spektak- llar namoyish etilmaydi. O&#8217;zbekiston \u2014 S.A. munosabatlari. 1992 y. Fev.da S.A. tashqi ishlar vaziri Shahzoda Saud Alfaysal bin Abdulaziz Ol Saudning O&#8217;zbekistonga, o&#8217;sha yil apr. da O&#8217;zR Prezidenti I. A. Karimovning S.A. ga tashrifidan so&#8217;ng 1992 y. noyab. da Jidda sh.da O&#8217;zR konsulxonasi, may oyida ArRiyodda elchixonasi, 1997 y. 27 martda Toshkentda S.A. elchixonasi ochildi. 1995 y. noyab. da O&#8217;zR tashki ish- lar vazirining S.A. ga qilgan tashrifi davomida O&#8217;zbekiston b-n S.A. o&#8217;rtasida savdo, iqtisod, investisiyalar, texni- ka, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohalarida hamkorlik qilish to&#8217;g&#8217;risida bitim imzolandi. 1996 y. apr.da ArRiyodda O&#8217;zR Prezidenti I.A. Karimovning &#171;O&#8217;zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo&#8217;lida&#187;, 1998 y. martda &#171;O&#8217;zbekiston XXI asr bo&#8217;sag&#8217;asida: xavf- sizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari&#187; asarlari Arab tilidagi nashrining rasmiy takdimoti o&#8217;tkazildi. 1996 y.da S.A.ning &#171;Delta oyl&#187; shir- kati b-n hamkorlik aloqalari o&#8217;rnatildi. Jumladan, O&#8217;zbekiston hukumati AQSh \u2014 S.A. ning &#171;Yunikol&#187; va &#171;Delta oyl&#187; shirkatlari konsortsiumi b-n neft va gaz quvurlari loyihalari to&#8217;g&#8217;risida bitim, &#171;O&#8217;zbekneftgaz&#187; milliy xolding kompaniyasi esa O&#8217;zbekistonda neft razvedkasi hamda uni qazib chiqarish haqida anglashuv bayonnomasini imzola- Di. 1996 y. yanv.da &#171;O&#8217;zbekturizm&#187; kom- paniyasi &#171;Almarva&#187; shirkati b-n turizm va aviachiptalarni sotish to&#8217;g&#8217;risida bitim imzoladi. 2002 y.da O&#8217;zbekiston \u2014 S.A. o&#8217;rtasidagi tovar aylanmasi 3,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O&#8217;zbekistonning S.A. ga eksporti, aso- san, savdo va unga aloqador xizmatlardan iborat. Ayni paytda, S.A.dan shirinli- klar, don, gilam va polni krplaydigan mahsulotlar, o&#8217;simlik va mol yog&#8217;i, mebel va choyshablar, spirtsiz ichimliklar, optika jihozlari, poyabzal, bo&#8217;yoklar, o&#8217;yinchoq va sport anjomlari olinadi. O&#8217;zbekistonda S.A. ishtirokidagi 14 korxona ro&#8217;yxatga olingan bo&#8217;lib, ular- ning 10 tasi qo&#8217;shma korxona, 4 tasi 100% S.A. sarmoyasidagi korxonalardir. Ikki davlat o&#8217;rtasida ta&#8217;lim va din sohalarida ham hamkorlik rivojlan- gan. 1997 y. S.A. oliy ta&#8217;lim vaziri Xalid alanqariy O&#8217;zbekistonga S.A. ning bir necha un-tlari rektorlaridan iborat delegasiya b-n tashrif buyurdi. Mustaqillik davrida respublikamiz- ning 45 mingdan ortiq fuqarosi haj, 35 mingdan ziyod fuqarosi Umra safarlari- da bo&#8217;ldilar (2004). Nosir Orifxo&#8217;jaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Saudiya Arabistoni, Saudiya Arabistoni Podshohligi (Almamlaka alarabiya assaudiya) \u2014 Osiyoning Jan. g&#8217;arbida joylashgan davlat. Arabiston ya.o.ning taxm. 2\/3 qismini va qizil dengiz hamda Fors qo&#8217;ltig&#8217;idagi qator qirg&#8217;oqbo&#8217;yi orollarni egallaydi. Mayd. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/saudiya-arabistoni-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124463","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124463","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124463"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124463\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124475,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124463\/revisions\/124475"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124463"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124463"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124463"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}