{"id":124464,"date":"2024-05-16T20:05:51","date_gmt":"2024-05-16T17:05:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124464"},"modified":"2024-05-16T20:05:59","modified_gmt":"2024-05-16T17:05:59","slug":"sariosiyo-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sariosiyo-tumani\/","title":{"rendered":"Sariosiyo tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Sariosiyo tumani &#8212; Surxonda- ryo viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. 1959 y.dan Denov, 1962 y.dan uzun tumanlari tarkibida, 1964 y. 22 Fev.dan S.t. nomi b-n qaytadan tuzil- gan. Jan.sharqsan uzun, Jan.g&#8217;arbdan boy- Sun, Jan.dan Denov, Qumqo&#8217;rg&#8217;on tumanla- ri, shim. va sharkdan Tojikiston Respu- blikasi, shim.G&#8217;arb va g&#8217;arbdan Qashqadaryo viloyati b-n chegaradosh. Mayd. 3,15 ming km2. Aholisi 147,8 ming kishi (2003). Tumanda 1 shaharcha (Sariosiyo), 1 shahar (Sharg&#8217;un), 9 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bo&#8217;ston, Dashnobod, Navro&#8217;z, Sangardak, Sariosiyo, So&#8217;fiyon, Toqchiyon, Xufar, O&#8217;zbekiston) bor. Markazi \u2014 Sariosiyo shaharchasi. Tabiati. Tuman viloyatning shim. qismida joylashgan. Relefi xilma- xil. Shim. Hisor (eng baland joyi \u2014 Xo&#8217;japiryax tog&#8217;i \u2014 4303 m) tog tizmala- ri va ular orasidagi Surxondaryo, tupo- londaryo va irmoklarining vodiylaridan iborat. Jan.g&#8217;arbiy qismi Bobotog&#8217;va Boysuntog&#8217;tizmalari (eng baland joyi \u2014 Zarkosa tog&#8217;i, 2290 m) va ular orasida- gi pastbaland adirlar b-n band. Xufor, Xondiza, Istoch, Vochax, Maland, Zoxona qishloqlari 2500-2800 m balandlik- da joylashgan. Er usti tuzilishining xilmaxilligi iqlim, tuproq, o&#8217;simlik va hayvonot dunyosiga ham ta&#8217;sir et- gan. Iqlimi quruq subtropik iqlimga xos, qishi qisqa, yozi esa davomli. Yil- lik o&#8217;rtacha tra 15,6\u00b0. Tekislik qismida yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi 2,5, iyulniki 28\u00b0. Eng yuqori tra 44\u00b0. Vegetasiya dav- ri 270\u2014 280 kun. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in miqdori 200-300 mm. Tog&#8217;larda 790 mm. Jan.g&#8217;arbdan esuvchi, quruq, changbo&#8217;ronli afg&#8217;on shamoli salbiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Tumanning hududidan o&#8217;tuvchi eng uzun va sersuv To&#8217;polondaryo Surxondaryoga quyiladi, shuningdek, Obizarang, San- gardakdaryolar ham bor. Ezda Daryo va soy- larda suv keskin kamayadi. To&#8217;polon suv ombori Surxondaryo viloyatining 10 ta tumanini suv b-n ta&#8217;minlaydi. Hisor tog&#8217;i etaklarida oddiy yoki tipik bo&#8217;z, qo&#8217;ng&#8217;ir bo&#8217;z tuproqlar, Bobotog&#8217;etaklarida och bo&#8217;z, shag&#8217;alli bo&#8217;z, Daryo vodiylarida esa allyuvial o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqibotqoq, tekisliklar- da och bo&#8217;z tuproklar tarqalgan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan: tog&#8217;larda zarang, yong&#8217;oq, archa, bodom, qatrang&#8217;i; butalardan pi- sta, do&#8217;lana, itburun, chiya; kserofit- lardan tikanli kavrak, betaga, chaytab, oqmomiq, to&#8217;ng&#8217;izsirt, suvrang, choyo&#8217;t, cha- lov, qiziltikan, astragal va b. o&#8217;sadi. Yov- voyi hayvonlardan: bo&#8217;ri, sug&#8217;ur, tulki, qora va qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq, qoplon, silovsin, qobon, jayran, jayra, kalamush, qo&#8217;shoyoq, ko&#8217;rsichqon; o&#8217;qilon, O&#8217;rta Osiyo kobrasi (ko&#8217;zoynakli ilon), bo&#8217;g&#8217;ma va qora ilonlar, gekkon kaltakesagi; qushlardan tog&#8217;lo- chini, kopcha, kalxat, burgut, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, chil, xilol, kaklik, kaptar; baliklardan shohbaliq, ilonbaliq, laqqabaliq va b. bor. O&#8217;zbekistonda yagona kokslanuvchi ko&#8217;mir olinadigan Sharg&#8217;un ko&#8217;mir koni, Xondiza polimetall koni, kurilish ma- teriallari, neft, gaz mavjud. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashay- Di. 1 km2 ga o&#8217;rtacha 47 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Qishloq aholisi 115,3 ming kishi, shahar aholisi 32,5 ming kishi (2003). Xo&#8217;jaligi. Q.x. da paxtachilik, g&#8217;allachilik, chorvachilik taraqqiy et- gan. Sanoati xam salmoqli o&#8217;rin tuta- Di. Sharg&#8217;un toshko&#8217;mir koni, marmar, fosfor konlari, rux foydali kazil- malari mavjud. 3 ta qo&#8217;shma korxona, 34 kichik korxona, 2 temirbeton buyumlari, 2 shag&#8217;alsaralash z-dlari, Sariosiyo par- randachilik korxonasi bor. Qo&#8217;shma kor- xonalardan &#171;Miftox&#187; O&#8217;zbekiston\u2014Ros- siya, &#171;Lajer&#187; O&#8217;zbekiston\u2014Tojikiston (pivo ishlab chiqaradigan) korxonalari ishlab turipti. Tuman hududidan Kalif \u2014 Termiz \u2014 Sariosiyo \u2014 Tojikiston &#171;Do&#8217;stlik&#187; tabiiy gaz quvuri, t.y. o&#8217;tgan. Tumanda 11 shirkat, 229 fermer dehqon xo&#8217;jaliklari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Uzun o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi, Hisor dorivor o&#8217;simliklar xo&#8217;jaligi, asalchilikka IX- tisoslashgan xo&#8217;jalik bor. 5765 ga may- donga paxta, 3300 ga maydonga g&#8217;alla, shu- ningdek, sabzavot, beda, em-xashak ekin- lari ekiladi (2003). Meva va uzum etish- tiruvchi xo&#8217;jaliklar ham bor. O&#8217;rmon xo&#8217;jaligida Bobotog&#8217;pistasi va ko&#8217;pgina dorivor o&#8217;simliklar tayyorlanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 51 ming qo&#8217;y va echki, 7 ming ot boqiladi, shuning- dek, qoramol, parrandachilik fermalari ham bor. Yirik Hisor qo&#8217;ylari etishti- riladi. Ekinzorlar Hasanxon kanali, Katta va kichik Damariq kanallaridan sug&#8217;oriladi. Tumanda 71 umumiy ta&#8217;lim makta- bi (31 mingo&#8217;quvchi), 2 ta gimnaziya, 3 ta maxsus internat maktab, 3 ta kasb-hunar kolleji (3 mingga yaqin o&#8217;quvchi) faoliyat ko&#8217;rsatadi. S.t.da 41 ta kutubxona, 3 mada- niyat uyi, 11 klub, xalq teatri, ashula va rake ansambli ishlab turibdi. Stadion va b. muassasalar mavjud. Kasalxona, po- liklinika, tug&#8217;ruqxona, qishloq vrachlik punktlari, Xondiza dam olish majmui aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Tuman xududi orkali Toshkent \u2014 Dushanba, uzun \u2014 Sharg&#8217;un poezdlari o&#8217;tadi. &#171;Sariosiyo&#187; tu- man, gaz. 1932 y.dan chiqadi (adadi 2000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sariosiyo tumani &#8212; Surxonda- ryo viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. 1959 y.dan Denov, 1962 y.dan uzun tumanlari tarkibida, 1964 y. 22 Fev.dan S.t. nomi b-n qaytadan tuzil- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sariosiyo-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124464","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124464","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124464"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124464\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124476,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124464\/revisions\/124476"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124464"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124464"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124464"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}