{"id":124465,"date":"2024-05-16T20:05:51","date_gmt":"2024-05-16T17:05:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124465"},"modified":"2024-05-16T20:05:59","modified_gmt":"2024-05-16T17:05:59","slug":"sarazm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sarazm\/","title":{"rendered":"Sarazm"},"content":{"rendered":"\n<p>Sarazm \u2014 Zarafshon vodiysining eneolit va ilk jez davriga oid qad. dehqonchilik madaniyatiga tegishli ar- xeologik yodgorlik. Uning asosida key- inchalik S. qishlog&#8217;i tarkib topgan. U Zarafshon daryosining tog&#8217;lar orasidan keng vodiyga chiqish joyida, Oyimko&#8217;l yonida joylashgan. Sug&#8217;dshunos olim V.A.Livshisning fikriga ko&#8217;ra, &#171;S.\u00bb atamasi sug&#8217;dcha &#171;sarizamin&#187;, ya&#8217;ni &#171;er- ning boshlanishi&#187;, &#171;vohaning boshlani- shi&#187; demakdir. Yodgorlik yassi tepachalar ko&#8217;rinishida, 100 gektarga yaqin joyni egallagan. Unda 1976 y.dan tadqiqot ishlari olib boriladi. Arxeologik tadqiqot natijalariga qaraganda, S. Zarafshon vodiysining eng kad. Bobo dehqonlari maskani bo&#8217;lib, bu joyda hayot eneolitning rivojlangan bosqichidan to ilk jez davriga qadar (yaqin 1,5 ming yil) davom etgan. S.da 7 yil davomida arxeologik ka- zish ishlari olib borildi va 10 nuqtada qad. qishloq hayotining davomiyligini o&#8217;rganish uchun shurflar kazildi. Nati- jada yodgorlikda 4 ta tarixiy bosqich anikdandi. Arxeologik materiallar taxliliga ko&#8217;ra, lbosqich (C.I) mil. AV. 3400-3200 y.lar, 2-bosqich (S. 2) mil. AV. 3200-2900 y.lar, 3-bosqich (S. 3) mil. AV. 2900-2700 y.lar, 4-bosqich (S. 4) mil. AV. 2700-2000 y.lar b-n belgilan- Di. S. 1 davri jamoa oilalari bir xo- nali uylarda yashagan, jamoa xilxonasi bor. Jamoa kvartali atrofi esa mudofaa devorlari b-n o&#8217;rab olingan. Jamoa tu- rar joy qoldiqlarini qazish jarayonida sirtiga rangli gul solingan sopol par- chalari, xilxonadan esa mis oyna, oltin va kumutshdan yasalgan munchoklar topil- Di. Topilmalar ko&#8217;p jihatdan Jan. Tur- kmanistonning qad. Gyoksur vohasi Mate- riallariga aynan o&#8217;xshab ketadi. S. 2 davrida birbirlaridan tor ko&#8217;chalar b-n ajratilgan ko&#8217;p xonali tu- rar joy massivlari paydo bo&#8217;ladi. Ular- ning qoshida aylana shaklida qurilgan topinish maskani \u2014 oilaviy otashpa- rastlik altarlari shakllanadi. Yirik uyjoy massivlari doirasida jamoa ibo- datxonalari (ikki joyda) qad ko&#8217;taradi. Ibodatxonalarning devorlariga ki- zil rangda naksh berilgan va ularning qoq o&#8217;rtasida murabba shaklida altar joylashgan. Xo&#8217;jalikda toshdan ish- langan mehnat qurollari, to&#8217;qimachilik dastgohining qismlari, urchuq toshlar, mis pichoqlar, xanjar, qarmoq, igna va bigizlar ko&#8217;plab uchraydi. S. 3 davrida ijtimoiy xarakterdagi monumental binolar paydo bo&#8217;ladi. Ular urug&#8217;jamoalarining ma&#8217;muriy bino va ibodatxonalaridan iborat edi. Bu davrda patriarxal oila hovlijoylari kengayadi, bu hovlilar maydonida kulolchilik xum- donlari va metallni eritish ustaxona- lari paydo bo&#8217;ladi. Bu bosqichda i.ch.ning qator sohalarida hunarmandchilikning turli yo&#8217;nalishlari bo&#8217;yicha ixtisosla- shuv jarayoni kechadi. Kulolchilikda ichi va sirtiga sayqal berilgan sopollar ke- skin kamayadi. Ularning o&#8217;rnini mahalliy an&#8217;anaviy shakldagi naqshlar egallaydi. Mahalliy naqshlar b-n ibodatxonalar- ning devorlarini bezash odati vujudga keladi. Bu bosqichda mahalliy xom ashyo bazasida metall eritish va metalldan turli xil qurollar yasash kuchayadi. Shun- Day qilib, qad. sarazmliklar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub o&#8217;zgarishlar yuz beradi. S. 4 davriga kelib, demografik o&#8217;zgarishlar b-n bog&#8217;liq holda aholining vodiy bo&#8217;ylab tarqalishi, go&#8217;yo uning &#171;inqirozi&#187; kuzatiladi. S.da aholi siy- raklashib, avvalgi monumental ma&#8217;mu- riy imoratlar o&#8217;rnini oddiy kulbalar egallaydi. Ehtimol, S 4 davri Yodgor- likning eng yuqori qatlamlari bo&#8217;lgani uchun davr taqozosi b-n uning qurilish qoldiklari bizgacha shu holatda etib kel- gandir. Ehtimol, bu tanazzul jez dav- rining ma&#8217;lum bir bosqichida (mil. AV. 2ming yillikning 2-yarmida) oriylar- ning Jan.ga tomon ko&#8217;chishi munosabati b-n O&#8217;rta Osiyoning shim. va Markaziy viloyatlari moddiy madaniyatida yuz ber- gan o&#8217;zgarishlar b-n bog&#8217;likdir. Bu davr aksi kulolchilikda yaqqol ko&#8217;zga tashla- nadi, ya&#8217;ni, bir tomondan kulolchilikda qizg&#8217;ish oq tiniq angob b-n pardozlangan sopollar sirtida, idishlarning gar- dishi bo&#8217;ylab oddiygina rangli naqsh solish kuzatilsa, ikkinchi tomondan sopol idishlarning kulolchilik charxi- da yasash texnologiyasi kashf etiladi. Ijtimoiyiqtisodiy tabaqalanishning ayrim belgilari sifatida terrakota, tosh va jezdan ishlangan muhrlar pay- do bo&#8217;ladi. Qishloq jamoasi sardori, qabila boshlig&#8217;ining hukmdorlik belgi- si bo&#8217;lmish jamoa nishoni yangi ma&#8217;no va mazmun kasb etadi. Demak, S. 4 davrida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda yuz bergan o&#8217;zgarishlar S. jamiyatining so&#8217;nggi bosqichida mulkiy tabaqalanish jarayoni jadal kechayotganligidan dalo- lat beradi. S.da o&#8217;rganilgan yagona xilxo- na, yuqorida ta&#8217;kidlaganimizdek, uning ilk bosqichiga daxldor bo&#8217;lib, u doira shaklida ishlangan tosh g&#8217;ovlar b-n o&#8217;rab olingan, uning diametri 15 m, ichiga 5 ta kabr joylashgan. Tosh g&#8217;ovning Markaziy kabriga 3 kishi (ayol, erkak va o&#8217;spirin) ko&#8217;milgan. Ayolga tegishli ashyoviy dalil- larga qaraganda u o&#8217;z jamoasida katta nu- fuzga ega bo&#8217;lgan. Uning kiyimlariga Fe- ruza, la&#8217;l, yoqut va yashma kabi qimmatbaho toshlardan yasalgan munchoklar qadalgan. Ayolning bosh kiyimi ham taqinchoklar b-n bezatilgan. Soch tolalariga ol- tin munchoq shodalari osib qo&#8217;yilgan. Qo&#8217;llariga dengiz chig&#8217;anog&#8217;idan ishlangan bilaguzuklar taqilgan. Ayol skeleti yoni- dan dastali mis ko&#8217;zgu, suyakdan qilingan bigiz, 5 ta urchuq tosh, 2 ta ayol ma&#8217;budasi (terrakota) topilgan. Demak, S. 1 davri- da ayollarning jamoadagi ijtimoiy nu- Fuzi hali yuqori bo&#8217;lgan. S. aholisining iqtisodiy hayotini sug&#8217;orma va lalmikor dehqonchilik hamda xonaki chorvachilik tashkil etgan. Za- rafshon tog&#8217;tizmalaridagi qad. ma&#8217;dan (mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin, qalay, oltin, kumush, simob va Feruza) konlarining yaqinligi S.da hunarmandchilikning metallurgiya va metall i.ch. sohasini rivojlanishi- ga hamda undan turli mehnat va harbiy qurollar i.ch.ga keng imkoniyatlar bergan. Sdan topilgan 150 dan ortiq buyumlar \u2014 pichoq va xanjarlar, bolta va bigiz- lar, paykon va muhrlar, metall eritish qozonlari (tigillar), asbobanjom quyish qoliplari, metall eritish pech- lari, metall xom ashyo yombilari bundan dalolat beradi. Yodgorlikni qazish jara- yonida nafaqat toshdan ishlangan mehnat qurollari, balki og&#8217;irlik o&#8217;lchov toshla- ri, to&#8217;qimachilik dastgohining qismlari ham uchratilgan. Ammo, sarazmliklar kulolchilikda metallurgiya va tosh ga ish- lov berishdek yuksaklikka erisha olma- ganlar. Xullas, S. yodgorligi Zarafshon vo- diysining eng qad. dehqonchilik mada- niyati bo&#8217;lib, keyingi asrlardagi Sug&#8217;d o&#8217;lkasida shakllangan shahar madaniyati- ning ildizlari bir jihatdan shu Yodgor- lik b-n bog&#8217;liq edi. Ad.: Isakov A., Sarazm (K voprosu stanovleniya rannezemledelcheskoy kul- turi Zarafshanskoy dolini), Dushanbe, 1991; Isamiddinov M. X., Genezis gorod- skoy kulturi Samarqandskogo Sogda, Samarqand, 2000. Ahmadali Asqarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sarazm \u2014 Zarafshon vodiysining eneolit va ilk jez davriga oid qad. dehqonchilik madaniyatiga tegishli ar- xeologik yodgorlik. Uning asosida key- inchalik S. qishlog&#8217;i tarkib topgan. U Zarafshon daryosining tog&#8217;lar orasidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sarazm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124465","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124465","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124465"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124465\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124477,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124465\/revisions\/124477"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124465"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124465"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124465"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}