{"id":124468,"date":"2024-05-16T20:05:58","date_gmt":"2024-05-16T17:05:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124468"},"modified":"2024-05-16T20:06:07","modified_gmt":"2024-05-16T17:06:07","slug":"san-tome-va-prinsipi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/san-tome-va-prinsipi\/","title":{"rendered":"San-Tome va prinsipi"},"content":{"rendered":"\n<p>San-Tome va prinsipi (Sao Tome e Principe), SanTome va prinsipi Demokratik Respublikasi (Republica Demokratica de Sao Tome e Principe) \u2014 Gvineya qo&#8217;ltig&#8217;idagi SanTome va prin- Sipi o.lari va ularga yondosh mayda Orol- larda joylashgan davlat. Afrika g&#8217;arbiy sohili yaqinida. Mayd. 964 km2. Aholisi 170,4 ming kishi (2002). Poytaxti \u2014 SanTome sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 7 okrug (distrito)ra bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. S.T. va P. \u2014 Respu- blika. Amaldagi Konstitusiyasi 1990 y.da qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (2001 y.dan F.B. Melu de Me- nezesh), u umumiy to&#8217;g&#8217;ri va yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylanadi va yana bir marta kayta saylanishi mum- kin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament \u2014 Milliy Majlis va ijrochi hokimiyatni prezident tay- inlaydigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Orollar vulkan faoliyati na- tijasida hosil bo&#8217;lgan. Eng baland joyi Pikodetome \u2014 2024 m (SanTome o.da). Iqlimi SanTome o.da tropik (quruq va yomgir mavsumlari b-n). Prinsipi o.da ekvatorial, doim nam. O&#8217;rtacha oylik tra 23-27\u00b0. Yillik yog&#8217;in 1000-3000 mm gacha. Deyarli yil bo&#8217;yi yomg&#8217;ir yog&#8217;ib tura- Di. Nam tropik o&#8217;rmonlar va mangro chaka- lakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, turli qushlar, kaltakesak, buqalamun, ilonlar uchraydi. Dengizda baliq, Qisqichbaqa, krevetka, langust, ustrisa kabilar bor. Aholisi, asosan, santomeliklar bo&#8217;lib, ular Afrikadagi bantu tilida so&#8217;zlashuvchi turli xalqlar (ovimbun- du, ambundu va b.)ning o&#8217;zaro va qisman portugallar b-n chatishuvi natijasida hosil bo&#8217;lgan. Portugallar ham yashaydi. Rasmiy til \u2014 portugal tili. Dindor- larning 90% ga yaqini xristian (Kato- lik)lar, shuningdek, musulmonlar va an&#8217;anaviy dinlarga e&#8217;tiqod qiluvchilar ham bor. Shahar aholisi 44,1%. Muhim shaharlari: SanTome, SantuAntonyu, PortuAlegri, RibeyraAfonsu. Tarixi. 1470-71 y.larda SanTome o.lariga portugal dengiz sayyohlari ke- lib, bu erlarni Portugaliya mulki, deb e&#8217;lon qildilar. 1485 y. dan odamlar ko&#8217;chib kela boshladi. Ular Evropadan surgun qilingan portugallar va Afri- Kalik qullar edi. 16-a. boshlarida qalin o&#8217;rmonlar kesilib, shakarqamishzorlar barpo etishga kirishiddi. Asr oxiriga borib shakar eksport qilishda SanTome Afrikada birinchi o&#8217;ringa chiqdi. 1517 y. va undan keyingi yillardagi qullar qo&#8217;zg&#8217;oloni natijasida 16-a. oxirida Amador boshchiligida qullar davla- ti qisqa muddat mavjud bo&#8217;ldi. 1735 y. Prinsipi o. ham Portugaliya imperiya- siga qo&#8217;shib olindi. 18-19-a.larda S.T. va P. orollarida qullar kuchi b-n kofe va kakao plantasiyalari barpo etildi. 1951 y. Portugaliya S.T. va P.ni o&#8217;zining den- giz orti viloyati deb e&#8217;lon qildi. 1953 y. mahalliy aholi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tardi (&#171;ba- tep qo&#8217;zg&#8217;oloni&#187;), biroq u shafqatsizlik b-n bostirildi. 1960 y. muhojirlikda S.T. va P.ni ozod qilish qo&#8217;mitasi (1972 y.dan S.T. va P. ni ozod qilish harakati) tuzildi va u mustaqillik uchun kurash boshladi. 1972 y. Portugaliya S.T. va P. ga mahalliy muxtoriyat maqomini berdi. S.T. va P. 1975 y. 12 iyuldan mustakil re- spublika, 1975 y.dan BMT a&#8217;zosi. Mil- liy bayrami \u2014 12 iyul \u2014 Mustaqillik kuni (1975). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- si. S.T. va P. ni ozod qilish harakati \u2014 Sosialdemokratik partiya, 1960 y. asos solingan; mustakil demokratik harakat partiyasi, 1992 y. tuzilgan; demokratik konvergentsiya partiyasi \u2014 &#171;mushohada&#187; guruhi, 1990 y. tashkil etilgan. S.T. va P. mehnatkashlar milliy tashkiloti ka- saba uyushmasi, 1989 y. tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. S.T. va P. \u2014 iqtisodiy jihatdan zaif, agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini q.x. tashkil etadi. Eksport uchun kakao, kofe, moyli va kokos palmalari, banan etishtiri- ladi. Ichki ehtiyoj uchun tariq, maniok, makkajo&#8217;xori, yams ekiladi. Chorvachilik sust rivojlangan (qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y, echki, xonaki parranda boqiladi). Den- gizdan baliq, toshbaqa va b. hayvonlar ovlanadi. Sanoati q.x. xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydigan, ohak va Alko- golsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan hamda yog&#8217;ochsozlik korxonalaridan ibo- rat. Keramika va g&#8217;isht z-dlari, tikuvchi- lik f-kasi ham qurilgan. S.T. va P. da tor izli t.y. va aeroport bor. Asosiy dengiz portlari: SanTome, SantuAntonyu va PortuAlegri. Chetga q.x. mahsulotlari chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va neft mahsulotlari, tsement, avtomobil va b. sanoat mollari keltiradi. Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya, AQSh, GFR, An- gola b-n savdo qiladi. Pul birligi \u2014 dobra. Maorifi. 6-12 yoshdagi bolalarning o&#8217;qishi majburiy. Davlat qaramog&#8217;idagi o&#8217;quv yurtlaridan tashqari xususiy va diniy maktablar ham bor. Boshlang&#8217;ich maktab 4 y.lik, o&#8217;rta maktab 7 y.lik. Oxirgi 2 y.da bolalar chet el oliy o&#8217;quv yurtlariga kirishga tayyorlanadi. Dars- lar portugal tilida olib boriladi. Hunar ta&#8217;limi boshlang&#8217;ich yoki to&#8217;liqsiz o&#8217;rta maktab negizida 5-6 y. davomida amalga oshiriladi. Boshlang&#8217;ich maktab o&#8217;qituvchilari ped. o&#8217;quv yurtlarida, urga maktab o&#8217;qituvchilari chet ellarda tayyor- lanadi. Vrachlar chet ellardagi oliy o&#8217;quv yurtlarida tayyorlanadi. Milliy tarix muzeyi (1976) va o&#8217;lkashunoslik muzeyi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Asosiy gaz.lari: &#171;Diariu da Respublika&#187; (&#171;Respublika gazetasi&#187;, hukumat haftanomasi, 1836 y. dan), &#171;La- bor&#187; (&#171;mexnat&#187;, oyiga 2 marta chiqadigan gaz., 1990 y. dan), &#171;Notisiash&#187; (&#171;yangili- klar&#187;, hukumat nashr etadigan gaz., 1991 y. dan). STP Press axborot agentligi 1985 y. tuzilgan. S.T. va P. televideni- esi, hukumat teleko&#8217;rsatuvi. Adabiyoti. Garchi forro deb ataluvchi mahalliy kreol tili mavjud bo&#8217;lsa ham, adabiyot portugal tilida 19-a.ning 2-yar- mida yuzaga keldi. She&#8217;riyatning asoschi- si \u2014 K. da Koshta Alegri. Uning &#171;She&#8217;- rlar&#187; kitobida irqiy xurofotlardan no- rozilik goyalari aks etgan, &#171;qora dunyo&#187; qadriyatlari madh qilingan. F.J.V. Ten- reyru bu mavzularni rivojlantirdi. 20- a. ning 50\u201460y.larida adabiyotga kirib kelgan shoirlar A. du Espiritu va A. T. Medeyrush milliy ozodlik harakatida faol ishtirok etdilar. Ular o&#8217;z ijodi- da xalq og&#8217;zaki ijodi an&#8217;analarini za- monaviy badiiy ifoda shakllari b-n qo&#8217;shishga intildilar. Asr oxirlarida yaratilgan hikoya, qissa, roman va pesa- lar xalq hayotini aks ettirdi (F. Reysh- ning &#171;plantasiya&#187; romani, &#171;Qog&#8217;ozboy to&#8217;ra&#187; pesasi va b. asarlar).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>San-Tome va prinsipi (Sao Tome e Principe), SanTome va prinsipi Demokratik Respublikasi (Republica Demokratica de Sao Tome e Principe) \u2014 Gvineya qo&#8217;ltig&#8217;idagi SanTome va prin- Sipi o.lari va ularga yondosh &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/san-tome-va-prinsipi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124468","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124468","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124468"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124468\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124483,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124468\/revisions\/124483"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124468"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124468"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124468"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}