{"id":124469,"date":"2024-05-16T20:05:59","date_gmt":"2024-05-16T17:05:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124469"},"modified":"2024-05-16T20:06:08","modified_gmt":"2024-05-16T17:06:08","slug":"sanoat-industriya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sanoat-industriya\/","title":{"rendered":"Sanoat, industriya"},"content":{"rendered":"\n<p>Sanoat, industriya \u2014 xalqxo&#8217;jaligining jamiyat ishlab chika- ruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadigan etak- chi tarmog&#8217;i; S.ning o&#8217;zi uchun hamda xalq xo&#8217;jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va b. mahsulotlar i.ch., shuningdek, xom ashyo, yoqilg&#8217;i qazib olish, energiya i.ch., yog&#8217;och tayyorlash, S.da yoki q.x.da olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash b-n band korxonalar (fkalar, z-dlar, elektro- stantsiyalar, shaxtalar, konlar va b.) maj- mui. S. kengaytirilgan takror ishlab chiqarishnmtt asosini tashkil etadi va industrial o&#8217;siipsh ta&#8217;minlaydi. 20-a. ning 80y.larida qabul qilingan tas- niflashga ko&#8217;ra, S. yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa bo&#8217;linadi: elektroenergeti- ka; yoqilg&#8217;i S.i; qora metallurgiya; rang- li metallurgiya; kimyo va neft kimyosi S.i; mashinasozlik va metallga ishlov berish; o&#8217;rmon, yog&#8217;ochni qayta ishlash va tsellyulozaqog&#8217;oz S.i; qurilish materi- allari S.i; qurilishkonstruktsiyalari va detallari S.i; oyna va chinnifayans S.i; engil S; oziq-ovqat S.i; mikro- biologiya S.i; unyorma va aralash em S.i; tibbiyot S.i; poligrafiya S.i. Bo&#8217;sanoat tarmoqlari ham o&#8217;z navbatida \u2014 ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat tur- lariga guruhlanadi. S.ning ijtimoiy i.ch.ning mustaqil tarmog&#8217;i sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning q.x.dan ajralib chiqishi \u2014 ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti b-n bog&#8217;liq. Kapitalistik S. G&#8217;arbiy Evropa mamlakatlarida 14-15- a.larda paydo bo&#8217;ddi va oddiy kapita- listik kooperasiya, manufaktura va Yi- rik mashina industriyasi \u2014 fabrika bosqichlarini bosib o&#8217;tdi, 18-a. oxiri \u2014 19-a. boshlarida manufakturadan mashi- na industriyasiga o&#8217;tish dastlab Angli- yada, keyinroq boshqa Evropa mamlakat- larida sanoat to&#8217;ntarishi tusini oldi. Rossiya va b. ayrim mamlakatlarda S. 18-a. boshidan manufaktura ko&#8217;rinishida rivojlandi, 19-a.ning 2-yarmidan mashi- na industriyasi taraqqiy etdi. O&#8217;zbekiston xududida S. taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega bo&#8217;lgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qo&#8217;qon, Marg&#8217;ilon, Namangan, Andi- jon kabi shaharlarda mayda va Yi- rik hunarmandchilik rivoj topdi. O&#8217;zbekistonda haqiqiy ma&#8217;nodagi S.ning paydo bo&#8217;lishi 19-a.ning 2-yarmiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. O&#8217;rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida o&#8217;lkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapi- tali ham kirib keldi va xom ashyoga bir- lamchi ishlov beradigan S. tarmoqlari (paxta tozalash, vino, araq, konserva, paxta moyi z-dlari) paydo bo&#8217;ldi va O&#8217;zbekistonda S. Rossiya sanoati va ik- tisodiyoti b-n bog&#8217;liq holda rivojlandi. 1913 y.da O&#8217;zbekiston xududida yalpi mahsulot i.ch.da og&#8217;ir sanoattmt hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, engil sano- at 0,8%ni, oziq-ovqat S.i 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davo- mida O&#8217;zbekiston sanoatida elektroener- getika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, q.x. mashinasozligi (trak- torlar, paxta terish mashinalari), Avto- mobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samo- lyotsozlik, irrigasiya-qurilish mashi- nasozligi, kimyo, tsement, qurilish Mate- riallari, tibbiyot, yog&#8217;moy, to&#8217;qimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqdari shakllandi. 20-a.ning 20y.laridan boshlab O&#8217;zbekistonda S. jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash z-dlari, pillakashlik, yigiruvto&#8217;quv, tikuvchilik, poyabzal f-kalari qurila boshladi (q. Engil sano- at), 1937 y.da Toshkent to&#8217;qimachilik k-ti ishga tushirildi, 20-a.ning 40\u201450y.la- ridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi. 1941-45 y.lardagi urush davrida O&#8217;zbekistonga 90 ta sanoat korxonasi ko&#8217;chirib keltirildi, ularning kupi ma- shinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda ko&#8217;pgina korxonalar qurilishi natijasida mashi- nasozlik tarmoqlari ko&#8217;paydi, samolyot- sozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elek- troapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor z-dlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Farg&#8217;ona, Yangiyo&#8217;l, Namangan, Sho&#8217;rsuv va b. shaharlar kimyo industriyasi markazi- ga aylandi (q. Kimyo sanoati). Bekobod, Chirchiq, Toshkent sh.da qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh.lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi (q. Rangli metallurgiya). O&#8217;zbekistonda yo&#8217;lovchi va yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi. O&#8217;zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin S.da tub islohotlar amalga oshiriddi, ko&#8217;pgina tarmoqdardagi S. korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiy- lashtirilib, davlataktsiyadorlik, korpo- rativ, jamoa, xususiy va b. tashkiliy- huquqiy mulk shakllariga aylantiril- Di. Respublika iqtisodiyotida muhim o&#8217;rinda turadigan S. tarmoklarida tu- zilmaviy qayta tarkiblash amalga oshi- rildi, ko&#8217;plab kichik va o&#8217;rta korxonalar tashkil topdi (2000 y.da 6,4 ming o&#8217;rta, 20,4 ming kichik korxona ishladi). Chet el kapitali b-n hamkorlikda ko&#8217;pgina S. tarmoklarida qo&#8217;shma korxonalar tashkil etildi (q. Asaka avtomobil za- vodi, &#171;British Ameriken Tobakko&#187;, &#171;za- rafshonnyumont&#187;, &#171;Kabultekstaylz&#187;, &#171;Kokakola&#187;, &#171;SamKochavto&#187; ko&#8217;shma kor- xonasi va b.). S. tarmoqlariga, ayniqsa, mahalliy xom ashyoni qayta ishlaydigan tarmoklarga chet el investisiyalarini jalb etish faol davom etmoqda. Respu- blika sanoatida tarmoklarning tutgan o&#8217;rni har xil. S. tarmoklari orasida q.x. mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat ko&#8217;rsatuvchi tarmoqlar tarixan etakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi to&#8217;qish, kon- serva, yog&#8217;moy va b. sanoat tarmoklaridir. Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, engil va qurilish materiallari sanoa- ti jadal sur&#8217;atlarda rivojlanmoqda. S. taraqqiyotida yoqilg&#8217;ienergetika kom- pleksining o&#8217;rni alohida. Uning tarki- biga gaz, kumir, neft va neftni qayta ishlash sanoati, energetika kiradi. O&#8217;zbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasi- ga kiradi. O&#8217;zbekistonda S. tarmoklarida mulk shakllarini o&#8217;zgartirish va tarkibiy o&#8217;zgartirishlarni amalga oshirish- ga qaratilgan tub islohotlar mamla- kat mustaqilligini mustahkamlashni, O&#8217;zbekistonning kelajaqda rivojlangan mamlakatlar qatorga chiqishi va jahon hamjamiyatiga qo&#8217;shilishini ta&#8217;minlay- Di. 2002 y.da O&#8217;zbekiston S.da 1467 ta o&#8217;rta va yirik i.ch. birlashmalari va korxonalar ishladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmog&#8217;i umumiy i.ch. hajmining 88,5%ni tash- kil etdi. 396 dan ortiq nomdagi yangi mahsulotlarni i.ch. o&#8217;zlashtirildi. Dav- lat korxonalari soni salmogi 4,6%, no- davlat sanoat korxonalari soni 95,4% ni tashkil etdi. Sanoati.ch. xodimlari- ning 20,5% davlat korxonalarida, 79,5% nodavlat korxonalarida band bo&#8217;ldi. S. mahsulotlarini i.ch.ning umumiy hajmida davlat korxonalari hissasi 28,6%ni, nodavlat sektor korxonalari hissasi 71,4% dan iborat bo&#8217;ldi (yana Av- tomobil sanoati, engil sanoat, yog&#8217;moy sanoati, mashinasozlik sanoati kabi sanoat tarmoklari to&#8217;g&#8217;risidagi alohida maqolalarga q.). Chet ellarda S.ning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mam- lakatlarning paydo bo&#8217;lishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda jamg&#8217;arilgan texnika jihatidan ilg&#8217;or kapital asosi- da va mavjud yuqori malakali ishchi kuchi b-n ta&#8217;minlanadi. Ularga AQSh, Kanada, Yaponiya, ko&#8217;pgina G&#8217;arbiy Evropa mamla- katlari kiradi. Ad.: Karimov I. A. O&#8217;zbekiston XXI asr bo&#8217;sag&#8217;asida: xavfsizlikka tahsid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Kari mov I. A. O&#8217;zbekiston XXI asrga intilmoqda, T., 1999; O&#8217;zbekiston Respublika- si iqtisodiyoti, T., 1998; Ekonomi- ka O&#8217;zbekistana i stran SNG, T., 2001; O&#8217;zbekiston Respublikasi, T., 2001. Nuriddin Musaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sanoat, industriya \u2014 xalqxo&#8217;jaligining jamiyat ishlab chika- ruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadigan etak- chi tarmog&#8217;i; S.ning o&#8217;zi uchun hamda xalq xo&#8217;jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sanoat-industriya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124469","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124469","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124469"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124469\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124484,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124469\/revisions\/124484"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124469"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124469"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124469"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}