{"id":124478,"date":"2024-05-16T20:11:50","date_gmt":"2024-05-16T17:11:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124478"},"modified":"2024-05-16T20:11:53","modified_gmt":"2024-05-16T17:11:53","slug":"san-marino-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/san-marino-3\/","title":{"rendered":"San-Marino"},"content":{"rendered":"\n<p>San-Marino (San Marino), San- Marino Respublikasi (Repubblika di San Marino) \u2014 Jan. Evropada, Apennin ya.o.da, Adriatika dengizi sohilidan 13 km uzoqlikda joylashgan davlat. Ita- liya hududi b-n o&#8217;ralgan. Mayd. 61 km2. Axoliey 27730 kishi (2002). Poytaxti \u2014 SanMarino sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 9 okrug (qo&#8217;rg&#8217;on)ga bo&#8217;lingan. Davlat tuzumi. S.M. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi (&#171;Statut&#187; \u2014 S.M. Respublikasi davlat tuzilishi ti- zimi to&#8217;g&#8217;risidagi qonunlar majmuasi) 1600 y. 8 okt.da ma&#8217;qullangan. Keyincha- lik unga tuzatishlar kiritilgan. Katta Bosh Kengash tomonidan 6 oy muddatga saylanadigan ikki kapitanregent davlat boshlig&#8217;y vazifasini bajaradi. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 katta Bosh ken- gash (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni kapitanregentlar Davlat Kongressi (hukumat) b-n birgalikda amalga oshiradi. Tabiati. S.M. \u2014 tog&#8217;li mamlakat, Apennin tog&#8217;lari etagidagi Titano tog&#8217;i (bal. 738 m) yon bag&#8217;rida joylashgan. Ol- tingugurt koni bor. Iklimi O&#8217;rta dengiz- ga xos, subtropik (eng issiq oyda o&#8217;rtacha tra 23\u00b0, eng sovuq oyda 2,5\u00b0), qishda ba&#8217;- zan qor yog&#8217;adi. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in \u2014 800-900 mm. Subtropik o&#8217;simliklar, eman va kashtanzorlar bor. Qush ko&#8217;p. Aholisi \u2014 asosan, SanMarino- liklar. Rasmiy til \u2014 italyan tili. Aholisining 15%ga yaqini chet ellarda, asosan, Italiyada, shuningdek, Fran- tsiya va AQShda yashaydi. Shahar aholisi 89,3%. Dindorlari \u2014 katoliklar. Yi- rik shaharlari: SanMarino, Serravalle, BorgoMajore. Tarixi. S.M. Evropadagi qad. davlat- lardan hisoblanadi: tarixi 301 y.dan boshlanadi. Rivoyatlarga qaraganda, unga Dalmasiyadan qochib kelgan xristian dinidagi toshkesar Marino asos sol- gan (keyinchalik uni avliyo deb atashgan, &#171;san&#187; old qo&#8217;shimchasi shundan kelib chiqqan). Birinchi bor SanMarino Respu- blikasi nomi 10-a. xujjatlarida qayd etilgan. 1740 y. Rim papasi Respublika mustaqilligini tan olgan. Yagona Ita- liya davlati tashkil etilgach (1861), S.M. 1862 y.da Italiya b-n do&#8217;stlik va totuv qo&#8217;shnichilik to&#8217;g&#8217;risida shartnoma tuz- gan. 1923 y. Sm.da hokimiyatni fashist- lar egalladi. 2-jahon urushida S.M. betaraflik e&#8217;lon qilgan bo&#8217;lsada, 1944 y. 4 sent. da nemis fashistlari uni bo- sib oldi, ammo tez orada ozod qilindi. Urushdan keyingi yillarda mamlakat muxim xalqaro turizm maskanlaridan biriga aylandi. S.M. \u2014 1992 y.dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 3 sent. \u2014 Re- spublikaga asos solingan kun (301). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. S.M. sosialistik partiyasi, 1896 y. tuzilgan; S.M. xristiandemokra- tik partiyasi, 1945 y. tashkil etilgan; Demokratlar partiyasi, 2000 y. tuzilgan; S.M. kommunistik o&#8217;zgartirish partiyasi; S.M. taraqqiyparvar demokratik parti- yasi, 1990 y. asos solingan; S.M. milliy uyushmasi, 2001 y. tashkil etilgan. S.M. mehnatkashlari demokratik konfede- rasiyasi, 1957 y. tuzilgan; S.M. mehnat konfederasiyasi, 1945 y. asos solingan. Xo&#8217;jaligi. S.M. sanoati va hunarmandchiligi ichki ehtiyoj va chet el sayyohlariga xizmat qilishga ixti- soslashgan (1 y.da 3 mln. sayyoh kelib ketadi). Bundan tashqari, to&#8217;qimachilik, tsement, qog&#8217;oz, ko&#8217;nchilik, metall ish- lash, kimyo, mebel, keramika, vinochi- lik, un, yog&#8217;i.ch. korxonalari ham bor. Hunarmandchilik (esdalik sovg&#8217;alar, qimmatbaho tosh va yog&#8217;och buyumlari i.ch.) rivojlangan. Numizmatlar uchun tanga- lar va pochta markalari chiqariladi. Ita- liyaning mashinasozlik va b. firmalari filiallari bor. Qishloq aholisi, aso- san, g&#8217;allachilik (bug&#8217;doy, makkajo&#8217;xori), tokchilik, chorvachilik b-n shugullanadi. Elektrlashtirilgan t.y. va avtomobil yo&#8217;li S.M.ni Italiyaning Rimini sh. Va porti b-n bog&#8217;laydi, mamlakatning tashqi savdosi shu shahar orqali amalga oshiri- ladi. Chetdan sanoat xom ashyosi, energiya manbalari, oziq-ovqat oladi, chetga vino, mashinasozlik va kimyo mahsulotlari, Su- venirlar chiqaradi. Pul birligi \u2014 ita- liya lirasi. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Nashr etiladigan asosiy gaz.lar: &#171;Argomenti&#187; (&#171;dalillar&#187;, oy- lik gaz.), &#171;Nuovo Titano&#187; (&#171;Yangi Tita- no&#187;, 2 haftada bir marta chiqadigan gaz., 1902 y.dan), &#171;progresse&#187; (&#171;taraqqiyot&#187;, oylik gaz., 1944 y.dan), &#171;SanMarino&#187; (2 haftada bir marta chiqadigan gaz., 1948 y.dan). Milliy axborot agentligi yo&#8217;q. &#171;SanMarino RTV&#187; radiotelevizion xizmati (1991 y.dan) va &#171;radio Titano&#187; radio st-yasi bor. Me&#8217;morligi va san&#8217;ati. Devor b-n o&#8217;ralgan poytaxtdagi yonmayon kurilgan 1-3 qavatli uylar tog&#8217;qiyaliklarida terrasa hosil qilib joylashgan. San- Marino sh.da 13\u2014 16-a.larga oid Mino- rali shahar devorlari (Il Montale, 13- a.), La Rokka (11-a.) va La Chesta (15-a.) qo&#8217;rg&#8217;onlari qoldiqlari saqlangan. O&#8217;rta asrlar va Uyg&#8217;onish davriga oid bino va cherkovlar 18-19-a.larda ko&#8217;p marta ta&#8217;mirlanganligi sababli dastlabki qiyofasi o&#8217;zgarib ketgan. 14-17-a.larda yaratilgan san&#8217;at asarlari namunalari saqlanib qolgan. Tosh o&#8217;ymakorligi va ke- ramika amaliy bezak san&#8217;atining an&#8217;a- naviy turlaridir. S.M.da Davlat kutub- xonasi, Davlat arxivi; Davlat muzeyi, Davlat rasmlar galereyasi, qad. qurollar muzeyi bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>San-Marino (San Marino), San- Marino Respublikasi (Repubblika di San Marino) \u2014 Jan. Evropada, Apennin ya.o.da, Adriatika dengizi sohilidan 13 km uzoqlikda joylashgan davlat. Ita- liya hududi b-n o&#8217;ralgan. Mayd. 61 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/san-marino-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124478","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124478","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124478"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124478\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124494,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124478\/revisions\/124494"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124478"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124478"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124478"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}