{"id":124511,"date":"2024-05-16T20:16:54","date_gmt":"2024-05-16T17:16:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124511"},"modified":"2024-05-16T20:17:01","modified_gmt":"2024-05-16T17:17:01","slug":"sozak-gonoreya-tripper","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sozak-gonoreya-tripper\/","title":{"rendered":"So&#8217;zak, gonoreya, Tripper"},"content":{"rendered":"\n<p>So&#8217;zak, gonoreya, Tripper \u2014 go- nokokklar qo&#8217;zg&#8217;atadigan yuqumli ve- nerik kasallik. Ko&#8217;pincha, tasodifiy jinsiy aloqa qilish oqibatida kelib chiqadi. Kasallik, asosan, jinsiy yo&#8217;l bilan yuqqanligi uchun aksariyat siydik chiqarish kanali va jinsiy a&#8217;zolar za- rarlanadi. Infektsiya manbai S. bilan og&#8217;rigan erkak yoki ayol. Jinsiy aloqada gonokokklar jinsiy a&#8217;zolar va siydik chiqarish kanalining shilliq qavatiga tushib, uni yallig&#8217;lantiradi. Ba&#8217;zan ka- sallik bemor ishlatgan buyumlar (sochiq, mochalka, kurpa-tushak, kiyim-kechak va b.) dan foydalanganda ham yuqishi mum- kin. Chunonchi qizlarga kasallik bemor onadan o&#8217;tadi; bunga jinsiy a&#8217;zolar- dan tashqari, ko&#8217;z (q. Blennoreya) va og&#8217;iz shilliq pardalarining S. oqibatida yallig&#8217;lanishi sabab bo&#8217;lishi mumkin. Kasallik alomatlari, odatda, S. yuqqanidan so&#8217;ng oradan 3-5 kun o&#8217;tgach paydo bo&#8217;ladi. S. bilan kasallangan er- kaklarda siydik chiqarish kanalining oldingi qismi yallig&#8217;lanadi, achishadi, qiziydi va og&#8217;riydi, siyganda og&#8217;riq zo&#8217;rayadi; siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi qizarib, shishadi; toray- ib qoladi, yiring ajraladi, siydik ra- von kelmaydi, kechalari og&#8217;rikli erektsiya kuzatiladi. Bemorning ahvoli aytarli o&#8217;zgarmaydi, ba&#8217;zan ishtaha pasayishi, darmonsizlik, bir oz tra ko&#8217;tarilishi mumkin. Tashqi (balanopostit) va ichki (prostatit, epididimit, ooforit, Endo- metrit) jinsiy a&#8217;zolar, qovuq (tsistit), bo&#8217;g&#8217;imlar (artrit) va b. yallig&#8217;lanishi mumkin. S. o&#8217;z vaqtida davolanmasa, boshqa a&#8217;zolarga tarqalishi, yillab cho&#8217;zilishi va nihoyat surunkali Tue oli- shi mumkin. Jinsiy aloqa, achchiq, sho&#8217;r ovqatlar eyish, spirtli ichimliklarga ruju qilish oqibatida kasallik botbot qo&#8217;zib turadi. S. ning ko&#8217;p uchraydigan asoratlaridan prostatit va urug&#8217;pufa- klarining yallig&#8217;lanishi erkakni jinsiy hayotga yaroqsiz qilib qo&#8217;yishi, shuning- dek, bepushtlikka sabab bo&#8217;lishi mumkin. Bemor uzoq vaqt davolanishi lozim, ba&#8217;- zan siydik chiqarish kanali torayganda operasiya qilinadi. S bilan og&#8217;rigan ayollarda kasal- likning o&#8217;tkir davri erkaklardagiga qaraganda sezilarsiz o&#8217;tishi, bemor ka- sallanganini uzoq vaqtgacha bilmasligi mumkin. Yallig&#8217;lanish jarayoni ko&#8217;pincha siydiktanosil sistemasining pastki va yuqori qismida kuzatiladi. S. yuqumli bo&#8217;lgani uchun kasallik belgilari paydo bo&#8217;lishi bilanoq Vene- rolog vrachga murojaat etish kerak. Be- mor teri va venerik kasalliklar dispan- serida davolanadi. Ba&#8217;zan davo paytida siydik kanalida og&#8217;riq, achishish, yiring kamayadi. Bemor o&#8217;zini sog&#8217;lom his qiladi va jinsiy aloqa qilaveradi, lekin or- ganizmda hali gonokokklar bo&#8217;lishi mumkin. To&#8217;liq davolanmay jinsiy aloqa qiladigan bemorlar atrofdagi- lar uchun juda xavfli bo&#8217;lib, kasallikni boshqalarga yuqtiradi va turli noxush oqibatlarga sabab bo&#8217;ladi. Shuning uchun sog&#8217;aygan bemorlar bir necha marta lab. tekshiruvidan o&#8217;tkazilib, kasallik alo- mati topilmagach sog&#8217;lom hisoblanadi. S bilan og&#8217;rigan kishilarda immunitet paydo bo&#8217;lmaydi, bir kishi S. bilan bir necha marta og&#8217;rishi mumkin (reinfek- tsiya). O&#8217;z vaktida davo qilinsa, bemor bu- tunlay sog&#8217;ayib ketadi. S.ning oldini olishda tasodifiy jinsiy aloqadan saqlanish, shaxsiy gi- gienaga rioya qilish, aholi o&#8217;rtasida te- ritanosil kasalliklariga oid suhbatlar o&#8217;tkazish hamda tarbiyaviy ishlar olib borish zarur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So&#8217;zak, gonoreya, Tripper \u2014 go- nokokklar qo&#8217;zg&#8217;atadigan yuqumli ve- nerik kasallik. Ko&#8217;pincha, tasodifiy jinsiy aloqa qilish oqibatida kelib chiqadi. Kasallik, asosan, jinsiy yo&#8217;l bilan yuqqanligi uchun aksariyat siydik chiqarish kanali &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sozak-gonoreya-tripper\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124511","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124511","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124511"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124511\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124523,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124511\/revisions\/124523"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124511"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124511"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124511"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}