{"id":124547,"date":"2024-05-16T20:24:46","date_gmt":"2024-05-16T17:24:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124547"},"modified":"2024-05-16T20:24:49","modified_gmt":"2024-05-16T17:24:49","slug":"syangan-gonkong","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/syangan-gonkong\/","title":{"rendered":"Syangan, Gonkong"},"content":{"rendered":"\n<p>Syangan, Gonkong \u2014 Xitoy tarki- bidagi maxsus ma&#8217;muriy rayon. Mamla- katning Jan.Sharqiy qismida, Jan. XI- toy dengizi sohilida. Syangan o., Szyulun ya.o., shuningdek, yakin atrofidagi 235 ta Orolni o&#8217;z ichiga oladi. Mayd. 2905 km2, shundan qurukdik qismi 1095 km2, qolgan qismi dengiz akvatoriyasi. Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Syangan sh. Aholisi 6,68 mln. kishi (1998). Asosan, xitoylar (98%), shuningdek, tibetmyanmalar, hind, in- glizlar va portugallar ham yashaydi. Aholi buddizm, daosizm, konfutsiylik, Islom, hinduizm, xristian dinlariga e&#8217;tiqod qiladi. Rasmiy tili \u2014 Xitoy va ingliz tili. S qirg&#8217;oklari qo&#8217;ltiqlar bilan parcha- langan. Sohil yaqinida mayda qoyali Orol ko&#8217;p. Er yuzasi tog&#8217;li, eng baland joyi 939 m. Iqlimi subtropik, mussonli iqlim, yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi 15-16\u00b0, iyulni- ki 25-27\u00b0. Yillik yog&#8217;in 2000 mm gacha. Doim yashil tropik o&#8217;rmonlar bor. S. Xitoy bilan &#171;bir davlat \u2014 ikki tuzum&#187; tamoyiliga asoslanadi. Bu ta- moyilning mazmuni Xitoyning ichki r-nlarida sosialistik tuzum ustuvor bo&#8217;lsada, Sda kapitalistik sistema va hayot tarzi sakdanib qolgan. S.ning o&#8217;z boshqaruv organlari bo&#8217;lib, ular tashki siyosiy faoliyat va mudofaadan tashqari barcha sohalarni mustaqil ravishda boshqaradilar. Sda siyosiy demokratiyaga amal qilinadi. S.ning boshqaruv organ- lari \u2014 ma&#8217;muriyat boshlig&#8217;i, xukumatdan iborat. Shuningdek, ma&#8217;muriy Majlis, Qonun chiqaruvchi Majlis va sud faoli- yat ko&#8217;rsatadi. Ma&#8217;muriy bo&#8217;linmalardan tashqari siyosiy, moliyaviy va xuquqiy departamentlar ham mavjud. Ma&#8217;muriyat boshlig&#8217;i mahalliy aholi orasidan say- lov yoki konsultasiya yo&#8217;li bilan 5 yilga saylanadi. Pul birligi erkin konverta- tsiya qilinadigan \u2014 Syangan dollari. S.ning hoz. hududi mil. AV. 3-a. oxir- laridan Xitoy davlati tarkibida bo&#8217;lib kelgan. 1840-42 y.lardagi Angliya\u2014 Xi- toy urushi davrida Syangan o. inglizlar tomonidan bosib olingan. 1842 y.gi Nan- kin bitimiga asosan Buyuk Britaniyaning &#171;abadiy mulki&#187;ga aylangan. 1856-60 y.lardagi Angliyafrantsiyaxitoy urushi natijasida Szyulun ya.o.ning Jan. kismi ham Angliya mulkiga qo&#8217;shildi. 1898 y. iyunda Pekinda imzolangan Konventsiya- ga ko&#8217;ra, Angliya Szyulun ya.o.ning yana bir qismi va yondosh orollar (yangi hudud) ni 99 yil muddat bilan ijaraga oldi. 2-jahon urushi vaqtida hududni yaponlar bosib oldi. 1945 y. 30 avg.dan yana ingliz- lar qo&#8217;l ostiga o&#8217;tdi. XXR tashkil topgach (1949), Pekin hukumati S.ning mustam- laka maqomini tan olmay, uni Xitoydan &#171;tortib olingan&#187; hudud deb qaradi. 1982 y.dan S. masalasi bo&#8217;yicha Xitoy va Buyuk Britaniya hukumatlari o&#8217;rtasida muzoka- ralar boshlandi va 1984 y. 19 dek.da Xi- toy va Buyuk Britaniya tomonidan qo&#8217;shma deklarasiya imzolandi, unga ko&#8217;ra 1997 y. 1 iyuddan S. Xitoy yurisdiktsiyasi ostiga o&#8217;tdi. Shunday kilib, Xitoy S. ustidan suverenitet o&#8217;rnatdi va S. mamlakatning maxsus ma&#8217;muriy r-ni deb atala boshla- Di. S. xo&#8217;jaligi uning &#171;savdo faktori- yasi&#187; roli ta&#8217;sirida shakllangan. Bunga sabab uning chuqur suvli bandargohlarga boyligi va umuman tabiiy resurslarning yo&#8217;qligidir. Sanoati chetdan keltirila- digan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar asosida ishlaydi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 4\/5 qismidan ortig&#8217;i eksport uchun mo&#8217;ljallangan. Yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning asosiy kismi ul- gurji va chakana savdo, eksportimport operasiyalari, transport, aloka, mo- liya va sug&#8217;urta, ko&#8217;chmas mulk operasi- yalari, ijtimoiy va kommunal xizmat ko&#8217;rsatish sohalarida ishlab chiqariladi. Iqtisodiy faol aholining 63% ham shu sohalarda band. Qayta ishlash va qurilish sohasida 28% iqtisodiy faol aholi band bo&#8217;lib, YAIM ning 23% ish- lab chiqariladi. Sanoatining etakchi tarmoqlari \u2014 to&#8217;qimachilik va tikuvchi- lik. Xorijiy investisiyalarning asosiy qismi ham ana shu tarmoqlarga sarflana- Di. Shuningdek, soat, plastmassa buyumlar (asosan, o&#8217;yinchoqlar) ishlab chiqariladi. Elektronika va elektrotexnika, poli- grafiya sanoatlari rivojlanmoqda. Q.X. da turli sabzavot ekinlari ekiladi. Eks- port uchun gulchilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. S. porti jahonda eng yirik portlardan, bajariladigan operaiiya- lar turi bo&#8217;yicha Singapurdan keying o&#8217;rinni egallaydi. Chetdan xalq iste&#8217;mo- li buyumlari, jihozlar, mashina va mexa- nizmlar, elektrotexnika tovarlari kel- tiriladi. Eksportga kiyimkechak (33%, dunyoda 2o&#8217;rinda), zargarlik buyumlari va o&#8217;yinchoqlar (11%, dunyoda 3o&#8217;rinda), elek- trotexnika va optika tovarlari, soatlar, orgtexnika va h.k. chiqariladi. Turizm rivojlangan, yiliga 6 mln. sayyoh kelib- ketadi. S.da 8 ta oliy o&#8217;quv yurti bor. S. \u2014 yirik xalqaro moliyaviy markaz. Dunyodagi 100 ta eng etakchi banklarning 83 tasi bu erda o&#8217;z operasiyalarini baja- radi. S. valyuta bozorida o&#8217;tkaziladigan operasiyalar hajmi bo&#8217;yicha Osiyoda Sin- gapur va Tokiodan keyin 3o&#8217;rinda. S. Jahrn savdo tashkiloti va b. xalqaro tashkilotlarga a&#8217;zo.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Syangan, Gonkong \u2014 Xitoy tarki- bidagi maxsus ma&#8217;muriy rayon. Mamla- katning Jan.Sharqiy qismida, Jan. XI- toy dengizi sohilida. Syangan o., Szyulun ya.o., shuningdek, yakin atrofidagi 235 ta Orolni o&#8217;z ichiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/syangan-gonkong\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124547","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124547","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124547"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124547\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124548,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124547\/revisions\/124548"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124547"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124547"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124547"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}