{"id":124561,"date":"2024-05-16T20:29:19","date_gmt":"2024-05-16T17:29:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124561"},"modified":"2024-05-16T20:29:22","modified_gmt":"2024-05-16T17:29:22","slug":"sugorish-irrigasiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sugorish-irrigasiya\/","title":{"rendered":"Sug&#8217;orish, irrigasiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Sug&#8217;orish, irrigasiya \u2014 tuproqni manbalardan olingan suv bilan sun&#8217;iy namlash, meliorasiyannng bir turi. S tuproqning o&#8217;simlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa o&#8217;simliklarning tuproqdan oziq moddalar \u2014 mineral va organic o&#8217;g&#8217;itlarni o&#8217;zlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xo&#8217;jaligi. ekinlari- dan yuqori hosil olishni ta&#8217;minlaydi. S. er hosildorligini sug&#8217;orilmaydigan sharoitlarga qaraganda 8-10 marta oshi- radi, intensiv dehqonchilikni joriy etish imkoniyatini beradi. Bu esa suv xo&#8217;jaligi qurilishiga va erlarni Meli- orativ o&#8217;zlashtirishga sarflangan kapi- tal mablag&#8217;larning tez (3-5 yil ichida) qoplanishini ta&#8217;minlaydi. Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Rossiya, Yaponiya, Misr (ekin ekiladigan hamma maydoni sug&#8217;oriladi)da, AQSh, Meksika, Italiya, Bolgariya, Frantsiya va b. mamlakatlarda sug&#8217;oriladigan er- lar 20-a.da ayniqsa tez kengayib bor- Di, yirik sug&#8217;orish sistemalari barpo etildi. 20-a.ning 50y.larida dunyoda sug&#8217;oriladigan jami er mayd. 121 mln.ga, 80y.larda 230 mln.ga dan ko&#8217;proqni, 20- a. oxirida 271,4 mln.ga ni tashkil etdi. Osiyoda 191,2, Shim. Amerikada 30,4, Ev- ropada 24,6, Afrikada 12,5, Avstraliyada 2,4 mln. ga ekin maydonlari sugoriladi (1999). S. qadimiy davrlardan boshlab sug&#8217;ormasdan hosil olib bo&#8217;lmaydigan issiq mintaqalarda, keyinchalik esa yog&#8217;in notekis yog&#8217;adigan, natijada qishloq xo&#8217;jaligi. ekinlaridan barqaror hosil olinmaydigan zonalarda rivojlandi. Misr, Mesopotamiya, O&#8217;rta Osiyo, Meksi- ka, Eronning quruq iqlimida odamlar toshqin suvlar bosadigan maydonlar- da oziqovqatga yarokli o&#8217;simliklarni o&#8217;stirishga o&#8217;rgandi. Keyinchalik bunday erlar marzalar bilan o&#8217;ralib, ularda suvni uzoq vakt saqlab qolish va qishloq xo&#8217;jaligi. ekinlaridan muntazam hosil olish imkoni yaratildi. Surxondaryo vohasi, Farg&#8217;ona vodiysining Sharqiy qismi, Amudaryo deltasi, Zarafshon daryosi havzasida o&#8217;tkazilgan arxeolo- gik qazishlar muntazam S. O&#8217;rta Osiyoda mil. AV. 2ming yillikda boshlangan- ligidan dalolat beradi. Amudaryoning quyi oqimida mil. AV. 8-7-a.dan mil. 3asrgacha S. juda taraqqiy etgan. S.ning rivojlanishi va sug&#8217;oriladigan maydon- larning kengayishi bilan suvni uzoq masofalarga olib borish ehtiyoji paydo bo&#8217;ldi. Bosh inshooti sodda bo&#8217;lgan dast- labki kanallarning barpo qilinishi mil.dan AV. 1ming yillik o&#8217;rtalariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. O&#8217;rta asrlarda sug&#8217;orma dehqonchiliqda buyuk kashfiyot \u2014 birin- chi suv ko&#8217;targich \u2014 chig&#8217;ir yaratildi. Na- tijada ariklar yoki tabiiy suv manbala- ridan balandda joylashgan kichikroq er uchastkalarini sug&#8217;orish mumkin bo&#8217;ldi. O&#8217;rta Osiyoda sug&#8217;oriladigan erlar- ning keskin kengayishi 19-a. oxirlariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Ammo yangi erlarni rejali o&#8217;zlashtirish va dehqonchilikka yaroqsiz bo&#8217;lib qolgan sug&#8217;oriladigan erlarni qayta tiklash, katta maydonlarni S. imkoniyatini beradigan yirik sug&#8217;orish sistemalarini barpo etish faqat 20-a. ning 20y.laridan boshlab olib borildi. O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;istonda faqat 1965\u2014 90y.larda sug&#8217;oriladigan erlar maydoni 5,8 mln.ga (1965)dan 8,8 mln.ga ga eta- Di. O&#8217;zbekistonda esa 2001 y.da 4,3 mln. ga sug&#8217;oriladigan erlarda dehqonchilik qilindi (1914 y.da 1,8 mln.ga). Sug&#8217;oriladigan er maydonlarining kengayishi qishloq xo&#8217;jaligi.da suv iste&#8217;molining ko&#8217;payishiga olib kel- Di. Natijada suv ombori qurish yo&#8217;li bilan Daryo oqimlarini mavsumiy, keyingi yillarda esa ko&#8217;p yillik tar- tibga solish muhim masalaga aylandi. Yuqori quvvatli nasoslarning yara- tilishi qariyb 250\u2014 300 m3\/s suvni bosqichmabosqich balandlikka ko&#8217;tarib, qishloq xo&#8217;jaligi. ekinzorlarini ma- shina erdamida sug&#8217;orishga imkon ber- Di. Hoz. davrda Orol dengizi havzasida jami yillik hajmi 105 mlrd. m3 bo&#8217;lgan umumiy oqimning 95 mlrd. m3 suvi sta sarflanmoqda. Bu esa suv resurslarini to&#8217;ldirish va sug&#8217;orish sistemasining barcha bo&#8217;g&#8217;inlarida suvni tejashni taqozo qiladi. Suv resurslarini to&#8217;ldirish aso- san suvni havzalararo qayta taqsimlash (AmuBuxoro, Amuqorako&#8217;l, Qoraqum va b. kanallar), oqova va sho&#8217;rlangan drenaj suvlaridan qayta foydalanish hisobiga amalga oshirilmoqda. S. usullari va turlari. S tuproqqa me&#8217;yorlangan (belgilangan) mikdorda suv berishini ta&#8217;minlaydigan, gidro- texnika qoidalariga asoslangan texni- kaviy, agrotexnik va tashkiliyxo&#8217;jalik tadbirlari majmuidan iborat. S. o&#8217;tkaziladigan vaqtiga qarab muntazam va davriy turlarga bo&#8217;linadi. S. maqsadiga qarab ehtiyot (yaxob), sho&#8217;r yuvish, vegeta- tsion, oziqlantiruvchi (sharbat) va b. tur- ga bo&#8217;linadi. Ayrim hollarda bir turda- gi S bir qancha maqsadlarda o&#8217;tkazilish mumkin. Qadimdan ma&#8217;lum bo&#8217;lgan oqizib suv berish usullari (bostirib, taxtalarga bo&#8217;lib, egatlar olib) astasekin tako- millashib S.ning yomg&#8217;irlatib sutrish, tomchilatib sug&#8217;orish va tuproq ostidan suyurish, aerozol usulida sug&#8217;orish sin- Gari takomillashgan usullar yaratildi. Iqlim quruq bo&#8217;lgan O&#8217;rta Osiyoda ekin- lar ko&#8217;p miqdorda suv talab qiladi, shu- ning uchun sug&#8217;oriladigan maydonlarda asosan tuproq (er) ustidan oqizib suv berish va qisman yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish usuli qo&#8217;llaniladi. Keyingi yillarda S.ning mexaniza- tsiyalashtirilgan, yarim avtomatlashti- rilgan, avtomatlashtirilgan va b. turla- ri paydo bo&#8217;ldi (yana q. Sug&#8217;orish norma &#8212; si). Ad.: Mamedov A.M., Irrigasiya Sred- ney Azii, M., 1969; Korjavin B.D., O&#8217;zbekistonda sug&#8217;orish ishlari T., 1976; Irrigasiya O&#8217;zbekistana; t. 1 -4, T., 1975\u2014 1981; Muhammadjonov A.R., Quyi Zarafshon vodiysining sug&#8217;orilish ta- rixi. T., 1972; Muhammadjonov A.R., O&#8217;zbekistonning qadimgi gidrotexni- ka inshootlari, T., 1997; Mirzaev A., Sug&#8217;orish va zax qochirish meliorasiyasi, T., 1979; Oroshenie zemel v Sredney Azii i Kazaxstana, M., 1980.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sug&#8217;orish, irrigasiya \u2014 tuproqni manbalardan olingan suv bilan sun&#8217;iy namlash, meliorasiyannng bir turi. S tuproqning o&#8217;simlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa o&#8217;simliklarning tuproqdan oziq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sugorish-irrigasiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124561","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124561","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124561"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124561\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124578,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124561\/revisions\/124578"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124561"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124561"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124561"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}