{"id":124630,"date":"2024-05-16T20:43:24","date_gmt":"2024-05-16T17:43:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124630"},"modified":"2024-05-16T20:43:27","modified_gmt":"2024-05-16T17:43:27","slug":"sunniylik-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sunniylik-2\/","title":{"rendered":"Sunniylik"},"content":{"rendered":"\n<p>Sunniylik (sunna so&#8217;zidan) is- lom dinidagi 2 asosiy yo&#8217;nalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi bar- cha musulmonlarning taxm. 93% i ska (qolgan 7% i shialikka) mansub (2004). S. tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, In- doneziya, Malayziya, Xitoy, Afg&#8217;oniston, Turkiya, Arabiston ya.o. va Fors ko&#8217;rfazi atrofidagi Arab mamlakatlarida, Su- riya, Livan, Iordaniya, shim.Sharqiy va G&#8217;arbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi. Islom dastlabki davrda hech qanday yo&#8217;nalish, mazhab va oqimlarga bo&#8217;linmagan. 7-a.ning o&#8217;rtalarida turli siyosiy sabablarga ko&#8217;ra, musulmonlar safida bo&#8217;linish paydo bo&#8217;ldi. Avval shialar, keyin xorijishshr musulmon- lar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular o&#8217;zining haqligini isbot qilish uchun o&#8217;z fikrini, yo&#8217;nalishini himoya qila bosh- ladi, shu tariqa har guruhning o&#8217;ziga xos aqidasi shakllana bordi. S bo&#8217;yicha Abu Hanifa (Imomi A&#8217;tm) ning &#171;alfiqh alakbar&#187; asari eng Nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ash&#8217;ariy bilan Abu Mansur mo- turidiylarning xizmatlari beqiyosdir. S yo&#8217;nalishida shu ikki alloma asos sol- gan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan e&#8217;tirof etilgan. S. tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat: 1. Mavjudotlarning g&#8217;aqiqat va mohiyati bor narsa bo&#8217;lib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari \u2014 beshta sezgi a&#8217;zolari, ilohiy manba- lar va aql. 2. Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan. 3. Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u o&#8217;ziga xos azaliy va abadiy ko&#8217;pgina sifatlarga ega. 4. Zotiy sifat- lari sanalmish ilm, qudrat, hayot, Iroda, eshitish, ko&#8217;rish, gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir. Uning zoti ham, sifatlari ham o&#8217;zi yaratgan maxluqot va mavjudotlarning sifatla- riga aslo o&#8217;xshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir. 5. Allohning ismlari ko&#8217;p. Hadisda 99 ta go&#8217;zal ism- lari zikr etilgan (q. alasmo alhusno). 6. Allohning adolatli ekani. Hidoyat va zalolat yo&#8217;llarini ko&#8217;rsatib qo&#8217;ygach, adashgan va kufr yo&#8217;lini tanlaganlar- ni jazolashi adolat hisoblanadi. Bor- diyu, zalolat yo&#8217;lidan asrab qolsa \u2014 bu Uning fazli, marhamati. Asramasa ado- lati hisoblanadi. 7. Payg&#8217;ambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. Ular- ning adadi garchi ba&#8217;zi hadis va rivoyat- larda ko&#8217;rsatilgan bo&#8217;lsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani ma&#8217;qul. Payg&#8217;ambarlarning birinchisi \u2014 odam (as), oxirgisi \u2014 Muhammad (sav). 8. Payg&#8217;ambarlarning mo&#187;jizalarini haq deb e&#8217;tiqod qilish. Shuningdek, avliyo- larning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo payg&#8217;ambar darajasiga eta olmaydi. 9. Islomning besh rukni \u2014 imon kalimasi, namoz, ro&#8217;za, zakot, haj har bir musulmon zimmasiga farzi Ayn ekani. Farzlardan birortasini beuzr tark etsa yoki shar&#8217;an taqiklangan ish- larga qo&#8217;l ursa qattiq gunohkor bo&#8217;lishi, lekin kofir bo&#8217;lmasligini tasdiq etish. 10. Imon \u2014 Muhammad (sav) Alloh taolo tomonidan keltirgan barcha xabar va ma&#8217;- lumotlarni haq va rost ekaniga til bi- lan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni ko&#8217;p qilganda imon nuri ko&#8217;payib, gunoh ishlarni ko&#8217;p qilganda imon nuri ozayib turishini tasdiklash va h.k. S.da 4 ta diniyhuquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofi&#8217;iylik, hanbaliylik) mavjud. S. Islomda an&#8217;a- naviy e&#8217;tiqod yo&#8217;li deb e&#8217;tirof etilib kelgan. S. bilan shialik o&#8217;rtasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va an&#8217;analarda birmuncha tafovutlar bor. O&#8217;zbekistonda, asosan, ska e&#8217;tiqod qilinadi.. Ad.: Husniddinov 3., Islom: yo&#8217;nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000. Abdulaziz Mansur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sunniylik (sunna so&#8217;zidan) is- lom dinidagi 2 asosiy yo&#8217;nalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi bar- cha musulmonlarning taxm. 93% i ska (qolgan 7% i shialikka) mansub (2004). S. tarafdorlari, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sunniylik-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124630","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124630","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124630"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124630\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124637,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124630\/revisions\/124637"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124630"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124630"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124630"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}