{"id":124634,"date":"2024-05-16T20:43:33","date_gmt":"2024-05-16T17:43:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124634"},"modified":"2024-05-16T20:43:36","modified_gmt":"2024-05-16T17:43:36","slug":"sulton-mahmudxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sulton-mahmudxon\/","title":{"rendered":"SULTON MAHMUDXON"},"content":{"rendered":"\n<p>SULTON MAHMUDXON (? 1508) Mo&#8217;g&#8217;uliston xoni (1487-1508). Chig&#8217;atoiylarlan. Yunusxonnnng o&#8217;g&#8217;li, onasi \u2014 Shohbegim, Badaxshon shohi Shoh Sulton Muhammadning qizi. Bo- burning tog&#8217;asi. 1487 y. otasi vafot etgach, mo&#8217;g&#8217;ullar rusumiga ko&#8217;ra taxtga o&#8217;tqazilgan. Bundan xabar topgan Umar- Shayx Mirzo Farg&#8217;ona tomondan, Sul- ton Ahmad Mirzo Samarqand tomondan Sm.ga qarshi chiqqan. Umarshayx Mirzo qo&#8217;shini Toshkent yaqinidagi mustaqkam Ashtar qal&#8217;asini qamal etgan. S.M. qo&#8217;shinga bosh bo&#8217;lib mudofaaga rahbarlik qilgan va jangda g&#8217;olib chiqqan. 1488 y. Sulton Ahmad Mirzo qo&#8217;shini usti- dan chir (Chirchiq) daryosi bo&#8217;yida g&#8217;alaba qozongan. Natijada S.M.ning obro&#8217;si, kuchqudrati oshgan. Mo&#8217;g&#8217;ulistonning Sharqiy qismiga ukasi Sulton Ahmadxon (Olachaxon), G&#8217;arbiy qismiga o&#8217;zi bosh bo&#8217;lib, qarorgohi \u2014 Toshkent sh.da joy- lashgan. 1493 y. Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning katta qizi Robiya Sulton begim (Qorako&#8217;z begim)ga uylangan. Samarqand va uning atrofi- da S.M.ni Xonikaxon deb atashgan. Sm. doimo qo&#8217;shni davlatlarning ishlariga aralashgan. Sulton Ahmad Mirzo va- fotidan so&#8217;ng S.M. Samarqand taxtini egallash uchun yurish qilgan, biroq 1495 y. Kanboy yaqinida Boysung&#8217;ur Mirzo to- moni| dan mag&#8217;lubiyatga uchragan. S.M.ni Farg&#8217;onaga yurish qilishi ehtimolidan xavfsiragan Bobur uning oliy xrkimi- yatini tan olgan. 1498 y. 5 ming kishi- lik qo&#8217;shin bilan Samarqandga yurish qilgan, biroq shim.dan Shayboniyxon qo&#8217;shinlari Movarounnahrga kelayotga- nidan darak topgach, chekinishga majbur bo&#8217;lgan. U temuriylarga qarshi kurashda Shayboniyxonni o&#8217;ziga ittifoqchi qilish maqsadida_unga O&#8217;tror sh.ni bergan. Shayboniyxon CM. yordamida Samarqand, Buxoroni qo&#8217;lga olgan. Shayboniyxon- ning kuchayib ketishidan xavfsiragan S.M. temuriylarni qo&#8217;llabquvvatlay boshlagan. Boburta Samarqandni egalla- shida harbiy yordam bergan. Bobur uning saroyida, Toshkentda ma&#8217;lum muddat yashagan (1501-02). 1503 y. Sm. va uka- si Sulton Ahmadxonlarning birlash- gan qo&#8217;shini Arxiyon qal&#8217;asi (Farg&#8217;ona) yaqinvda Shayboniyxon qo&#8217;shini tomoni- dan tormor keltirilgan, akaukalar asir tushgan. Sm.ning Toshkentga vaqtinchalik hokim qilib qoldirilgan o&#8217;g&#8217;li Sul- ton Muhammad shaharni tashlab qochgan. Shayboniyxon Toshkentni egallab, uni amakisi Suyunchxo&#8217;jaxonga bergan. S.M. va ukasiga shafqat qilib qo&#8217;yib yuborgan. Ular Mo&#8217;gulistonga ketishgan, bir ozdan so&#8217;ng Sulton Ahmadxon vafot etgan. Taxt uchun kurashda S.M. yolg&#8217;izlanib, ancha qiyinchiliklarga duch kelgan. U ko&#8217;mak istab Shayboniyxon xuzuriga kelgan. Biroq Shayboniyxon S.M.ni farzandla- ri bilan birga Xo&#8217;jand daryosi bo&#8217;yida qatl ettirgan. Ad.: Baburname, T., 1993; materialo&#8217; po istorii kazaxskix xanstv XV\u2014XVII vv., AlmaAta, 1969; Mirzo Muxammad Xaydar, Tarixi Rashidi, T., 1996. Faxriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SULTON MAHMUDXON (? 1508) Mo&#8217;g&#8217;uliston xoni (1487-1508). Chig&#8217;atoiylarlan. Yunusxonnnng o&#8217;g&#8217;li, onasi \u2014 Shohbegim, Badaxshon shohi Shoh Sulton Muhammadning qizi. Bo- burning tog&#8217;asi. 1487 y. otasi vafot etgach, mo&#8217;g&#8217;ullar rusumiga ko&#8217;ra &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sulton-mahmudxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124634","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124634","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124634"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124634\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124641,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124634\/revisions\/124641"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124634"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124634"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124634"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}