{"id":124642,"date":"2024-05-16T20:46:15","date_gmt":"2024-05-16T17:46:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124642"},"modified":"2024-05-16T20:46:19","modified_gmt":"2024-05-16T17:46:19","slug":"sudralib-yuruvchilar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sudralib-yuruvchilar-2\/","title":{"rendered":"SUDRALIB YURUVCHILAR"},"content":{"rendered":"\n<p>SUDRALIB YURUVCHILAR (Reptelia) \u2014 umurtqalilar sinfi. Qadimgi S.yu. \u2014 kotilozavrlar o&#8217;rta karbonda stegosefallardan paydo bo&#8217;lgan. Keyinchalik stegosefallar 2 shoxga ajralgan; ularning biridan \u2014 sut emizuvchilar, ikkinchisidan \u2014 kush- lar paydo bo&#8217;lgan. S.yu. Permdan Kay- nozoy erasi boshlarigacha er yuzi fau- nasida hukmronlik qilgan. Mezozoyda kengtarqalgan; ular orasida dengizda suzuvchilari va havoda uchadiganlari bo&#8217;lgan. Eng yirik hayvonlar \u2014 Dino- zavrlar qam mezozoy davrida yashagan. Mezozoy tugab, kaynozoyning boshlani- shi qadimgi S.yu. ning qirilib ketishi, sut emizuvchilar bilan qushlarning keng tarqalishiga to&#8217;g&#8217;ri kelgan. Hoz. S.yu. gavdasining uzunli- gi bir necha sm dan 10 m gacha. Skele- ta deyarli to&#8217;liq suyaklangan. Oyoqlari boshqa kuruqlikda yashovchilar singari 5 barmoqli tipda; ayrim guruhlarda oyokdar bo&#8217;lmaydi. Ko&#8217;pchilik S.yu. qovurg&#8217;alari to&#8217;sh suyaklari bilan tuta- shib, ko&#8217;krak qafasi hosil qiladi. S.yu.da birinchi marta ko&#8217;krak qafasi orqali nafas olish paydo bo&#8217;ladi. Bosh miyasi sut emizuvchi- lar va qushlarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan. Qon aylanish doirasi 2 ta, yuragi 3 kamerali, yurak qorinchasida chala parda to&#8217;siq bo&#8217;ladi. Faqat timsox- lar yuragi qorinchasi to&#8217;liq 2 ga bo&#8217;lingan, yuragi 4 kamerali. Ayirish organi chanoq buyrakdan iborat; ko&#8217;pchiligida qovuq bor. Gatteriyalardan boshqa barcha S.yu. erkagida kopulyativ organ bor (ilon- lar va kaltakesaklarda 2 tadan). Teri- si muguz tangachalar yoki qalqon bilan qoplangan (terili suv toshbaqalarida bo&#8217;lmaydi), quruq, ter bezlari bo&#8217;lmaydi yoki kam bo&#8217;ladi. Hoz. S.yu.ning 8000 ga yaqin turi, O&#8217;zbekistonda 2 turkum (tangachali- lar, toshbaqalar)ga mansub 58 turi tarqalgan. Antarktidadan tashqari bar- cha kitalarda uchraydi. Ko&#8217;pchilik tur- lari qurukdikda, timsoxlar, bir qancha toshbaqalar va ilonlar chuchuk suvlarda, ayrim toshbaqalar, ilonlar va timsox- lar dengizda yashaydi. Tana harorati doimiy bo&#8217;lmaganidan S.yu.ning faol hayot kechirishi tashqi muhit harorati bilan bog&#8217;liq. Urug&#8217;lanishi ichki; ayrim kaltakesaklar va ilonlar partenogenez ko&#8217;payadi. Ko&#8217;pchilik S.yu. tuxum qo&#8217;yadi; ayrim turlari tirik tug&#8217;adi yoki tuxum- dan tirik tug&#8217;adi. Tuxumlari sariklikka boy; qattiq ohak (toshbaqalar, timsox- lar) yoki pergamentsimon po&#8217;choq (ilon- lar, kaltakesaklar) bilan qoplangan. Po&#8217;choqtuxumni qurib qolishdan saqdaydi. Inkubasiya davri 1-2 oydan 1 yilgacha yoki ko&#8217;proq (gatteriya). Ayrim S.yu. (mas, timsoxlar) naeli to&#8217;g&#8217;risida g&#8217;amxo&#8217;rlik qiladi. Ko&#8217;pchiligi yirtqich yoki hasharotxo&#8217;r; ayrim kaltakesaklar (agamalar, iguanlar) hammaxo&#8217;r; quruqlik toshbaqalari, asosan, o&#8217;simliklar bilan oziklanadi. Ayrim S.yu. go&#8217;shti iste&#8217;- mol qilinadi; terisi va kosasidan har xil buyumlar; ilonlar zaharidan har xil dorilar tayyorlanadi. Ko&#8217;plab ovlash tufayli toshbaqalar, ko&#8217;pchilik ilon- lar va timsoxdar sonining kamayishiga olib keldi. S.yu. sonini tiklash uchun ular sun&#8217;iy ko&#8217;paytiriladi (timsoxlar); ko&#8217;payish joylari muhofaza qilinadi; ovlash man etiladi. 150 ga yaqin turi va kenja turlari xalqaro qizil kitobga kiritilgan. Ochil Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SUDRALIB YURUVCHILAR (Reptelia) \u2014 umurtqalilar sinfi. Qadimgi S.yu. \u2014 kotilozavrlar o&#8217;rta karbonda stegosefallardan paydo bo&#8217;lgan. Keyinchalik stegosefallar 2 shoxga ajralgan; ularning biridan \u2014 sut emizuvchilar, ikkinchisidan \u2014 kush- lar paydo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sudralib-yuruvchilar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124642","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124642","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124642"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124642\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124649,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124642\/revisions\/124649"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124642"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124642"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124642"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}