{"id":124693,"date":"2024-05-16T20:55:37","date_gmt":"2024-05-16T17:55:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124693"},"modified":"2024-05-16T20:55:41","modified_gmt":"2024-05-16T17:55:41","slug":"suv-bilan-davolash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/suv-bilan-davolash\/","title":{"rendered":"Suv bilan davolash"},"content":{"rendered":"\n<p>Suv bilan davolash, gidro- terapiya \u2014 davolash, gigiena va Profi- laktika maqsadida suvdan foydalanish. Bu muolaja qadimdan ma&#8217;lum. 19-a.ga kelib ilmiy jixatdan asoslab berildi. S.b.D. muolajalari dush, vannalar, yuvi- nish, badanni xo&#8217;l sochiq bilan ishqalab artish, boshdan suv quyish, ho&#8217;l choyshabga o&#8217;ralib yotishdan iborat. S.b.D.da teridagi nerv oxirlari (re- tseptorlar)ga suvning tra, mexanik va kimyoviy omillari ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Bu ta&#8217;sirotlar reflektor ravishda marka- ziy nerv sistemasi orkali organizmning barcha a&#8217;zolari va sistemalarida javob reaktsiyasini paydo qiladi. Xususan, kasal a&#8217;zoda juda kuchli reaktsiya paydo bo&#8217;ladi. Garchi ko&#8217;pchilik suv muolajala- rini uy sharoitida mustaqil ravishda o&#8217;tkazish mumkin bo&#8217;lsada, biroq ularni faqat vrach tavsiya etishi lozim. U har bir bemor organizmining funktsional imkoniyatlariga va reaktivligiga mos keladigan muolajalarni tanlab beradi. S.b.D. muolajalarida suv t-rasi ning qo&#8217;zg&#8217;atuvchi ta&#8217;siri asosiy o&#8217;rinni egal- laydi. Muolaja uchun sovuq suv (20\u00b0 gacha), salqin, ya&#8217;ni indifferent suv (20-33\u00b0), iliq (37-39\u00b0) va issiq suv (40-42\u00b0) ishlatilishi mumkin. Tra omilining ta&#8217;siri odam gavdasi bilan suv o&#8217;rtasida issiqlik energiyasi almashinuvi sodir bo&#8217;lishiga asoslangan. S.b.D.ning asosiy maqsadlaridan biri tabiiy omillardan foydalaniladigan boshqa davo usullari- dagi kabi organizmni tetiklantirishdan iborat. Bunga muolajani to&#8217;g&#8217;ri dozalash yo&#8217;li bilan erishiladi. Teriga sovuq va salqin suv bilan ta&#8217;- sir qilinganda undagi mayda tomirlar siqiladi, issiqlik yo&#8217;qolishi kamaya- Di. Teri tomirlarining torayishi qon oqishiga qarshilikni kuchaytiradi, bu esa yurak qisqarishlarini tezlashtiradi va zo&#8217;raytiradi, qon bosimi bir oz oshadi. Sovuq suv nerv sistemasiga qo&#8217;zg&#8217;atuvchi ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Bunda teri oqaradi va ushlab ko&#8217;rilganda sovuq tuyuladi (reak- tsiyaning birinchi fazasi). Sovuq suv bi- lan ta&#8217;sir qilish davom ettirilaversa, terining toraygan tomirlari kengayadi, bunda tomirlar devori muskulaturasi tonusi oshadi va qon oqimi tezlashadi. Bu organizmning issiqlik yo&#8217;qotishiga va moddalar almashinuvining kuchay- ishiga olib keladi. Teri qizaradi va ushlab ko&#8217;rganda iliq tuyuladi (reaktsiya- ning ikkinchi fazasi). Bemor ilib, juda rohatlanadi, engil tortadi va tetik bo&#8217;ladi. Sovuq va salkin suv ta&#8217;sirini mexanik ta&#8217;sirot \u2014 ishqalash, uqalash bilan qo&#8217;shib olib borilsa, rohatbaxsh sezgi paydo bo&#8217;ladi. Indefferent, ya&#8217;ni gavda t-rasiga yaqin tradagi suv tinchlantiruvchi ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, biroq muolajaning uzoq da- vom etishi odamni xrldan toydiradi. Iliq suv nerv sistemasini tinchlan &#8212; tiradi va uyquning yaxshilanishiga yor- dam beradi. Issiq suv ta&#8217;sirida dastlab teri to- mirlari qisqa muddatga torayadi. Bunda yurak urishi tezlashadi, kon bosimi bir oz oshadi, ko&#8217;p ter chiqadi. Keyin teri tomirlari juda kengayib ketadi, biroq tana ancha issiq suv ichida bo&#8217;lganidan issiklik ajralmaydi. Bu muolajada yurak tomir sistemasiga zo&#8217;r kelishi sa- babli qon aylanishining buzilishi, ste- nokardiya, gipertoniya kasalligida, shu- ningdek, ro&#8217;yi rost aterosklerozda issiq suv muolajalari buyurilmaydi. S.b.D.da tra ta&#8217;sirini, muolaja da- vomliligini, ta&#8217;sir etish maydonini o&#8217;zgartirish yo&#8217;li bilan organizmning qator a&#8217;zolari va sistemalarida turli reaktsiyalarni paydo qilish mumkin. S.b.D. muolajalarida tra omili bi- lan bir katorda mexanik omil \u2014 suv bo- simi (umumiy vanna qabul qilishda) va uning oqimidan g&#8217;am (dush, cho&#8217;milishda) foydalaniladi. Buning ta&#8217;sirida ma&#8217;- lum darajada terida va ichki a&#8217;zolarda qon aylanishi o&#8217;zgaradi; teri venala- ri bosiladi va yurakka qon oqib keli- shi ancha ortadi va qorin bo&#8217;shlig&#8217;idan qon oqib ketishi kuchayadi. Zarurat bo&#8217;lganda (davo maqsadiga qarab) mexanik qo&#8217;zg&#8217;atishni qo&#8217;shimcha tazyiq \u2014 uqalash, massaj yoki suvni tegishli bosim ostida yuborishga imkon beradigan maxsus mos- lamalar qo&#8217;llash yo&#8217;li bilan kuchaytirish mumkin. Oddiy (chuchuk) suvning kimyoviy qo&#8217;zg&#8217;atuvchi ta&#8217;siri juda kam, mineral suvlar, dengiz suvi (q. Balneoterapiya), shuningdek, davo maqsadida terini ta&#8217;- sirlash uchun moddalar (turli ekstratlar va b.) qo&#8217;shilgan suv ancha kuchli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. S.b.D. organizmni chiniqtirish, shu- ningdek, ba&#8217;zi kasalliklarni davolash- da yaxshi naf beradi. Mas, sovuq suv bi- lan o&#8217;tkaziladigan muolajalar nerv va yuraktomir sistemasi funktsiyasining ba&#8217;zi buzilishlarida, moddalar Alma- shinuvini oshirish maqsadida (mas, yog&#8217; bosishda) buyuriladi. Issiq S.b.D. turli surunkali yallig&#8217;lanish kasalliklarida qo&#8217;llanadi (yana q. Vannalar).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Suv bilan davolash, gidro- terapiya \u2014 davolash, gigiena va Profi- laktika maqsadida suvdan foydalanish. Bu muolaja qadimdan ma&#8217;lum. 19-a.ga kelib ilmiy jixatdan asoslab berildi. S.b.D. muolajalari dush, vannalar, yuvi- nish, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/suv-bilan-davolash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124693","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124693","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124693"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124693\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124703,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124693\/revisions\/124703"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124693"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124693"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124693"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}