{"id":124892,"date":"2024-05-18T20:21:55","date_gmt":"2024-05-18T17:21:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124892"},"modified":"2024-05-18T20:21:59","modified_gmt":"2024-05-18T17:21:59","slug":"stilistika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/stilistika\/","title":{"rendered":"Stilistika"},"content":{"rendered":"\n<p>Stilistika (Yun. stylos \u2014 yozuv, xat tayokchasi), uslubshunoslik, uslubiyat \u2014 tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeolo- gik, fonetik, morfologik, so&#8217;z yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtai nazaridan funktsio- nal katlamlanishining mohiyati va o&#8217;ziga xosliklarini o&#8217;rganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma ada- biyotning xilmaxil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qo&#8217;llash me&#8217;erlari va usullarini tavsif- lovchi tarmog&#8217;i. S.da parallel sinonimik til ifodalaridagi ma&#8217;noviy va ekspres- SIV nozikliklar, lisoniy birliklar- ning o&#8217;zaro munosabatdosh variantlari o&#8217;rganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun za- rur bo&#8217;lganini tanlab olish imkoniyati mavjud bo&#8217;ladi. Zamonaviy S. turli lingvistik yo&#8217;nalishlar va maktablarda turlicha tushuniladi, shu bilan birga har bir nuqtai nazar, S.ning asosiy o&#8217;rganish mavzui bo&#8217;lmish uslubning serqirraligi sababli, o&#8217;z ob&#8217;ektiv asosiga ega. S. til me&#8217;yor (norma)lari bilan uzviy bog&#8217;likdir. S. o&#8217;z navbatida funktsional S, lisoniy birliklar S.si, matn S.si, badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si, ama- liy S, qiyosiy S, tarixiy S. kabi turlar- ga bo&#8217;linadi. Funktsional S. adabiy tilning o&#8217;z ta- rixan shakllangan ko&#8217;rinishlari (funk- tsionaluslubiy birliklari) asosida tabaqalanishini, ya&#8217;ni uslublar tizi- mini, bu tizimning ichki strukturaviy shakllanish qonuniyatlarini o&#8217;rganadi va tavsiflaydi. Funktsional S. nazariy tadqiqot mavzui sifatidagi adabiy til- ning asosiy funktsionaluslubiy birli- klarini tipologik tasniflash va ajra- tishning umumiy printsiplarini ishlab chiqadi. Lisoniy birliklar S. si adabiy tilda odatdagi nutqiy vaziyatlarda, tur- li ma&#8217;noviy va ekspressiv mazmundagi matnlarda barcha satxlar birliklari- ning mavjud til me&#8217;yorlari nuqtai na- zaridan amal qilishi (qo&#8217;llanishi)ni o&#8217;rganadi. Bunda lisoniy birliklarning variantlari (variantdor shakllar, Pa- rallel tuzilmalar, lug&#8217;aviy va sintak- tik sinonimlar)ning uslubiy bo&#8217;yog&#8217;ini chog&#8217;ishtirish muhim ahamiyatga ega. Liso- niy birliklar S.si bir tomondan funk- tsional S. bilan bevosita bog&#8217;liq bo&#8217;lsa, ikkinchi tomondan matn S. siga juda yaqin turadi. Badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si tilning adabiyotda qanday qilib san&#8217;- at hodisasiga aylanganini tekshiradi, uning badiiy qo&#8217;llanishi, unda estetik va kommunikativ vazifalarning birga qo&#8217;shilishi usullarini aniklaydi. Ba- diiy asar S. si faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi o&#8217;ziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralanadi. Uslubning muhim unsuri bo&#8217;lgan tilning asardagi vazifa- sini aniklashga yordam beradi, ammo asar tilining barcha xususiyatlarini o&#8217;rganish uning mavzuiga kirmaydi. Ko&#8217;pincha bir masalani S. ham, adabiyotshunoslik ham o&#8217;rganadi. Badiiy nutq S.si til Mate- rialining aniq bir badiiy tizimdagi estetik vazifasini aniqlashga harakat qiladi. Shuning uchun badiiy adabiyot S.sida eng muhim tadqiqot mavzui yozuv- chi va muayyan badiiy asar tilidan ibo- rat bo&#8217;ladi, ya&#8217;ni individual uslub mu- ammosi birinchi o&#8217;ringa qo&#8217;yiladi. Aniq bir asar tilini taxlil qilish orqali umumlashma xulosalar chiqariladi, bir qancha asarlarga, yozuvchilar ijodiga xos xususiyatlar aniqlanadi (mas, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat ijodla- rining o&#8217;ziga xos uslubiy xususiyatlari). Natijada badiiy nutqning bir qancha qonuniyatlari, tipologik printsiplari ishlab chiqiladi. Qiyosiy S. \u2014 turli tillardagi US- lubiy hodisalarni qiyoslab o&#8217;rganish. Qiyosiy S. tarjima nazariyasi bilan uz- viy aloqadordir. Tarixiy S. tilning turli tarixiy davrlarda qo&#8217;llanishini tadqiq etadi. U nafaqat muayyan til uslubiy me&#8217;yorlarining o&#8217;zgarib turi- shini, balki adabiy til tuzilishining shakllanish va rivojlanish yo&#8217;llarini, adabiy til bilan badiiy nutqning o&#8217;zaro munosabatlari tarixini ham o&#8217;rganadi. Amaliy S. nutq madaniyati talablariga muvofiq keluvchi uslubiy tavsiyalarni qamrab oluvchi amaliy soha hisoblanadi. S.ning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va o&#8217;rganilishi G&#8217;arbda antik davrlarga, Sharkda esa o&#8217;rta asr- larga to&#8217;g&#8217;ri keladi. S. Sharq mamlakat- larida, jumladan, O&#8217;zbekistonda, gar- chi hozirgiday aloqida sog&#8217;a sifatida bo&#8217;lmasa ham, lekin tilshunoslik (gram- matika, lug&#8217;at), adabiyotshunoslik (ilmiy bade&#8217;, istiora, tafsir), shuningdek, ilmi insho, voizlik, notiklik san&#8217;ati kabi fanlar tarkibida o&#8217;rgatib kelingan. O&#8217;tgan asrda O&#8217;zbekistonda S, ayniqsa umumiyfunktsional S. va badiiy adabi &#8212; yot S.si mustaqil fan tarmog&#8217;i sifatida shakllana va rivojlana boshladi. Bunda Fitrat, Cho&#8217;lpon, Oybek, P. Qodirov kabi yozuvchilarning, M. Qo&#8217;shjonov, Q. Sama- dov, I. Qo&#8217;chqortoev, A. Shomaqsudov sin- Gari olimlarning hissalari katta. Ad.: Vinokur G. O., Izbrannie raboto&#8217; po russkomu yaziku, M., 1959; Vinogradov V. V., Stilistika. Teoriya poeticheskoy rechi. Poetika, M., 1963; Efimov A. I., Stilistika russkogo yazika, M., 1969; O&#8217;zbek tili stilistikasi, T., 1983. Abduvahob Madvaliev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Stilistika (Yun. stylos \u2014 yozuv, xat tayokchasi), uslubshunoslik, uslubiyat \u2014 tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeolo- gik, fonetik, morfologik, so&#8217;z yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtai nazaridan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/stilistika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124892","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124892","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124892"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124892\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124898,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124892\/revisions\/124898"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124892"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124892"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124892"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}