{"id":124922,"date":"2024-05-18T20:30:36","date_gmt":"2024-05-18T17:30:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124922"},"modified":"2024-05-18T20:30:39","modified_gmt":"2024-05-18T17:30:39","slug":"sokrat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sokrat\/","title":{"rendered":"Sokrat"},"content":{"rendered":"\n<p>Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. AV. 470\/469 \u2014Afina \u2014 399) \u2014 yunon fay- lasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tug&#8217;ilib o&#8217;sgan. O&#8217;z ta&#8217;limotini og&#8217;zaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. So- fistlarta qarshi kurashish va yoshlarni tarbiyalashni o&#8217;z oldiga maksad qilib qo&#8217;ygan. Atrofiga ko&#8217;plab iqtidorli ta- labalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy va b.) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyat- da bo&#8217;lgan. S.ni demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. As- lida u boshqaruvning xamma shakli \u2014 monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan bo&#8217;lsa, tanqid qilgan. S. ta&#8217;limotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida S. yoshlarni yo&#8217;ldan adashtirganlik, fuqarolik me&#8217;yorlarini buzganlik hamda &#171;yangi xudolarga sajda qilish&#187;da ayblanib, sudga berilgan va o&#8217;lim jazosiga hukm qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yo&#8217;li b-n ijro etilgan. S.ning falsafiy ta&#8217;limoti to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlarni unga za- mondosh va shogird bo&#8217;lgan Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. S. faqirona kun kechirib, doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurar- Di. Uning turmush tarzi ham, so&#8217;zlari va suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish uyg&#8217;otardi. Faylasuf ko&#8217;p vaqtini odam gavjum maydonlarda, xiyo- bonlarda o&#8217;tkazgan. O&#8217;zining suhbatidan bahramand bo&#8217;lish niyatida yurgan is- talgan kishi b-n savoljavob qilgan. Ushbu muloqotlarning uslubi va xarak- teri Platonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida o&#8217;z ifodasini topgan. S. o&#8217;z falsafiy tadqiqotlariga axloqiy ma- salalarni asos qilib olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini o&#8217;rganish zaruratini rad etib, bu masalalarni echishga inson tafakkuri qodir emas deb hisoblagan. S. ta&#8217;limoti ga ko&#8217;ra, falsa- faning maqsadi o&#8217;z-o&#8217;zini bilish bo&#8217;lib, bu esa chin ezgulikka erishish yo&#8217;lidir; ezgulik \u2014 bilim yoki donolikdir. S. in- sonda 1dan, o&#8217;rta miyonalik, mo&#187;tadillik (ya&#8217;ni. ehtiroslarni jilovlay bilish) ni, 2-dan, dovyuraklik (ya&#8217;ni, xavfxatar- ni enga bilish)ni, 3dan, adolat (ya&#8217;ni, ilohiy va insoniy qonunqoidalarga rioya eta bilish)ni eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan. Zamon- doshlari va shogirdlarining guvoxlik berishicha, S. o&#8217;zining chuqur dialektik fikrlashi, ya&#8217;ni predmetga oid nomu- kammal tushunchalardagi ziddiyatlarni ochish orqali o&#8217;sha predmetni bilish sari etaklay olish san&#8217;ati, induktiv ta&#8217;li- motdan foydalanish mahorati b-n katta taassurot uyg&#8217;otgan. S. ta&#8217;lim-tarbiya amaliyotidagi har qanday aqidaparastlikni qattiq qoraladi. Ta&#8217;limning ma&#8217;ruza o&#8217;qish shaklidan voz kechib, suhbat va munoza- ralar orqali haqiqatni izlab topish- ni asosiy uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai nazarlarning hech biriga qo&#8217;shilmay turib, ularni tanqidiy asos- da muhokama qilishga intilgan. Ped.da majburlashdan, zo&#8217;ravonlikdan voz ke- chish tarafdori bo&#8217;lgan. Uningcha, bilim berishning yagona vositasi \u2014 ishonti- rishdir. S. nomi keyingi davrlar uchun Donish- mand timsoli bo&#8217;lib qolgan. Saida Jo&#8217;raeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. AV. 470\/469 \u2014Afina \u2014 399) \u2014 yunon fay- lasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tug&#8217;ilib o&#8217;sgan. O&#8217;z ta&#8217;limotini og&#8217;zaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sokrat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124922","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124922","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124922"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124922\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124934,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124922\/revisions\/124934"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124922"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124922"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124922"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}