{"id":12500,"date":"2021-12-13T12:44:02","date_gmt":"2021-12-13T09:44:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12500"},"modified":"2021-12-13T12:44:04","modified_gmt":"2021-12-13T09:44:04","slug":"zaruriyat-va-tasodif","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zaruriyat-va-tasodif\/","title":{"rendered":"ZARURIYAT VA TASODIF"},"content":{"rendered":"\n<p>ZARURIYAT VA TASODIF &#8212; borliqdagi narsa va hodisalar o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro aloqadorlikni ifodalovchi falsafiy tushunchalar. Zaruriyat \u2014 narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqadi, ularning ichki qonuniyatini ifoda qiladi. U muayyan sharoitda yuz berishi muqarrar bo&#8217;lgan voqea yoki hodisadir. Tasodif \u2014 narsa va hodisalarning ichki tabiati bilan bog\u2019lik bo&#8217;lmagan, tashqi ta&#8217;sir, yuzaki va ikkinchi darajali, o&#8217;tkinchi tomonini ifoda etadi. U yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin. Zaruriyat va tasodif borliqdagi o&#8217;zaro bog&#8217;liq bo&#8217;lgan, biri ikkinchisiz mavjud bo&#8217;lmaydigan narsa va hodisalarning o&#8217;zgarish va rivojlanishiga oid aloqadorlikning ikki tomonidir. Ular o&#8217;zaro bog&#8217;liq va o&#8217;ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Zaruriyat, birinchidan, hodisalarning oldingi taraqqiyoti orqali qonuniy tayyorlangan bo&#8217;ladi, ikkinchidan, uning sababi o&#8217;zida bo&#8217;lib, u mazkur narsa va hodisaning ichki tabiatidan kelib chiqadi; uchinchidan u narsa va hodisaning muhim, takrorlanib turadigan ichki aloqadorliklaridan kelib chiqadi; to&#8217;rtinchidan, zaruriyat yuz berishi muqarrarlik xususiyatiga ega bo&#8217;lib, albatta, yuz beradi; beshinchidan, u doim qonuniyat bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, umumiy tipik xarakterga ega. Tasodif ham sababsiz yuz bermaydi. Uning sababi, narsa va hodisaning o&#8217;zida emas, balki undan tashqarida bo&#8217;ladi. Tasodifning o&#8217;ziga xos xususiyatlari quyidagilar: birinchidan, tasodif narsa va hodisalarning rivojlanishi davomida emas, balki turli tashqi jarayonlarning ta&#8217;sirida sodir bo&#8217;ladi; ikkinchidan, borlikqdagi nomuhim bog&#8217;lanishlardan kelib chiqadi; uchinchidan, tasodif narsa va hodisalarning rivojlanish mayllarini belgilab bermaydi, shunga ko&#8217;ra u muqarrar emas, to&#8217;rtinchidan, tasodif umumiy emas, balki yakka xususiyatga ega; beshinchidan, tasodif qonuniyat bilan bog&#8217;liq emas. Tasodiflarni oldindan aytib berish mumkin emasligi uni, go&#8217;yoki, sababiyat tamoyiliga zidga o&#8217;xshaydiganday qilib qo&#8217;yadi. Aslida, tasodifiy voqealar, garchi aniq ma&#8217;lum bo&#8217;lmasa ham, Real mavjud bo&#8217;lgan muayyan shartsharoit va sabablar oqibatidir. Ular betartib ravishda, hech narsa yo&#8217;q joydan paydo bo&#8217;lmaydi, ularning kelib chiqishi imkoniyati, garchi qat&#8217;iy ravishda bo&#8217;lmasa ham, o&#8217;zining sababiy asoslariga ega. Bu ko&#8217;p miqdordagi bir xil tasodifiy hodisalarni o&#8217;rganish natijasida payqab olinadi va matematik statistika apparati erdamida ifodalanadi. Zaruriyat va tasodif o&#8217;zaro bog&#8217;liqdir, bunda tasodif zaruriyatning ichki tizimida yashiringan bo&#8217;lgani kabi zaruriyat ham tasodiflar tizimida, ularning takrorlanishida mavjud bo&#8217;ladi, ular bir-birisiz, alohida-alohida mavjud bo&#8217;la olmaydi. Ijtimoiy munosabatlarda zaruriyat bilan tasodif nisbatini to&#8217;g&#8217;ri anglash jamiyat hayotining ob&#8217;yektiv taraqqiyot qonunlarini bilib olish va amalda qo&#8217;llashning asosiy shartidir. Chunki ijtimoiy taraqqiyotning ob&#8217;yektiv yo&#8217;nalishi o&#8217;zining muayyan maqsad va intilishlariga ega bo&#8217;lgan alohida shaxslar, ijtimoiy guruxdar faoliyatida amalga oshadi. Zaruriyat va tasodifni bir-biridan farq qilishda har doim tayin sharoitni hisobga olish zarur. Borliqdagi hamma narsa va hodisalar o&#8217;zlarining o&#8217;zgarish va rivojlanishi jarayonida doim ham zaruriy, ham tasodifiy aloqadorliklarni o&#8217;z ichiga oladi. Ularni o&#8217;rganish va bilib olishda bu aloqadorliklarni o&#8217;zaro chalkashtirib yubormaslik lozim. Shuning uchun kishilar o&#8217;zlarining amaliy va ilmiy faoliyatlarida Zaruriyat va tasodifning ob&#8217;yektivligini va aloqadorligini nazarda tutishi goyat muhimdir. Fanning vazifasi narsa va hodisalar tizimida yashirinib yotgan, insonga noma&#8217;lum bo&#8217;lgan ichki zaruriy aloqadorliklarni va bu tizimdagi tashki tasodiflarni aniqlashdan iborat. Borliqda qat&#8217;iy zaruriyat doimo tasodiflar tizimida hukmronlik qilib, tadqiqotchi o&#8217;z ilmiy faoliyati jarayonida tasodifiy hodisalar tizimida mavjud bo&#8217;lgan zaruriyatni kashf etishga intiladi. Turli ko&#8217;rinishda mavjud bo&#8217;lgan tasodiflarni chuqur tadqiq qilish, ularning bir-birlari bilan aloqadorliklarini aniqlash, ular tizimida mavjud bo&#8217;lgan, lekin yashirinib yotgan zaruriyatni ochish insonlarning ham nazariy, ham amaliy faoliyati uchun katta ahamiyatga molik. Abdulla Ayupov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZARURIYAT VA TASODIF &#8212; borliqdagi narsa va hodisalar o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro aloqadorlikni ifodalovchi falsafiy tushunchalar. Zaruriyat \u2014 narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqadi, ularning ichki qonuniyatini ifoda qiladi. U muayyan sharoitda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zaruriyat-va-tasodif\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12500","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12500","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12500"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12500\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12508,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12500\/revisions\/12508"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12500"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12500"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12500"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}