{"id":12538,"date":"2021-12-13T16:26:22","date_gmt":"2021-12-13T13:26:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12538"},"modified":"2021-12-13T16:26:24","modified_gmt":"2021-12-13T13:26:24","slug":"zafarnoma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zafarnoma\/","title":{"rendered":"&#171;ZAFARNOMA&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;ZAFARNOMA&#187; \u2014 Amir Temur davlati tarixiga bag&#8217;ishlab yozilgan asar. Sohibqiron Amir Temurning hayotligida bevosita uning topshirig&#8217;i asosida Nizomiddin Shomiy tomonidan yozishga kirishilgan (1401-02). 1404 yil bahorigacha asar yozib tamomlangan va Ozarbayjonda yetti yillik yurishdan Samarqandga qaytayotgan Amir Temurga taqdim etilgan. Bundan keyingi Sohibqiron vafotigacha kechgan voqealar keyinroq Hofizi Abru tomonidan yozib ilova qilingan. &#171;Zafarnoma&#187;ni yozishda Amir Temurning munshiy va kotiblari ham nazm, ham nasrda forsiy va turkiy tillarda yozgan ma&#8217;lumotlar, muallifning 1400\u2014 04 yillar davomida Sohibqiron yurishlarida bo&#8217;lib, o&#8217;zi ko&#8217;rgan-bilganlari, Hindiston yurishi voqealari qismining bayoni uchun G&#8217;iyosiddin Alining &#171;Ro&#8217;znomai g&#8217;azavoti Hindiston&#187; (Hindistonga yurish kundaligi&#187;) asari asosiy manba bo&#8217;lib xizmat qilgan. &#171;Zafarnoma&#187; tarixiy asar sifatida 14\u2014 15 asr boshida Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davridagi O&#8217;rta Osiyo, Oltin &#171;Zafarnoma&#187;ning o&#8217;zbek tilidagi nashri muqovasi (Toshkent, 1996). O&#8217;rda xonligi, Ozarbayjon, Eron, Afg&#8217;oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o&#8217;z ichiga olgan. Asar muqaddimasida Amir Temur tarix sahnasiga chiqqan 1360 yilga qadar O&#8217;rta Osiyoda hukmronlik qilgan chingiziy hukmdorlar haqida qisqa ma&#8217;lumot berilgan. So&#8217;ngra Amir Temurning 14 asrning ikkinchi yarmi va 15 asrning boshida qilgan yurishlarining batafsil bayoni keltirilgan. &#171;Zafarnoma&#187; o&#8217;zida jamlangan tarixiy ma&#8217;lumotlarning ishonchliligi bilan 15\u201416 asrlardanoq bir qancha asarlar uchun bosh manba bo&#8217;ldi. &#171;Zafarnoma&#187;ning faqat 2 qo&#8217;lyozma nusxasigina saqlanib qolgan. Birinchisi, Amir Temurga taqdim etilgan qo&#8217;lyozmaning 1425 yilda ko&#8217;chirilgan nusxasi bo&#8217;lib, u Istanbuldagi &#171;Nuri Usmoniya&#187; masjidi kutubxonasida saqlanadi (\u2116 3367). Ikkinchisi, muallif tomonidan Amir Temurning nabirasi Mirzo Umar Bahodir ibn Mironshohga taqdim etilgan qo&#8217;lyozmadan 1434 yil ko&#8217;chirilgan nusxa bo&#8217;lib, u Londondagi &#171;Britaniya muzeyi&#187; kutubxonasida saqlanadi (\u2116 23980). Matnshunos Chex olimi Feliks Tauer &#171;Zafarnoma&#187; nusxalarini Amir Temur tarixidan hikoya qiluvchi boshqa bir muhim manba \u2014 Hofizi Abruning &#171;Zubdat attavorixi Boysung&#8217;uriy&#187; (&#171;Boysung&#8217;urga atalgan tarixlar sarasi&#187;) nomli asari bilan solishtirib tadqiq etish asosida uning ilmiy-tanqidiy matnini ikki jildda nashr etdi (Praga, 1937 va 1956 yillar). Unga Hofizi Abru yozgan &#171;Ilova&#187; ham kirgan. Ushbu nashr asosida &#171;Zafarnoma&#187; qisqartirilgan shaklda turk tiliga (Anqara, 1940); so&#8217;z boshi, ko&#8217;rsatkichlar va ilmiy izoxlar bilan o&#8217;zbek tiliga (Toshkent, 1996, tuzuvchi \u2014 O. Bo&#8217;riyev), o&#8217;girilib nashr etildi. Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma [fors tilidan o&#8217;giruvchi Yunusxon Hakimjonov, tarjimani qayta ishlab nashrga tayyorlovchi va mas&#8217;ul muharrir A. Urinboev, izohlar va lug&#8217;atlarni tuzuvchi H. Karomatov], T., 1996. Asomiddin O&#8217;rinboyev.<\/p>\n\n\n\n<p>&#171;ZAFARNOMA&#187;, Fathnomayi Temuriy, tarixi Jahongushoyi Temuriy \u2014 Amir Temur davlati tarixiga bag&#8217;ishlab yozilgan asar. Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan Ibrohim Sulton farmoniga ko&#8217;ra, 1419\u2014 25 yillarda Sherozda fors tilida yozilgan. &#171;Zafarnoma&#187; aslida &#171;Fathnoma&#187; yoki &#171;Fathnomayi Temuriy&#187; yoki &#171;Tarixi Jahongushoyi Temuriy&#187; deb nomlangan bo&#8217;lsada, Nizomiddin Shomiyning &#171;Zafarnoma&#187;siga mazmunan yaqinligi tufayli keyinchalik &#171;Zafarnoma&#187; nomi bilan shuhrat topgan. Asar 2 qismga: Temurdan oldingi davr tarixidan umumiy tarzda so&#8217;zlovchi &#171;Muqaddima&#187; va Temur davri tarixini yorituvchi asosiy qism &#171;Zafarnoma&#187;ga bo&#8217;linadi. Muallifning ta&#8217;kidlashicha, Ibrohim Sulton o&#8217;z bobosi Amir Temur haqida maxsus kitob yozilishini niyat qilgan va 1419-20 yillarda o&#8217;z vaqtida kotiblar, baxshi, munshiylar tomonidan Temur haqida ham turkiy, ham forsiy tillarda yozib qoldirilgan mavjud ma&#8217;lumotlarni yig&#8217;ib keltirish haqida farmon chiqargan. Bu ish amalga oshgach, mazkur ma&#8217;lumot \u2014 hujjatlarni o&#8217;rganishga kirishilgan. &#171;Zafarnoma&#187;ning so&#8217;z boshida qayd etilishicha, Amir Temur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon qilingan hikoyalarning hamma she&#8217;riy va nasriy nusxalari to&#8217;plangach, ma&#8217;lumotlar bilan tanishish uchun uchta guruh tuzilgan. Turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari ikki guruhni, voqealarni o&#8217;z ko&#8217;zi bilan ko&#8217;rgan shohidlar esa bir guruhni tashkil qilgan. Dastlab Temur haqidagi har bir hikoya o&#8217;qilgan, agar uning mazmuni voqealarni o&#8217;z ko&#8217;zi bilan ko&#8217;rgan shohidning talqiniga to&#8217;g&#8217;ri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni tiklash uchun turli shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani Temurning yana boshqa zamondoshlaridan surishtirgan yoki qo&#8217;shimcha ma&#8217;lumotlar to&#8217;plagan. Shu qo&#8217;shimcha hikoyatlarni ham tinglagach, Ibrohim Sulton aytib turgan va kotiblar yozib borgan. Shu tarzda asarning dastlabki xomaki nusxasi tayyorlangan. Sharafiddin Ali Yazdiy ana shu xomaki nusxa asosida &#171;Zafarnoma&#187; asarini yozgan. Ibrohim Sultonning qat&#8217;iy buyrug&#8217;iga binoan kitobni yozish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular orasida masofa o&#8217;lchovlari haqidagi barcha ma&#8217;lumotlar juda sinchiklab tekshirilgan. Sharafiddin Ali Yazdiydan esa asarni jonli til bilan tushunarli qilib yozish talab etilgan va shuningdek, u hujjatlarga qatiy rioya qilishi, Ibrohim Sultonning bevosita shaxsiy nazorati ostida tuzilgan dastlabki xomaki yozuvdan aslo chetga chiqmasligi hamda hech narsani bo&#8217;yab ko&#8217;rsatmasligi shart qilib qo&#8217;yilgan. Asar tiluslub jihatdan fors tilining o&#8217;sha 15 asr adabiy uslubini mukammal bilgan savodxon uchun mo&#8217;ljallangan. Asarning muqaddima qismini Sharafiddin Ali Yazdiyning o&#8217;zi &#171;Tarixi Jahongir&#187; deb nomlagan, lekin &#171;Muqaddima&#187; deb mashhur bo&#8217;lib, &#171;Zafarnoma&#187;ning ajralmas qismi hisoblangan. Shu bilan birga, hajmi katta bo&#8217;lganligi tufayli bo&#8217;lsa kerak, qo&#8217;lyozma nusxalarda alohida mustaqil asar sifatida ham tarqalgan. U so&#8217;z boshi, ikki fasl va hotimadan iborat. &#171;Muqaddima&#187;dan ko&#8217;zda tutilgan maqsad Temur shajarasini bayon etish va uning o&#8217;zidan oldin o&#8217;tgan hukmdorlardan davlat arbobi va lashkarboshi sifatidagi ustunligini isbotlab berishdan iboratdir. &#171;Zafarnoma&#187; asarining asosiy qismi esa, muallifning dastlabki rejasiga ko&#8217;ra, uchta maqoladan iborat bo&#8217;lmog&#8217;i lozim edi. Birinchi maqola Temurga, ikkinchisi uning o&#8217;g&#8217;li Shoxruxga va uchinchisi Shohruxning o&#8217;g&#8217;li Ibrohim Sultonga bag&#8217;ishlanishi ko&#8217;zda tutilgan edi. Biroq &#171;Zafarnoma&#187;ning hozirgi fanda ma&#8217;lum bo&#8217;lgan qo&#8217;lyozma nusxalarida keyingi ikki maqola yo&#8217;q, ular yoki yozilmagan, yoki bizgacha yetib kelmagan. 15\u2014 16 asrlarda &#171;Zafarnoma&#187; qahramonlik qissasi janrida ikki marta she&#8217;riy yo&#8217;l bilan: o&#8217;zbek tilida shoir Lutfiy va fors tilida Hotifiy tomonidan kuylangan. 16 asr boshlarida shayboniylardan Ko&#8217;chkunchixonning topshirig&#8217;iga muvofiq, Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy tomonidan &#171;Zafarnoma&#187; o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan. Bu tarjima 1997 yil Toshkentda izoxdar va ko&#8217;rsatkichlar ilova qilingan holda chop etilgan. Adabiyotlarda Hofiz Muhammad ibn Ahmad al-Ajamiy tomonidan asarning turk tiliga tarjima qilinganligi haqida ma&#8217;lumot bor. Bulardan tashqari &#171;Zafarnoma&#187; 1822-23 yillarda Xivada Xudoyberdi ibn Qo&#8217;shmuhammad So&#8217;fi alxivaqiy tomonidan o&#8217;zbek tiliga qisqartirib tarjima qilinganligi ham ma&#8217;lum. 18 asrdan boshlab &#171;Zafarnoma&#187;ning ayrim qismlari frantsuz (Krua, 1713), ingliz (J. Darbi, 1723), ayrim voqealar rus tiliga ham tarjima qilingan. Asarning forscha matni esa 1887-88 yillarda Kalkutta, 1958 yil Tehronda chop etilgan, biroq bu nashrlarda asarning &#171;Muqaddima&#187; qismi hamda zaruriy ko&#8217;rsatkichlar berilmagan. 1972 yil Toshkentda asarning har ikki qismini qamragan O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 4472-raqamli qo&#8217;lyozmaning faksimil nashri amalga oshirildi. Bunda tarixiy manbalar ilmiy nashr uchun zaruriy bo&#8217;lgan bosh so&#8217;z va turli ko&#8217;rsatkichlar bilan birga asar matnining har xil nusxalar va nashrlar orasidagi farqlari ham qayd etildi. Sho&#8217;rolar davlatida Amir Temur shaxsiga nisbatan o&#8217;ta salbiy xulosa o&#8217;rnashganligi sababli matbuotda Temuriylar davri yozma merosini o&#8217;rganish ishi qattiq ta&#8217;qib qilindi, ba&#8217;zi asarlar bilan birga &#171;Zafarnoma&#187; ham qoralandi. O&#8217;zbekiston mustaqil davlat bo&#8217;lishi sharofati bilan Temuriylar tarixini haqqoniy yoritish uchun keng imkoniyatlar paydo bo&#8217;ldi. Ad.: Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma [fotofaksimil nashr], T., 1973; Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, Movarounnahr voqealari, 1360-1370 [tarjimon: o. Bo&#8217;riyev], T., 1994; Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, [tarjimon: Muhammad Ali ibn Darvesh Ali al-Buxoriy, 16 asr], T., 1997. Asomiddin O&#8217;rinboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;ZAFARNOMA&#187; \u2014 Amir Temur davlati tarixiga bag&#8217;ishlab yozilgan asar. Sohibqiron Amir Temurning hayotligida bevosita uning topshirig&#8217;i asosida Nizomiddin Shomiy tomonidan yozishga kirishilgan (1401-02). 1404 yil bahorigacha asar yozib tamomlangan va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zafarnoma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12538","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12538","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12538"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12538\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12545,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12538\/revisions\/12545"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12538"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12538"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12538"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}