{"id":125775,"date":"2024-05-19T14:16:53","date_gmt":"2024-05-19T11:16:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=125775"},"modified":"2024-05-19T14:16:56","modified_gmt":"2024-05-19T11:16:56","slug":"sanat-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sanat-2\/","title":{"rendered":"San&#8217;at"},"content":{"rendered":"\n<p>San&#8217;at \u2014 ijtimoiy ong va in- son faoliyatining o&#8217;ziga xos shakli. S. qadimiy tarixga ega bo&#8217;lib, u jami- yat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni b-n, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi b-n bog&#8217;liq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy S.ning dastlabki izlari so&#8217;nggi paleolit davriga, taxminan mil. AV. 40\u201420ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali S. inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki ma&#8217;naviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning o&#8217;sishi natijasida S. alohida soha sifa- tida astasekin ajrala bordi. S. odamlarning estetik talablarini qondirish b-n birga, o&#8217;z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a&#8217;zolarini ma&#8217;lum ruxda tarbiyalash, ularni akliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vo- sitasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, histuyg&#8217;u, manfa- at, ideallarini ifoda etgan. S. ijtimo- iy ongning boshqa shakllaridan o&#8217;zining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o&#8217;rni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi. S insonning moddiy va ma&#8217;naviy faoliyatidagi bilimi, tajri- basi, mahorati va qobiliyatlarini namo- yon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida S. narsa va hodisalarni qanday bo&#8217;lsa shunday aks ettirish va hayotni go&#8217;zallik qonunlari asosida badiiy ifodalash g&#8217;oyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va inson- ning ijtimoiy, ma&#8217;naviy, milliy dunyo- si S. predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga ma&#8217;lum ijtimoiyestetik ideal nuqtai nazardan munosabat bildi- radi va o&#8217;z estetik bahosini beradi. S.ni tushunish, uning kiplutar hayotidagi o&#8217;rnini aniqlash masalasi bu- tun madaniyat tarixi davomida jiddiy bahslarga sabab bo&#8217;lgan. Shunga ko&#8217;ra, S. mazmuni ob&#8217;ektiv va sub&#8217;ektiv, hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi. S.ning ijtimoiyestetik vazi- falari juda keng va xilmaxil. S. \u2014 in- son uchun estetik zavqshavq manbai; in- son hayotiga go&#8217;zallik baxsh etadi; odam- larda voqelikka nisbatan hissiy muno- sabatni shakllantiradi; hayotni kuzatish, o&#8217;rganish va bilish vositasi; hayotni in- son orzu qilgan tomonga o&#8217;zgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; hayotdagi go&#8217;zallikdan ilhrmlanishga, xunuklik- dan nafratlanishga chorlaydi; odamlar s, orasidagi ma&#8217;naviy ko&#8217;prik, muloqot ! vositasi; odamlarning badiiyeste- tik didini tarbiyalaydi, ularda ma&#8217;- lum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k. S. jamiyat ma&#8217;naviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloq) b-n ma&#8217;lum darajada bog&#8217;likdir. S.ning maqsadi dunyoni badiiy o&#8217;zlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni ma&#8217;naviy boyita oladigan asarlar yara- tish yo&#8217;li b-n kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. S. asarlarining diqqat markazida in- sonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va o&#8217;zaro munosabatlari, muayyan tarixiy sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi. Shuning uchun ham S. asarlari beradi- gan ma&#8217;rifiy bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan ma&#8217;- lumotlardan farqqiladi. S.ning tarbiya- viy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir o&#8217;quvchi, tomosha- binning qalbiga kirib borishi, ularda Zavqiy hissiyotlarni uyg&#8217;otishidadir. S turli ko&#8217;rinishlari b-n o&#8217;ziga xos badiiyestetik qadriyatlarni to&#8217;plash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiya- tiga ega bo&#8217;lgan estetik tizimni tashkil etadi. S. tasviriy san&#8217;at, me&#8217;morlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino, tsirk, badiiy adabiyot, xore- ografiya va b.ni o&#8217;z ichiga oladi. S.ning turlari o&#8217;z predmeti, tasvir vositala- ri va ifoda imkoniyatlari jihatidan birbiridan farq qiladi. Mac, adabi- yotda asosiy ifoda vositasi bo&#8217;lib til xizmat qiladi; tasviriy S.da bo&#8217;yok\/iap orqali konkrethissiy obraz gavdalanti- riladi; teatrda pesa qaxramonlarining siymosi aktyorlarda o&#8217;z aksini topadi. S. barcha ijtimoiy ong shakllari sin- Gari o&#8217;z taraqqiyot qonuniyatlariga ega. Bu qonuniyatlar S.ning o&#8217;z ichki xusu- siyatlaridan kelib chiqsada, ijtimoiy taraqqiyot b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lgan xalq, mil- lat, elat, mamlakat va jahon tsivilizasi- yasi darajasi bu qonuniyatlarda o&#8217;z ifo- dasini topadi. S. qonuniyatlarini este- tika, san&#8217;atshunoslik o&#8217;rganadi. Kuchma ma&#8217;noda \u2014 faoliyatning bar- cha sohalariga xos yuksak mahorat &#171;S.\u00bb deb tushuniladi. Mas, bahs yuritish S. i, urush olib borish Si, rahbarlik Si., notiqlik Si va h.k. Ad.: Aristotel, Poetika (ruschadan M. Mahmudov va u. Tuychiev tarjimasi), T., 1980; Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Istoriya iskusstv O&#8217;zbekistana, M., 1965; Mahmudov T., Estetika i duxovnie tsennosti, T., 1992. Tilab Mahmudov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>San&#8217;at \u2014 ijtimoiy ong va in- son faoliyatining o&#8217;ziga xos shakli. S. qadimiy tarixga ega bo&#8217;lib, u jami- yat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni b-n, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi b-n &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sanat-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-125775","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125775","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=125775"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125775\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":125776,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125775\/revisions\/125776"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=125775"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=125775"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=125775"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}