{"id":12594,"date":"2021-12-14T08:38:13","date_gmt":"2021-12-14T05:38:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12594"},"modified":"2021-12-14T08:38:14","modified_gmt":"2021-12-14T05:38:14","slug":"zeb-ziynat-buyumlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zeb-ziynat-buyumlari\/","title":{"rendered":"ZEB-ZIYNAT BUYUMLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>ZEB-ZIYNAT BUYUMLARI &#8212; zargarlik san&#8217;atida yaratiladigan bezak buyumlari, taqinchoklar. Ayol libosini boyitib, ularni yanada nazokatli va jozibali qilib ko&#8217;rsatishga xizmat qiladi. Asosan, oltin, kumush va boshqalardan yasalib, javohirlar qo&#8217;yib bezatiladi, jimjimador qilib raxkori, Kumushni qoraytirib sovodkori, panjarali qilib shabaka va boshqa usullarda o&#8217;yma va bo&#8217;rtma naqshli qilib turlicha ishla&#8217;nadi, shokilalar bilan bezatiladi. Taqilishiga ko&#8217;ra, bosh (tillaqosh, tillabargak, bodomoy, bibishak, gajak, ko&#8217;shduo va boshqalar), bo&#8217;yin\u2014 ko&#8217;krak (turli marjon va marvaridlar, zebigardon, nozigardon, jevak, tangajevak, tavq, bo&#8217;yintumor, ko&#8217;kraktumor, qo&#8217;ltiqtumor kabi tumorlar, bozuband va boshqalar), soch (sochpopuk, tuf va boshqalar), quloq \u2014 burun (buloqi, isirg&#8217;alar va boshqalar) va qo&#8217;l (uzuk, bilaguzuklar) Zeb-ziynat buyumlari xillari farqlanadi. Zeb-ziynat buyumlarining paydo bo&#8217;lishi tarixi juda qadimgi davrga borib taqaladi. Arxeologlar yuqori paleolit qatlamlaridan topgan tosh munchoq, to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ichlar, jez davriga oid bilaguzuk, to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ich va tugmalar ilk ajdodlarning dastlabki bezaklari haqida xabar beradi. Keyingi davrlarda yaratilgan tilla buyumlar bo&#8217;rtma tasvirlar, sopol haykalchalar, o&#8217;rta asrlarga oid devoriy rasmlar, qo&#8217;lyozma asarlarga ishlangan miniatyuralarda aks etgan. Zeb-ziynat buyumlari vaqt o&#8217;tishi bilan asta-sekin bir-birini to&#8217;ldirib, 19 asr oxiri 20 asr boshida yaxlit to&#8217;plamlarni vujudga keltirgan. O&#8217;zbekistonning turli viloyatlarida yasalgan zargarlik buyumlari o&#8217;ziga xos mahalliy xususiyatlari bilan birbiridan farq qiladi. Xorazmlik zargarlar tayyorlagan Zeb-ziynat buyumlari salmoqdorligi, serhashamligi va ko&#8217;rinishi bilan ajralib turadi. Samarqand zargarlari yaratgan taqinchoqlarda Toshkent hamda Buxoro zargarligining ta&#8217;siri seziladi. Masalan, panjara usulida nozik did bilan qulflik qilib ishlangan bilaguzuklar Buxoro zargarlarining ishlariga yaqin. Buxoro zargarlarining Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati zargarlarining ishlariga ham ta&#8217;siri katta bo&#8217;lgan. Toshkentlik kelinlar to&#8217;yida (nikoh libosi bilan birga) boshga tillaqosh, tillabargak, gajak, quloqqa isirg&#8217;a, bo&#8217;yinga ko&#8217;krakka tushib turadigan zebigardon, jevak, xafaband, marjon, bo&#8217;yintumor, sochga sochpopuk, qo&#8217;ltiqqa qo&#8217;ltiqtumor, qo&#8217;lga bilaguzuk va uzuklar taqqan. Samarqand kelinlarining Zeb-ziynat buyumlari (tillabargak, tillaqosh, gajak, isirg&#8217;a, sochpopuk, tavq, marjon, ko&#8217;kraktumor, zebigardon yoki haykal, bilaguzuk va uzuk) toshkentlik kelinlarnikiga yaqin bo&#8217;lgan. Xiva kelinlarining taqinchoklari (takyatuzi, osmaqanot, butuntirnoq, o&#8217;qyoy, shokila va boshqalar) o&#8217;ziga xosligi bilan ajralib turadi. Shunga ko&#8217;ra, turli markazlarda yaratilgan Zeb-ziynat buyumlari to&#8217;plamlari umumiylikka ega bo&#8217;lib, mahalliy o&#8217;ziga xoslik qismlarda namoyon bo&#8217;ladi. Bu to&#8217;plamlar bir namuna ko&#8217;rinishiga ega bo&#8217;lib, qat&#8217;iy bo&#8217;lmagan, u har bir xonadonning iqtisodiy ahvoliga qarab u yoki bu darajada boyitilgan. Ayollar Zeb-ziynat buyumlarini to&#8217;la-to&#8217;kis holatda kelinlik davrining dastlabki 1-2 yil ichida, to&#8217;y-tantanalarda taqishga harakat qilgan, boshqa vaqtda yengil qarakat qilishga xalaqit bermaydiganlari (uzuk, bilaguzuk, isirg&#8217;a va boshqalar) ni taqqan. Zirak, bilaguzuk, har xil munchoqlar (munchoq, qalampirmunchoq) ni qizchalarga juda kichikligidan boshlab taqa boshlashgan, chunki ular bezak bo&#8217;lish bilan birga yomon nazardan asrash vazifasini ham bajargan. 20-asr 20-yillarida zargar ustalar artellarga birlashdi, an&#8217;anaviy serhasham va og&#8217;ir Zeb-ziynat buyumlari o&#8217;rniga xalq didiga mos bo&#8217;lgan yengil, qulay va nafis isirg&#8217;alar (qashqarboldoq, &#171;isirg&#8217;abarg&#187;, buxori zirak \u2014 &#171;shibirma&#187;, &#171;ayzirak&#187;, ilon zirak va boshqalar), yoqut ko&#8217;zli uzuklar, bilaguzuklar yasala boshlandi, xom ashyo sifatida mis, kumush va tilla bezaklardan, qisman davlat ajratgan tilladan foydalanildi. 1963 yilda Toshkent zargarlik fabrikasi (1972 yildan zavod) ishga tushdi, u yerda tilla zanjirlar, yoqut, Feruza, Gavhar va boshqa qimmatbaho toshlardan ko&#8217;zlar qo&#8217;yib ishlangan zirak va uzuklar, bilaguzuklar, nikoh uzuklari ko&#8217;plab ishlab chiqarish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Nozik did va mahorat bilan ishlangan bu qulay va nafis taqinchoqlarni ayollar doimo taqib yurish imkoniyatiga egadir. Zargarlar yangi Zeb-ziynat buyumlari (jumladan, qashqarboldoq, Buxoro isirg&#8217;asi &#171;shibirma&#187;, to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ich, bilaguzuk, marjon va boshqalar) bilan bir qatorda an&#8217;anaviy taqinchoqlarni (masalan, isirg&#8217;a, uzuk, bilaguzuk, marjonlardan iborat &#171;bozuband&#187;, &#171;Oynazirak&#187; va boshqa to&#8217;plamlari, 90 yillar) yangicha o&#8217;ziga xos bezaklar bilan yaratmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZEB-ZIYNAT BUYUMLARI &#8212; zargarlik san&#8217;atida yaratiladigan bezak buyumlari, taqinchoklar. Ayol libosini boyitib, ularni yanada nazokatli va jozibali qilib ko&#8217;rsatishga xizmat qiladi. Asosan, oltin, kumush va boshqalardan yasalib, javohirlar qo&#8217;yib bezatiladi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zeb-ziynat-buyumlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12594","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12594","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12594"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12594\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12595,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12594\/revisions\/12595"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12594"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12594"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12594"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}