{"id":126929,"date":"2024-05-21T18:03:43","date_gmt":"2024-05-21T15:03:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=126929"},"modified":"2024-05-21T18:03:49","modified_gmt":"2024-05-21T15:03:49","slug":"seldan-himoya-vositalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/seldan-himoya-vositalari\/","title":{"rendered":"SELDAN HIMOYA VOSITALARI"},"content":{"rendered":"\n<p>SELDAN HIMOYA VOSITALARI &#8212; aholi punktlari, sanoat kor- xonalari va ekinzorlarni sel vay- rongarchiligidan himoya qilishga mo&#8217;ljallangan o&#8217;rmonmeliorativ, gidro- texnik va b. tadbirlar majmui. Aso- siy o&#8217;rmonmeliorativ tadbirlar: tog&#8217; yonbag&#8217;irlarida, sun&#8217;iy terassalar va o&#8217;zan bo&#8217;ylarida yoppasiga yoki qisman o&#8217;rmon daraxtlari ekish, ixota daraxtzorlari barpo qilish (q. Agroo&#8217;rmon meliorasi- yasi). Bu tadbirlar, asosan, sel oqimlari hosil bo&#8217;lishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik, muayyan havzaning sel faolligini pasaytirish va uning kuchini qirqishga qaratilgan. O&#8217;rmon meliorasiyasi samaradorligi, odatda, ancha vaqt o&#8217;tgandan so&#8217;ng sezi- ladi. Mac, Oqtosh (Toshkent viloyati), Omonqo&#8217;ton (Samarqand viloyati)da o&#8217;rmon meliorasiyasi tadbirlari na- tijasida suv rejimi ancha yaxshilandi, tuproq eroziyasi va sel oqimlarining vayrongarchilik xavfi kamaydi. Selga qarshi asosiy gidrotexnika inshootlari: beton, temirbeton va b. materiallardan quriladigan qirg&#8217;oq himoya qoplamalari, sel o&#8217;tkazgich, Nov, sel tashlagich, quvur, sel va suv omborlari, sel to&#8217;sgich va b. Ularning asosiy vazifasi \u2014 sel oqimlarini to&#8217;sib qolish, chetga burib yoki bezarar o&#8217;tkazib yuborishdan iborat. Inshoot turi joy xususiyatlari va suv oqimi turiga qarab tanlanadi. Daryolar yo&#8217;lida suv omborlari qurilib, oqim tar- tibga solinadi, sel oqimlari to&#8217;siladi. Mayda va mavsumiy suv oqimlarida sel ombori quriladi, suvni yig&#8217;ib, bir qismidan sug&#8217;orishda foydalanishga im- kon beradi. Tog&#8217;oldi r-nlaridagi adir-larda mavsumiy suv oqimlari yo&#8217;lida omborlar va maxsus suvburgich kanallar, sel tashlagich yo&#8217;llar (traktlar) barpo etiladi. Sel o&#8217;zanlarining irrigasiya va b. kanallar b-n kesishgan joylarida sel oqimlarini o&#8217;tkazib yuboradigan sel o&#8217;tkazgich, dyuker, sel tashlagich va sh. k. inshootlar quriladi. Sel xavfi katta bo&#8217;lgan havzalarda 40-50 va undan ham ko&#8217;p sel omborlaridan iborat bo&#8217;lgan selga qarshi sistemalar quriladi (mas, Andijon sh.ni seldan himoya qilish si- stemasi va b.). Selga qarshi kurashda o&#8217;rmonmeliorativ va gidrotexnika usul- laridan birga foydalanish yuqori sama- ra beradi. Hamidulla Ismog&#8217;ilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SELDAN HIMOYA VOSITALARI &#8212; aholi punktlari, sanoat kor- xonalari va ekinzorlarni sel vay- rongarchiligidan himoya qilishga mo&#8217;ljallangan o&#8217;rmonmeliorativ, gidro- texnik va b. tadbirlar majmui. Aso- siy o&#8217;rmonmeliorativ tadbirlar: tog&#8217; yonbag&#8217;irlarida, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/seldan-himoya-vositalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-126929","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/126929","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=126929"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/126929\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":126944,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/126929\/revisions\/126944"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=126929"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=126929"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=126929"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}