{"id":12765,"date":"2021-12-16T17:29:25","date_gmt":"2021-12-16T14:29:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12765"},"modified":"2021-12-16T17:29:26","modified_gmt":"2021-12-16T14:29:26","slug":"zijlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zijlar\/","title":{"rendered":"ZIJLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ZIJLAR (forscha \u2014 bo&#8217;yra) \u2014 qadimgi astronomik jadvallar. O&#8217;rta asrlarda barcha astronomik rasadxonalar o&#8217;z oldiga Quyosh, oy va oddiy ko&#8217;z bilan ko&#8217;rinadigan sayyoralarning yulduzlar orasidagi harakatlarini kuzatish, kuzatish ma&#8217;lumotlari asosida astronomik doimiylarning qiymatlarini hisoblab topish; oy va Quyosh taqvimlariga tegishli ma&#8217;lumotlarning jadvallarini tuzish; shuningdek, yulduzlarning koordinatalari, yirik aholi punktlari va shaharlarning geografik koordinatalarini aniqlab, ularni jadvallarda aks ettirish kabi vazifalarni qo&#8217;yardi. Rasadxonalar faoliyatining katta qismi olingan kuzatish ma&#8217;lumotlari asosida jadvallar tuzishni taqozo qilardi. Bunday ko&#8217;p jadvallarni o&#8217;z ichiga olgan astronomik asarlar, odatda, &#171;Zij&#187; deb yuritilar edi. Jadvallarning tik (vertikal) va yotiq (gorizontal) chiziqlari (sonlari bilan birga) bo&#8217;yrani eslatgani uchun ham mazkur risolalar shunday nom bilan atalgan, deb taxmin qilinadi. Zijlar yoylarning sinuslari, ya&#8217;ni vatarlari jadvallarini, trigonometrik funktsiyalar jadvallarini ham o&#8217;z ichiga olgan. Fors olimlari qo&#8217;lyozmalarida &#171;Zij&#187; atamasi 7-asrdan boshlab, Arab xalifaligida astronomiyaga oid mashhur Zijlar 9 asrdan boshlab uchraydi. 9 asr o&#8217;rtalarida Klavdiy Ptolemey (2 asr) ning &#171;Almagest&#187; (&#171;al-Majistiy&#187;) astronomik asari Arab tiliga o&#8217;girilgan. Umuman, 8, 9 asrlarda qariyb 100 ga yaqin Zijlar tuzilganligi ma&#8217;lum. Ulardan 20 ga yaqini mualliflarning bevosita astronomik kuzatishlari asosida tuzilgan bo&#8217;lib, ko&#8217;pchiligi O&#8217;rta Osiyoda, aniqrog&#8217;i, Movarounnahrda yoki Movarounnahr olimlari ishtirokida tuzilgan. Ko&#8217;p Zijlar ularni tuzuvchi olimlarga homiylik qilgan davlat arboblariga bag&#8217;ishlangan. Sharqda eng mashhur Zijlar quyidagilardir: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (taxminan 780-850) va Abbos ibn Sayd al-Javhariy (9 asr) tomonidan tuzilgan va abbosiylar xalifasi Ma&#8217;mun arrashidga (813-883) bag&#8217;ishlangan &#171;Ziji al-Ma&#8217;muniy&#187;, sobiylar toifasidan chiqqan Muhammad al-Battoniy (850\u2014 929) tomonidan tuzilgan &#171;Ziji assobiy&#187;, marvlik Ahmad ibn Abdulloq Habash al-Hosib (9 asr) tomonidan tuzilgan &#171;Ziji alhabashiy&#187;, Umar Xayyom (1048-1131) tomonidan tuzilgan va Saljuq sultoni Malikshoh ibn Ali Arslonga (1072-1092) bag&#8217;ishlangan &#171;Ziji Malikshohiy&#187;, marvlik Abulfath Abdurrahmon al-Haziniy (12 asr) tomonidan tuzilgan &#171;Ziji alHaziniy&#187;, Abu Rayhon Beruniyning G&#8217;azna sultoni Ma&#8217;sud G&#8217;aznaviyga bag&#8217;ishlangan &#171;Qonuni Ma&#8217;sudiy&#187; si, Ozarbayjon astronomi Nasriddin Tusiy (1201 \u2014 1274) rahbarligida tuzilib, mo&#8217;g&#8217;ul xoni Xalokuga bag&#8217;ishlangan &#171;Ziji Ilxoniy&#187;, G&#8217;iyosiddin Jamshid alKoshiy (taxminan 14-15 asrlar) tomonidan tuzilib, Ulug&#8217;bekka bag&#8217;ishlangan &#171;Ziji Xoqoniy&#187;, Ulug&#8217;bek va uning shogirdlari tomonidan tuzilgan &#171;Ziji Ko&#8217;ragoniy (&#171;Ziji Ulug&#8217;bek&#187;) va boshqalar. Dastlabki Zijlarning aniqligi Ptolemey jadvalining aniqligidek bo&#8217;lgan, biroq keyingi Zijlarda ancha yuqori aniqlikka erishilgan. Chunonchi, al-Xorazmiy zijida oltmishlik sanoq sistemasida sinuslar jadvali g oraliqda uch xona aniqlikda va kotangenslar jadvali bir xona aniqlikda berilgan. Habash al-Hosibning zijida sinus, sinusverzus, tangens, kotangens va kosekanslar jadvali g oraliqda uch xona aniqlik bilan berilgan. Beruniyning &#171;Qonuni Ma&#8217;sudiy&#187; asarida sinuslar jadvali 15&#8242; oraliq bilan, tangenslar jadvali g oraliq bilan berilgan. Beruniy, xususan, sin g ni 10 8 gacha aniqlik bilan hisoblagan. Eng aniq zijlardan biri Ulugbekning &#171;Ziji Ko&#8217;ragoniy&#187;si bo&#8217;lib, unda 1018 ta yulduzning ekliptik koordinatalar sistemasidagi holati ko&#8217;rsatilgan va sinuslar jadvali g oraliq bilan, tangenslar jadvali 45\u00b0 gacha G aniklik bilan, 46\u00b0 dan 90\u00b0 gacha 5&#8242; aniqlik bilan berilgan. Ulug&#8217;bek Ziji buyicha trigonometrik funktsiyalar qiymatlarini qariyb 10~10 gacha aniqlik bilan hisoblash mumkin. Sharq mamlakatlarida tuzilgan Zijlar G&#8217;arbiy Yevropada trigonometriya va astronomiyaning rivojlanishiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Xususan, al-Xorazmiy, al-Battoniy, al-Haziniy, Beruniy, Nasriddin Tusiy va Ulug&#8217;bek jadvallari 11 \u2014 17 asr G&#8217;arbiy Yevropa olimlariga ma&#8217;lum bo&#8217;lib, G&#8217;arb tillariga tarjima qilingan va Yevropada fan va madaniyatning rivojlanishida muhim o&#8217;rin tutgan. Ad.: Yushkevich A. P., Istoriya matematiki v srednie veka, M., 1961; Kari Niyazov T. N., Astronomicheskaya shkola Ulugbeka, Izbr. Trudi t. 6, T., 1967; M a medbe ili G. D., Osnovatel Maraginskoy observatorii Muxammed Nasireddin Tuey, Baku, 1961; Geveliy Yan., Atlas zvyozdnogo neba, T., 1968. Abdumajid Rahimov, Mamatmuso Mamadazimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZIJLAR (forscha \u2014 bo&#8217;yra) \u2014 qadimgi astronomik jadvallar. O&#8217;rta asrlarda barcha astronomik rasadxonalar o&#8217;z oldiga Quyosh, oy va oddiy ko&#8217;z bilan ko&#8217;rinadigan sayyoralarning yulduzlar orasidagi harakatlarini kuzatish, kuzatish ma&#8217;lumotlari asosida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zijlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12765","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12765","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12765"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12765\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12769,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12765\/revisions\/12769"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12765"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12765"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12765"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}