{"id":12909,"date":"2021-12-17T16:50:18","date_gmt":"2021-12-17T13:50:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12909"},"modified":"2021-12-17T16:50:19","modified_gmt":"2021-12-17T13:50:19","slug":"zokirovlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zokirovlar\/","title":{"rendered":"ZOKIROVLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ZOKIROVLAR &#8212; 20-asr O&#8217;zbekiston musiqa san&#8217;atiga ulkan hissa qo&#8217;shgan o&#8217;zbek san&#8217;atkorlari oilasi. Sulola boshlig&#8217;i opera xonandasi (lirik-dramatik bariton), O&#8217;zbekiston xalq artisti (1939) Karim Zokirov (1912.12.3 -Toshkent &#8212; 1977.19.2). Moskvadagi O\u2019zbek opera studiyasida ta&#8217;lim olgan (1934-36). Ijodiy faoliyatini 1928 yil dramatik aktyor sifatida boshlab, dastlabki rollarini O\u2019zbek davlat drama teatri (1928\u2014 29), ishchi-yoshlar teatri (1930-31) da o&#8217;ynagan. 1931-34 va 1936-39 yillarda O\u2019zbek davlat musiqali teatri, 1939-77 yillar Navoiy nomidagi opera va balet teatrining yetakchi yakkaxon xonandasi. Musiqali dramalarda Farhod (Xurshid; V. Uspenskiy, &#171;Farhod va Shirin&#187;), Ne&#8217;mat (F. Zafariy; T. Jalilov, &#171;Halima&#187;), Majnun (Xurshid; T. Sodiqov, &#171;Layli va Majnun&#187;) kabi; operalarda Ulug&#8217;bek (A. Kozlovskiy, &#171;Ulug&#8217;bek&#187;), Torobiy (O. Chishko, &#171;Mahmud Torobiy&#187;), Tohir (T. Jalilov, B. Brovsin, &#171;Tohir va Zuxra&#187;), Ibrohim (R. Gliyer, T. Sodiqov, &#171;Gulsara&#187;), Shoh Bahrom (M. Ashrafiy, &#171;Dilorom&#187;) singari obrazlar yaratgan. &#171;Maysaraning ishi&#187; (S. Yudakov) operasidagi Mullado&#8217;st obrazi K. Zokirovlar talqinida o&#8217;ziga xos badiiy ifodasini topgan. K. Zokirovlar chet el mumtoz asarlari asosidagi (Eskamilo, J. Bize, &#171;Karmen; Eleskiy, P. Chaykovskiy, &#171;Motka qarg&#8217;asi&#187; va boshqalar) va Qozog&#8217;iston, Ozarbayjon kompozitorlari (Yer Targ&#8217;in, E. Brusilovskiy, &#171;Yer Targ&#8217;in&#187;; Hasanxon, U. Hojibekov, &#171;Ko&#8217;r o&#8217;g&#8217;li&#187;; Kajar, A. Spendiarov, &#171;Almast&#187; kabi) operalaridagi rollarni ham mahorat bilan ijro etgan. K. Zokirovlarning kuylash uslubi ochiq tovushi, o&#8217;zbek milliy, shuningdek, zamonaviy ijrochilik an&#8217;analari bilan uzviy bog&#8217;liq. Xalq ashulalari, o&#8217;zbek bastakorlari asarlari va ayrim maqom parchalari \u2014 &#171;Istarman&#187;, &#171;Ey nigorim&#187;, &#171;Chorgoh I, II, III&#187;, &#171;Navbahor&#187;, &#171;Ko&#8217;chabog&#8217;i I \u2014 II&#187;, &#171;Girya&#187;, &#171;Karimqulbegi I\u2014II&#187;, &#171;Dugoh&#187; va boshqalar. K. Zokirovlar ijrosida yuksak badiiy ifodasini topgan. K. Zokirovlarning rafiqasi Shohista Saidova (1917 \u2014 Toshkent \u2014 2000.7.2) \u2014 aktrisa, xonanda. Muqimiy nomidagi teatrda ishlagan (1952-62). Eng yaxshi rollari: Mohimbonu (&#171;Tohir va Zuhra&#187;), Gulruh (&#171;Ravshan va Zulxumor&#187;), Bekachi (&#171;Alpomish&#187;), Amma (&#171;Xolisxon&#187;, &#171;Nurxon&#187;), Rohatoy (&#171;Oftobxon&#187;) va boshqalar. U, shuningdek, mohir lapar ijrochisi ham bo&#8217;lgan. O&#8217;g&#8217;li Botir Zokirov (1936. 26.4, Moskva \u2014 1985.23.1, Toshkent) \u2014 xonanda (lirik-dramatik tenor), aktyor, rassom. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1965). O\u2019zbek zamonaviy professional Estrada qo&#8217;shiqchi (ijrochi) ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti (1952\u2014 57), Toshkent davlat teatr va rassomlik san&#8217;ati institutining rejissyorlik fakulteti (1958-62) da ta&#8217;lim olgan. &#171;Yoshlik&#187; ansambli (1957), O\u2019zbek davlat estrada orkestri (1958-70) yak-kaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (1972-78). 1978 yildan &#171;O&#8217;zbekkontsert&#187; ning yakkaxon xonandasi. B. Zokirovlar o&#8217;ta ta&#8217;sirchan tembrli, shirador ovozga ega bo&#8217;lgan. Ijro etgan qo&#8217;shiqlarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar darajasiga ko&#8217;tara olgan. Repertuaridagi qator qo&#8217;shiqlar kompozitorlar tomonidan B. Zokirovlar hamkorligida, uning ovoziga mo&#8217;ljallab yaratilgan. Ijodida o&#8217;zbek kompozitorlarining romans va qo&#8217;shiqlari muhim o&#8217;rin tutadi: M. Burhonov \u2014 &#171;Maftun bo&#8217;ldim&#187;, &#171;Namedonam, chi nom dorad&#187;; I. Akbarov \u2014 &#171;Yor kel&#187;, &#171;Ra&#8217;no&#187;, &#171;Gazli&#187;, &#171;Seni eslayman&#187;; Sayfi Jalil \u2014 &#171;Majnun monologi&#187;, &#171;Kechalar yulduz sanab&#187; va boshqalar. Shuningdek, Estrada uslubida qayta ishlangan hind (&#171;Nechun xayolga cho&#8217;mding?&#187;, &#171;Dil orzusi&#187;, &#171;Meychale&#187;), Eron (&#171;Maro bebus&#187;, &#171;Ayriliq qo&#8217;shig&#8217;i&#187;), Misr (&#171;Arabcha Tango&#187;, &#171;Uyqum o&#8217;g&#8217;risi&#187;), Suriya (&#171;O&#8217;tmishimga yig&#8217;layman&#187;), Livan (&#171;Go&#8217;zal qiz&#187;), Meksikan (&#171;Alvido muhabbat&#187;), Italyan (&#171;Yashasin muhabbat&#187;) qo&#8217;shiqlarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Frantsiya), Choudhuri, R. Shankar (Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini o&#8217;z tilida) ijro etgan. B. Zokirovlarning rassom sifatida yaratgan &#171;Avtoportret&#187;, &#171;Saraton&#187;, &#171;Gumbazlar&#187;, &#171;Bolalik ko&#8217;chasi&#187;, &#171;Chor minor&#187; kabi asarlari ma&#8217;lum. Bir qancha hikoya, ocherk va she&#8217;rlar, shuningdek, &#171;So&#8217;g&#8217;d elining qoploni&#187; operasi (Ik. Akbarov) ning librettosini yozgan. &#171;Kichik Shahzoda&#187; (A. de Sent-Ekzyuperi), &#171;Soya&#187; (E. Shvars) asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Kinoaktyor sifatida yosh muhandis (&#171;Gullar ochilganda&#187;), Rabindranat Tagor (&#171;Olovli yo&#8217;llar&#187;), Abdullo (&#171;Dahoning yoshligi&#187;) kabi obrazlar yaratgan. &#171;O&#8217;zbektelefilm&#187; studiyasi B. Zokirovlarga bag&#8217;ishlangan &#171;Menga qo&#8217;shiq chizib ber&#187; va &#171;Aytilmay qolgan qushiq&#187; hujjatli filmlarni, o&#8217;g&#8217;li Bahodir Zokirov &#171;O&#8217;sha, o&#8217;tgan kunlar&#187; filmini suratga olgan. Toshkent ko&#8217;chalaridan biriga B. Zokirovlar nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi san&#8217;at bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar san&#8217;at markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994 yil B. Zokirovlar nomida estrada orkestri tashkil etildi (hozirgi &#171;O&#8217;zbeknavo&#187; qoshida). Frantsiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda bo&#8217;lgan. 1995 yil &#171;Botir Zokirov jamg&#8217;armasi&#187; tashkil etildi. 1989 yildan uning nomida zamonaviy Estrada qo&#8217;shiqchilari tanlovi o&#8217;tkaziladi. Qizi Luiza Zokirova (1938.7.1, Toshkent) \u2014 estrada xonandasi. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1965). Eng yaxshi qo&#8217;shiqlari: &#171;Namanganning olmasi&#187;, &#171;Qoralar-qopqoralar&#187;, &#171;Ey, mehribonim&#187;, &#171;Yovvoyi Tanavor&#187;. Shuningdek, hind, Arab, indonezcha qo&#8217;shiqlari bilan tanilgan. O&#8217;g&#8217;li Navfal Zokirov (1941.19.3 \u2014 Toshkent \u2014 1976.9.11) \u2014 estrada xonandasi. Toshkent davlat konservatoriyasining opera sinfini tugatgan (1968). Butunittifoq estrada tanlovi laureati (1969). Eng yaxshi qo&#8217;shiqlari: &#171;Ayt&#187;, &#171;Ko&#8217;rmadim&#187;, &#171;Maysaraning ishi&#187;dan Hoji darg&#8217;a ariyasi. Shuningdek, Amerika va Yevropa mamlakatlari qo&#8217;shiqlarini ijro etgan. Ayniqsa, gastrol-kontsert faoliyati uning ijodida alohida o&#8217;rin tutadi. O&#8217;g&#8217;li Farrux Zokirov (1946.16.4, Toshkent) \u2014 estrada xonandasi, bastakor. O&#8217;zbekiston (1987), Qoraqalpog&#8217;iston (1993), Qozog&#8217;iston (1995), Qirg&#8217;iziston (1996), Tojikiston (2000) xalq artisti. Toshkent davlat konservatoriyasida ta&#8217;lim olgan (1966-69), Toshkent davlat madaniyat institutini tugatgan (1999). O\u2019zbek davlat estradasining yakkaxon xonandasi (1969-71), 1971 yildan O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan davlat &#171;Yalla&#187; ansambli xonandasi, badiiy rahbari (1976 yildan), 2002 yildan O&#8217;zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri o&#8217;rinbosari. F. Zokirovlar mayin va shirali ovoz sohibi, o&#8217;zbek milliy va zamonaviy estrada an&#8217;analariga tayanadi. &#171;Yalla&#187; ansambli repertuarini qayta ishlangan o&#8217;zbek xalq lapar, Yalla va boshqa qo&#8217;shiqlari (&#171;Yo&#8217;l bo&#8217;lsin&#187;, &#171;Yallama yorim&#187;, &#171;G&#8217;ayra-g&#8217;ayra&#187;, &#171;Handalak&#187;, &#171;Qilpillama&#187;, &#171;Ganja Qorabog'&#187; va boshqalar) bilan boyitgan, shuningdek, zamonaviy o&#8217;zbek estradasi milliy an&#8217;analarga asoslangan ommabop musiqa (&#171;Folkpop&#187;) uslubining yuzaga kelishiga muhim hissa qo&#8217;shgan. &#171;Maysaraning ishi&#187; (S. Yudakov) operasidan Mullado&#8217;st, Hidoyatxon, Hoji Darg&#8217;a ariyalarini estrada uslubida aytgan, shuningdek, ko&#8217;pgina filmlar (&#171;Temir xotin&#187;, &#171;Vodillik kelin&#187;, &#171;Orzular og&#8217;ushida&#187;, &#171;Maysaraning ishi&#187; va boshqalar) dagi qo&#8217;shiqlarning muallifi va ijrochisi. &#171;Masxaraboz&#187;, &#171;Tungi yulduz&#187;, &#171;Sen bo&#8217;lmasang yonimda&#187;, &#171;Boychechak&#187;, &#171;Fazal&#187;, &#171;Ruboiy&#187;, &#171;Musiqiy choyxona&#187;, &#171;Layli&#187;, &#171;Majnuntol&#187;, &#171;Lola&#187;, &#171;Xayolimda bulding uzzu kun&#187;, &#171;Uchquduq&#187;, &#171;Shahrisabz&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston Vatanim&#187; kabi qo\u2019shiqlarning muallifi. Jahonning deyarli barcha mintaqalarida o&#8217;zbek estrada san&#8217;atini (&#171;Yalla&#187; ansambli bilan) targ&#8217;ib etgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi 1-chaqiriq Oliy Majlisining deputati. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). &#171;Shuhrat&#187; medali bilan taqdirlangan (1996). O&#8217;g&#8217;li Jamshid Zokirov (1948.11.7, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1995). Toshkent davlat teatr va rassomlik san&#8217;ati institutini tugatgan (1971). 1971 yildan Hamza teatrining aktyori. Eng yaxshi rollari: Albert (&#171;Oqshomdan tushgacha&#187;), Farhod (&#171;Kuzning birinchi kuni&#187;), Xolmat (&#171;Boy ila xizmatchi&#187;), Erkak (&#171;Taqdir eshigi&#187;), Stepan (&#171;Mardikor&#187;), Erkak (&#171;Aldagani xotin yaxshi&#187;) va boshqalar. Kinoda Ota (&#171;Orzular og&#8217;ushida&#187;), Hakim (&#171;Kelinlar qo&#8217;zg&#8217;oloni&#187;), Olimtoy (&#171;Temir xotin&#187;) kabi rollarni o&#8217;ynagan va videofilmlarda suratga tushgan: Dekan (&#171;Domla&#187;), Milisioner (&#171;Tartib&#187;), Sharif Nomozov (&#171;Shaytanat&#187;) va boshqalar. O&#8217;g&#8217;li Ravshan Zokirov (1951.19.3, Toshkent) \u2014 xonanda, rassom. Toshkent davlat madaniyat institutini tugatgan (1990). Uning repertuaridan &#171;Layli&#187; [shu qo&#8217;shig&#8217;i bilan &#171;Asiya Dausi&#187; (Qozog&#8217;iston) festivalida birinchi o&#8217;rinni olgan], &#171;Barno&#187;, &#171;Rubobim tori&#187; kabi qo&#8217;shiqlar o&#8217;rin olgan. Lirik mavzuda rasm va portretlar chizgan. 1995 yildan &#171;Botir Zokirov jamg&#8217;armasi&#187;ning direktori. Kelini Gavhar Zokirova (1949.10.9, To&#8217;ytepa) \u2014 O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1988). Toshkent davlat teatr va rassomlik san&#8217;ati institutini tugatgan (1971). 1971 yildan Hamza teatri aktrisasi. Eng yaxshi rollari: Amaliya (&#171;Qaroqchilar&#187;), Agafya (&#171;Uylanish&#187;), Jamila, Gulbahor (&#171;Boy ila xizmatchi&#187;), Dezdemona (&#171;Otello&#187;), Ayol (&#171;Taqlir eshigi&#187;), Gulnor (&#171;Qutlug&#8217;qon&#187;), Bibixonim (&#171;Sohibqiron Temur&#187;), Farishta (&#171;Shayton va farishta&#187;) va boshqalar. Kinoda Nigora (&#171;To\u2019ylar muborak&#187;), Guli (&#171;Yulduzingni ber osmon!&#187;); videofilmlarda Vazira (&#171;Olmos kamar&#187;), Hamshira (&#171;Abadiyat qonuni&#187;), Gulira&#8217;no (&#171;Domla&#187;), Nasiba (&#171;Shaytanat&#187;) kabi obrazlar yaratgan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). Botir Zokirovning o&#8217;g&#8217;li Baxtiyor Zokirov (1962.9.8, Toshkent) \u2014 kinoaktyor. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1997). VGIKni tugatgan (1983). 1983 yildan kinoaktyor studiyasida ishlaydi. Eng yaxshi rollari: Ibn Sino (&#171;Dahoning yoshligi&#187;), Hidoyatxon (&#171;Maysaraning ishi&#187;), Husayn (&#171;Amir Temur&#187;), Xirurg (&#171;Kasalxona&#187;), Bo&#8217;riboy (&#171;Armon&#187;) va boshqalar. &#171;Ilhom&#187; teatr-studiyasida ham roller ijro etgan: Iokanan (&#171;Salomeya&#187;), Demon (&#171;Toybe-Le va uning demoni&#187;), Oxun (&#171;Oppoq, oppoq qora laylak&#187;) kabilar shular jumlasidan. To&#8217;xtasin G&#8217;afurbekov, Mohina Ashirova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZOKIROVLAR &#8212; 20-asr O&#8217;zbekiston musiqa san&#8217;atiga ulkan hissa qo&#8217;shgan o&#8217;zbek san&#8217;atkorlari oilasi. Sulola boshlig&#8217;i opera xonandasi (lirik-dramatik bariton), O&#8217;zbekiston xalq artisti (1939) Karim Zokirov (1912.12.3 -Toshkent &#8212; 1977.19.2). Moskvadagi O\u2019zbek &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zokirovlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12909","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12909","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12909"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12909\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12920,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12909\/revisions\/12920"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12909"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12909"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12909"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}