{"id":12928,"date":"2021-12-17T18:55:04","date_gmt":"2021-12-17T15:55:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12928"},"modified":"2021-12-17T18:55:05","modified_gmt":"2021-12-17T15:55:05","slug":"zomin-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zomin-tumani\/","title":{"rendered":"ZOMIN TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>ZOMIN TUMANI &#8212; Jizzax viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan). Shimolda viloyatning Zarbdor tumani, g&#8217;arbda Baxmal va Jizzax tumanlari, Sharqda, shimol-Sharqda Yangiobod tumani, Janub-Sharqda Tojikston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,87 ming kilometr kvadrat. Aholisi 120 ming kishi (2001). Zomin tumanida 2 shaharcha (Dashtobod, Zomin) va 11 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Beshkubi, Gulshan, Duoba, Navoiy, Obihayot, Tinchlik, Toshkesgan, Chorvador, Shirin, Yangi-hayot, G&#8217;allakor) bor. Markazi \u2014 Zomin shaharchasi. Tabiati. Zomin tumanining shimol, Markaziy va Sharqiy qismi pasttekislik, Janub-g&#8217;arbi qir, adir va tog&#8217;lardan iborat. Yer yuzasi shimoldan Janubga tomon ko&#8217;tarilib boradi. Iqlimi keskin Kontinental, yozi issiq, quruq, qishi bir oz sovuq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 1,5\u00b0, iyulniki 32\u00b0. Yillik yog&#8217;in 350-360 millimetr. Vegetatsiya davri 240 kun. Adir qismi qumtosh, qum, mergel, lyosslardan tuzilgan, usti chaqirtoshlar bilan qoplangan. Jarlar va yozda qurib qoladigan soylar bor. Bahorda soylar to&#8217;lib oqadi. Shimol va Markaziy adirlarning tuprog\u2019i lyoss ustida hosil bo&#8217;lgan bo&#8217;z, och bo&#8217;z, tipik bo&#8217;z tuproqlardan, Janub qismidagi adirlar gipsli och bo&#8217;z tuproqlardan tarkib topgan. Tekisliklarda bo&#8217;z, qo&#8217;ng&#8217;ir tuproq. Tuman hududidagi Zominsoy daryosi, Achchisoy, Peshag&#8217;arsoy, Uvolsoy, Turkman, Jaloir, Xo&#8217;jamushkentsoydan sug&#8217;orishda foydalaniladi. Ekin ekilmaydigan yerlarda sho&#8217;ra, shuvoq, yantoq, kovrak, oqquray va boshqalar o&#8217;sadi. Janub tog&#8217;li qismi (Turkiston tog&#8217;i) da qalin archazorlar, tabiiy o&#8217;rmonlar bor. Zomin tumanida Zomin tog&#8217;-o&#8217;rmon davlat qo&#8217;riqxonasi, Zomin xalq bog&#8217;i joylashgan. Yovvoyi hayvonlardan ayiq, bo\u2019ri, silovsin, chiyabo&#8217;ri, tulki, kiyik, arxar, qushlardan burgut, Lochin, qirg&#8217;ovul, kaklik, o&#8217;rdak yashaydi. Suv havzalarida baliq turi ko&#8217;p. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar. Shuningdek, qirg&#8217;iz, rus, tatar, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga 42 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shaharliklar 23 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Qishloq xo\u2019jaligida g&#8217;allachilik va chorvachilik asosiy o&#8217;rinni egallaydi. Tumanda shirkat, fermer, jamoa xo&#8217;jaliklari, 2 o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi mavjud. 197 ming gektar yerda dehqonchilik qilinadi. G&#8217;alla, poliz, sabzavot, yem-xashak ekinlari, kartoshka yetishtiriladi. Pichanzorlar, yaylovlar, tokzorlar va ko&#8217;chatzorlar bor. Qoramol, qo&#8217;y-echki (shu jumladan Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari), ot, parranda boqiladi. 40 dan ziyod xususiy, 14 kichik korxona, 40 dan ortiq tijorat do&#8217;konlari faoliyat ko&#8217;rsatadi. 70 dan ortiq umumiy ta&#8217;lim maktabi bo&#8217;lib 30 mingga yaqin o&#8217;quvchi ta&#8217;lim olmoqda. Litsey, gimnaziya bor. 11 klub, 34 kutubxona, 385 o&#8217;rinli 3 shifoxona, 8 qishloq davolash ambulatoriyasi, 6 qishloq vrachlik punkti, 5 dorixona, 94 maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchasi, o&#8217;lkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Tuman hududidan qadimgi Buyuk ipak yo&#8217;li o&#8217;tgan. Ustrushona, Zomin, Peshag&#8217;ar kabi tarixiy joylar, ko&#8217;hna qal&#8217;a qoldiqlari, qadimgi qabristonlar saqlangan. 1932 yildan &#171;Sharqtongi&#187; gazetasi chiqadi (adadi 2000). Tuman hududidan Toshkent \u2014 Samarqand temir yo\u2019l o&#8217;tgan. Zomin \u2014 Toshkent, Zomin\u2014Jizzax, Zomin \u2014 Guliston kabi yo&#8217;nalishlarda avtobus va taksi qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZOMIN TUMANI &#8212; Jizzax viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan). Shimolda viloyatning Zarbdor tumani, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zomin-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12928","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12928","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12928"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12928\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12935,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12928\/revisions\/12935"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12928"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12928"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12928"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}