{"id":129466,"date":"2024-06-08T20:33:35","date_gmt":"2024-06-08T17:33:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=129466"},"modified":"2024-06-08T20:33:41","modified_gmt":"2024-06-08T17:33:41","slug":"koks-kimyosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/koks-kimyosi\/","title":{"rendered":"Koks kimyosi"},"content":{"rendered":"\n<p>Koks kimyosi \u2014 kimyo fanining bir bo&#8217;limi, toshko&#8217;mirning tarkibi, tu- zilishi, kimyoviy xossalarini o&#8217;rganadi, kokslash usullari b-n toshko&#8217;mirdan koks va b. kimyoviy mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib boradi. Toshko&#8217;mirni kokslash bir necha jarayondan iborat: ko&#8217;mirni kokslashga tayyorlash (boyitish, maydalash, aralashtirish, quritish); ko&#8217;mirlash aralashmasini kokslash; hosil bo&#8217;lgan uchuvchan gazlarni tutish va ularni qayta ishlash; qattiq qoldiq \u2014 koksni sovitish va navlarga ajra- tish. Kokslanuvchi toshko&#8217;mirning turi, navi, makromolekulalarining tuzili- shi va kokslanish jarayonining keti- shiga qarab 1 t ko&#8217;mirdan 650-750 kg koks, 140-150 kg koks gazi, 30-40 kg toshko&#8217;mir smolasi, 10-15 kg &#171;xom Ben- zol&#187;, 3 kg atrofida ammiak va vodorod sulfid hosil bo&#8217;ladi. Kimyo sanoati va xalq xo&#8217;jaligining boshqa sohalarida kokslanish mahsulotlaridan N2, SN4, NH3, etilen, benzol, toluol, ksilollar, solvent, naftalin, fenol, krezollar, piridinlar, S, NaSCN, (NH4)2S, (NH4)2 SO4, karbazol, antratsen, piren, smola- lar, toshko&#8217;mir moyi va b. qo&#8217;llaniladi. Bu moddalar azotli o&#8217;g&#8217;itlar, polimer- lar, malein va ftal angidridlar i.ch.da boshlang&#8217;ich xom ashyo, anilin bo&#8217;yoqlar i.ch.da oraliq mahsulot, elektrodlar i.ch.da bog&#8217;lovchi, taxta va g&#8217;o&#8217;lalarga shim- diriladigan moy, qurilish materiallari (mas, kislotaga chidamli koshinlar, li- noleum, olovbardosh materiallar, pesti- tsidlar, sintetik yuvish vositalari, dori preparatlar, vitaminlar va b. i.ch.da xom ashyo sifatida ishlatiladi. K.k.ning ri- vojlanishi qora va rangli metallurgi- yaning rivojlanishi b-n bog&#8217;liq. Metal- lurgiya sanoatida temir, mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin va b. metallarni rudalaridan qaytarib olishda K.k.ning ahamiyati katta. Sano- atda qo&#8217;llaniladigan koksning maxsus navlarini termik ishlov berish va sara- lash yo&#8217;li b-n olish, sifatini yaxshilash K.k.ning asosiy vazifalaridandir. Sayfuddin Nasriddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Koks kimyosi \u2014 kimyo fanining bir bo&#8217;limi, toshko&#8217;mirning tarkibi, tu- zilishi, kimyoviy xossalarini o&#8217;rganadi, kokslash usullari b-n toshko&#8217;mirdan koks va b. kimyoviy mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib boradi. Toshko&#8217;mirni kokslash &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/koks-kimyosi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-129466","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129466","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=129466"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129466\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":129482,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129466\/revisions\/129482"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=129466"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=129466"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=129466"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}