{"id":129835,"date":"2024-06-09T06:47:40","date_gmt":"2024-06-09T03:47:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=129835"},"modified":"2024-06-09T06:47:44","modified_gmt":"2024-06-09T03:47:44","slug":"ichki-sekresiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ichki-sekresiya\/","title":{"rendered":"Ichki sekresiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Ichki sekresiya &#8212; organizmda- gi har xil a&#8217;zo va to&#8217;qimalarning qonga yoki to&#8217;qima suyuqligiga maxsus moddalar ishlab chiqarishi. Odatda, IX. bezlari (endokrin bezlar) deganda maxsus fizio- logik faol moddalar \u2014 gormonlarni sintezlab, organizmning bevosita ichki muhiti \u2014 qon va to&#8217;qima suyuqlig&#8217;iga chiqaruvchi bezlar tushuniladi. I.s. bezlariga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez yonidagi bezchalar, buy- rak usti bezlari, me&#8217;da osti bezining orolcha (Ink-retor) qismi, jinsiy bez- larning bir qismi, shuningdek, epifiz (g&#8217;urrasimon bez), ayrisimon bez (ti- mus) kiradi. I.s. bezlarining hammasi bir-biriga chambarchas bog&#8217;liq bo&#8217;lib, yagona funktsional sistemani tashkil etadi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. Gipofiz I.s. bezlari ora- sida alohida o&#8217;rin tutadi. I.s. bezlari- dan chiqadigan gormonlar organizmning turli a&#8217;zo va sistemalarini bir-biriga bog&#8217;laydi, organizm funktsiyalarining gumoral yo&#8217;l b-n (suyuqliklar vositasi b-n) boshqarilishida qatnashadi. I.s. bezlarining asosiy vazifasi moddalar almashinuvi, o&#8217;sish, jismoniy taraqqiyot va balog&#8217;atga etishni boshqarishdan ibo- rat. Organizmning o&#8217;zgarib turadigan tashqi va ichki muhit sharoitiga mos- lashuvida I.s.ning ahamiyati katta. Mas, gavda t-rasining refleks yo&#8217;li b-n boshqarilishida gipofiz va qal- qonsimon bezdan chiqadigan gormonlar miqdori o&#8217;zgarib turadi. Organizmga infektsiya, intoksikasiya (zaharlanish), shikastlar, og&#8217;riq ta&#8217;sir etganda, kishi hayajonlanganda va shunga o&#8217;xshash hollarda buyrak usti bezlari, gipofiz va qalqonsimon bez tegishli gormonlar- ni ko&#8217;proq chiqaradi; ayni vaqtda, modda- lar almashinuvi kucha-yib, yurak urishi tezlashadi, shikastlar yoki intoksikasiya ta&#8217;sirida qon bosimi ko&#8217;tariladi va or- ganizmning boshqa bir qancha funktsiyasi faolla-shadi, bularning hammasi orga- nizmning o&#8217;zgargan sharoitga moslashu- viga yordam beradi. I.s. bezlari garchi bir-biriga ta&#8217;sir etsa ham, biror bez- ning ko&#8217;proq zararlangani haqida fikr yuri-tishga va uning kasalligi haqida ga-pirishga imkon beradigan muayyan sim-ptomlarni ajratish mumkin. Mas, gipofizning oldingi bo&#8217;lagi etarli ish- lamaganda bo&#8217;y o&#8217;smaydi, odam ozib ke- tadi (kaxeksiya); gipofizning orkadagi bo&#8217;lagi etarli ishlamaganda qandsiz dia- bet, oldingi bo&#8217;lagi kasallanganda gigan- tizm va akromegaliya ro&#8217;y beradi va h.k. Buyrak usti bezlari po&#8217;stloq qavatining funktsiyasi buzilganda bronza kasalligi, ayollarda shu qavat gormonlaridan biri ortiqcha hosil bo&#8217;lganda virilizm ro&#8217;y beradi. Buyrak usti bezlarining mag&#8217;iz qavati zararlanganda adrenalin ko&#8217;p ishlanib chiqishi tufayli qon bosimi dapqir-dapqir ko&#8217;tariladi, gavda t-rasi o&#8217;zgarib turadi, qonda qand ko&#8217;payadi (giperglikemiya). Me&#8217;da osti bezining orolcha (inkretor) qismi insulin gormo- nini kam chiqarganda qandli diabet pay- do bo&#8217;ladi. Qalqonsimon bezning ortiqcha ish- layotganligi diffuz toksik buqoqda, kam ishlayotganligi esa miksedema va endemic buqoqda namoyon bo&#8217;ladi. Qal-qonsimon bez yonidagi bezchalar etarli ishlamagan- da kaltsiy va fosfor almashinuvi, Ji- garning zaharlarni za-rarsizlantirish funktsiyasi buziladi, natijada tetaniya ro&#8217;y beradi. I.s. bezlarining kasalliklarini endokrinolog vrach davolaydi. Bemorga gormonal preparatlar, rentgenotera- Piya, operasiya, parhez, fizioterapiya va iqlim bilan davolash buyuriladi. Ad.: Qodirov U. 3., Odam fiziologiya- si, T., 1996; Ahmedov N. K., Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya, T., 1990; Klinicheskaya endokrinologiya: Rukovodstvo dlya vrachey \/ Pod. Red. Star- kovoy N. T., M&#187; 1991.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ichki sekresiya &#8212; organizmda- gi har xil a&#8217;zo va to&#8217;qimalarning qonga yoki to&#8217;qima suyuqligiga maxsus moddalar ishlab chiqarishi. Odatda, IX. bezlari (endokrin bezlar) deganda maxsus fizio- logik faol moddalar \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ichki-sekresiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-129835","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129835","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=129835"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129835\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":129839,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129835\/revisions\/129839"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=129835"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=129835"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=129835"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}