{"id":129841,"date":"2024-06-09T06:49:08","date_gmt":"2024-06-09T03:49:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=129841"},"modified":"2024-06-09T06:49:11","modified_gmt":"2024-06-09T03:49:11","slug":"ishlab-chiqarish-zaxiralari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ishlab-chiqarish-zaxiralari\/","title":{"rendered":"ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI"},"content":{"rendered":"\n<p>ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI \u2014 korxonadagi hali i.ch. jarayonla- riga jalb etilmagan va ish o&#8217;rniga etib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: I.ch.z. xom ashyo, asosiy va qo&#8217;shimcha materiallar, yoqilg&#8217;i, sotib olinadi- gan yarim tayyor mahsulotlar, detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va b. ishlab chiqarish vositalaridan ibo-rat bo&#8217;ladi. I.ch.z. ishlab chiqarish ja-rayonining uz- luksiz kechishini ta&#8217;minlashga xizmat qiladi. Bunda ularning ortiqcha bo&#8217;lishi (i.ch.ga zarur bo&#8217;lmagan zaxiralar)ga ham yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik zarur. I.ch.z. natu- ral ko&#8217;rsatkichlar (og&#8217;irlik, hajm, dona, o&#8217;lcham,) da aniqlanadi. Uning hajmi korxonada muayyan davr (kun, oy, kvartal, yil) uchun belgilanadi. Vazifasiga ko&#8217;ra, I.ch.z. joriy zaxira- lar, kafolatli zaxiralar va tayyorgarlik zaxiralariga bo&#8217;linadi. Joriy zaxira- lar har kuni muayyan maqsulot birligini i.ch. uchun ombordan (yoki to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri etkazib beruvchidan) etkazib beriladi. Kafolatli zaxiralardan, asosan, joriy zaxiralar tugab, navbatdagi I.ch.z.ni et- kazib berish to&#8217;xtab qolganda i.ch. uzluk- sizligini ta&#8217;minlash uchun foydalani- ladi. Uning darajasi shoshilinch beril- gan buyurtmani bajarishga ketgan vaqt va o&#8217;tgan davrda etkazib berilgan I.ch.z. b-n kelgusida etkaziladigan zaxiralar ora- sidagi tafovut b-n belgilanadi. Bunda zaxiralarni etkazib berish ma-sofasi, ularning ishonchliligi, ma-teriallarni tashib berish xarakteri va usuli, ular- ni yaqin joylashgan bazalardan olish imkoniyatlari va b. hisobga olinadi. Kafolatli zaxirani yaratish uchun zarur zaxiralarni har besh kunda etkazib be- rishga erishish, shu b-n bir qatorda mod- diy-texnika ta&#8217;minotini kengaytirish kerak bo&#8217;ladi. Tayyorgarlik zaxiralari etkazib berilgan zaxirani qabul qilib olish, ularni sifatini tekshirish, sa- ralash, joylash, korxonaning tsexlari- ga etkazib berish va b.ni talab qiladi. Odatda, joriy, kafolatli va tayyorgar- lik zaxiralari birgalikda ombor zaxi- rasini hosil qiladi. Bundan tashqari, i.ch.ning boshi va oxirida vujudga kela- digan vaqtinchalik (bunda zaxira faqat qisqa muddatga yuzaga keladi) zaxiralar bor. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida mavsumiy zaxiralar hosil qilinadi. Ularning hajmi mavsumiy tanaffuslar- ning uzunligiga bog&#8217;liq. Zaxiralarni haddan tashqari oshirib yubormaslik, ularni i.ch. xarakteri va hajmiga qarab, me&#8217;yor darajasida yara- tish zarur. Umuman zaxiralar ma&#8217;lum darajada mablag&#8217;larni band qilib, i.ch. samaradorligini pasaytiruvchi omil hisoblanadi. Sadir Salimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI \u2014 korxonadagi hali i.ch. jarayonla- riga jalb etilmagan va ish o&#8217;rniga etib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: I.ch.z. xom ashyo, asosiy va qo&#8217;shimcha materiallar, yoqilg&#8217;i, sotib olinadi- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ishlab-chiqarish-zaxiralari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-129841","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129841","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=129841"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129841\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":129845,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129841\/revisions\/129845"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=129841"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=129841"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=129841"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}