{"id":130078,"date":"2024-06-09T12:08:13","date_gmt":"2024-06-09T09:08:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130078"},"modified":"2024-06-09T12:08:19","modified_gmt":"2024-06-09T09:08:19","slug":"issiq-elitishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/issiq-elitishi\/","title":{"rendered":"Issiq elitishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Issiq elitishi \u2013 tashqi muhitning yuqori t-rasi ta&#8217;sirida ba- Danning qizib ketishidan kelib chikadi- gan kasallik. yozda, saratonda yoki is-siq binoda uzok, ishlaganda I. e. mumkin. Ter bezlarining sust ishlashi, organizm- ning suvsizlanishi, suv ichish maromini buzish va b. sabablar b-n ter chiqmasligi yoki havoning juda nam bo&#8217;lishi, namni o&#8217;tkazmaydigan kiyim kiyish va sh. k. na- tijasida badandan ter bemalol bug&#8217;lanib ketmasligidan bo&#8217;ladi (q. Termoregulya- tsiya). Issiqqa har kim har xil chidaydi, buning ustiga biror kasallik b-n og&#8217;rib o&#8217;tishdan keyin, ich ketganda, bezgak tut- ganda, spirtli ichimliklar ichganda va shunga o&#8217;xshash hollarda odamning issiqqa chidami o&#8217;zgarishi mumkin. Qalqonsimon bez, yurak-tomir kasalliklari bo&#8217;lgan, semirib ketgan kishilar boshqa kishi- larga nisbatan tezroq qiziydi. Ayniqsa, yangi tug&#8217;ilgan va go&#8217;dak bolalar salga qizib ketadi. Organizm qizib ketgan- da gavda t-rasi avvaliga sekinlik b-n ko&#8217;tariladi, keyin tobora tez oshadi. Odam gavdasi qizib ketganda darmoni qurib, ba&#8217;zan boshi aylanadi. Zo&#8217;r berib terlash natijasida organizmdan ko&#8217;p suv va tuz chiqib ketadi. To&#8217;qimalarda suv kamayishi tufayli ter va siydik kam chiqadi, qon quyuklashib, tomirlarda qon harakati qiyinlashadi, to&#8217;qimalar kis- lorodga yolchimaydi, shuning oqibatida bosh miya faoliyati buziladi. I. e. to&#8217;satdan boshlanadi: gavda t-rasi 42-43\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi, bosh, orqa, oyoklar og&#8217;riydi, ba&#8217;zan ko&#8217;ngil ay- nib, odam qusadi, ich ketadi, yuz qizaradi va kerkadi, nafas olish va tomir uri- shi tezlashadi. Issiq qattiq elitganda hushsizlik, tirishish hollari kuzati- ladi, ko&#8217;z qorachiqlari kengayadi, ular yorug&#8217;dan ta&#8217;sirlanmaydi, badan ko&#8217;karib qoladi, ba&#8217;zan talvasa tutadi. Tez yordam: issiq elitgan kishini salqin joyga yotqizib, kiyimini echish, badaniga sovuq suv sepib, orom berish, fiziologik eritma quyish, sun&#8217;iy nafas oldirish, kislorodga yolchitish, yurak FA- oliyatini yaxshilaydigan dorilar berish va darhol vrachga murojaat qilish zarur (yana q. Oftob urishi). Oldini olish: issiq binolarni sha- mollatish (ventilyasiya yoki kondisioner yordamida), engil kiyim kiyish, ustdan sovuq suv quyib, tanani savitish, issiq tsexda ishlaganda gazli sho&#8217;rtang suv yoki meva sharbati, ayniqsa olcha suvi ichish kerak. Suv ichish rejimiga rioya qilinsa va ter bemalol bug&#8217;lanib tursa, odam 50-60\u00b0 t-para chidaydi (organizmga ziyon etmaydi). Issiq iqdimga yoki issiq joy- da ishlashga asta-sekin moslashuv (adap- tasiya) ning ahamiyati katta.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Issiq elitishi \u2013 tashqi muhitning yuqori t-rasi ta&#8217;sirida ba- Danning qizib ketishidan kelib chikadi- gan kasallik. yozda, saratonda yoki is-siq binoda uzok, ishlaganda I. e. mumkin. Ter bezlarining sust ishlashi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/issiq-elitishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-130078","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130078","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130078"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130078\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130088,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130078\/revisions\/130088"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130078"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130078"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130078"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}