{"id":130240,"date":"2024-06-09T12:34:42","date_gmt":"2024-06-09T09:34:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130240"},"modified":"2024-06-09T12:34:49","modified_gmt":"2024-06-09T09:34:49","slug":"imomi-azam-abu-hanifa-nomon-ibn-sobit-al-kofiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/imomi-azam-abu-hanifa-nomon-ibn-sobit-al-kofiy\/","title":{"rendered":"Imomi A&#8217;zam, Abu Hanifa No&#187;mon ibn sobit al-Ko&#8217;fiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Imomi A&#8217;zam, Abu Hanifa No&#187;mon ibn sobit al-Ko&#8217;fiy (699, Ko&#8217;fa \u2014 767, Bag&#8217;dod) \u2014 hanafiylik mazhabi asoschisi. Ilohiyotchi, faqih, muhaddis. &#171;Abu Hanifa&#187; uning kunyasi, &#171;Imomi A&#8217;zam&#187; (&#171;ulug&#8217;Imom&#187;) ulug&#8217;ligining e&#8217;tirofi o&#8217;laroq berilgan unvon. Asli fors bo&#8217;lib, o&#8217;ziga to&#8217;q, zodagon oila- dan. Olim va Fozil insonlar orasida voyaga etdi. Otasidan qolgan katta boy- likni ilm yo&#8217;lida sarf etdi. Yoshlik- dan Qur&#8217;onni yod oldi. Kalom ilmi va mantiqni o&#8217;rgandi. 22 yoshida iroqlik ilohiyotchi Hammod ibn Abu Sulaymonga shogird tushib uning ta&#8217;limini oldi. Keyin Kufa va Basraning eng obro&#8217;li faqihi bo&#8217;lib etishdi va o&#8217;zi shogirdlar tarbiyaladi. Kamtar, mehribon, taqvodor inson sifatida hurmat qozondi. Uning 55 marta haj qilganligi haqida rivoyat bor.I. A. 747-48 y.larda Iroq hokimi ibn Hubayra ta&#8217;qibidan qochib Makkaga ketadi. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Iroqqa qaytib, ulamolik faoli- yatini davom ettiradi. Xalifa AlMansur (754-775) unga yangi poytaxt Bag&#8217;dodda qozilik yoki boshqa istagan yuksak lavo- zimini egallashni taklif qiladi. Biroq I. A. bu taklifni rad etadi. Shunda Man- sur uni qamab turli qiynoqlarga solgan, kaltaklatgan. Mansur I. A.ga zahar ichir- gan va u zot shu sababdan shahid bo&#8217;lgan, degan rivoyat ham bor. I. A. Islom ulamolari orasida eng etuk olimlardan edi. U odamlar- ga qulay, toliblarga engil bo&#8217;ladigan yo&#8217;lni topishga muvaffaq bo&#8217;ldi: shar&#8217;- iy ilmni birinchi bo&#8217;lib tasnif qilib, uni boblarga ajratib, tartibga soldi va kitob shakliga keltirdi. I. A.ning ilmi kalom, fiqx, hadis, sarf ilmla- riga oid bir necha kitoblari mavjud: &#171;Kitob as-salot&#187; (&#171;namoz ahkomlari kitobi&#187;), &#171;kitob almanosik&#187; (&#171;Haj ki- tobi&#187;), &#171;kitob ash-Shurut&#187; (&#171;shartnoma- lar haqida kitob&#187;), &#171;kitob alfaroiz&#187; (&#171;Meros ilmi haqida kitob&#187;), &#171;kitob al-olim val-mutaallim&#187; (&#171;Ustoz va sho- gird haqida kitob&#187;), &#171;kitob al-fiqx al-Akbar&#187; (&#171;katta fiqh kitobi&#187;), &#171;Ki- tobi al-vasiya&#187; (&#171;vasiyatnoma kitobi&#187;) va b. I.A.ning bulardan tashqari hadis sohasida ham asarlari mavjuddir. I. A. faqihlarning ustozi. O&#8217;rta asr faqihi Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud Xorazmiy I. A. musnadlarini jam qilib, kitob shakliga keltirgan, u 1326 hijriy (mil. 1907\/08) yilda Misr- da chop etilgan. I. A.dan ta&#8217;lim olgan shogirdlar za- monasining etuk peshvolari bo&#8217;lib etish- gan. Ana shunday shogirdlardan biri Abu Yusuf bo&#8217;lib, Horun ar-Rashid davrida qozilik vazifasida ishlagan. Ikkinchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan o&#8217;z navbatida ustozidan olgan barcha ilmini Imom Shofi&#8217;iyga o&#8217;rgatgan. Hadislarni saralashga mohir bo&#8217;lgan, har bir ma- salani dalillay oladigan Zufar ibn Xuzayl ham I. A.ning ko&#8217;zga ko&#8217;ringan ashoblaridandir. Yana bir shogirdi Hasan ibn ziyod I. A.ning &#171;adab al-kadi&#187; (&#171;qozining odobi&#187;), &#171;Annafaqot&#187; (&#171;nafaqalar&#187;), &#171;Faroiz&#187; (&#171;meros ilmi&#187;) kabi Kito- blarini yozib tugatdi. I. A.ning o&#8217;g&#8217;li Xammod va nabirasi Ismoil ham shar&#8217;- iy ilmlar borasida etuk allomalar edi, ular turli shaharlarda qozilik mansabi- da ishlashgan. Hurosonda birinchi bo&#8217;lib hadisni yozib olgan Abdulloh ibn mubo- rak ham I. A.dan ta&#8217;lim olgan. Dunyoning ko&#8217;pgina joylarida, jum- ladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida musulmonlar I. A. mazhabi qoidalari asosida ibodat qilib kelmoqdalar. Ad.: Samarqandiy Vasliy, Imomi A&#8217;zam tarixi, T., 1995; Qodirov 3., Imo- mi A&#8217;zam, T., 1999. Abduqayum Azimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imomi A&#8217;zam, Abu Hanifa No&#187;mon ibn sobit al-Ko&#8217;fiy (699, Ko&#8217;fa \u2014 767, Bag&#8217;dod) \u2014 hanafiylik mazhabi asoschisi. Ilohiyotchi, faqih, muhaddis. &#171;Abu Hanifa&#187; uning kunyasi, &#171;Imomi A&#8217;zam&#187; (&#171;ulug&#8217;Imom&#187;) ulug&#8217;ligining e&#8217;tirofi o&#8217;laroq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/imomi-azam-abu-hanifa-nomon-ibn-sobit-al-kofiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-130240","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130240","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130240"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130240\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130250,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130240\/revisions\/130250"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130240"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130240"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130240"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}