{"id":130300,"date":"2024-06-09T12:50:38","date_gmt":"2024-06-09T09:50:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130300"},"modified":"2024-06-09T12:50:46","modified_gmt":"2024-06-09T09:50:46","slug":"inklar-inkalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/inklar-inkalar\/","title":{"rendered":"Inklar, Inkalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Inklar, Inkalar (ispancha incas) \u2014 dastlab 11 \u201413-a.larda Peru (Jan. Ame- Rika)da yashagan kechua tillari gu-ruhiga mansub indeys qabilalari, keyinchalik \u2014 qabilalar Ittifoqi tomonidan 1438 y.da barpo etilgan Tau-antinsuyu davla- tidagi xukmron tabaqa. Bu davlatda (poytaxti \u2014 Kusko sh.) qulchilik hukm surib, I. bo&#8217;ysundirilgan qabilalardan o&#8217;lpon olishgan, jamoaning oddiy a&#8217;zolari, hunarmandlar va qullar \u2014 yanakonalarning mehnatidan foydala- nishgan. Jamiyatning asosiy ijtimoiy- iqtisodiy yacheyka-sini qo&#8217;shni jamoasi \u2014 Ai Lyu tashkil etgan. Er hukmdor \u2014 Oliy Inkaga tegishli, uning hokimiyati ilohiy hisoblangan bo&#8217;lib afsonaviy birinchi hukmdor \u2014Manko kapak \u2014 quyosh o&#8217;g&#8217;li sifatida e&#8217;zozlangan. I. ir- rigasiyadan foydalanishgan, harbiy va ma&#8217;muriy maqsadlarda qurilish insho- otlari bunyod etishgan, &#171;bog&#8217;ichli xat&#187; \u2014 kipu ko&#8217;rinishida axborotlarni uzatish tizimini, shuningdek, ilk yozuvni ixtiro qilishgan, 1532 y. ispan bo-sqinchilari F. Pisarro boshchiligida I. xududiga bostirib kirganlar. Davlat talon-taroj etilib, uning madaniyati vayron etilgan. Ispanlar tomonidan bo&#8217;ysundirilgan I. kechua elati tarkibiga kirgan. I. me&#8217;morligi vasan&#8217;ati deganda, odatda, Peru, Boliviya, Ekvador va chi- lining shim.da yashagan qad. xalqlarning san&#8217;ati ko&#8217;zda tutiladi. Mil. AV. I ming yillikda bu erlarda qudratli sug&#8217;orish tizimi mavjud bo&#8217;lgan, xom g&#8217;ishtdan binolar kurilib (devorlarining qalinligi 30 sm dan 12 m gacha), ularning tashqarisi bo&#8217;rtma naqshlar b-n bezalgan, ichkarisi suvalgan, ba&#8217;zan bo&#8217;yab bezatil- gan. Xarsang toshdan mudofaa inshoot- lari qurilgan, yirik toshlardan yo&#8217;nib ishlangan binolar ham bor (mas, Peruda- gi Saksauaman qal&#8217;asining devoridagi toshlardan biri 150 t dan ortiq). Kusko- dagi asosiy Quyosh ibodatxonasi mashhur. U 3 qavat tosh devordan iborat bo&#8217;lib, de-vorlar o&#8217;z vaqtida balandligining yar- migacha oltin b-n krplangan. Devorlarga bo&#8217;rttirib ishlangan haykallar (mas, Ti- auanakodagi &#171;Quyosh darvoza-si&#187;), yirik tosh haykallar, sopol va metall idishlar- dagi turli afsonaviy shakllar, idishlar- ga ishlangan rasmlar (jang lavhalari, afsonaviy mavzular) xalq amaliy san&#8217;a- ti ancha rivoj topganini ko&#8217;rsatadi. So- Pol idishlarga oq yoki sargish fonda qora sir b-n bo&#8217;yab rasmlar ishlangan. Keyingi davrlarga mansub ras-mlarda hayvonlar, o&#8217;simlik va mevalar aks ettirilgan. Ol- tin, kumush, mis, jez, qo&#8217;rg&#8217;oshindan har xil idish, bezak buyumlari tayyorlan- gan. Koriqancha ibodatxonasida zargar- lar tomonidan yaratilgan &#171;Oltin bog'&#187; bo&#8217;lganligi to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot bor. &#171;Oltin bog'&#187;da turli o&#8217;simlik, meva, qush, hayvon va kishilarning shakllari oltin va ku-mushdan tayyorlangan (bular- ning ham-masi keyinchalik istilochilar tomonidan o&#8217;zlashtirilib, yo&#8217;qotib yubo- rilgan). Iqlimning quruqligi tufayli saqlanib qolgan mato parchalarida rang- barang murakkab tasvirlar mohirona to&#8217;qilgan, tikilgan. I. san&#8217;ati Peru, bo- Liviya, Ekvador san&#8217;ati rivojiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inklar, Inkalar (ispancha incas) \u2014 dastlab 11 \u201413-a.larda Peru (Jan. Ame- Rika)da yashagan kechua tillari gu-ruhiga mansub indeys qabilalari, keyinchalik \u2014 qabilalar Ittifoqi tomonidan 1438 y.da barpo etilgan Tau-antinsuyu davla- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/inklar-inkalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-130300","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130300","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130300"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130300\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130310,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130300\/revisions\/130310"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130300"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130300"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130300"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}