{"id":130496,"date":"2024-06-09T13:28:45","date_gmt":"2024-06-09T10:28:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130496"},"modified":"2024-06-09T13:28:50","modified_gmt":"2024-06-09T10:28:50","slug":"gvineya-qoltigi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gvineya-qoltigi\/","title":{"rendered":"Gvineya qo&#8217;ltig&#8217;i"},"content":{"rendered":"\n<p>Gvineya qo&#8217;ltig&#8217;i \u2014 Atlan- tika okeanining Ekvatorial Afri- ka sohillari b-n tutashgan joyidagi qo&#8217;ltiq. Shim. da Palmas va Jan.da Lo- pes burunlari oraligida. Mayd. 753 ming km2. Eng chuqur joyi 5207 m. G. q. 2 ta qo&#8217;ltiq \u2014 Biafra va Beningga AJ- ratilgan. Orol ko&#8217;p (Bioko, San-Tome, Prinsipi va b.). Suvining sho&#8217;rligi 34 \u2014 35%o, yillik t-rasi 25 \u2014 27&#8243;. Suv qalqishi yarim sutkali (2,7 m gacha). G. q. ga Kongo, Niger, Volta, Ogove va b. Daryo- lar quyiladi. Asosiy portlari \u2014 Lome, Lagos, Akkra, Librevil va b. Gvineya-Bisau (Guine-Bissau), Gvineya-Bisau Respublikasi (Republics da Guine-Bissau) \u2014 G&#8217;arbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeani sohilida. G.-B. tarkibiga materik qismidan tashqari B&#8217;lama va Bijagosh o. lari kiradi. Mayd. 36,1 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1990-y.lar oxiri). Poytaxti \u2014 Bisau sh. Ma&#8217;muriy jihatdan Bisau mux- tor sektori, 8 okrug va 37 tumanga b o&#8217;l i n a D i . Davlat tuzumi. G.-B. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1991 y. mayda qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 Pre- zident. U umumiy yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi 102 deputatdan iborat bir palatali parlament \u2014 millat xalq Majlisi. Ijroiya hokimiyatni president amalga oshiradi, u hukumat a&#8217;zolari va bosh vazirni tayinlaydi. Tabiati. Materikdagi qismi tekis, ay- Rim joylari botqoqpi pasttekislik. Sohilida qo&#8217;ltiqlar va Daryo estuariyla- ri ko&#8217;p. Boksit, fosforit, oltin, temir rudasi, tsirkoniy, neft konlari bor. Iqlimi ekvatorial mussonli, yozi seryomg&#8217;ir, qishi quruq. Yanv. ning o&#8217;rtacha t-rasi 24\u00b0, iyulniki 26\u00b0. Yillik yog&#8217;in sohilda 2000 mm dan ortiq, mamlakat ich- karisida 1200 \u2014 1500 mm. Daryolari (Jeba, Korubal, Kasheu) qisqa, ammo ser- suv. O&#8217;simliklari savanna va doimiy yashil nam tropik o&#8217;rmonlardan iborat. O&#8217;rmonlarda maymun, buyvol, kiyik, Leo- pard, begemot, timsoh, to&#8217;ng&#8217;iz va har xil qushlar yashaydi. Aholisi balante, mandyak, mandinka, fulbe, manjak va b. elatlardan iborat. Rasmiy tili \u2014 portugal tili. Shahar aholisi 19,9%. Aholining yarmidan kupi mahalliy, an&#8217;anaviy dinlarga, 35% i Islom diniga e&#8217;tiqod qiladi, bir qismi xristianlar. Yirik shaharlari: Bisau, Bolama, Gabu, Kasheu. Tarixi. G.-B. xalqining qad. va o&#8217;rta asr- lardagi tarixi o&#8217;rganilmagan. 15-a. dan boshlab Portugaliya mustamlakachilari hoz. G.-B. hududini qul bozoriga aylan- tirdilar. 16 \u2014 18-a. larda Portugaliya- lik qul savdogarlari bu erda bir necha tayanch bazalar (Farin, Kasheu, Bisau va b.) kurib, yuz minglab qullarni Amerika va Vest-Indiyaga olib ketdilar. 19-a. da Afrikani bo&#8217;lib olish boshlangan vaqtda Portugaliya G.-B. ustidan nazoratni yana- da kuchaytirdi. 1879 y. alohida mustam- laka deb e&#8217;lon qilindi. G.-B. aholisi mustamlakachilarga qarshi keskin kurashib, tayanch bazalariga tez- tez hujum qilib turdi. 1908 y. mustam- lakachilarga qarshi ko&#8217;tarilgan xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni 1915 y. gacha davom etdi. 2- jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati keng Tue oldi. 1951 y. da g.-B. Portugaliyaning &#171;dengiz orti viloyati&#187; maqomini olgan bulsada, mustamlaka holati o&#8217;zgarmadi. 1956 y. da &#171;Gvineya va yashil burun Orol- lari mustaqillik Afrika partiyasi&#187; mustaqillik kurashiga rahbarlik qildi. 1962 y. da qurolli kurash boshlanib, 1970 y. boshlarida mamlakatning o&#8217;chdan ikki qismi mustamlakachilardan ozod qilindi va hukumatning mahalliy or- ganlari tuzildi. 1972 y. mahalliy mux- toriyat huquqini oldi. Shu yili millat xalq Majlisiga deputatlar saylandi. 1973 y. 24 sent. da millat xalq Majlisi- ning birinchi sessiyasi mustaqil g.-B. Respublikasi tuzilganligini e&#8217;lon qildi. Portugaliyadagi fashistlar reji- mi ag&#8217;darilgach (1974), Portugaliyaning yangi hukumati 1974 y. 10 sent.da g.-B. mustaqilligini tan oldi. G.-B. 1974 y. dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 24 sent. \u2014 Mustaqillik kuni (1973). Snyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Gvineya va Kabo-Verde mustaqilligi af- rikaliklar partiyasi, 1956 y. da tuzil- gan; Birlashgan sosial-demokratik par- tiya, 1991 y. da tuzilgan; g.-B. qarshilik ko&#8217;rsatish partiyasi \u2014 ba-Fata harakati, 1986 y. da tuzilgan; ijtimoiy yangila- nish partiyasi, 1992 y. da tuzilgan. G.-B. mehnatkashlari milliy birligi kasaba uyushmasi, 1961 y. da asos solingan, Jahon kasaba uyushmalari federasiyasi va Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi. Xujaligi. G.-B \u2014 iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Mu- stamlakachilarning ko&#8217;p asrlik hukmronligi natijasida mamlakat iqtisodiyoti qoloq, monokultura yo&#8217;nalishida bo&#8217;lib, yarim kustar sanoatga ega. Hukumat bir yoqlama rivojlanishga barham berish choralarini ko&#8217;rmoqda. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi 40%, sanoatning ulushi 10 %. Mehnatga yaroqli aholining 80% q. x. da band. Aso- siy q. x. tovar mahsulotlari: er yong&#8217;oq, palma mag&#8217;izi, yog&#8217;i va b. Paxta, kanakun- jut, kauchukli o&#8217;simliklar, sholi ham etishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, cho&#8217;chqa, echki, qo&#8217;y boqiladi. B a l i q o v l a n a D i . Sanoati q. x. mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigai korxonalardan iborat. Er yong&#8217;oq tozalovchi va sholi oqpovchi z-dlar, er yong&#8217;oq va palma yog&#8217;i ishlab chiqaradigan f-ka, yog&#8217;och tilish, g&#8217;isht z-dlari, sovungarlik va tsellyuloza z-dlari, kema ta&#8217;mirlash ustaxonalari bor. Qimmatbaho yog&#8217;och tayyorlanadi. T. y. yo&#8217;q. Avtomobil yo&#8217;llarining uz. 4,6 ming km. Ichki suv yullarining uz. \u2014 1,8 ming km. Bisau sh. da xalqaro aeroport bor. Dengiz portlari: Bisau, Bolama, ka- sheu. Chetga er yong&#8217;oq. palma yog&#8217;i va mag&#8217;izi, kauchuk, yog&#8217;och va yog&#8217;och materiallari chiqariladi. Chetdan tsement, gazlama, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, tamaki keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Portugaliya, Ispaniya, Fran- tsiya, Shvesiya, AQSh, Senegal. Pul birli- gi \u2014 Afrika franki. Maorifi. Mustamlakachilik davrida ko&#8217;pchilik afrikaliklar uchun faqat 2 y. lik boshlang&#8217;ich maktablar bor edi. 4 y.lik boshlang&#8217;ich va 7 y.lik o&#8217;rta makta- blarda evropaliklar va duragaylar o&#8217;qigan. Mustaqillikka erishilgandan so&#8217;ng 7 yoshdan 13 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar- ning majburiy bepul umumiy ta&#8217;limi to&#8217;g&#8217;risidagi qonun joriy etildi. Boshlang&#8217;ich maktabdagi o&#8217;qish muddati \u2014 4 y., o&#8217;rta o&#8217;quv yurtlarida -7 y. Bundan tashkari 6 y.lik boshlang&#8217;ich va 3 y.lik to&#8217;liqsiz o&#8217;rta maktab negizida to&#8217;liq o&#8217;rta ma&#8217;lumot beradigan 2 y.lik lisey- lar mavjud. Mamlakatda oliy o&#8217;quv yurti yo&#8217;q. Yoshlar oliy ma&#8217;lumotni chet ellarda oladi. O&#8217;qituvchilar tayyorlovchi kurslar m a v j u D . Matbuoti, radioeshittirish. G.-B.da nashr etiladigan yirik gaz.lar: &#171;Liber- tasau&#187; (&#171;Ozodlik&#187;, portugal tilidagi haftanoma, 1960 y.dan), &#171;No pincha&#187; (&#171;Olg&#8217;a&#187;, asosan portugal tilida, ayrim maqolalari kreol tilida chiqadigan haftanoma, 1975 y.dan). G.-B. axborot agentligi hukumat axborot Mahkamasi bo&#8217;lib, 1975 y.da tuzilgan. G.-B. Respu- blikasi milliy radioeshittirish xizma- ti 1975 y.da tashkil etilgan. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Aholining turar joylari juda xilma- xil. Sohil bo&#8217;yidagi pasttekisliklarda yashovchi balante qabilasi to&#8217;g&#8217;ri burchakli pastqam uylarda istiqomat qiladi. Bu uylarning devorlari 4 ustunga mahkamlangan qamishdan to&#8217;qilib, loy b-n suvalgan. Tomi poxol b-n yopilib ni- shabi ikki tomonga yoki 4 tomonga qaratilgan. Har bir uy bir necha xona va qaznoqdan iborat bo&#8217;lgan. Bir necha uy ba- Land qalin devor b-n o&#8217;ralib, qo&#8217;rg&#8217;on tu- sini olgan va uning o&#8217;rtasida qabila boshlig&#8217;ining uyi joylashtirilgan. Mamlakat ichki tumanlari (fulbe, man- dinka qabilalari qarorgoxdari) aniq va ravon rejalangan. To&#8217;siqsiz uylar to&#8217;g&#8217;ri va keng ko&#8217;chalar bo&#8217;ylab joylashtirilgan. Markazdagi maydon turli bayram va yig&#8217;inlarni o&#8217;tkazishga mo&#8217;ljallangan. Uylarning devorlari loydan yoki xom g&#8217;ishtdan tiklangan va somonli konussi- mon tom b-n yopilgan. Darvozalar, to&#8217;sinlar, ustunlarga ohu, sigir, ilon va qushlarning qiyofasi o&#8217;yib tasvirlangan. Bayot va papel qabilalarining katta- katta oilalari ko&#8217;p xonali (4\u2014 10 xona- gacha) uylarda yashaydi. Bu uylar to&#8217;g&#8217;ri burchakli, doirasimon yoki cho&#8217;ziq shaklda bo&#8217;lib, poxol tomining nishabi 2 tomon- ga qaragan yoki konussimon qilib ishlan- g a n . Badiiy hunarmandchilik ayniqsa Orol- larda rivojlangan. Qizil va qora yog&#8217;ochdan hamda fil suyagidan ajdodlar- ning haykalchalari, diniy buyumlar, may- da ro&#8217;zg&#8217;or asbob-anjomlari (mas, o&#8217;simliklar tasvirlangan qoshiklar), turli jonivorlar qiyofasidagi niqoblar yasaladi. Qabila boshliklarining o&#8217;rindiq va taxtlari, qo&#8217;ndoq, jovon, tog&#8217;oralarga turli naqshlar tushirilib, hayvonlar, qushlar, ilonlar va baliqlar tasvirlanadi. Yog&#8217;och va sigir shoxidan qurol (o&#8217;q-yoy, o&#8217;qdon, nayza, qalqon) yasash avj olgan. Xorijiy sayyohlarga mo&#8217;ljallab ko&#8217;pgina buyumlar yasaladi. Qit&#8217;adagi elatlar orasida fulbelar haykalcha, poyabzal, bezak buyumlari, musiqa asboblari yasashga mohir. Man- dyaklar va papellar orasida to&#8217;quvchilik hamda badiiy kashtachilik rivojlangan. Musiqasi. G.-B. musiqa madaniyati mam- lakatda yashovchi ko&#8217;pgina elatlarning musiqiy an&#8217;analarini o&#8217;z ichiga oladi. Balante, fulbe, mandinka va b. xalqlarning musiqasi G&#8217;arbiy Afrika mamlakatlari (Gvineya, Senegal, Gambiya, Mali) musiqiy san&#8217;atiga juda o&#8217;xshashdir. Ayniqsa griotlar kora, bala- fon, kusundi kabi musiqa asboblarida kuylarni mohirona ijro etishadi. Qad. an&#8217;anaga ega bo&#8217;lgan baraban dastalari yuksak ijrochilik mahoratiga erishgan- lar. Mustaqillik yillarida milliy musiqa an&#8217;analarini saqlash va rivoj- lantirish madaniy siyosatning muhim yo&#8217;nalishlaridan biri bo&#8217;lib qoldi. Bi- Sau sh.da madaniy markaz \u2014 Madaniyat uyi ishlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gvineya qo&#8217;ltig&#8217;i \u2014 Atlan- tika okeanining Ekvatorial Afri- ka sohillari b-n tutashgan joyidagi qo&#8217;ltiq. Shim. da Palmas va Jan.da Lo- pes burunlari oraligida. Mayd. 753 ming km2. Eng chuqur joyi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gvineya-qoltigi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130496","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130496","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130496"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130496\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130501,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130496\/revisions\/130501"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130496"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130496"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130496"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}