{"id":130512,"date":"2024-06-09T13:33:41","date_gmt":"2024-06-09T10:33:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130512"},"modified":"2024-06-09T13:33:47","modified_gmt":"2024-06-09T10:33:47","slug":"geografiya-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/geografiya-3\/","title":{"rendered":"Geografiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Geografiya (Yun. Geo&#8230; va &#8230;grafik) \u2014 Erning geografik qobig&#8217;i, uning struktura va dinamikasi, alohida kom- ponentlarini hududlar bo&#8217;yicha o&#8217;zaro ta&#8217;siri va taqsimlanishini o&#8217;rganadigan fanlar majmui. Antik dunyo G&#8217;arb olim- lari er yuzasining manzarasini g. so&#8217;zi b-n ifodalaganlar. G. terminini dastlab Eratosfen (mil. AV. 276-194 y.larda yashagan) kiritgan. O&#8217;rta Osiyoda 9\u2014 10-a. lardan boshlab g. so&#8217;zi ma&#8217;nosida &#171;sura- ti arz&#187;, &#171;etti iqlim&#187;, &#171;kitob almasolik valmamolik&#187; (&#171;mamlakatlar va masofa- lar kitobi&#187;) iboralari qo&#8217;llanilgan. 19-a.da va 20-a. boshlarida o&#8217;zbek tilida G. Arabcha talaffuz b-n &#171;jug&#8217;rofiya&#187; sha- klida yozilgan. Keyinroq G. shakli ras- miy tus oldi. Hoz. davrda &#171;g.&#187;o&#8217;rniga &#171;g. fanlari sistemasi&#187; iborasini qo&#8217;llash ilmiy jihatdan to&#8217;g&#8217;riroqdir. G. fanlari sistemasi 3 asosiy tarmoqqa bo&#8217;linadi: a) tabiiy, ya&#8217;ni tabiiy geogra- FIK fanlar \u2014 ularga tabiiy geografiya (umumiy er bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani o&#8217;z ichiga oladi), Ge- omorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyasiologiya, geokriologiya, tuproklar g.si va biogeo- grafiya kiradi; b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar \u2014 umumiy va regional iqtisodiy g., xo&#8217;jalik tarmoqlari g.si (sanoat g.si, q. x. G.si, transport g.si va b.), aholi g.si, siyosiy g.; v) xaritagrafiya. Undan tashqari g.ga mamlakatshunoslik, tibbiy g., rekreasiya va harbiy g.-ham kiradi. Keyingi yil- larda, koinotni o&#8217;rganish rivojlanishi b-n Selenografiya (oy g.si), Kosmos er- shunosligi kabi sohalar ham vujudga keldi. Er sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshlari va kosmik kemadan turib er yuzasining suratini olish va xaritasini tuzish usullari ham yaratildi. G. eng qad. fanlardandir. Odamzod paydo bo&#8217;lgandan keyin muayyan davr o&#8217;tgach, tabiiy muhit b-n jamiyat- ning o&#8217;zaro munosabatlari natijasida, ovchilik, erni ishlash va savdo-sotiq ehtiyojlariga ko&#8217;ra yaqin-uzoq masofalar- ga borib kelish, tevarak-atrofni bilish va turli-tuman xalklar o&#8217;rtasida o&#8217;zaro muomala qilish boshlangan. Odamlar il- miy-amaliy maqsadlarda dengiz yo&#8217;llarini va joylarning tabiatini, xo&#8217;jaligi va xalqlarini o&#8217;rganib turgan- lar. Shu yo&#8217;llar b-n geografik ma&#8217;lumot- lar to&#8217;plangan, devor va toshlarga bitil- gan, qog&#8217;ozga yozilgan. Mil. AV. qad. dunyo- ning madaniyat markazlarida (Turon, Shim. Hindiston, Xitoy, Bobil va Ossu- riya, Misr va Yunonistonda) dastlabki ilmii xulosalarga erishildi. Doira 360 gradusga bo&#8217;lindi, sutka 24 soat deb bel- gilandi, geografik kenglik va uzunlik ifodalari yuzaga keldi. Er shar shaklida degan fikr maydonga keldi (yunon olim- lari Fales, Pifagor, Eratosfen va ari- Stotel), dastlabki globus va ibtidoiy xarita yasaldi (Anaksimandr), dunyo qit&#8217;alariga nom berildi. Iskandariya- lik matematik va geograf Eratosfen (mil. AV. 3-a.da) er aylanasining uzunli- gini o&#8217;lchab ko&#8217;rgan va er meridianining (hoz. o&#8217;lchov birligida) 39816 km ligini aniqlagan. Bu esa haqiqiy uzunligiga ancha yaqindir. Er yuzida issiq, mo&#187;tadil va sovuq mintaqalar borligi, ya&#8217;ni Geo- grafik zonallik tushunchasi ham qad. dunyo g.sining nazariy yutuqlaridandir. O&#8217;sha davrda ba&#8217;zilar er yuzida suvlik ko&#8217;p desalar, boshqalar, aksincha, quruqlik ko&#8217;p der edilar. Shuningdek, Quyosh b-n erning munosabati xususida ham ikki mulohaza bo&#8217;lgan. Ayrim olim- lar (ayniqsa Ptolemey) olamning marka- zini er hisoblab, Quyosh va sayyoralar esa uning atrofida aylanadi (geosentrik nazariya) desalar, boshqa olimlar gelio- tsentrik nazariyani ilgari surdilar, ya&#8217;ni olamning markazi Quyoshdir, er va b. sayyoralar uning atrofida aylanadi deganlar. Aleksandr (Iskander Makdu- niy)ning Eron, Turon va Hindistonga yurishlari hamda finikiyaliklarning O&#8217;rta dengiz va Afrika tevaragidagi Su- zishlari geografik tasavvurlarni bir- muncha kengaytirdi. Umuman, yunon olim- lari Sharqdagi ilm-fan markazlarining yutuqlaridan xabardor bo&#8217;lganlar va ulardan o&#8217;z asarlarida foydalanganlar. Strabon (mil. AV. 63 yil \u2014 mil. 21 y.) dunyo g.sidan 17 jildli kitob ezdi (2 jildi umumiy g., 8 jildi \u2014 Evropa, 1 jildi \u2014 Afrika, 6 jildi \u2014 Osiyo), Klavdiy Ptolemey (90-168 y.lar) g. va xaritagrafik proektsiyalarga doyr 8 jild kitob ezdi. Turonlik va eronli- klarning muqaddas kitobi Zend Avesto- da ayrim geografik ma&#8217;lumotlar bor. Unda dunyodagi mamlakatlar \u2014 Eronvej, Sugd, Muru (Marv), Baxdi (Baqtriya), Ni- Soim (Jan. Turkmenistan), Ho&#8217;ruyu (Xi- rot), hafta hendu (etti Hindiston) va b. tilga olingan, ba&#8217;zilari ta&#8217;riflan- g a n . O&#8217;rta asrlarda vizantiyalik Zemarx (6-a.) Sharqiy Dashti Qipchoqqa sayohat qildi, normanlar (skandinaviyaliklar) 9-10-a. larda Atlantika okeanining shim.da Su- zib, Islandiya, Grenlandiya va shim. Ame- rikagacha safar qildilar, rus pomorlari Shim. Muz okeanidagi ayrim orollarni o&#8217;zlashtira boshladilar. 13-a. o&#8217;rtalarida Frantsiya qiroli Lyudovik IX ning elchi- si sifatida O&#8217;rta Osiyoga Rubruk kelib ketdi, italiyalik Plano Karpini mongo- liyagacha etib bordi. O&#8217;rta asrlarda evro- paliklarning geografik tasavvurlariga eng katta ta&#8217;sir etgan voqea \u2014 Marko Poloning 25 yil davom etgan Xitoy sayohati (13-a. oxiri) bo&#8217;ldi. O&#8217;rta asrlar- da Sharq mamlakatlarida madaniyatning yuksalishi, bir qancha mustaqil davlat- larning barpo etilishi, savdo-sotiq avj olishi natijasida Turkiya, Iroq, Eron, Hindiston va Movarounnahrda g. fani ancha rivoj topdi. Uning eng yirik na- moyandalaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy (8-a. oxiri \u2014 9-a. o&#8217;rtalari) g.ga doyr &#171;surat ul-arz&#187; Kito- bini ezdi. Unda dunyodagi 537 shaharning koordinatalari va qisqacha izohi beril- gan. Aslida bu kitob kattagina bir Geo- grafik atlasning izohnomasi bo&#8217;lgan. Xorazmiy bu kitobini yozishda Ptole- Meyning &#171;Geografiya&#187; asaridan qisman foydalangan. Bu b-n qad. dunyo g.sining merosi saqlab qolindi. 9-a.dan e&#8217;tibo- ran Arab va fors tillarida yaratilgan barcha geografik asarlar Xorazmiy Kito- biga asoslangan. Shunday qilib, Xoraz- miy butun Sharq g.sining asoschisi bo&#8217;lib qoldi. Ahmad Farg&#8217;oniy (9-a.) va Abu Abdulla Jayxoniy (9-10-a.)lar ham geografik asarlar yaratishdi. Farg&#8217;oniy Misrdagi Nil daryosi suvi- ning sathini kuzatish uchun Qohira sh. yonida &#171;miqyos jadidi&#187; \u2014 nilometrni yaratganini alohida ta&#8217;kidlash lozim. Bundan tashqari Quyosh tutilishi, erning yumaloq shaklda ekanligini isbotlagan. Erning o&#8217;lchamlari to&#8217;g&#8217;risida hoz. zamon ma&#8217;lumotlariga juda ham yaqin bo&#8217;lgan kattaliklarni ishlab chiqqan. Abu Zayd ibn Sahl Balxiy (850-934) &#171;suvor ul- aqolim&#187; (&#171;iqlimlar surati&#187;) geografik asarini yozib, unga ko&#8217;pgina xaritalarni ilova qildi, Abu Zayd asarini eronlik Istahriy va Ibn Havqal yana kengayti- rib, &#171;kitob almasolik valmamolik&#187; asa- rini yozdilar. 10-a.da yashagan Arab Geo- graflari Mas&#8217;udiy va Muqaddasiylar, 12-a. olimi Idrisiy o&#8217;z zamonasi ahdini dunyo g.si b-n tanishtirishda katta xiz- mat qildilar. Sharq G.si faniga Beruniy va Ibn Sinoning ta&#8217;siri juda katta bo&#8217;ldi. Beruniyning barcha yirik asarla- ri (&#171;qadimgi xalqlardan qolgan Yodgor- liklar&#187;, &#171;Hindiston&#187;, &#171;Mineralogiya&#187;, &#171;Geodeziya&#187;, &#171;Ma&#8217;sud qonuni&#187;) ko&#8217;p jihatdan g.ga taalluqli. Beruniy Sharqda birinchi bo&#8217;lib globus yasadi, &#171;Ma&#8217;sud qonuni&#187; kitobida 603 joyning geografik koordinatalarini aniqlab yozdi, boshqa bir kitobiga dunyo xaritasi- ni ilova qildi. Beruniy Hindistonda turib, er aylanasining uzunligini o&#8217;lchadi. &#171;Geodeziya&#187; kitobida Amudaryo- ning oqimi o&#8217;zgargani va Qoraqum cho&#8217;lining paydo bo&#8217;lishini tasvirladi va h. k. U nazariy jihatdan ilk bor g&#8217;arbda, Atlantika okeani ortida katta quruqlik mavjudligini ta&#8217;kidlagan. 5 asrdan so&#8217;ng evropaliklar bu quruqlikning Amerika qit&#8217;asi ekanligini kashf et- ganlar. 11-a.da balxlik Nosir Xisrav 7 yil davomida sayohat qilib, 15 ming km yo&#8217;l bosdi \u2014 Movarounnahrdan Afrika shim.gacha, Arabiston va Hindistongacha sayohat qilib, &#171;Safarnoma&#187; kitobini yozdi. Maxmud Koshg&#8217;ariy Markaziy Osiyo- dan kichik Osiyo ya.o.gacha kezib, turkey qabilalarning tili, urf-odatlari, shaharlari, Daryo-ko&#8217;llari, tog&#8217;- yaylovlarini tasvirlagan &#171;Devonu lug&#8217;otit turk&#187; asarini yozib qrldirdi. Kitobga dunyo xaritasi ham ilova qilingan. 13-a. boshida Marv sh.da (hoz. Turkmanistonning Mari sh.dan 30 km sharada) yashagan Abdulla yoqut Hamaviy &#171;Mujam ul-buldon&#187; geografik lug&#8217;atini yozgan. Shim. afrikalik (marokashlik) Arab Ibn Battuta 14-a.ning eng mashhur sayyohidir, u 25 yil mobaynida 100 ming km dan ortiq masofani kezib chiqdi \u2014 Arabiston ya. o., Hindiston, Xitoy, Su- matra o., Movarounnahr, Jan. Evropa va Sahroi Kabirni sayohat qildi. 15-a. bosh- larida Samarqand rasadxonasida temu- riy hukmdor Mirzo Ulug&#8217;bek rahbarligida astronomik va geografik jadvallar tuzi l Di. Ali Qushchi Samarqandda va Istanbulda geografik asarlar yozdi. 16-a. boshida Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga kelib, mashhur tarixiy-geografik asar \u2014 &#171;Boburnoma&#187;ni yaratdi. 15-a. o&#8217;rtasi \u2014 17-a.da Buyuk geografik kashfiyotlar na- tijasida deyarli barcha materiklarning shakli belgilandi, er yuzasining katta qismi tadqiq qilindi, noma&#8217;lum mamla- katlarning tabiati va xo&#8217;jaligi haqida ma&#8217;lumotlar olindi. 17-a.ning 1 &#8212; yarmi- da yashagan gollandiyalik geograf B. Vare- niusning &#171;umumiy geografiya&#187; kitobi o&#8217;sha davrning eng yirik geografik asari bo&#8217;ldi. Varenius birinchi bo&#8217;lib er haqidagi bilimlar sistemasidan umu- miy geografiya va xususiy regional Geo- grafiyani ajratdi. 16-17-a.larda xari- tagrafiya bo&#8217;yicha katta muvaffaqiyatlarga erishildi, xaritagrafik proektsiyalar ishlab chiqildi (g. Merkator). 18-a. oxi- ri va 19-a. davomida Afrika, Jan. Ame- Rika, Avstraliyaning ichki r-nlarida Ge- ografik tadqiqotlar olib borildi. 19\u2014 20-a.larda Markaziy Osiyoda ilmiy tadqiqotlar qilindi. Tabiiy geografiya. O&#8217;zbekistonda, bu-tun O&#8217;rta Osiyodagi kabi, o&#8217;lkaning ta-biiy sharoiti hamda tabiiy resurslarini kompleks tadqiq etish va geografik g&#8217;oyalarning bu jarayon b-n bevosita bog&#8217;liq holda rivojlanishi 4 asosiy il- miy yo&#8217;nalishda amalga oshib, takomilla- sha bordi. Bular: qiyosiy-tasviriy, tabi- iy-tarixiy, ekologik-geografik va regi- onal landshaftshunoslik yunalishlari- D i r . O&#8217;rta Osiyoda tabiiy-geografik tadqiqotlarning qiyosiy-tasviriy (tas- viriy geografiya) yo&#8217;nalishi 19-a.ning 2-yarmi \u2014 20-a. boshida vujudga keldi. Turli hududlarning geografik tasviri- ni yaratishda P. P. Semyonov-Tyanshan- skiy, I. V. Mushketov, A. P. Fedchenko. V. A. Obruchev, V. I. Masalskiy va L. S. Berg kabi rus tabiatshunoslari hissa qo&#8217;shdilar. Bu yo&#8217;nalish N. L. Korjenev- skiyning qiyosiy-tasviriy geografik tadqiqotlarida o&#8217;z ifodasini topdi. Re- spublikada bu ilmiy yo&#8217;nalishda N. G. Malliskiy, O. Yu. Poslavskaya, N. D. Do- limov, M. Q. Qoriev, O. A. Mo&#8217;minov ko&#8217;p yillar ilmiy faoliyat ko&#8217;rsatib, o&#8217;lkaning turli qismlari va butun O&#8217;zbekistonni tabiiy geografik tasvir- lashga munosib hissa qo&#8217;shdilar. O&#8217;zbekistonda geografik t a D q i q o TL a r n i n g t a b i i y &#8212; t a r i x i y yo&#8217;nalishi 20 &#8212; a. boshida o&#8217;lkani ruslar tomonidan o&#8217;rganish jarayonida shakllan- Di. Bu ilmiy yo&#8217;nalish turli hududlar tuproq va o&#8217;simlik qoplamini landshaft- lar fonida majmuali o&#8217;rganish metodi- kasi va metodologiyasiga asoslangan va uning yirik markazi O&#8217;rta Osiyo Davlat un-ti tarkibidagi Tuproqshunoslik va geobotanika in-ti edi. Ekologik-geografik yo&#8217;nalish 1920-30- y.larda shakllandi. Bu yo&#8217;nalishning vakillari ekolog va Ge- ograflar D. N. Kashkarov (1878\u2014 1941) va E. P. Korovin (1891-1963) edi. O&#8217;rta Osiyo cho&#8217;llari va baland tog&#8217;lari o&#8217;ziga xos tabiiy kompleks va &#171;hayot makoni&#187; sifatida qiyosiy ekologik va geografik jihatdan o&#8217;rganildi. Bu maktabning il- miy g&#8217;oyalarini yangi yuqori bosqichga ko&#8217;tarishda Uzbekiston akademiklari zo- oekolog T. 3. Zohidov va botanik-geograf hamda ekolog q. 3. Zokirovlar salmokli hissa qo&#8217;shdi. T. 3. Zohidov cho&#8217;llar ekolo- gik biosenologiyasi, q. 3. Zokirov esa O&#8217;rta Osiyo fitoekologiyasi, o&#8217;simlik qoplamini ekologik toifalashtirish hamda integral balandlik mintaqalari (cho&#8217;l, adir, tog&#8217;, yaylov)ni ajratish masa- lalari bo&#8217;yicha o&#8217;z yo&#8217;riqnomalarini yarat- D i l a r . Regional landshaftshunoslik yo&#8217;nalishi yuqoridagi uch kompleks yo&#8217;nalish va ko&#8217;plab tarmoq geografik yo&#8217;nalishlarning sintezi sifatida Vu- judga keldi. Bu yo&#8217;nalishga doyr ilk tadqiqotlar 1929-30 y.larda olib bo- rildi. O&#8217;rta Osiyo kompleks tabiiy-tari- xiy rayonlashtirildi va ayrim yirik hududlarning landshaft xaritalari tu- zildi. 1943 y. O&#8217;rta Osiyoning ekologik tamoyillar asosida majmuali geogra- FIK rayonlashtirish kontsepsiyasi va sxe- masi yaratildi. 1950-y.lar oxiridan O&#8217;rta Osiyoni tabiiy rayonlashtirish va landshaft xaritalarini yaratish b-n O&#8217;rta Osiyo davlat un-tining geograf olimlari shug&#8217;ullandilar. 1960-70 y.larga kelib, O&#8217;zbekistonda mahalliy landshaftshunos olimlarning safi shakllandi. Ular Mo- skva (P. B. Baratov, A. A. Rafikov, M. U. Umarov, P. N. G&#8217;ulomov, A. Mamatov, B.O. Baxriddinov, O. Raxmatullaev, S. Abdul- laev, I. Abdug&#8217;aniev), Sankt-Peterburg (A. Saidov, M. Rasulov, Sh. Ergashev, T. Rahimov, Yu. Sultonov), Lvov (L. Ali- Bekov, T. Jumaboev), Voronej (A. Abdulqosimov), Boku (S. A. Nishonov), Ashxobod (I. Nazarov), Qozon (T. Ollona- zarov) va Toshkent (Sh. S. Zokirov, I. A. Hasanov, A. Zayniddinov, A. Soatov) landshaftshunoslik maktablariga man- subdirlar. Ularning har biri muayyan hududlarni rayonlashtirish va Land- shaft xususiyatlarini tahlil qilish, ta- biiy resurslarni baholash b-n shug&#8217;ullandilar. Meliorativ geografiya (A. A. Rafiqov, I. A. Hasanov), rekrea- tsiya geografiyasi (3. Mahamatillaev, A. Zokirov), landshaftlar rekultivasiyasi (H. Vahobov) va geokimyosi (I. N. Stepa- Nov, O&#8217;. Abdunazarov, H. Ma&#8217;sudov) bo&#8217;yicha ham tadqiqotlar o&#8217;tkazdilar. O&#8217;zbekiston Respublikasi FA Seysmolo- giya in-ti tarkibidagi Geografiya i. t. bo&#8217;limi 1958 y.dan boshlab geografik tadqiqotlar olib bordi. Tabiiy geografiya, landshaftshunoslik va ekologiyaga doyr tadqiqotlar Toshkent sh.dan tashqari Samarkand (L. Alibekov, A. Abdulkrsimov. O. Rahmatullaev), Jizzax (S. A. Nishonov), Farg&#8217;ona (O. Yu. Sultonov, A. Maqsudov, I. Abdug&#8217;aniev), Buxoro (I. Nazarov), Qarshi (A. Mama- tov, S. Abdullaev) va b. shaharlarda ham olib boriladi. Geomorfologiya. O&#8217;zbekistonda geomor- fologiya va u b-n bog&#8217;liq to&#8217;rtlamchi davr shakllanishi geomorfolog yu. A. Skvor- sov va geolog N. P. Vasilkovskiylar nomi b-n, Respublika geomorfologiyasi- ning keyingi yutuqlari geograf-geomor- fologlardan \u2014 o. Yu. Poslavskaya, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin, M. M. Mamatqulov, E. D. Mamedovlarning ko&#8217;p yillik tadqiqotlari b-n bog&#8217;liq. Meteorologiya va iqlimshunoslik. Bu soha bo&#8217;yicha respublikada mumtoz iqlimshunoslik (klimatografiya), si- noptik meteorologiya va dinamik iqlimshunoslik, mikroiqlimshunoslik, agrometeorologik hamda a g r o i q l i m sh u n o s l i k , bioiqlimshunoslik va shahar iqlimshunosligi ilmiy yo&#8217;nalishlari vujudga keddi. Mikroiqlimiy va agrometeorologik tadqiqotlar 20-y.larda Mirzacho&#8217;lda voha iqlimini o&#8217;rganishga doyr ishlar b-n boshlandi. 1950 &#8212; y.lardan O&#8217;rta Osiyo dav- lat un-tida agrometeorologiya, erga yaqin havo qatlamlari fizikasi bo&#8217;yicha munta- zam tadqiqotlar olib borildi va unda L. N. Babushkin, A. T. Muqminova, M. A. Orifxonova kabi ko&#8217;plab meteorology hamda iqlimshunoslar ishtirok etdi. Agrometeorologik va agroiqlimiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga S. A. Sapojnikova, F. A. Muminov, D. Mat- Murodov, A. S. Hasanov, A. Abdullaev kabi tadqiqotchilar ham munosib hissa q o&#8217;sh D i l a r . Sinoptik meteorologiya va dinamik ik- dimshunoslikka doyr ishlar Toshkentda V. A. Jorjio, V. A. Bugaevlar faoliyati (1930-60 y.lar) b-n bog&#8217;liq. B. A. Ayzenshtat O&#8217;rta Osiyo landshaftla- ri, xususan qumli cho&#8217;llarning balansini o&#8217;rganish b-n shug&#8217;ullandi. Gidrologiya. O&#8217;rta Osiyo gidrologiyasi b-n E. M. Oldekop va L. K. Davidovlar, 1950-70 y.larda tog&#8217;gidrologiyasi b-n V. L. Shuls shug&#8217;ullandi. U O&#8217;rta Osiyoni geografik-gidrologik tamoyillar aso- sida rayonlashtirdi va o&#8217;lka suv oqimining asosiy qonuniyatlarini bayon etdi. V. L. Shulsning rahbarligida L. I. Shalatova, I. R. Alimuhamedov gidro- log tadqiqotchilar etishib chikdi. O&#8217;rta Osiyo gidrologiyasi bo&#8217;yicha ilmiy ishlar o. P. Shcheglova va uning shogird- lari g. E. Glazirin, A. R. Rasulov, R. S. Saidova, F. Hikmatov va b.ning faoliya- ti b-n bog&#8217;liq. Respublikada sel oqimlarini geografik va gidrologik o&#8217;rganish b-n F. K. Kocher- ga, P. M. Karpov, T. Mustafaqulov, R. G. Vafin, V. P. Pushkarenko, S. To&#8217;laganov va A. Saidovlar shug&#8217;ullandilar. Gidrologik tadqiqotlar majmuida Daryo o&#8217;zanidagi dinamik jarayonlarni o&#8217;rganish S. T. Altunin va A. M. Muhamedov rahbarligida amalga oshi- r i l D i . 1960-y.lardan R. A. Alimov, A. 3. Zohidov, V. P. Svetiskiy, N. I. Zudina va b. obikor erlar suv balansi va tuz re- jimini o&#8217;rganish bo&#8217;iicha ishlar olib b o r D i l a r . Xo&#8217;jalikka xizmat ko&#8217;rsatish nuqtai na- zaridan gidrologik bashorat bo&#8217;iicha o&#8217;tkazilgan tadqiqotlar P. M. Mashukov va 3. V. Jorjiolar nomi b-n bog&#8217;liq. Gi- drologik jarayonlarni modellashtirish muammolari bo&#8217;yicha yu.N. Ivanov, Yu. M. Denisovning tadqiqotlari diqqatga sa- zovor. Obikor dehqonchilik b-n bog&#8217;liq gidrologiya muammolari ham olimlar- ning diqqat markazida bo&#8217;ldi (g. N. Tro- fimov, N. K. Lukina, E. M. Vidineeva, Q. Domlajonov va b.). N. L. Korjenevskiy 1930 y. O&#8217;rta Osiyo muzliklarining katalogi (jadvali)ni yaratdi va ko&#8217;pgina tog&#8217;muzliklarini bi- rinchi bo&#8217;lib tavsifladi. Keyinchalik O&#8217;zbekistonda G. E. Glazirin, V. G. Kono- valov, V. F. Suslov, A. S. Shchetinnikov, V. Nozdryuxin, A. A. Kreyter, M. A. No- Sirov, A. Akbarov kabi glyasiolog muta- xassislar etishib chiqdi. O&#8217;rta Osiyo ko&#8217;llarini o&#8217;rganishga olim- lardan N. L. Korjenevskiy, L. A. Molcha- Nov, N. G. Malliskiy, A.M. Nikitin va b. hissa qo&#8217;shdilar. O&#8217;zbekistonda gidrometeorologik tadqiqotlarning asosiy markazlari V.A. Bugaev nomidagi O&#8217;rta Osiyo regional gi- drometeorologiya i. t. instituta (tosh- kent), O&#8217;zbekiston Milliy un-ti, O&#8217;zbekiston faning Geologiya va geofi- zika hamda suv muammolari in-tlaridir. Ilmiy va amaliy gidrologik tadqiqotlar asosan gidrometriya, suv eroziyasi va o&#8217;zan jarayonlarini o&#8217;rganish (A. R. Rasulov, T. Jo&#8217;raev, S. R. Saidova, M. Mirziyotov, F. Xikmatov), gidrokimyo (E. Chembarisov, K. Domlajonov), gidroekologiya (A. Na- zarov, A. Abdurahmonov, 3. Sirliboeva), gidromeliorasiya (Sh. Yunusov, E. Jo&#8217;rabekov) va irrigasiya tarixi (A. Razzoqov), suv resurslarini o&#8217;rganish (Sh. Murodov, S. Karimov, U. Tursunov), muzlikshunoslik (M. A. Nosirov, A. AK- barov), Ko&#8217;lshunoslik (o. Nuriddinov) kabi yo&#8217;nalishlar bo&#8217;yicha muvaffaqiyatli davom etmoqda. Tuproqlar geografiyasi. 1920 y. O&#8217;rta Osiyo un-ti tarkibidagi Tuproqshunoslik va geobotanika in-tida tuproqshunos N. A. Dimo rahbarligida tuproq qoplami geografik landshaftlarning tarkibiy qismi va ko&#8217;zgusi, ayni vaqtda q. x. ishlab chiqarishining asosi hamda resursi si- fatida o&#8217;rganildi. Regional tuproqshunoslikning xilma- xil muammolari ustida A. M. Rasulov, A. Maksudov, H. Maqsudov va A. Ne&#8217;ma- tov, J. S. Sattorov va L. Tursunovlar tadqiqotlar olib borgan. O&#8217;zbekistonda geografik tuproqshunoslik O&#8217;rta Osiyo tuproqlarini geografik, ekologik va Ge- okimyoviy jihatdan o&#8217;rganish asosida ri- vojlandi (O&#8217;. Abdunazarov, H. Ma&#8217;sudov, L. Kamolov va b.). Biogeografiya. Biogeografik tadqiqotlar maktabining asoschilari zo- olog D. N. Kashkarov b-n botanik E. P. K o r o v i n D i r . O&#8217;zbekistonda biogeografik tadqiqotlar ayni vaktda ularning ikki asosiy tarmog&#8217;i \u2014 botanik geografiya va zoogeo- grafiya yo&#8217;nalishlarida ham shakllandi. 1920-40 y.larda o&#8217;lka o&#8217;simliklari va hayvonoti geografik-ekologik o&#8217;rganildi (M. P. Popov, R. I. Abolin, E. P. Korovin, P. A. Baranov, I. A. Raykova, M. M. Sovetkina, I. I. Granitov). O&#8217;zbekistonda botanik geografiyaning rivojlanishi va milliy ilmiy kadrlar- ni etishtirishda akad. K &#8212; 3. Zokirov va O&#8217;zbekiston FA ning muxbir a&#8217;zosi I. I. Granitov salmoqli hissa qo&#8217;shdilar. 1950-y.lardan boshlab o&#8217;simliklar Geo- grafiyasi, ekologiyasi va fiziologiyasi bo&#8217;yicha o&#8217;zbek botaniklaridan \u2014 M. M. Orifxonova, P. Q. Zokirov, X. M. Oxunovning ilmiy asarlari bosilib chiqdi. Shuningdek, botanik-geografik i. t.lar rivojiga D. K. Saidov, M. M. Na- biev, T. A. Odilov, O. X. Hasanov, A. I. Usmonov, O&#8217;. Pratov, S. S. Soatovlar ham muayyan hissa qo&#8217;shdilar. Hayvonlar geografiyasiga doyr tadqiqotlarni O&#8217;zbekistonda zooekolog D. N. Kashkarov va zoogeograf N. A. Bo- brinskiylar olib bordi. O&#8217;zbekiston zo- ogeografiyasining keyingi rivoji T. 3. Zohidov, I. I. Kolesnikov, R. N. Meklen- Bursev, H. Solihboev, G&#8217;. S. Sultonov, V. P. Kostin, G. I. Ishunin va b.ning ilmiy faoliyati b-n bog&#8217;liq. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. Re- spublikada iqtisodiy va demogra-FIK tadqiqotlar 1920-y.lardan boshlangan. Iqtisodchi hamda geograflar g. N. Cher- dantsev, N. N. Kojanov, N. K. Yaroshevich, Yu. I. Poslavskiy, A. I. Golovin va b. iqtisodiy rayonlashtirishning nazariy va amaliy muammolari, O&#8217;rta Osiyo ishlab chiqaruvchi kuchlarini hududiy joylash- tirish hamda ri-vojlantirish masalala- ri, aholi va qishloq aholi turar joyla- rini mufassal o&#8217;rganish muammolari b-n sh u G&#8217;u l l a n D i l a r . 50-y.larda 3. M. Akramov, K. N.Bedrin- tsev, K. I. Lapkinlar q. x.ni iqtisodiy tahlil qildilar. 50-60-y.larda O&#8217;zbekistonning hududiy ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashti- rish, majmuali rivojlantirish, rayon- lashtirish hamda bashorat qilish uch aso- siy ilmiy yo&#8217;nalish \u2014 q. x. geografiyasi, Aholishunoslik, aholi geografiyasi va ijtimoiy geografiya yo&#8217;nalishlarida tadqiqotlar olib borildi. Iqtisodiy rayonlashtirish va majmuali iqtisodiy geografik tadqiqotlar. O&#8217;rta Osiyo va O&#8217;zbekistonni iqtisodiy rayon- lashtirish masalalariga 40-y.larda tosh- kentda yashagan geograf V. M. Chetirkin katta e&#8217;tibor berdi. Keyinchalik uning asosiy fikr va g&#8217;oyalari Z.M. Akramov, K. N. Bedrintsev, A. K. Bedrintsev, I. K. Narziqulov va b.ning ijodiy izlanish- larida ri-vojlantirildi. Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini majmuali o&#8217;rganishga doyr yirik tadqiqotlar 1950-y.larda O&#8217;zbekiston FA ishlab chiqaruvchi kuchlarni o&#8217;rganish kengashi (SOPS) tomonidan boshlab be- rildi. Iktisodiy geografik va majmua- li geografik tadqiqotlarni olib bo- rishda 1958 y. tashkil etilgan O&#8217;zbekiston faning Geografiya bo&#8217;limi katta rol o&#8217;ynadi. Qishloq xo&#8217;jaligi geografiyasi. O&#8217;zbeki ston q. x.ni majmuali o&#8217;rganish va basho- rat qilish, tabiiy sharoit va resursla- riga q. x. nuqgai nazaridan baholashga doyr tadqiqotlar olib borildi (K. I. Lapkin). O&#8217;zbekistonning chorvachiligi- ni (q. A. Abirqulov), agrar-sanoat maj- muini (A. R. Ro&#8217;ziev va A. M. Sodiqov), Farg&#8217;ona vodiysining q. x.ni (o. Abdul- laev) o&#8217;rganish bo&#8217;yicha tadqiqotlar amal- ga oshirildi. O&#8217;zbekistan q. x.ni turli regionlar va tarmoqlar bo&#8217;yicha tashkil etish muammolari o&#8217;rganildi (R. A. Xodi- eV, T. E. Egamberdiev, T. Tojimov, S. S Saidkarimov, T. Jumasv, K. K. Qurbonov, Sh. Azimov, R. U. Usmonov). Aholishunoslik va aholi geografiyasi. Aholishunoslik muammolarini ilmiy o&#8217;rganish N. V. Smirnov, T. I. Raimov, O. B. Otamirzaev, A. S. Soliev, A.A. Qayumovlarning tadqiqotlarida o&#8217;z ifo- dasini topdi. 1960-y.larda Toshkent un-tining geogra- fiya i. t. bo&#8217;limida M. K. Qoraxonov rahbarligida majmuali Aholishunoslik muammolari turli yo&#8217;nalishlarda tadqiq etildi, ayni vaqtda qishloq joylarini o&#8217;rganish boshlandi (R. Valieva, G. R. Asa- Nov, E. Safarov). 1972 y. ToshDU da Aholishunoslik muam- molari i. t. laboratoriyasi ish boshladi. Yirik poytaxt shaharlar (T. I. Raimov, E. Toshbekov) va shahar aglomerasiyalari- ni (o. B. Otamirzaev, N. X. Mamatqulov) hamda umuman regiondagi aholi punktla- ri tizimlari, urbanizasiyaning rivoj- lanishini (T. I. Raimov, O. B. Otamirza &#8212; eV, A. S. Soliev, X. S. Salimov va b.) o&#8217;rganish ham geograflarning diqqat markazida bo&#8217;ldi. O&#8217;rta Osiyoda qishloq aholi turar joyla- rining shakllanishi, hududiy taqsimlanishi va rivojlanishi masala- lari tadqiq qilindi (g. R. Asanov, A. B. Botirov, A. A. Kayumov, T. D. Jumasv, T. Mallaboev, E. S. Safarov, M. Ya. Yangibo- eV va b.). Aholining migrasiyasi (S. N. Kononenko), tabiiy o&#8217;sishi (M. Bo&#8217;rieva, A. G&#8217;aniev), demografik rivojlanishi (A. Sa&#8217;dullaev) masalalari ham o&#8217;rganildi. Ijtimoiy geografiyaning ilmiy-nazariy asoslari ham tadqiq etilmoqda (A. A. Kayumov). Respublikada sanoat geografiyasi (S. Zokirov, N. Sul- tonov va b.), transport geografiyasi, mai- shiy xizmat geografiyasi, geoekologiya va ijtimoiy ekologiyaning iqtisodiy Geo- grafik jihatlari bo&#8217;yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Geografiya tarixi. O&#8217;rtaosiyolik o&#8217;rta asr geograflari va sayyohlari ilmiy merosi- ni o&#8217;rganish b-n H. H. Hasanov shug&#8217;ullandi. O&#8217;rta Osiyo tabiatini 17\u2014 18-a.larda o&#8217;rganish tarixi b-n A. V. Pan- kov va R. L. Yugay shug&#8217;ullandilar. 19-a. ning 2-yarmidagi geografik tadqiqotlar tarixini A. A. Azatyan, 3. N. Donsova. N. I. Leonov, A. M. Ochilov o&#8217;rgandilar. O&#8217;rta Osiyoni 20-a.da geografik va ekolo- gik o&#8217;rganish tarixi masalalarini R. U. Rahimbekov o&#8217;rgandi. O&#8217;rta Osiyo geogra- fiyasi tarixining ayrim masalalari (I. Inog&#8217;omov, A. M. Ochilov, U. Obidov va b.) o&#8217;r g a n i l D i . Xaritagrafiya. O&#8217;rta Osiyo va O&#8217;zbekistonning umumiy geografik xari- talarini tuzish b-n geograf N. L. Korje- Nevskiy shug&#8217;ullandi. E. P. Korovin 1933 y. tuzib, &#171;Urta Osiyo va Kozog&#8217;iston o&#8217;simliklari&#187; monografiyasiga ilova qilgan geobotanik xarita muhim biogeo- grafik, ekologik va geografik ahamiyat kasb etdi. 1920-y.larda xaritagrafiya b-n R. I. Abolin, 1930-50 y.larda I. I. Gra- nitov shug&#8217;ullandi. 1940-50 y.larda O&#8217;zbekistonning geografik jihatdan muhim ahamiyatga molik tuproq va tuproq-iqlim xaritalari nashr etildi. 1960-y.larda &#171;uz-Giprozem&#187; in-ti ish- lab chiqarish hamda o&#8217;quv maqsadlarida 1:1000000 va 1:1500000 masshtabli 10 dan ortiq q. x. xaritasini va landshaft- lar xaritasini nashr etdi. Usha yillarda O&#8217;zbekiston barcha viloyatlarining tabiiy-o&#8217;lkashunoslik o&#8217;quv xaritalari chop etildi (T.M. Mirzaliev). O&#8217;zbekistan xaritagrafiyasining ilmiy markazlari O&#8217;zbekistan millim un- tining Geodeziya va xaritagrafiya kafe- drasi va O&#8217;zbekistan faning Seysmolo- giya i-ti tarkibidagi Geografiya bo&#8217;limidir. ToshDU xaritashunoslari (T. M. Mirzaliev, E. G. Brodskiy, A. E. Egamberdiev, L. M. Qo&#8217;ziboeva, L. G. So- lieva) tashabbusi va ishtirokida 1981 y. O&#8217;zbekistonning birinchi o&#8217;quv ma&#8217;lu- motnomali atlasi rus va o&#8217;zbek tillarida nashr etildi. Geografiya bo&#8217;limi 1981-2000 y.larda O&#8217;zbekistonning 70 bosma taboqdan ziyod akademik atlasi, Toshkent shahrining at- lasi, paxtachilik va tibbiy-geografiya atlaslari, &#171;Turkiston \u2014 umumiy uyi- miz&#187; albom atlasi, O&#8217;zbekistonning eko- logik xaritasidan tashqari tabiatii muhofaza qilish, cho&#8217;llashish va Land- shaft xaritalarini nashr qildi. L. X. G&#8217;ulomova xaritagrafik tadqiqotlarda kosmik usullardan foydalanish bo&#8217;yicha, M. Asomov, Sh. Buzrukov, A. Bozorboev, J. Koraboev, T. Qoraboevalar xaritagra- fiyaning turli yo&#8217;nalish va mavzulari bo&#8217;yicha tadqiqotlar olib bormoqdalar. Geografiya bo&#8217;limi respublika hududini majmuali tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy geografik o&#8217;rganish, tabiiy muhitni muhofaza qilish muammolari va tabiatiing inson ta&#8217;sirida o&#8217;zgarishini bashorat qilish, mavzuli va hududiy at- Las va xaritalar tuzish masalalari b-n shug&#8217;ullanadi. Bo&#8217;lim tarkibida o&#8217;lkani majmuali geografik bashoratlash, atrof muhit muhofazasi, xaritagrafiya va ma- sofadan tadqiq etish lab.lari faoliyat ko&#8217;rsatmoqaa. Bo&#8217;limda hozirgacha 8 ta doktorlik va 50 dan ziyod fan nomzodligi dissertasiyalari himoya qilindi. Bo&#8217;lim Rossiya, Xitoy, Frantsiya, Germaniya va MDH davlatlari FA larining i. t. muas- sasalari b-n ijodiy hamkorlik qilmoqda. O&#8217;zbekistonda geografik tadqiqot ishlari va geograf kadrlar tay- yorlash ishlari b-n Mirzo Ulug&#8217;bek nomi- dagi O&#8217;zbekiston millim un-ti, Alisher Navoiy nomidagi Samarkand davlat un- ti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat ped. un-ti, viloyat un-tlari shug&#8217;ullanadi. Amaliy geografiya hoz. zamon geografik tadqiqot yo&#8217;nalishlaridan biri. Asosiy maqsadi geografik ilmiy va amaliy bi- limlarni yanada chuqurroq taxlil qilish, tabiat va jamiyatdagi mavjud hamda Vu- judga kelayotgan turli tabiiy-geogra- FIK, geoekologik hamda ijtimoiy va iqtisodiy-geografik muammolarni hal qilishdan iborat. Bu soha tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geogr. hamda xari- tagrafiya fanlariga tegishli. Yana q. Amaliy geografiya. Geografiya ta&#8217;limi. O&#8217;zbekistan hududida G. 18-19-a.larda madrasalarda umumiy holda, 19-a.ning 80-y.larida rus-tuzem maktablarida, 1900 y.dan yangi usul MAK- tablarida dastur bo&#8217;yicha o&#8217;qitildi. 19-a. 90-y.laridan g.dan birinchi o&#8217;quv qo&#8217;llanmasi \u2014 &#171;er xususida ilmdan olingan so&#8217;zlar&#187; o&#8217;zbek tilida nashr etil- Di. 1880-y.larda Hoji Yusuf Hay&#8217;atiy (1842-1924) geografik globus yasadi. 1905 y.da yangi usul maktablari uchun &#171;Turkiston va unga yondosh mamlakatlar- ning xaritasi&#187; nashr qilindi. 20-a.da Turkistonda geografiya ta&#8217;limi rivojlandi. M. Behbudiyning &#171;Qisqacha umumiy geografiya&#187; (1902), &#171;aholi Geo- grafiyasiga kirish&#187; (1903), Fotih ka- Rimning &#171;Geografiya&#187; (1914), Muhammad Aminkarimiyning &#171;Jugrofiyai Riyoziy&#187; (1914), Munavvarqori Abdurashidxon o&#8217;g&#8217;lining &#171;er yuzi&#187; (1915), N.I. Bala- shovning &#171;Turkiston geografiya o&#8217;qumligi&#187; (1922) darsliklari nashr etildi. 1930 y.dan 1990 y.gacha umumiy ta&#8217;lim maktablari- da faqat O&#8217;zbekiston tabiiy va iqtisodiy geogr.si mahalliy mualliflar yozgan darslik va qo&#8217;llanmalar asosida o&#8217;qitildi. G.ni o&#8217;qitish metodikasi bo&#8217;yicha o&#8217;quv qo&#8217;llanmalari, darsliklari nashr qilindi. G.ga oid o. Ibrohimovning &#171;Geografiya terminlari&#187; (1935), M. Bek- Temirov va Saidrasulovning &#171;qisqacha ruscha-O&#8217;zbekcha geografiya terminlari lug&#8217;ati&#187; (1940), N, Dolimov va b.ning &#171;Geografik terminlarning qisqacha ruscha-O&#8217;zbekcha lug&#8217;ati&#187; (1953), H.H. Hasanovning &#171;geografik terminlar lug&#8217;ati&#187; (1964), S. Qoraev, P. G&#8217;ulomov, R. Rahimbekovning &#171;geografik terminlar va tushunchalar izohli lug&#8217;ati&#187; (1979) yaratildi. Bu davrda oliy geog. ta&#8217;limi ham ancha rivojlandi. davlat un-tlari va pedagogika in-tlarida g. f-tlari Ochil- Di. Oliy maktablar uchun g.dan darslik va o&#8217;quv qo&#8217;llanmalari o&#8217;zbek tiliga tar- jima qilindi hamda yangilari yozildi. G. ta&#8217;limining yangi davlat standarti, o&#8217;quv dasturlari ishlab chiqildi. Bir qancha yangi darsliklar, o&#8217;quv qo&#8217;llanmalari, geografik terminlar lug&#8217;ati va xaritalar yaratildi. Ad.: Preobrajenskiy V. S. i dr., Geogra- fiya v menyayutshemsya mire. Vek XX. M., 1997, 274 s; Hasanov H., O&#8217;rtaosiyolik Ge- ograf va sayyohlar, T., 1964; Qoriev M., O&#8217;rta Osiyo tabiiy geografiney, 2-nashr, T., 1968. Ziyovuddin Akramov, Asomiddin Rafi- sov, Shuhrat Azimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Geografiya (Yun. Geo&#8230; va &#8230;grafik) \u2014 Erning geografik qobig&#8217;i, uning struktura va dinamikasi, alohida kom- ponentlarini hududlar bo&#8217;yicha o&#8217;zaro ta&#8217;siri va taqsimlanishini o&#8217;rganadigan fanlar majmui. Antik dunyo G&#8217;arb olim- lari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/geografiya-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130512","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130512","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130512"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130512\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130527,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130512\/revisions\/130527"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130512"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130512"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130512"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}