{"id":130515,"date":"2024-06-09T13:33:44","date_gmt":"2024-06-09T10:33:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130515"},"modified":"2024-06-09T13:33:52","modified_gmt":"2024-06-09T10:33:52","slug":"geologiya-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/geologiya-3\/","title":{"rendered":"Geologiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Geologiya (Geo&#8230; va &#8230;logiya) \u2014 er po&#8217;sti va erning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dast- labki davri uzoq o&#8217;tmishdan boshlanib tog&#8217;jinslari, minerallar, rudalar haqidagi ma&#8217;lumotlar b-n bog&#8217;liq. G. ter- minini birinchi marta norvegiyalik olim M. P. Esholt (1657) ishlatgan. G.ning umumiy metodi qiyosiy-tarixiy metod bo&#8217;lib, o&#8217;tmishni bilish, zamona- viy taraqqiyotni o&#8217;rganish orqali bo&#8217;ladi (k,.Aktualizm). 18-a. va 19-a boshlarida G. tabiatshunoslikning mustaqil tarmog&#8217;iga aylandi (xorijda u. Smit, A. G. Verner, J. Getton, Ch. Layel, M. V. Lomonosov, V. M. Severgin). Hoz. G. bir necha tarmoqlardan iborat: stratigra- fiya, tektonika, dinamik, dengiz geologi- yasi, mineralogiya, petrografiya, litolo- giya va geokimyo, foydali qazilmalar G.sidan iborat. G. tabiiy geografiya, Geo- fizika (&#171;qattiq&#187; er fizikasi), Kristal- lografiya, paleontologiya va b. fanlar b-n yaqindan bog&#8217;liq. Amaliy ahamiyatga ega bo&#8217;lganlari: gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, geokriologiya va b. Shuningdek, boshqa tabiiy fanlar bilan tutashgan joyida tarkib topgan yangi yo&#8217;nalishlar \u2014 petrokimyo, Petro- fizika, tektonofizika va b. G.ning alohida tarmoqlarini tashkil etadi. G.da 3 asosiy yo&#8217;nalish mavjud: tavsifiy G. \u2014 minerallar, tog&#8217;jinslari, ular- ning tarkibi va yotish shaklini o&#8217;rga- nadi; dinamik g.\u2014 geologik jarayonlar va ular evolkshiyasini tadqiq qiladi; tarixiy g. va geoxronologiya \u2014 er pusti rivojlanishining izchilligini o&#8217;r g a n a D i . G. Er yuzasida (yoki oz chuqurlikda) bo&#8217;ladigan jarayonlarni o&#8217;rganishda tabi- iy geogr. fanlari (geomorfologiya, Glya- tsiologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanshunoslik va b.) yutuqlaridan foy- dalanadi; chuqurlikdagi jarayonlar, ra- diologik yoshni aniqlashda, geologik kddiruv va razvedkada geokimyo va geofi- zika metodlari qo&#8217;llaniladi (&#171;qattiq&#187; Er fizikasi, seysmologiya b-n birga). G. fan sifatida odamlarning amaliy FA- oliyati negizida tarkib topdi va rivoj- landi. Uzoq o&#8217;tmishda odamlar temir, mis, oltin kabi sof metallar qatori qalay, mis birikmalariga boy rudalarni ham topa bilganlar. Shuningdek, ular Erning, tog&#8217;jinslarining hosil bo&#8217;lishi, quruqlik va dengizlarning tarqalish ma- salalarini hal etishga ham uringanlar. Yunon faylasufi Fales atrofdagi hamma narsalar suvdan hosil bo&#8217;lgan va so&#8217;ngra qaytadan suvga aylangan deb hisoblagan. Mil. AV. 6-5-a.larda tog&#8217;te- palarida dengiz mollyuskalarining toshqotgan chig&#8217;anoqlari topilganda. Strabon (mil. AV. 63 y. \u2014 mil. 1-a. ning 20-y.lari) er doimiy o&#8217;zgarishda, harakatda bo&#8217;lib goho ko&#8217;tarilgan, nati- jada Orol va qit&#8217;alar hosil bo&#8217;lgan, goh qaytadan cho&#8217;kkan, degan fikr yuritgan. 18-a.ning 2-yarmida g. fan bo&#8217;lib shak- llandi. Rus olimi M. V. Lomonosov &#171;Er qatlamlari haqida&#187; (1763) asarida tabi- atiing qonuniy evolyusiyasi g&#8217;oyasini olg&#8217;a surdi. Shotland geologi J. Getton &#171;Er nazariyasi&#187; (1788) kitobida er tari- xini davriy ravishda bir kontinentning yo&#8217;q bo&#8217;lishi va yangi kontinentning Vu- judga kelishining to&#8217;xtovsiz takrorla- nuvchi tsikllaridan iborat deb tasvirla- gan. 18-a.ning oxiri \u2014 19-a.ning boshida U. Smit, J. Kyuve, P. S. Pallas, D. I. Sokolovlar stratigrafiya va geologik yilnomaga asos soldilar. M. V. Lomono- sov va K. Goff (19-a.ning 1-yarmi) aktua- lizm printsipini ishlab chiqdilar. G. na- zariy asoslarining keyinchalik rivojlani-shi 1829 y.da eli de Bomon yaratgan kontraktsiya nazariyasi (bu naza- riyaga ko&#8217;ra tektonik harakatlarning sa- babchisi er yadrosining qisqarishi bo&#8217;lgan) va Amerika olimi J. Xoll (1811-98) tomonidan ishlab chiqilgan geosinklinallyar to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limot asosida bo&#8217;ldi. 1930-y.larda g.dan neft va gaz geol.si mustaqil soha bo&#8217;lib ajra- lib chikdi. Bu sohaning asoschisi I. M. Gubkin neft va gaz konlarining orga- nik yo&#8217;l b-n paydo bo&#8217;lishi to&#8217;g&#8217;risida yangi gipoteza yaratdi va natijada Volga- Ural oralig&#8217;ida &#171;ikkinchi Boku&#187; neft koni topiddi. O&#8217;zbekistan hududida foydali qazilmalarni izlab topish va o&#8217;rganish juda qadim vaqtlardan boshlangan. Geo- logik izlanishlar o&#8217;rta osiyolik olimlar \u2014 Xorazmiy, Farg&#8217;oniy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning asar- larida o&#8217;z aksini topgan. Minerallar va ularning tasnifiga Abu Ali ibn Sino ham ko&#8217;p ahamiyat bergan. Uning &#171;Shifo kitobi&#187; asarida toshlar, avvalo, mayda gil cho&#8217;kindilarining bir-biriga yopishu- VI, so&#8217;ngra qotishi tufayli paydo bo&#8217;lganligi ta&#8217;kidlanadi. U osmondan tushgan tosh (meteorit)lar haqida ham o&#8217;z fikrini aytgan. Ibn Sino tog&#8217;hosil bo&#8217;lish va zilzilalar sababini tushunti- rib, quruqliklar bir necha bor dengiz b-n almashinib turganligini ta&#8217;kidlaydi. Beruniyning minerallar haqidagi asar- lari ayniqsa katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. U &#171;Mineralogiya&#187;, &#171;Kimmatbaho toshlarni o&#8217;rganish uchun ma&#8217;lumotlar to&#8217;plami&#187; kabi asarlarida 50 dan ortiq mineral va ma&#8217;dan: oltin, kumush, mis, temir, qalay, margimush va ayrim mis qotishmalari va b. to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot berib, Movarounnahrda qanday konlar borligini aytgan. Minerallarni qattiqligi, s. of. kabi fizik xossalari- ni o&#8217;rgangan. Erning yoshini aniqlashda ham olimning hissasi bor. O&#8217;rta Osiyo hududini rejali ravishda urganish I. V. Mushketov faoliyati b-n bog&#8217;liq (19-a.). U O&#8217;rta Osiyoning to&#8217;liq, haqiqiy ilmiy geologik va tektonik sxemasini tuzdi. 20-a. boshlarida K. I. Bogdanovich, V. N. Veber, D. V. Nalivkin, V. A. Obruchev va b. tadqiqot ishlari olib borishgan. O&#8217;zbekistonda geologik tadqiqotlar olib borish 1920-y.lardan keyin jadallashdi. O&#8217;rta Osiyo davlat un-ti (Toshkent)ning fizikamatematika f-tida geolog olim- lar o. K. Lange, M. M. Protodyakonov, A. S. Uklonskiy, V. G. Muxin, N. F. Bezob- razovalar rahbarligida geolog mutaxas- sislar bo&#8217;limi tashkil etildi. 1920-y.lar o&#8217;rtalaridan geologik tadqiqot ishlari Markaziy geol. tashki- lotlaridan tashqari joylardagi muassa- salarda ham olib borildi. O&#8217;zbekistonda geol. xizmati tashkil etildi. 1928 y.da Toshkentda geologlarning s&#8217;ez- Di chaqirildi. S&#8217;ezd O&#8217;rta Osiyoda olib borilgan geologik tadqiqotlarga yakun yasadi. S&#8217;ezdda O&#8217;rta Osiyoning kumir, neft, oltingugurt, rangli metallar, no- dir metallarga boy ekanligi e&#8217;tirof etildi. 1930-40 y.larda regional g.ga oid ishlar qilindi va ayrim kon va r-nlar mukammal tekshirildi. 1931 y.da O&#8217;rta Osiyo davlat un-ti huzurida O&#8217;rta Osiyo geol. va qidiruv boshqarmasi tash- kil kilinib, 1933 y.da O&#8217;rta Osiyo indu- striya in-tining kon f-tiga aylantiril- Di. 1932 y.da Fanlar qo&#8217;mitasi tuzildi. Uning qoshida gidrogeologiya va muhandislik geol. yasi, geol. va minera- logiya sektorlari ishlay boshladi. 1937 y.da O&#8217;zbekistonda geologiya i. t. institu- ti tashkil etildi, natijada geol.ning deyarli hamma sohalari bo&#8217;yicha yuqori malakali olimlar etishtirish imkoniya- ti yaratildi va i.t. ishlari avj oldi. O&#8217;sha yili O&#8217;zbekistonning mayda mas- shtabli geologik xaritasi va unga oid uch jildli &#171;O&#8217;zbekiston geologiyasi&#187; asari (1937-39), shuningdek O&#8217;zbekistonning mineral xom ashyo boyliklarini tadqiq qilinishiga bag&#8217;ishlangan yirik ilmiy asarlar nashr etildi. A. V. Korolevning &#171;Olmaliqning strukturasi va metallo- geniyasi&#187;, V. N. Nasledovning &#171;G&#8217;arbiy Tyanshan va O&#8217;zbekiston metallogeniyasi- ning asosiy belgilari&#187; va b. ilmiy asar- larida O&#8217;rta Osiyo rudali r-nlarining geologik tuzilishi va ruda konlari tas- virlab berildi. H. M. Abdumasv &#171;O&#8217;rta Osiyoning sheelit- li skarn konlari&#187; (1947) ilmiy asarida sheelitli skarnlar, ularning istiqbollari haqida yangi nazariyani olg&#8217;a surdi. Uning rahbarligida otqindi jinslar b-n rudali konlarning genetic bog&#8217;liqligi haqidagi muammo ustida ish olib borildi. Bu tadqiqotlarga H. M. Abdullaev &#171;Rudalanishning granitoid intruzivlar b-n genetik bog&#8217;likligi&#187; asarida yakun yasadi. Bu asar O&#8217;zbekistonda birinchi bo&#8217;lib Davlat mukofotiga sazo- vor bo&#8217;ldi (1959). Olimning ilmiy FIK- rlarini O&#8217;zbekistan faning akad.lari H. N. Boymuhamedov, I. H. Hamroboev, H. A. Akbarov, muxbir a&#8217;zolari E. M. Isamuhamedov va prof.lar q. L. Boboev, I.M. Mirxo&#8217;jaev, R. A. Musin va b. yanada rivojlantirdilar. Ular erning chuqur qatlamlarida sodir bo&#8217;ladigan jarayon- lar b-n genetik bogliq bo&#8217;lgan endogen konlarni vertikal zonalar bo&#8217;ylab joy- lashishi haqidagi nazariyani ishlab chik- dilar. Bu nazariya asosida Uzbekiston- ning metallogenik xaritasi tuzildi. 1960-y.lardan O&#8217;zbekistonda geologik tadqiqotlar atroflicha olib borildi. Petrometallogenik tadqiqotlar (H. M. Abdullaev, I. H. Hamroboev, E. M. Isamuhamedov, H. N. Boymuhamedov, Q. L. Boboev, T. Sh. Shoyoqubov, T. N. Doli- mov), mineral geokimyoviy tadqiqotlar (A. S. Uklonskiy, 3. M. Protodyakonov, S. T. Badalov), litologik, gidrogeologik (V. I. Popov, N. P. Petrov, O. M. Akramxo&#8217;jaev, A. G. Boboev, V. I. Troits- kiy), gidrogeologik (X. T. To&#8217;laganov, M. M. Krilov, N. A. Kenesarin, N. N. Toji- Boev, S. Sh. Mirzaev), muhandislik geol. si (F. O. Mavlonov), geofizika (E. M. Bu- tovskaya, V. I. Ulomov, F. Zunnunov va b.), geotektonika va regional geologiya va b. tadqiqotlar (M. A. Ahmadjonov, O. M. Borisov), seysmologiya tadqiqotlari, me- tamorfizm tadqiqotlari (I. M. Mirxo&#8217;jaev) keng ko&#8217;lamda olib borildi, respublikada ko&#8217;p oltin, gaz va neft konlari topildi. Keyingi paytlarda O&#8217;zbekistan geology olimlari tomonidan Tyanshan tog&#8217;larining Ural toglari b-n genetic bog&#8217;liqligi to&#8217;g&#8217;risidagi fikr olg&#8217;a Su- rildi. Bu muammoning ijobiy hal qilinishi b-n Tyanshan tog&#8217;larida Uralga xos metall konlarini qidirish maqsadga muvofiq bo&#8217;ladi, tog&#8217;tizmalari orasida joylashgan cho&#8217;llarning bag&#8217;rida turli metall konlarini qidirib toppish istiqbollarini kengaytiradi. Qizilqumda va Sulton Uvays tog&#8217;larida Ural tog&#8217;lariga xos oltin, temir, nikel kabi konlarning ochilishi yuqoridagi muammoni ijobiy hal qilishga olib k e l m o q D a . O&#8217;zbekistan geol.sini o&#8217;rganish, turli masshtabdagi maxsus geologik xaritalar tuzilganliga, mineral xom ashyo konlari- ning ochilishi, ularni razvedka qilib va i. ch.ga topshirilganligi O&#8217;zbekiston Ge- ologiya va mineral resurslari davlat qo&#8217;mitasi geolog mutaxassislari olib borgan ishlarining mahsulidir. Keyingi yillarda geolog olimlar okean- lar tubining tuzilishi, tarkibini o&#8217;rganishga kirishdilar. Okean tubidagi cho&#8217;kindi jinslar ichida temir, marganes, polimetallar borligi, shuningdek ocean qirg&#8217;oqlarida tuz cho&#8217;kindilari va ular b-n neft va gaz qatlamlari bog&#8217;liq ekan- ligi ma&#8217;lum bo&#8217;ldi. Okean tubida tarqalgan jinslarning tarkibiy tuzi- lishi va ularning hosil bo&#8217;lish payti va sharoitlari mukammal o&#8217;rganildi. Olin- gan ma&#8217;lumotlar asosida okean tubining tobora kengayib borayotganligi haqida yangi gipoteza ishlab chiqildi. O&#8217;zbek geol. maktabi respublikada ham, undan tashqarida ham geol.ga oid ilmiy i. ch. vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilgan ko&#8217;plab mashhur geolog olimlarni etishtirdi (H. M. Abdullaev, O. M. Akramxo&#8217;jaev, H. N. Boymuhamedov, N. P. Vasilkovskiy, V. G. Garkoves, E. M. Isamuhamedov, N. A. Kenesarin, A. V. Korolev, G&#8217;. O. Mavlonov va b.). Hoz. paytda geol.ning paleontologiya va stratigrafiya, dinamik geol., petrolo- giya, paleogeografiya, tektonika, geofizi- ka, mineralogiya va b. sohalari bo&#8217;yicha i. t. ishlari uzr Davlat Geologiya va mine- ral resurslar qo&#8217;mitasi tasarrufidagi ilmiy tadqiqot in-tlarida, O&#8217;zbekiston FA Geologiya va geofizika in-tida hamda UzMU va ToshDUda bajarilmoqda. Ad.: Abdullaev X. M., Sobr. soch., t. 1-7, T., 1964-69; Akramxodjaev A. M ., Lito- logiya neftegazonosnix melovix otloje- niy Ferganskoy depressii, T., 1960; ob- ruchev V. A., Geologiya asarlari, T., 1955; Endogennie rudnie formasii O&#8217;zbekistana, T., 1968; Geologiya gazovix mestorojdeniy O&#8217;zbekistana, T., 1971. Muxtor Ahmadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Geologiya (Geo&#8230; va &#8230;logiya) \u2014 er po&#8217;sti va erning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dast- labki davri uzoq o&#8217;tmishdan boshlanib tog&#8217;jinslari, minerallar, rudalar haqidagi ma&#8217;lumotlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/geologiya-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130515","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130515","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130515"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130515\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130530,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130515\/revisions\/130530"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130515"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130515"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130515"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}