{"id":130516,"date":"2024-06-09T13:33:45","date_gmt":"2024-06-09T10:33:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130516"},"modified":"2024-06-09T13:33:54","modified_gmt":"2024-06-09T10:33:54","slug":"geometriya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/geometriya\/","title":{"rendered":"Geometriya"},"content":{"rendered":"\n<p>Geometriya (Geo&#8230; va metriya) \u2014 mat. ning predmet shakllari va shakily munosabatlarini o&#8217;rganadigan bo&#8217;limi. Er o&#8217;lchash b-n bog&#8217;liq ravishda paydo bo&#8217;lgan. Nomi shundan. Mas, ochiq tsilin- drsimon idishning shakli, hajmi, sirti- ning yuzi g. o&#8217;rganish ob&#8217;ektlari, uning rangi yoki qanday moddadan yasalgani esa G.ni qiziqtirmaydi. Shuningdek, aso- si doyra bo&#8217;lsa ham, shaklda ellips b-n tasvirlanishi g.ga mansub munosabat- dir. G. tu-shunchalarni mavhumlashtirib, ideallashtirib o&#8217;rganadi. Mac, tsilin- drsimon idishning asosi doiradan bir oz farq qilishi, yasovchisi to&#8217;ppa-to&#8217;g&#8217;ri bo&#8217;lmasligi mumkin, sirti qalinlikka ega, asosi b-n yon sirti tik tutashmay, silliqlangan bo&#8217;ladi, lekin g.da bu kabi tafeilotlar soqit qilinadi. Shun- Day yo&#8217;l b-n o&#8217;lchamlarga ega bo&#8217;lmagan nuqta, har ikki tomonga cheksiz davom etuvchi to&#8217;g&#8217;ri chiziq kabi tushunchalar, parallellik, simmetriklik kabi mu- nosabatlar hosil qilinadi. Buning evaziga tatbiq doirasi juda keng, ma&#8217;lum ma&#8217;noda mutlaq va univer- sal tabiatli qonuniyatlar aniqlanadi. G.ga oid dastlabki ma&#8217;lumotlar qad. Bobil va Misrda kuzatuv yo&#8217;li (empi- rik usul) b-n to&#8217;plangan. Mas, bir juft parallel to&#8217;g&#8217;ri chiziqni uchinchi to&#8217;g&#8217;ri chiziq kesib o&#8217;tsa, hosil bo&#8217;lgan 8 ta bur- chakdan to&#8217;rttadani o&#8217;zaro teng; tomonlari 3, 4 va 5 birlik bo&#8217;lgan uchburchakning bir burchagi to&#8217;g&#8217;ri. Geometrik xossalarni to&#8217;plash yunonlar tomonidan davom et- tirilgan. Bu muammo ustida mushohada ayrim dalillarni boshqalaridan sof mantiqiy yo&#8217;l b-n chiqarishga olib kel- gan. Tayin geometrik xossani mantiqiy mushohada b-n keltirib chiqarish isbot, isbotlangan xossa esa teorema deb ata- la boshlagan. Dastlabki shunday dalil- lardan biri Fales (mil. AV. 625-548 y.lar) teoremasidir. Yunon faylasufi Pifagor akademiyasida mantiq va mat. muhim o&#8217;rin tutib, muntazam teorema- lar isbotini izlash b-n shug&#8217;ullanishgan. Tabiiyki, bunda imkoni boricha oz da- lildan boshqa barcha dalillarni kelti- rib chiqarishga urinilgan. Bu urinish- lar yakuni sifatida Evklid o&#8217;zining mashhur &#171;Negizlar&#187; asarini yaratadi. Bu asar nafaqat mat. tarixida, balki umu- man tafakkur taraqqiyotida beqiyos o&#8217;rin tutib, 2000 yil da-vomida mantiqiy mushohada namunasi bo&#8217;lib xizmat qildi. &#171;Negizlar&#187; da Evklid nuqta, to&#8217;g&#8217;ri chiziq, tekislik, tenglik, to&#8217;g&#8217;ri chizik yoki tekislikning nuktadan o&#8217;tishi (in- tsidentlik) kabi tushunchalarni asos qilib olib, kesma, burchak, ko&#8217;pburchak, parallellik, perpendikulyarlik kabi tushunchalarga ta&#8217;rif beradi. Xuddi shu singari 10 ta geometrik dalilni isbot- siz qabul qiladi (ular aksiomalar va postulatlar deb atalgan) va birin-ke- tin teoremalarni keltirib chiqaradi. Qad. Misr va Bobilda g. amaliy ehtiyojlar: maydonlar yuzini o&#8217;lchash, navigasiya, astronomiya, me&#8217;morlik ma- salalarini hal qilish uchun vujudga kelgan bo&#8217;lsa, Yunonistonda g. san&#8217;at sifatida ham rivojlanib, yuksak na- tijalarga erishdi. Xususan, tsirkul va chizg&#8217;ich yordamida shakllar yasash rivoj topdi. Yunonlarning bu sohada erishgan darajasi shundan ham ko&#8217;rinadiki, ular qo&#8217;ygan muntazam ko&#8217;pburchaklar yasash ma- salasi 1796 y. (K. F. Gauss), doyra kVA- draturasi masalasi esa 1882 y.dagina (F.Lindemann) hal qilindi. Yunonlar doira va b. ayrim egri chiziqli shak- llar yuzlari, piramida, konus va shar hajmlarini hisoblashda integral hisob elementlari qo&#8217;llaganlar (Arximed va b.). Pergalik Apolloniyga mansub konus kesimlari nazariyasini esa shubhasiz yunon g.sining gultojisi deyish mumkin. Mil.ning 3-asridan keyin yunon G.si umuman madaniyat b-n birga inqiroz tomon yuz tutdi, lekin g. Arab sharqi mamlakatlari, O&#8217;rta Osiyo va Hindistonda taraqqiy qila bordi. 7-8-a.lar davomida Hindistonda g.ga oid ayrim yutuqlar qo&#8217;lga kiritilgan bo&#8217;lsa ham (mas, aylanaga ichki chizil- gan to&#8217;rtburchak yuzi uchun Brahmagupta formulasi), fan tarixidagi uyg&#8217;onish 9-a.dan Arab tilida ijod qilgan yaqin va O&#8217;rta Sharq, xususan, o&#8217;rta osiyolik olimlar faoliyati b-n bog&#8217;liq. Ahmad al- Farg&#8217;oniy stereografik proektsiyaga oid Ptolemey qoldirgan teoremalarning isbotini berdi, tekislik trigonometri- yasi va sferik trigonometriya yaratildi (Battoniy, Beruniy, Nasriddin Tusiy, Abul-vafo va b.). Algebra geometriyaga va geometriya algebraga tatbiq qilina boshladi. Bu g&#8217;oyalar 16-a.dan Evropa olimlari tomonidan rivojlantirilib, analitik geometriyaga asos solindi, (P. Ferma, R. Dekart). Shu davrdan boshlab me&#8217;morlik va tasviriy san&#8217;at yuksalishi munosabati b-n perspektiv akslantirish xossalari o&#8217;rganildi va proektiv geome- triya vujudga keldi. 18-a.da differentsi- al va integral hisob ixtiro qilingach, g. masalalarini echishning standart usul- lari ishlab chiqildi va silliq chiziqlar hamda sirtlarni o&#8217;rganuvchi differen- tsial geometriya rivojlandi. Yassi chiziq, fazodagi chiziq va sirt mos ravishda x = x ( t ) U = AO x = x(t) u = y{t) z = z(t) x = x(u, v) = y(u,v) = z(u,v) ko&#8217;rinishdagi formulalar b-n beri- ladi. Mac, x=(&#8216;\/J+rcosv\/)cosi\/, y-(R+ +rcosv)s&#8217;inu, z\u2014rsinv tenglamalar tor deb ataluvchi sirt hosil qiladi (5-rasm). Agar bu erda u-2t, v=3r deb olin-sa, tor ustida yotuvchi chiziq ten &#8212; glamasi hosil qilinadi (u tugunli bo&#8217;lib, uch yaproq deb ataladi). B. Riman kichik bo&#8217;laklari yuqoridagi kabi si- stemalar b-n beriladigan ob&#8217;ektlar u-ixtiyoriy o&#8217;lchamli Qurama (manyfold) tushunchasini kiritdi. Shundan so&#8217;ng g. butun mat. uchun kuchli qurolga aylan- Di (S. Li, E. Kartan va b.). Xususan, bu yondashuv nisbiylik nazariyasida muhim tatbiqlar topdi. 19-a. oxiri va 20-a. boshida chiziqlar, sirtlar va quramalarning go&#8217;yo rezinkadan yasal- gan deb istalgancha deformasiyalaganda o&#8217;zgarmaydigan xossalari yig&#8217;ilib bordi. Ularni o&#8217;rganishda differentsial hisob usullari etmas yoki ojizlik qilar edi. Mas, Myobius yaprog&#8217;ining faqat bitta tomoni borligi, uch yaproq tugunini echib bo&#8217;lmasligi shunday xossalarga kiradi. Bu masalalar g.ning yangi bo&#8217;limi \u2014 to- pologiya tug&#8217;ilishiga olib keldi. U esa, o&#8217;z navbatida, 20-a. mat.sini ifodalovchi G., algebra va funktsiyalar nazariyasining sintezidan iborat yo&#8217;nalish \u2014 xilma-xil fazolarni o&#8217;rganishga poydevor bo&#8217;ldi. Evklidning &#171;negizlari&#187; 2000 yil da- vomida mantiqiy qat&#8217;iylik namunasi bo&#8217;lib kelganligiga qaramay, uning ayrim o&#8217;rinlariga tanqidiy nazar b-n qaralib takomillashtirilgan: boshlang&#8217;ich tushun- chalar tarkibi qayta ko&#8217;rib chiqilgan, nuqtalarning tartibiga oid va uzluk- sizlik aksiomalari b-n to&#8217;ldirilgan, qator aksiomalar esa boshqalari orqali isbotlanib, teoremalar qatoriga o&#8217;tkazilgan. Bu ish D. Gilbertning &#171;Geo- metriya asoslari&#187; asarida yakunlandi. Deyarli Evklid zamonidan boshlab uning 5-postulati yoki unga teng kuchli paral- lellik aksiomasini isbotlashga juda ko&#8217;p urinilgan (jumladan, Nasriddin Tusiy, Umar Xayyom, I. G. Lambert), chun- ki matematiklarda u teorema bo&#8217;lishi ke- rak degan ishonch hukm surgan, xilma-xil &#171;isbotlar&#187; ham taklif etilgan, lekkn bu isbotlarning barchasida mantiqiy nosozlik uchraydi \u2014 Evklid aksioma- siga teng kuchli boshka tasdikdan (mas, uchburchak burchaklarining yigindisi 180\u00b0 ga tengligidan) foydalanib ke- tilgan. Bu sohadagi izlanishlar avval Evklid G.sidan parallellik aksiomasi soqit qilingan mutlaq g., so&#8217;ng paral- lellik aksiomasi o&#8217;rniga uning inkori aksioma qilib olingan noevklid g. (Lo- bachevskiy geometriyasi, 1826 y.) ixtiro qilinishiga olib keldi. Evklid G.si ham, noevklid g. ham bir xil darajada ziddiyatdan xoli ekanligini qatiy is- botlagan F. Kleyn gruppa tushunchasi yor- damida g. sohalarining tasnifini ber- Di (Erlangen dasturi). Unga muvofiq har bir g. o&#8217;zining geometrik almashtirish- lar gruppasi b-n ifodalanadi. Shakllar- ning bunday almashtirishlarda o&#8217;zgarmay qoladigan (invariant) xossalari tegish- li g. Sohalarining o&#8217;rganish ob&#8217;ekti bo&#8217;ladi. Kleyn nuqtai nazaridan maxsus nisbiylik nazariyasi Lorents gruppasiga mos keluvchi g.dir. Shakllarning xossa- larini o&#8217;rganishda ularning ko&#8217;lamiga qarab g. yana ikki turga bo&#8217;linadi: shak- llarning kichik (mahalliy) sohalari xos- salarini o&#8217;rganuvchi sohalar geometriya- si va shakllarni yaxlit ob&#8217;ekt sifatida o&#8217;rganuvchi to&#8217;la (global) g. Hozirgi davr- da g. matematikaning barcha sohalarida, shakl va holatlarga doir tushunchalar- ni tasavvur qilishda qo&#8217;llanilmoqda. O&#8217;zbekistonda ham g. tarixiga oid tadqiqotlar olib boriladi (g. P. Matvievskaya, A. Ahmedov va b.)- O&#8217;zMU, SamDU matematiklari to- monidan g. rivojlantirilmoqda. Abdulla A&#8217;zamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Geometriya (Geo&#8230; va metriya) \u2014 mat. ning predmet shakllari va shakily munosabatlarini o&#8217;rganadigan bo&#8217;limi. Er o&#8217;lchash b-n bog&#8217;liq ravishda paydo bo&#8217;lgan. Nomi shundan. Mas, ochiq tsilin- drsimon idishning shakli, hajmi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/geometriya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130516","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130516","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130516"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130516\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130531,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130516\/revisions\/130531"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130516"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130516"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130516"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}