{"id":13068,"date":"2021-12-18T14:22:56","date_gmt":"2021-12-18T11:22:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13068"},"modified":"2021-12-18T14:22:57","modified_gmt":"2021-12-18T11:22:57","slug":"zumrad","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zumrad\/","title":{"rendered":"ZUMRAD"},"content":{"rendered":"\n<p>ZUMRAD (Yunoncha smaradgos) \u2014 mineral, bershining to&#8217;q yashil turi. Tarkibida oz miqdorda (2% cha) xrom oksidi bo&#8217;ladi. Chiroyli tovlanishi, yaxshi jilolanishi, shaffofligi, kristall shaklining chiroyliligi bilan qimmatbaho toshlar ichida birinchi darajali hisoblanadi. Zumradning darz ketmagan shaffof, massasi 5 karatdan ortiq bo&#8217;lgan xili, shunga teng bo&#8217;lgan olmosdan qimmatroq turadi. Zumradning yirik konlari granitli pegmatitlarning magnezial slaneslar, amfibolitlar va zmeeviklarga ta&#8217;sir etilishidan hosil bo&#8217;ladi. Shuningdek, Zumrad kvarsdala shpatli tomirlarda va o&#8217;zgargan slanes karbonatli jinslarda ham uchraydi. Zumradning konlari kam. Asosiy konlari Rossiya (Ural), JAR (Transvaal), Kolumbiya (Muso) da bor. Zumraddan qimmatbaho taqinchoqlar va bezaklar tayyorlanadi. Sun&#8217;iy Zumrad kvant mexanikasida ishlatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>ZUMRAD \u2014 kechpishar shirin qalampir navi. O&#8217;zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida Kaliforniya Vonder (AQSh) populyasiyasidan ko&#8217;p marta yakka tanlash yo&#8217;li bilan chiqarilgan (1988). Tupi ixcham, yaxshi barglangan, balandligi 40-54 santimetr. Bargi yashil, o&#8217;rtacha kattalikda. Mevasi prizmasimon, yuzasi silliq, uchi bir oz qirrali, etining qalinligi 5,2 millimetr, uzunligi 8 santimetr, eni 7,5 santimetr. To&#8217;q yashil, pishib yetilgandan so&#8217;ng qizil rangga kiradi, xushbo&#8217;y. Tarkibida S vitamin (134 mg %), 10-11 % quruq modda, 2-6% qand, 1,5% kraxmal, oqsil, yog&#8217;, kletchatka, vitamin V, va V2, karotin bor. Bir dona mevasining og&#8217;irligi 100 gramm. Urug\u2019lari erkin joylashgan, urug&#8217;donlar soni 3-4 ta. Nihollar to&#8217;liq unib chiqqanidan keyin mevasi yetilguncha o&#8217;suv davri 153 kun. Hosildorligi 30-35 t\/ga ga boradi. Mevasi ovqatga ishlatiladi, turli konservalar tayyorlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZUMRAD (Yunoncha smaradgos) \u2014 mineral, bershining to&#8217;q yashil turi. Tarkibida oz miqdorda (2% cha) xrom oksidi bo&#8217;ladi. Chiroyli tovlanishi, yaxshi jilolanishi, shaffofligi, kristall shaklining chiroyliligi bilan qimmatbaho toshlar ichida birinchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zumrad\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-13068","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13068","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13068"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13068\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13078,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13068\/revisions\/13078"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13068"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13068"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13068"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}