{"id":130757,"date":"2024-06-09T15:11:44","date_gmt":"2024-06-09T12:11:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130757"},"modified":"2024-06-09T15:11:48","modified_gmt":"2024-06-09T12:11:48","slug":"glyasiologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/glyasiologiya\/","title":{"rendered":"Glyasiologiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Glyasiologiya (lot. glacies \u2014 muz va &#8230;logiya) \u2014 er yuzasidagi barcha muz shakllari (muzliklar, qor qoplami va b.), er osti muzlari, ularning tuzi- lishi, tarkibi, fizik xususiyatlari, kelib chiqishi va rivojlanishi, geol. va geomorfologik faoliyati, geografik tarqalishi haqidagi fan. Umumiy muz- shunoslikning sinonimi. G. glyasiosfe- ra va er yuzasi, atmosfera, gidrosfera va litosferadagi tabiiy muz va muz- liklar, ularning joylashishi, reji- mi va rivojlanish dinamikasi, atrof muhit b-n o&#8217;zaro aloqasi, muzning er evolyusiyasidagi ahamiyatini o&#8217;rganadi. G. suv oqimi, muz zaxirasi, muzli- klarning iqlimga ta&#8217;siri, Geolo- gik ishi va b. tabiiy xususiyatlarini o&#8217;rganishda tabiiy geogr.ning gidrolo- giya, geomorfologiya, iqlimshunoslik va geodeziya kabi tarmoqlari metod- laridan foydalanadi. G.ning o&#8217;tmish davrlar muzliklarini o&#8217;rganadigan bo&#8217;limi paleoglya tsiologiya deb ataladi. Muzliklar haqidagi dastlabki yozma ma&#8217;lumot frantsuz tabiatshunosi Myun- ster Sebastyan qalamiga mansub (1544). G. 18-19-a.larda gidrologiya va geol. fanlari negizida shakllana boshladi. Bunda shveytsariyalik tabiatshunos Oras Sossyurning (1740-99) &#171;Alp tog&#8217;lariga sayohat&#187; (1779-96) asari muhim o&#8217;rin tut- Di. 19-a. oxiri \u2014 20-a. o&#8217;rtalariga kelib qattiq va suyuq holatdagi suvni o&#8217;rganish usullari va ular b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lgan mu- ammolar turlicha ekanligi aniq bo&#8217;lib qoldi. Bu davrda qutb muzliklari, ular- ga xos bo&#8217;lgan qonuniyatlar o&#8217;rganildi, muz tabiatiga va muzliklardagi fizik hodisalar mohiyatiga chuqur kirib bo- rildi, materik va tog&#8217;muzliklarining nisbatini solishtirish imkoniyati yara- tildi va g. geografiya, gidrologiya, geol. va geofizika fanlari sohalarining tu- tashgan joyida yuzaga kelgan mustaqil fanga aylandi. O&#8217;rta Osiyo muzliklari- ning dastlabki katalogini 1930 y. N.L. Korjenevskiy nashr qilgan. Unda jami 1223 vodiy muzligi, jumladan Pomirda 296 ta, Hisor-Olayda 199 ta muzlik qayd qilingan. Muzliklarning so&#8217;nggi ko&#8217;p jildli katalogi 1965-82 y.larda sobiq Ittifoq faning Geografiya in-ti, O&#8217;rta Osiyo Gidrometeorologiya i.t. instituta (O&#8217;OGMITI) va &#171;Gidrometxizmat&#187;ning boshka in-t va muassasalari tomonidan yaratildi. O&#8217;rta Osiyo tog&#8217;laridagi muzli- klarga tegishli ma&#8217;lumotlar 14-jildda jamlangan. Ushbu katalog Jahon qor- muzlik resurslari atlasini tuzishda asos bo&#8217;lgan. G. fizika, mat., geofizika, geokimyo, geodeziya, xaritagrafiya, geogr., geologiya va b. fanlar usullaridan foy- dalanadi. Keyingi yillarda glyasiologik tadqikrtlarning yangi usullari (termik burg&#8217;ilash, fotogrammetriya, aerofoto- s&#8217;yomka va b.) paydo bo&#8217;ldi. G. o&#8217;rganadigan ob&#8217;ektlariga bog&#8217;liq holda muzlikshunos- lik, qorshunoslik, qor ko&#8217;chkilari ilmi, suv havzalari muzshunosligi, paleoglya- tsiologiya kabi sohalarga bo&#8217;linadi. Ik- kinchi tomondan, g.da o&#8217;ziga yaqin bo&#8217;lgan fanlar b-n aloqasi va qo&#8217;llaniladigan usullarining turlichaligi asosida glyasioiqlimshunoslik, glyasiogidro- logiya, strukturaviy g., dinamik g., Geo- kimyoviy g. kabi yo&#8217;nalishlar farkla- nadi. G.ning amaliy ahamiyati jadal suratlarda o&#8217;smoqda, natijada o&#8217;ziga xos yangi yo&#8217;nalish \u2014 muhandislik g.si to&#8217;la shakllandi. G. doimiy muzloq erlarni o&#8217;rganadigan geokriologiya b-n qo&#8217;shilib, kriosferani o&#8217;rganadigan er kriolo- giyasini tashkil etadi. Hoz. zamon g. si atrof muhit muhofazasi hamda tabiat va jamiyatning o&#8217;zaro aloqasi muammola- ri b-n chambarchas bog&#8217;liq. G. sohasidagi tadqiqotlar dunyoning ko&#8217;pgina mamlakat- lari (Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Kanada, Norvegiya, Rossiya, Fran- tsiya, Shvesiya, Shveytsariya, Yaponiya va b.) da keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Bunda xalqaro geofizika yillari (1882 \u2014 83, 1932-33 va 1957-58), xalqaro geofizika hamkorlik yili (1959) va Xalqaro gidrologik o&#8217;n yillik (1966 -75)larning ahamiyati katta bo&#8217;ldi. O&#8217;sha yillarda er kurrasidagi barcha muzli- klar holati kuzatib turildi. Ayrim davlatlar va jahon miqyosida faoliyat ko&#8217;rsatadigan xalqaro glyasiologiya uyush- malari, jamiyatlari mavjud. 1907 y.dan Angliyaning Kembrij shaxrida xalqaro miqyosda &#171;glyasiologiya jurnali&#187; chop etiladi. Glyasiologik tadqiqotlar O&#8217;zbekistonda O&#8217;OGMITIning G. bo&#8217;limida, O&#8217;zbekiston FA geol. va Geo- fizika in-tining g. laboratoriyasida amalga oshiriladi. 1967 y. Abramov muzligida O&#8217;OGMITIning glyasiologik tadqiqotlar o&#8217;tkazuvchi maxsus st-yasi tashkil etildi. &#171;O&#8217;rta Osiyoda glyasiolo- gik tadqiqotlar&#187; mavzuida doimiy ra- vishda ilmiy to&#8217;plamlar chop etiladi. G. fani rivojiga N.L. Korjenevskiy, O.P. Shcheglova, V.F.Suslov, A.A.Akbarov, G.E.Glazirin, B.A.Kamolov, L.A. Kana- eV, V.G.Konovalov, A.S.Shchetinnikov va b. olimlar salmoqli hissa qo&#8217;shdilar. Ad.: Golubev G.N., Gidrologiya lednikov, L., 1976; Injenernaya glyasiologiya, M., 1971.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Glyasiologiya (lot. glacies \u2014 muz va &#8230;logiya) \u2014 er yuzasidagi barcha muz shakllari (muzliklar, qor qoplami va b.), er osti muzlari, ularning tuzi- lishi, tarkibi, fizik xususiyatlari, kelib chiqishi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/glyasiologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130757","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130757","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130757"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130757\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130764,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130757\/revisions\/130764"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130757"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130757"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130757"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}