{"id":130772,"date":"2024-06-09T15:14:45","date_gmt":"2024-06-09T12:14:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130772"},"modified":"2024-06-09T15:14:50","modified_gmt":"2024-06-09T12:14:50","slug":"gotika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gotika\/","title":{"rendered":"Gotika"},"content":{"rendered":"\n<p>Gotika (ital. gotico \u2014 german qabilalaridan gotlar nomidan), gotika uslubi \u2014 G&#8217;arbiy, Markaziy va qisman Sharqiy Evropa mamlakatlarida o&#8217;rta asrlar san&#8217;atida hukm surgan badiiy uslub. &#171;G.&#187;termini Uyg&#8217;onish davrida qo&#8217;llanila boshlagan. 12-a.da roman US- lubi o&#8217;rniga yuzaga kelgan. G.da etakchi o&#8217;rinni me&#8217;morlik egalladi, unda me&#8217;- morlik, haykaltaroshlik va rangtasvir (asosan vitraj)ning uyg&#8217;unligi buyuk na- munasi bo&#8217;lgan ibodatxona alohida o&#8217;rin tutadi. Ibodatxona qurishning yangi loyiha tizimi ishlab chiqildi: bosh tar- zi uchli ravoqli va gumbazlari qovurg&#8217;ali (nervyur), og&#8217;irligi arkbutanlar orqali tashqi devor va tayanch ustunlar (kon- trfors)ga o&#8217;tkazilgan sinchli tuzilma. Gumbaz to&#8217;shamalari engil qalamalar b-n to&#8217;ldirilgan, ustun oralaridagi Yi- rik oynalar vitrajlar b-n bezatilgan, g&#8217;arbiy tarzida minoralar (bal. 150 m gacha) qurilgan. Bu yangi loyiha neflar kengligi va bino balandligini birmuncha oshirgan. Shuning hisobiga inshoot en- gil, mujassamotiga ko&#8217;ra ko&#8217;kka cho&#8217;zilgan. Ichi va tashqarisi haykallar va nafis tosh o&#8217;ymakori bezaklar b-n bezatilgan. Mujassamotida panjarali baland Mino- ralar muhim o&#8217;rin tutgan. G. me&#8217;morligi- ga uchli vimperglar, deraza va peshtoqlar, doira shaklidagi oynalar, bezak qism (fial)lar va sh.k. me&#8217;moriy shakllar xos. G. 12-a. o&#8217;rtalarida shim. Frantsiyada yuzaga keldi. 13-a. 1-yarmida yuksak da- rajada rivojlandi. Shu erda g.ning tosh ibodatxonalari o&#8217;zining mumtoz shakliga ega bo&#8217;ldi. Bibi Maryam ibo- datxonasi (Notrdam, 1163-1257), Shartr (1194-1260), Reyms (1211-1311), Amen (1220-88) va b.dagi ibodat- xonalar g.ning yuksak namunasidir. Niderlandiya, Shim. Germaniya, Skan- dinaviya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Chexiya, Latviya, Estoniya va b. joylar- da ham g. mahalliy an&#8217;analar ta&#8217;si- rida rivojlandi. G.ning ilg&#8217;or usul- lari Uyg&#8217;onish davri va barokko me&#8217;- morligiga ijobiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. G. tasviriy san&#8217;ati diniy va dunyo- viy dunyoqarashlardagi uyg&#8217;unlikni saqlagan holda rivojlandi, ayni vaqtda voqelikni uning hodisalari b-n birga aks ettirishga intildi. Ibodatxona- lar bezagida haykal va releflar (mas. Reyms ibodatxonasida 2300 dan ortiq haykal), vitrajlar (Sen-Deni, Shartr va b.da) keng qo&#8217;llanilgan, tasviriy san&#8217;at asarlari me&#8217;moriy mujassa- motga bo&#8217;ysundirilgan. Diniy mavzu- dagi asarlar b-n bir qatorda maishiy lavhalar, mehnat jarayoni aks etgan, ba&#8217;zan hajviy lavhalar ham uchraydi (Parij, Amen, Strasburg va b. joy- lardagi ibodatxonalar). Amaliy bezak san&#8217;ati yuksak darajada rivojlandi: tosh va fil suyagi o&#8217;ymakorligi, metall buyumlar, emal va sh.k. Rangtasvir- da nisbatan kitob miniatyurasi keng taraqqiy etdi, unda tarixiy va mai- shiy lavhalar haqqoniy aks ettirildi. O&#8217;zbekistan hududida 19-a. oxi- ri \u2014 20-a. boshlarida g. uslub-bel- gilari me&#8217;morlikda paydo bo&#8217;ldi (mas, Toshkent sh.dagi Kirxa binosi). Ne&#8217;mat Abdullaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gotika (ital. gotico \u2014 german qabilalaridan gotlar nomidan), gotika uslubi \u2014 G&#8217;arbiy, Markaziy va qisman Sharqiy Evropa mamlakatlarida o&#8217;rta asrlar san&#8217;atida hukm surgan badiiy uslub. &#171;G.&#187;termini Uyg&#8217;onish davrida qo&#8217;llanila boshlagan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gotika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130772","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130772","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130772"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130772\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130778,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130772\/revisions\/130778"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130772"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130772"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130772"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}