{"id":130787,"date":"2024-06-09T19:14:36","date_gmt":"2024-06-09T16:14:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130787"},"modified":"2024-06-09T19:14:42","modified_gmt":"2024-06-09T16:14:42","slug":"gretsiya-gretsiya-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gretsiya-gretsiya-respublikasi\/","title":{"rendered":"Gretsiya, Gretsiya Respublikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Gretsiya, Gretsiya Respublikasi (Helliniki Dimokratia) \u2014 Jan.-Sharqiy Evropada, Bolqon ya. o.ning Jan.da va uning atrofidagi orollarda (yiriklari \u2014 Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos) joylash- gan davlat. Mayd. 131,9 ming km2. Aholisi 10,6 mln. kishi (2000). Poytax- ti \u2014 Afina sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 52 nom (viloyat)ga, nomlar eparxiyalarga bo&#8217;linadi. 10 tarixiy-geografik viloyat- ga bo&#8217;lish ham mavjud. Davlat tuzumi. G. \u2014 parlamentam Respu- blika. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident. Amaldagi Konstitusiyam 1975 y.da qabul qilingan. Unga 1986 y. 7 martda kiritil- gan tuzatishlarga binoan prezident par- lamentda ochiq ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylanadi. U yana bir marta shu lavozimga qayta saylanishi mumkin. Prezident 10 kundan ortiq chet elda bo&#8217;lganida, vafot etganida, iste&#8217;foga chiqqanida yoki ishga layoqatsiz bo&#8217;lib qolganida uning vazifasini deputatlar palatasining raisi bajarib turadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni deputat- lar palatasi (bir palatali parlament) va respublika prezidenti amalga oshira- Di. Parlament umumiy to&#8217;g&#8217;ri va yashirin ovoz berish asosida 4 y. muddatga sayla- nadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amal- ga oshiradi. Prezident bosh vazirni va uning tavsiyasiga ko&#8217;ra hukumatning boshqa a&#8217;zolarini tayinlaydi. Bosh va- zir lavozimiga parlamentda ko&#8217;pchilik o&#8217;ringa ega bo&#8217;lgan partiyaning rahbari t a y i n l a n a D i . Tabiati. G. quruq subtropik mintaqada joylashgan. Mamlakat hududining 80% tog&#8217;lik. O&#8217;rtacha bal. 1000-1800 m li tog&#8217;lar ko&#8217;p, eng baland cho&#8217;qqisi \u2014 Olimp tog&#8217;i (2911 m). Tog&#8217;lar eroziya ta&#8217;sirida parchalanib ketgan va karst avj olgan. Peloponnes ya. o.ning sharqida va Kikla- da o.larida tez-tez zilzila bo&#8217;lib turadi. Qazilma boyliklar, asosan, g. sharqidan topilgan: temir, marganes, xrom, nikel, qo&#8217;rg&#8217;oshin, pyx, boksit, marmar, qum qayroq, qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir va b. Neft qazib o l i n a D i . Iqlimi O&#8217;rta dengizga xos subtropik, qishi sernam va yumshoq; yozi issiq va quruq. Afinada yanv. t-rasi 4\u2014 12\u00b0, iyul- niki 25-27\u00b0. Yog&#8217;in shim.-g&#8217;arbdan Jan.- sharqqa kamayib boradi. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in tog&#8217;larda 1500 mm gacha, tekisliklar- da 400-700 mm (80%i qishda yog&#8217;adi). Mamlakat shim.da iqlim sovuq, qishda t-ra 0\u00b0 dan past bo&#8217;ladi. Daryolari \u2014 Vardar, Marisa, Strimon, Nestos (Me- sta) va b. Tog&#8217;daryolari ko&#8217;p, ular yomg&#8217;ir va qordan suv oladi, ezda suvi kamayib qoladi. Karst ko&#8217;llari va mineral buloqlar ko&#8217;p. Ko&#8217;llari \u2014 Prespa, Trixo- nis. Dengiz sohillaridagi va past tog&#8217;lik joylardagi butazor va quruq o&#8217;rmonlar tagida jigarrang va qo&#8217;ng&#8217;ir- jigarrang tuproqlar; balandroqda qo&#8217;ng&#8217;ir o&#8217;rmon-tog&#8217;tuproqlari uchraydi. Ko&#8217;p joylarda tuproq qatlami suv va sha- mol eroziyasiga uchraydi. G.ning 44% may- doni o&#8217;rmon va 28\u00b0 butazorlar b-n band. Dub, qora qayin, kashtan, shumtol, oq qarag&#8217;ay, zarang, yong&#8217;oq va b. o&#8217;sadi. Tog&#8217;larda bo&#8217;ri, ayiq va yovvoyi o&#8217;rmon mu- Shugi yashaydi. Chiyabo&#8217;ri, ilon, kaltakesak va toshbaqa ko&#8217;p. Milliy bog&#8217;lari \u2014 VI- kos-Aoos, Mikra-Presna, eta va b. Aholisining 95%i greklar. Mamlakat- ning Markaziy viloyatlarida albanlar va aromunlar, sharqida turklar yashaydi. Yahudiy, lo&#8217;li va bolgarlar g.ning hamma joyida bor. Rasmiy til \u2014 grek tili. Aholining aksariyati pravoslavlar; 5%i boshqa dinlarda. Aholining 59%i shaharlarda, 11 %i shaharchalarda, 30%i qishloq joylarda yashaydi. Uning o&#8217;rtacha zichligi \u2014 1 km2 ga 75 kishi to&#8217;g&#8217;ri kela- Di. 5 mln.ga yaqin grek mamlakat tashqarisida, asosan AQShda (2 mln. kishi), Kanada, Avstraliya, GFRda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari \u2014 Afina, Saloniki, Patri. Tarixi. Hoz. G. hududida qadim zamon- larda antik tsivilizasiya mavjud bo&#8217;lgan (q. Yunoniston). Mil. 4-a.da g. Vizantiya tarkibiga kirgan. 14-15-a.larda Usmon- li turk imperiyasi tomonidan istilo etilgan. Grek xalqi xorijiy bosqinchilarga qarshi bir necha bor qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tardi (1571, 1611 y.larda). Buyuk frantsuz inqilobidan ta&#8217;sirlan- gan inqilobchi-demokrat Rigas Vele- stinlis g. va b. Bolqon davlatlari uchun Konstitusiya yozdi. 1814 y. Odessada &#171;Fi- Liki Eteriya&#187; (&#171;axil jamiyat&#187;) nomli maxfiy inqilobiy tashkilot tuzildi. Bu tashkilotga 1820 y.da rus armiyasi gene- rali, grek aristokrat oilasidan chiqqan A. Ipsilanti rahbar bo&#8217;ldi. &#171;Filiki Eteriya&#187; ozodlik harakati bayrog&#8217;ini ko&#8217;tardi va 1821 y. 25 martda g. mustaqillikka erishdi. 1822 y. yanv.da Epidvarda chaqirilgan Milliy Majlis G.ning birinchi Konstitusiyasini qabul qildi va g.ni mustaqil deb e&#8217;lon qiddi. 1827 y. apr.da grek siyosiy arbobi I. Ka- podistriya prezident qilib saylandi. Rossiya-Turkiya urushi (1828-29) dan so&#8217;ng 3 davlat (Angliya, Frantsiya, Rossiya) London konferentsiyasi karorlariga muvofiq, 1830 y.ning 3 Fev.dan boshlab G. mustaqilligi tan olindi. 1910 y.da Krit o. G. b-n qayta qo&#8217;shildi. 1910-15 y.lar mobaynida liberallar partiyasi tashkilotchisi E. Venizelos G. Bosh vazi- ri lavozimida ishladi. U bir qator islohotlar o&#8217;tkazdi. G. 1912 y.gi Bolqon ittifoqini tuzishda, Bolqon urushlari (1912-13)da qatnashdi. 1-jahon urushining dastlabki yillari- da g. betaraflik siyosatini tutdi. 1915 y.ning noyab. oyidan e&#8217;tiboran ittifok- chi davlatlar g.ni iqtisodiy jihatdan yakkalab qo&#8217;ya boshladilar. Natijada u ham Antanta davlatlari tomonida urushda qatnashdi. Urush G. iqtisodiyotiga kata zarar etkazdi. Turkiya b-n g. o&#8217;rtasida tu- zilgan Sevr sulh shartnomasi (1920)ga muvofiq, Izmir, Sharqiy Frakiya hamda Imroz, Tenedos va b. orollar g.ga beri- lishi kerak edi. Pekin Turkiyaga qarshi Angliya va Frantsiya tomonidan uyushti- rilgan harbiy fitna (1919\u2014 22)da g. ning mag&#8217;lubiyatga uchrashi uni Sharqiy Frakiya, Izmir va b. hududlardan mahrum q i l D i . 1924 y. 25 martda g. respublika deb e&#8217;- lon qilindi. 1929-33 y.lardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatda ishchilar va dehqonlar harakati avj oldi. Ikki yirik \u2014 liberallar (An- gliya tarafdorlari) b-n Xalq partiyasi (Frantsiya tarafdorlari) o&#8217;rtasida kurash kuchaydi. 1934 y. G. Ru-Miniya, Turkiya va Yugoslaviya b-n bitim tuzib, Bolkrn An- tantasi tarkibiga kirdi. Shu tarika g. Frantsiya rahbarligidagi harbiy-siyosiy ittifoqqa a&#8217;zo bo&#8217;ldi. 1935 y. soxta re- ferendum asosida mamlakatda monarxiya tiklandi. 1936 y. 4 avg.da general I. Me- taksas harbiy hokimiyati o&#8217;rnatildi. 2-jahon urushining dastlabki paytida g. betaraflik yo&#8217;lini tutmoqchi bo&#8217;ldi. Le- kin 1940 y. 28 okt.da Italiya qo&#8217;shinlari G.ga bostirib kirib, hududining bir qismini egallab oldi. Grek xalqi noyab. oyiga kelib, dushman askarlarini g.dan haydab chiqardi. 1941 y. 6 apr.da nemis askarlari g.ga kirdi va 2 iyungacha mamla- katni batamom egallab oldi. Hukmron partiya rahbarlari dushmanga qarshi ku- rashish o&#8217;rniga, murosasozlikka o&#8217;tdi. 1941 y. 27 sent.da Milliy ozodlik fron- ti tashkil qilinib, g. xalq, ozodlik ar- miyasi (elas) tuzildi (1941 y. dek.). 1944 y. ezda g. hududining 2\/3 qismi ozod q i l i n D i . 1944 y. may oyida xorijda &#171;Milliy birdamlik&#187; deb atalgan hukumat tuzi- lib, u mamlakatdagi fashizmga qarshi harakatni bostirish maqsadida ingliz askarlarini taqlif qildi. Hukumat 1944 y. 12 okt.da Afinaga ingliz qo&#8217;shinlari hamrohligida kelib, elas- ni qurolsizlantirishga qarakat qildi. 5 dek.da ingliz askarlari ELASga qarshi harakatgao&#8217;tdi. 1945 y. 12 Fev. da hukumat va Milliy ozodlik fronti Varkiz biti- mini imzoladi. Bitimga muvofiq, harbiy holatni bekor qilib, afv umumiy (amnistiya) e&#8217;lon etish, barcha qurolli otryadlarni tarqatish, davlat tuzumi haqida plebissit o&#8217;tkazish va b. tadbir- larni ko&#8217;rish va&#8217;da qilingan edi. Mil- liy ozodlik fronti o&#8217;z va&#8217;dasida turib, ELASni qurolsizlantirdi. Biroq hukumat munofiqona yo&#8217;l tutib, terror muhitida soxta saylov (1946 y. mart) va plebissit (1946 y. sent.) o&#8217;tkazdi hamda mamlakatda monarxiya tuzumini tikladi. Hukumat mamlakatdagi demokratik kuch- larni yo&#8217;qotish maqsadida fuqarolar urushini boshlab yubordi. 1946 y. okt.da G. demokratik armiyasi tuzilib, bu armiya milliy mustaqillik, demokratiya va ij- timoiy taraqqiyot uchun uch yil mobayni- da kurash olib bordi. 1949 y. okt.da de- mokratik armiya qurolli qarshilik ko&#8217;rsatishni to&#8217;xtatdi (ushbu armiya askar- laridan bir qismi O&#8217;zbekistonda boshpa- na topdi, shu erda yashab, tinch mehnatda qatnashdi. O&#8217;z vatanida qulay siyosiy va-ziyat vujudga kelgach, ko&#8217;chib ketdi). Taraqqiyparvar arboblar ta&#8217;qibga uchra- Di. 1952 y. noyab. da marshal A. Papagos boshchiligidagi grek yig&#8217;ini partiyasi hokimiyatni qo&#8217;lga oldi. Shu partiya, so&#8217;ngra 1956 y.da uning asosida tuzilgan Milliy radikal ittifoq (ERE) K. Kara- manlis boshchiligida mamlakatdagi de- mokratik kuchlarni bostirishni davom ettirdi. Bu esa xalk, ommasining noro- ziligini kuchaytirdi. 1963 y. 22 mayda parlament so&#8217;l deputati g. Lambrakis o&#8217;ldirilganidan keyin Milliy radikal ittifoq (ERE) partiyasi hukumati iste&#8217;- fo berishga majbur bo&#8217;ldi. 1963 y. noyab. \u2014 1964 y. Fev. Parlament saylovlari natijasida hokimiyat Mar- kaz Ittifoqi partiyasiga o&#8217;tdi. Hukumat rahbari g. Papandreu davlat apparatini qayta tashkil etish b-n bog&#8217;liq tadbirlar belgiladi, maktablarda bepul o&#8217;qitishni joriy qildi, dehqonlar to&#8217;laydigan soliqlarni birmuncha engillashtirdi, ayrim toifadagi xizmatchilar maoshini oshirdi, siyosiy mahbuslarni ozod qildi va h. k. 1965 y. 15 iyulda qirolning siquvi natijasida Papandreu hukumati iste&#8217;fo berdi. Markaz Ittifoqi partiyasidan ajrab chiqqan o&#8217;ta o&#8217;ng qanot rahbari S. Stefa- nopulos 1965 y. 17 sent.da yangi hukumat tuzishga muvaffaq bo&#8217;ldi. U davlat appa- rati, polisiya va armiyada demokratik ruhdagi kishilarni qirol va oligarxiya- ga sodiq shaxslar b-n almashtirdi. 1967 y. apr.da hokimiyatni P. Kanellopulos rahbarligidagi ERE partiyasi egalladi. Udarhol parlamentni tarqatib yubordi va 28 mayda yangi parlament saylovi o&#8217;tkazmoqchi bo&#8217;ldi. Biroq reaktsion harbiy unsurlar 21 apr. dayoq harbiy to&#8217;ntarish uyushtirdi va mamlakatda harbiy diktatura tartibini o&#8217;rnatishga erishdi. Konstitusiya bekor qilinib, de- mokratik tashkilotlar tarqatib yuboril- Di, ilg&#8217;or kishilar esa qamoqqa olindi. Harbiy hokimiyatni K. Kollias boshqardi. 1967 y. 13 dek.da g. qiroli Konstantin Xarbin hukumatni ag&#8217;darishga harakat qilib ko&#8217;rdi. Lekin qirol mag&#8217;lubiyatga uchrab, Rimga qochdi. Shu kuni xunta rahbari g. Papadopulos bosh vazir, general-leytenant g. Zoita- kis esa regent qilib tayinlandi. 1974 y. iyulida harbiy diktaturaning ichki va tashqi siyosati butunlay barbod bo&#8217;lganligi natijasida bosh vazir K. Ka- ramanlis boshchiligidagi fuqaro xuku- mati hokimiyat tepasiga chiqdi. O&#8217;sha yili o&#8217;tkazilgan referendum monarxiya tugatilganligini tasdiqladi va g.ni re- spublika deb e&#8217;lon qildi. G. prezidenti \u2014 Konstantinos Stefanopulos (1995 y. martdan). G. 1945 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 16 martda o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 25 mart \u2014 Mustaqillik kuni (1821). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmala- ri. Umumgresiya sosialistik harakati (PASOK), 1974 y.da tuzilgan; g. so&#8217;l par- tiyasi, 1987 y.da tuzilgan; so&#8217;l va taraqqiyparvar kuchlar uyushmasi, 1989 y.da tuzilgan; g. kommunistik partiyasi, 1918 y.da asos solingan; yangi demokra- tiya partiyasi, 1974 y.da tuzilgan; &#171;siyo- siy bahor&#187; partiyasi, 1993 y.da tashkil etilgan. G. umummehnat konfederasiyasi, 1918 y.da asos solingan, xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederasiyasiga k i r a D i . Xo&#8217;jaligi. G. \u2014 sanoatlashgan-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat- ning ulushi 18%, q.x.ning ulushi 16%. Sanoati. Yiliga o&#8217;rtacha 30,5 mlrd. kVt- soat elektr energiya hosil qilinadi. Elektr st-yalarning kupi yoqilg&#8217;i b-n ish- laydi. Qora va rangli metallurgiya, ma- shinasozlik, kimyo, neftni qayta ishlash, yog&#8217;ochsozlik, tsement korxonalari bor. En- gil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Ip va jun gazla- ma, gilam to&#8217;qiladi. Yog&#8217; (zaytun yog&#8217;i i.ch. bo&#8217;yicha dunyoda 3-o&#8217;rin), un-yorma, meva konservalari, tamaki, vinochilik korxo- nalari bor. Oltingugurt kislotasi, sin- tetik ma-teriallar, azotli va fosforli o&#8217;g&#8217;itlar, portlovchi moddalar i.ch. kimyo sa-noatining asosini tashkil etadi. Asosan chetdan keltirilgan neftni qayta ishlab, turli maxsulotlar tayyorlanadi. Qazib olingan boksit, ferronikel va sh.k.ning anchagina qismi qayta ishlan- magan va kontsentrat holida chet ellarga chiqariladi. Alyuminiy, po&#8217;lat, cho&#8217;yan, ba&#8217;zi turdagi rangli metallar eritib quyiladi. Kemasozlik, avtomo-bilsoz- lik, traktorsozlik, binokorlik materi- allari korxonalari mavjud. Kichikroq ko&#8217;nchilik-poyabzal va yog&#8217;och-sozlik f-kalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Afina, Saloniki. Qishloq xo&#8217;jaligi ning asosiy tarmog&#8217;i \u2014 dehqonchilik bo&#8217;lib, q.x. mahsuloti qiymatining 75%ni beradi. Mayda dehqonchilik xonadonlari ham, yirik xo&#8217;jaliklar ham mavjud. Erlarni ijara- ga berish keng tarqalgan. Mamlakat may- donining 30% ga yaqini \u2014 ekinzor. G.da zaytun daraxtining 31 turi usadi. Ular yiliga 2 marta gullab, hosil beradi. Aholi jon boshiga 10 tup zaytun daraxti to&#8217;g&#8217;ri keladi. Mamlakat ekinzorlarining 1,9% bog&#8217;dorchilik xo&#8217;jaliklari ko&#8217;lida. 6 mln. tup olma, 5 mln. tupdan ko&#8217;proq shaftoli, 19 mln. tupga yaqin boshqa mevali daraxt- lar bor. Salkam 20 mln. tup apelsin, limon, mandarin, greypfrut, bergamot yozda va kuzda \u2014 2 marta hosil beradi. Bug&#8217;doy etishtiriladi; qand lavlagi, arpa, makkajo&#8217;xori, sabzavot, sholi va b. ham eqiladi. Chorvachilik zaif. Qo&#8217;y, echki, qoramol, cho&#8217;chqa boqiladi. Dengiz sohillarida baliq ovlanadi. Chet el sayyohligi anchagina daromad keltiradi (1 yilda 10 mln.ga yaqin kishi kelib keta- D i ) . G.da dengiz transporti asosiy o&#8217;rinni oladi. Savdo flotining salmogi jihatidan dunyoda oldingi o&#8217;rinlardan birida turadi. G.ning 2579 kemasidan 1000 ga yaqini boshqa mamlakatlar bayrog&#8217;i b-n suzadi. Asosiy dengiz port- lari: Pirey, Saloniki, Elefsis. T. y.larning uz. \u2014 2,6 ming, avtomobil yo&#8217;llarining uz. \u2014 130 ming km. Afina va Salonikida xalqaro aeroportlar bor. G. chetga asosan zaytun yog&#8217;i va mevasi, uzum, tsitrus mevalar, tamaki va ma&#8217;dan xom ashyosi chiqaradi. Chetdan mashina, as- bob-uskuna, yoqilg&#8217;i, metallurgiya va kimyo sanoati uchun xom ashyo xarid qiladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: GFR, AQSh, Italiya, Frantsiya, Buyuk bri- Taniya va b. Pul birligi \u2014 draxma. Tibbiy xizmati. G.dagi kasalxonalar- ning aksariyati davlat qaramog&#8217;ida. Xusu- siy vrachlar ham tibbiy xizmat ko&#8217;rsatadi. Vrachlarni Afina va Salonikidagi un- tlarning tibbiyot f-tlari tayyorlaydi. Mashhur kurortlari Delfa, Saloniki, Patri sh.lari va Kerkira o.da. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;rifiy muassasalari. Maorif tizimi 4 bosqichga bo&#8217;linadi: 6 y.lik umumiy, 3 y.lik o&#8217;rta va 3 y.lik o&#8217;rta maxsus, shuningdek, oliy ta&#8217;lim. Umumiy va o&#8217;rta ta&#8217;lim majbu- riydir. G.da 17 un-t va bir qancha texnika in-tlari bor. Yiriklari: Afina, Salo- niki un-tlari, Afina politexnika in- ti. Ilmiy muassasalari: Afina akade- miyasi (1926 y. tashkil etilgan; unda bir qancha i.t. in-tlari va komitetlar mav- jud), 20 ga yaqin i.t. in-ti va bir qancha ilmiy jamiyatlar, Afina sh.dagi mil- liy rasadxona (1842 y. tashkil etilgan) va b. G.dagi Milliy kutubxona (1828 y. tashkil etilgan), Afina sh.dagi deputat- lar palatasi kutubxonasi, un-tlar kutub- xonalari yirik kutubxonalardir. Asosiy muzeylari: Milliy arxeologiya muzeyi (1874 y. tashkil etilgan). Akro- Pol (1878 y. ochilgan), Vizantiya muzeyi (1914), Milliy tarix muzeyi (1882), San&#8217;at asarlari milliy galereyasi (1900) \u2014 hammasi Afina sh.da joylash- g a n . Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. G.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: &#171;Avgi&#187; (&#171;Tong&#187;, kundalik gaz., 1952 y.dan). &#171;Akropolis&#187; (&#171;Akropol&#187;, kundalik gaz., 1881 y.dan), &#171;Atenz Nyus&#187; (&#171;Afina yangiliklari&#187;, ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1952 y.dan), &#171;Katimeri- ni&#187; (&#171;kun yangiliklari&#187;, kundalik gaz., 1919 y.dan), &#171;Rizospastis&#187; (&#171;qat&#8217;iyat&#187;, kundalik gaz., 1918 y.dan), &#171;Apogevmati- ni&#187; (&#171;oqshom yangiliklari&#187;, kundalik kechki gaz., 1952 y.dan), &#171;Vima&#187; (&#171;Min- bar&#187;, yakshanbaliq haftanoma, 1922 y. dan), &#171;Ikonomikos taxidromos&#187; (&#171;Iqtisodiy xabarchi&#187;, haftalik jur., 1926 y.dan). Afina axborot agentligi 1896 y.da tashkil etilgan. Radioeshitti- rishlar 1938 y.dan, teleko&#8217;rsatuvlar 1966 y.dan olib boriladi. Adabiyoti. Yangi grek adabiyoti Vizantiya emirilgandan keyin dastlabki asrlarda antik va Vizantiya madaniyati an&#8217;anala- ri, Uyg&#8217;onish davri g&#8217;oyalari, xalq og&#8217;zaki ijodiyoti zaminida yuzaga kelgan. 15\u2014 17-a.lar adabiyoti Kipr, Rodos, dodeka- nes, Krit va b. orollarda taraqqiy etdi. Turli janrlarda baquvvat asarlar (&#171;kiz va yigit lapari&#187;, &#171;cho&#8217;pon&#187;, &#171;Erofili&#187;, &#171;Erotokritos&#187;) yaratildi. Bularda aso- san ijtimoiy tengsizlik asoslari fosh e t i l D i . 18-19-a.larda grek tilida bayon tusida- gi adabiyot rivojlandi: K. Dapontes, M. Ibannu, I. Pandzeles va Rigas Velestin- lis she&#8217;riyati muhim ahamiyat kasb etdi. A. Kalvos, A. Valaoritis kabi adiblar xalqning inqilobiy jasoratini Kuyla- dilar. A. Matesis &#171;Bazilik&#187; dramasi b-n milliy dramaturgiyaga asos soldi. Grek milliy ozodlik qo&#8217;zg&#8217;oloni (1821\u2014 29) ning yirik arboblari ya. Makriyan- nis va F. Kolokotronis memuar (yodnoma)\u0445 asarlar yaratdilar. D. Solomos, P. Su- SOS, A. Rangavis kabi 1-Afina maktabi- ning vakillari ijodida adabiyot an&#8217;ana- lari o&#8217;z ifodasini topdi. 2-Afina MAK- tabining asoschisi K. Palamas asarlari (&#171;Qalbim nigohi&#187;, 1892; &#171;lo&#8217;lining o&#8217;n ikki qo&#8217;shig&#8217;i&#187;, 1907; &#171;hajviy etyudlar&#187;, 1912)da milliy til va milliy mavzuga asos solindi. 20-a. boshlarida ijod qila boshlagan D. Vutiras, P. Pikros, F. Kor- naros kabi adiblarning asarlarida od- diy kishilarning ayanchli hayoti tasvir- langan. A. Sikelyanosning &#171;lirik hayot&#187; she&#8217;rlar to&#8217;plami, &#171;Iso Rimda&#187;, &#171;Dige- nisning o&#8217;limi&#187; dramalari adabiyot ri- vojida yangi bosqich bo&#8217;ldi. Karshilik ko&#8217;rsatish davrida taraqqiyparvar shoir va adiblardan A. Sikelyanos, F. Angules, G. Kodzyulas va b. ijodida antifashizm g&#8217;oyasi ilgari surildi. Urushdan keying yillar grek adabiyoti rivojida Jahon Tinchlik Kengashi adabiy mukofotining laureati N. Kazandzakisning roli katta. U &#171;Kapitan Mixalis. Ozodlik yoki o&#8217;lim&#187; romani b-n Shuhrat qozondi. 1967 y.gi davlat to&#8217;ntarishidan so&#8217;ng ada- biyotda umidsizlik, tushkunlik kayfiyat- lari paydo bo&#8217;ldi. A. Avgerisning &#171;Ke- sishgan va parallel yo&#8217;llar&#187;, P. Korove- sisning &#171;sinov&#187; she&#8217;riy to&#8217;plamlarida erk va tinchlik g&#8217;oyalari aks etdi. Qad. grek dramaturgi Sofoklning &#171;Shoh Edip&#187; asari O&#8217;zbekistan Milliy akade- mik drama teatrida zo&#8217;r muvaffaqiyat b-n ko&#8217;rsatildi. U teletasmaga yozib olinib zangori ekranda ham bir necha marta na- moyish etildi. Me&#8217;morligi. Usmonli turklar hukmronligi davri (15-a. oxiri \u2014 19-a. boshlari)da xalq me&#8217;morligi asosiy o&#8217;rinni egalladi. Har bir vodiy va Orol- da uylar oddiy materiallardan o&#8217;ziga xos uslubda barpo etildi. Shim.da ko&#8217;proq yog&#8217;ochdan, orollarda toshdan foydalanil- Di. Tir o.dagi ravokli va gumbazli, An- dros, Mikonos va b. orollardagi yassi tomli uylar hozirgacha saqlangan. Yirik shaharlarda barpo etilgan turk mahallalari egri-bugri tor ko&#8217;chalardagi ikki qavatli uylardan iborat edi. Ibo- datxonalar xochsimon-gumbazli tuzilish- da bo&#8217;lgan (Afon va Metlor monastirla- ri). Mamlakat ozodlikka erishgach, 1830 y.da xarobaga aylana-yozgan Afina poy- taxt sifatida qayta tiklandi. Afina sh.ning bosh qurilish loyihasi yaratil- gach (1830), g. me&#8217;morligida yangi davr boshlandi. Grek me&#8217;morlari S. Kleantis va L. Kavtadzoglu klassik uslubga asos- langan yangi xil turar joy binolarini\u0445 yaratishdi. Jamoat binolari klassisizm an&#8217;analari asosida, ibodatxonalar VI- zantiya me&#8217;morligi ruhida barpo etildi. Ser-hasham jamoat binolarini ko&#8217;pgina xorijiy me&#8217;morlar (Afinadagi mil- liy kutubxona, 1832; un-t binosi, 1837; daniyalik me&#8217;mor X. K. Xansen) qurgan. 20-a. boshlarida mahalliy iqlim sharoi- tiga moslashgan old tomoni bolxonali va lodjiyali ko&#8217;p xonali turar joylar (me&#8217;- mor K. Kisikis), shahar tashqarisida villalar (me&#8217;mor D. Pikionis, D. Tri- podakis) qurildi. 50\u2014 60-y.larda te- Mir-beton va oynadan hamda mahalliy materiallardan foydalanib, xalq me&#8217;- morligi asosida turli bino va mehmonxonalar (me&#8217;morlar P. Vasilia- dis, P. Milonas va b.) solindi. Ma&#8217;mu- riy binolar ko&#8217;proq xalqaro me&#8217;morlik andazalari asosida (me&#8217;mor K. Doksia- dis), turar joylar (ko&#8217;p kvartirali ar- zon uylar, me&#8217;mor A. Konstantinidis va b.), sanoat binolari (Afinadagi &#171;Fiks&#187; f-kasi, me&#8217;mor T. Zenetos) qad ko&#8217;tardi, muzey va qad. yodgorliklar ta&#8217;mirlandi. Tasviriy san&#8217;ati. 15-a. oxiri va 19-a. boshlarida g.da monastirlik (ibodatxo- nalarga liniy mavzudagi rasmlar ish- lash) san&#8217;ati hukmronlik qilgan. So&#8217;nggi Vizantiya an&#8217;analari saqlangan, xalq ijodiyoti rivojlangan (bo&#8217;rtma tasvir, kashtachilik va b.). 19-a.da sodda va aniq portretlar N. Kandunas, N. Kunelakis asarlarida namoyon bo&#8217;lgan. 19-a. 2-yarmi- da rassomlar Myunxen akademizmi usuli- ni qo&#8217;llab, xalq milliy mavzuiga muro- jaat qilishgan (N. Litras, N. Gizis). Ya. Altamuras manzaralarida romantizm aks etgan. 1920 y.dan rassomlar Evropa san&#8217;- atining yangi oqimi ta&#8217;siri singdiril- gan milliy qiyofani yaratishga intildi- lar (rassom K. Partenis, haykaltarosh ya. Xalepas). 20-a. o&#8217;rtalarida 19 &#8212; va 20-a. lar realistik san&#8217;at an&#8217;analari qatorida (rassomlar A. Georgiadis, Ya. Moralis, Ya. Tsaruxis) milliy o&#8217;rta asr va xalq san&#8217;ati shakllaridan foydalanil- gan (devoriy rassomlik F. Kondoglu, gra- fika S. Vasiliu). 2-jahon urushi yilla- rida xalq ozodlik kurashi demokratik realistik san&#8217;atning paydo bo&#8217;lishiga ta&#8217;sir etdi (V. Semersidis, D. Kasikoya- nis, X. Kapralos, V. Katraki va b.). 20-a. o&#8217;rtalarida tarkib topgan modern oqimlari (N. Xajikiriakos-Gikas, A. Kondopulos va b.) keyingi yillarda keng t a r q a l D i . Musiqasi. G. musiqasi \u2014 dunyodagi eng azaliy musiqiy madaniyatlardan biri (Yunoniston maqolasining musiqa qismiga q.). O&#8217;rta asr g. professional musiqasi Vizantiya musiqa madaniyati- ning taraqqiyot yo&#8217;lidan bordi. 15-a. Tur- kiya istilosi davridan boshlab g. musiqasining rivoji to&#8217;xtab qoldi. Milliy musiqa an&#8217;analari faqat xalq ijodi hamda cherkov musiqasida saqlanib qolgan. Xalq musiqasi turli shakl va janrlarga ega. Marosim, tarixiy, mai- shiy, lirik qo&#8217;shiqlar mavjud. Ayniqsa, 17-18-a.larda ezuvchilarga qarshi ku- rashgan kishi (kleft)lar haqidagi qo&#8217;shiqlar mashxur bo&#8217;ldi. Qo&#8217;shiqlar jo&#8217;rligida ko&#8217;proq davra o&#8217;yinlar (sir- tos, Sirtaki va b.) ham ijro etiladi. So- zlar orasida lyutnya, lira, svirel (cho&#8217;pon nay), volinka va b. uchraydi. Buzuki, man- Dolina, skripka, 1830-y.lardan boshlab klarnet, gitaralar mashhur. Kerkira Fi- larmoniya jamiyatining (1840) asoschisi N. Mandzaros grek milliy madhiyasini yaratgan. Kompozitor S. Samarasning Olimpiya o&#8217;yinlari madhiyasi dastlab Afinada ijro etilgan (1896). G. milliy musika maktabi asoschilaridan biri M. Kalomiris Afinada G. milliy konserva- toriyasini tashkil etdi; milliy opera va simfonik asarlari mashhur. 1940-50- y.larda M. Xadzidakis va M. Teodorakis kabi ko&#8217;pgina qo&#8217;shiqchi-kompozitorlar Shuhrat qozondi. G.da milliy opera tea- tri (1919, Afina), 5 simfonik orkestr bor. Yagona davlat konservatoriyasi salo- nikida (1914 y. tashkil etilgan); xusu- siy jamiyatlar qaramog&#8217;idagi Afina (1871), Pirey (1904), grek (1919) va mil- liy konservatoriyalar (Afina, 1926) ham mavjud. Yil sayin ommaviy qo&#8217;shiqlar festivali o&#8217;tkaziladi. Teatri. Vizantiya imperiyasi davrida an- tik teatr san&#8217;ati an&#8217;anasi to&#8217;xtab qoldi. Zamonaviy teatr san&#8217;atining tashkil to &#8212; pishi grek xalqining milliy ozodlik harakati, jumladan, yashirin vatanpar- var jamiyat &#171;Filiki Eteriya&#187; faoliyati ta&#8217;sirida Odessa (1817) va Buxarest (1821) da dastlabki havaskor teatr trup- palari tuzildi. Davlat mustaqilligi e&#8217;lon qilingach, milliy teatr shakllana boshladi. G. Mandzuranis va g. Kalogno- mos boshchiligida Siroe o.da teatr tash- kil qilindi. J. B. Moler, K. Goldoni, I. Shiller, V. Gyugo, V. Shekspirlarning asarlari teatr repertuarini boyitdi. Afinada birinchi spektakl 1836 y. ko&#8217;rsatildi, lekin professional trup- palar 60-y.lardan paydo bo&#8217;ldi. 1901 i. Afinada Davlat &#171;Qirol teatri&#187; tashkil qilindi. Bu erda ishlagan rej. T. Ikono- mu akterlik san&#8217;ati rivojiga kata hissa qo&#8217;shdi. 1910-20 y.larda g. teatr san&#8217;ati sezi- larli darajada inqirozga yuz tutdi. Rej. F. Politis teatrning inqiroz holatini engib o&#8217;tishga intildi va 1925 y. Sofok- lning &#171;Shoh Edip&#187;, N. V. Go-golning &#171;Revizor&#187;, F. M. Dostoevskiyning &#171;Aka- uka Karamazovlar&#187;ini sahnalashtirdi. Dramaturg va teatr arbobi V. Rotas 1930 y.da &#171;Xalq teatri&#187;ni tashkil qildi (u 1934 y.ga kadar faoliyat ko&#8217;rsatdi). 1945 y. &#171;Birlashgan artistlar&#187; teatri tashkil qilinib, bunda ko&#8217;proq grek dramaturgla- rining pesalari qo&#8217;yildi. 1955 y. &#171;Grek xalq teatri&#187; yuzaga keldi (rahbari M. Katrakis). 1957 y. rej. D. Rondiris va aktrisa A. Papatanasiu asos solgan Pi- Rey teatrining sahna asarlari g. teatri- da katta burilish yasadi. 80-y.larga ke- lib, g. teatrlari repertuari birmuncha kengaydi. Moler, I. S. Turgenev, A. P. Chexov, G. Ibsen, F. M. Dostoevskiy asar- lari g. teatri sahnasidan keng o&#8217;rin oldi. Keyingi yillarda qo&#8217;yilayotgan spektakllarda ko&#8217;proq maishiy va ijti- moiy mavzular o&#8217;z aksini topdi, musiqali komediyalar ham sahnalashtirildi, eng aktual siyosiy voqealar yoritildi. Kinosi. G.da 1906 y. birinchi hujjatli film suratga olindi. 1911 \u2014 12 y.lar- da bir necha kinokomediyalar yaratildi. 1914 y. asos solingan &#171;Afina-film&#187; firmasi to&#8217;la metrajli kinofilmlar muntazam i.ch.ni yo&#8217;lga qo&#8217;ydi. 1914-18 y.larda ko&#8217;proq harbiy kinoxronikalar ishlandi. 1927-31 y.larda tarixiy va zamonaviy badiiy asarlarni ekranlash- tiruvchi yirik kinofirma \u2014 &#171;Dag- film&#187; faoliyat ko&#8217;rsatdi. &#171;Sevgi va to&#8217;lqinlar&#187; (1927, rej. D. Gaziadis), &#171;Dafnis va Xloya&#187; (1931, rej. O. Laskos) va b. shu firma mahsulotidir. 1932 y. bi- rinchi ovozli film ekranlashtirildi (&#171;Noto&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;l&#187;, rej. D. Gaziadis). Me- taksas diktaturasi va fashistlar bosib olgan davrda &#171;qalb sadosi&#187; (1943, rej. L. Ioanopulos), &#171;qarsaqlar&#187; (1944, rej. G. Dzavelas) kabi milliy filmlar na- moyish qilindi. G. ozodlikka erishgan- dan so&#8217;ng, dastlabki paytlarda yiliga 8-10 film yaratilgan bo&#8217;lsa, 50-60-yillarga kelib 46 taga etdi. &#171;Qonli Rojdestvo&#187; (rej. G. Zervos), &#171;Sehrli shaxar&#187; (rej. N. Kunduros), &#171;Elektra&#187; (rej. M. Kakoyanis), &#171;Paro- xodga&#187; (rej. D. Damianos) kabi fil- mlar o&#8217;zining mazmundorligi va omma- viyligi b-n ajralib turadi. A. Stavros, D. Konstandis, I. Dimopulos, I. Papas, P. Zervos, G. Kalogeratos, G. Arvinitis, A. Fonsu, O. Karlatos, T. Vengos, I. Li- niku, N. Kurkulos, M. Merkuri, A. Vuyu- klaki, D. Papamixail va b. G.ning yirik kinematografchilaridir. N. Kunduros va T. Kanellopuloslar esa hujjatli va il- miy-ommabop filmlar i.ch.da Shuhrat qozondilar. G.da yiliga 100-120 film e k r a n l a sh t i r i l a D i . O&#8217;zbekiston \u2014 G. munosabatlari. 1992 y. 16 martda ikkala mamlakat o&#8217;rtasida Di- plomatiya munosabatlari o&#8217;rnatilgan paytdan boshlab o&#8217;zaro iqtisodiy, mada- niy aloqalar va savdo-sotiq rivojlana boshladi. 1994 y. 29 sent. \u2014 3 okt. da g. delegasiyasining O&#8217;zbekistonga tashrifi chog&#8217;ida savdo-iqtisodiy aloqalarni ri- vojlantirish va ikki tomonlama muno- sabatlarning yuridik asoslarini yara- tish masalalari kelishib olindi. G. va O&#8217;zbekistan ishbilarmon doiralari o&#8217;rtasida bevosita aloqa o&#8217;rnatish maqsadida 1994 y. 6-8 okt.da &#171;Rusvar Xoldinge B. V.&#187;kompaniyasining hamraisi ya. Vardinoyannis boshchiligida oliy menejerlar guruhi respublikamiz- ga keldi. O&#8217;zR tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida, &#171;O&#8217;zbekneftgaz&#187; korporasi- yasida, aloqa vazirligida, &#171;O&#8217;zeltexsanoat&#187; uyushmasida, Toshkent aviasiya zdida o&#8217;tkazilgan muzokaralarda qo&#8217;shma investisiya loyihalarini amalga oshirishda grek kompaniyasining ishti- Roki masalalari muhokama qilindi. 1996 y. 27-29 noyab.da g. tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegasiyaning O&#8217;zRga tashrifi vaqtida o&#8217;zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari ko&#8217;rib chiqildi va konsullik muassasala- rini ochish hamda havo qatnovini yo&#8217;lga qo&#8217;yish haqida bitimlar imzolandi. O&#8217;zR Prezidenti I. Karimovning 1997 y. 31 mart \u2014 2 apr.da g. ga qilgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o&#8217;rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivoj- lantirishga yangi omil baxsh etdi. Tash- rif natijasida &#171;Do&#8217;stlik va hamkorlik to&#8217;g&#8217;risida shartnoma&#187;, &#171;ikki yoqlama soliq solinishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik haqida Konventsiya&#187;, &#171;investisiyalarni rag&#8217;batlantirish va o&#8217;zaro himoyalash&#187;, &#171;Iqtisodiy va texnologik hamkorlik&#187;, &#171;Maorif, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik qilish&#187;, &#171;turizm sohasidagi hamkorlik&#187; to&#8217;g&#8217;risida bitimlar, &#171;O&#8217;zR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi b-n Gresiya eksportga ko&#8217;maklashish tash- kiloti o&#8217;rtasida hamjihatlik va hamkorlik to&#8217;g&#8217;risida memorandum&#187; im- z o l a n D i . Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy negizi &#171;O&#8217;zR b-n Evropa Ittifoqi o&#8217;rtasida sherikchilik va hamkorlik to&#8217;g&#8217;risidagi bitim&#187; qoidalariga ham asoslanadi. 2000 y.da O&#8217;zbekistonning g. b-n Tovar aylanmasi: eksport 13,7 mln., import 3,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O&#8217;zbekistondan G.ga rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, tabiiy va sun&#8217;iy mo&#8217;yna hamda undan tayyorlangan mahsulotlar eksport qilingan bo&#8217;lsa, im- portning asosiy turlari o&#8217;simlik yog&#8217;i, sariyog&#8217;, sovun, yuvish vositalari va sur- kov moylari, tamaki, asbob-uskuna, efir yog&#8217;i va pardoz vositalari, qayta ishlan- gan meva, sabzavot, yong&#8217;oq, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon, plastmassa, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar va b.dan iborat bo&#8217;ldi. 1995 i. yanv.dan &#171;O&#8217;zbekiston havo yo&#8217;llari&#187; milliy aviasiya kompaniyasi- ning samolyotlari oyiga 2 marta Afinaga borib kelmoqda. &#171;O&#8217;zeltexsanoat&#187; uyush- masi b-n grek kompaniyasi o&#8217;rtasidagi bi- Timga binoan &#171;Foton&#187; aktsiyadorlik ja- miyatida &#171;Sileks&#187; nazorat-kassa appa- ratlarini birgalikda i.ch. yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. O&#8217;zbekistonning Jan. Evropa va yaqin Sharqqa boradigan transport yo&#8217;lagini kengaytirish maqsadida g. im- koniyatlari urganilayotir. Mayda va o&#8217;rta biznes sohasida ikki to- monlama iqtisodiy munosabatlarni ri- vojlantirish imkoniyati bor. O&#8217;zRda grek sarmoyasi ishtirokidagi 33 qo&#8217;shma korxo- na mavjud (2001). Ular orasida &#171;Omega- Sitora&#187;, &#171;Olimpik-Toshkent- Furs&#187;,&#187;Agrofur&#187;, &#171;O&#8217;z-Ellas&#187;, &#171;Buyuk Turon Ink&#187;, &#171;Turon-Trast&#187; kabilar bor. Grek sarmoyasi yuz foiz bo&#8217;lgan 6 korxona faoliyat ko&#8217;rsatayotir. Grek sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyatining asosiy sohalari kiyim- kechak, charm va mo&#8217;yna buyumlar, Binokor- lik matoriallari, oziq-ovqat mahsulotlari i.ch., q.x. mahsulotlarini qayta ishlash, savdo-sotiq, lotereya o&#8217;yinlarini tashkil etish va sh.k.dan ibo- rat.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gretsiya, Gretsiya Respublikasi (Helliniki Dimokratia) \u2014 Jan.-Sharqiy Evropada, Bolqon ya. o.ning Jan.da va uning atrofidagi orollarda (yiriklari \u2014 Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos) joylash- gan davlat. Mayd. 131,9 ming km2. Aholisi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gretsiya-gretsiya-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130787","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130787","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130787"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130787\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130794,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130787\/revisions\/130794"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130787"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130787"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130787"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}