{"id":130798,"date":"2024-06-09T19:16:37","date_gmt":"2024-06-09T16:16:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130798"},"modified":"2024-06-09T19:16:40","modified_gmt":"2024-06-09T16:16:40","slug":"temirbeton","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/temirbeton\/","title":{"rendered":"Temirbeton"},"content":{"rendered":"\n<p>Temirbeton &#8212; beton va po&#8217;lat armatura birikmasidan iborat konstruktsiya va buyumlarning umumiy nomi. T.b. 19-a.da kashf etilgan. T.b. buyumlarga birinchi patentlar Frantsiyada (Lambao, 1850; Kuane, 1854; Mone, 1867), Angliyada (Uilkinson, 1854) va AQSh da (Giatt, 1855-87) berilgan. O&#8217;zbekistonda T.b. konstruktsiyalar 19-a. 70y.laridan tatbiq eta boshlangan. T.b.da zo&#8217;riqishlarni qabul qilishda har ikkala material (beton va po&#8217;lat) baravar ishlaydi. Betonning cho&#8217;zilishga mustahkamligi siqilishga mustahkamligidan ancha (10-20 marta) past. Po&#8217;lat armatura esa cho&#8217;zilishga ham, siqilishga ham birday ishlaydi. Agar betonga armatura qo&#8217;shilsa, uning cho&#8217;zilishga mustahkamligi ancha ortadi. Betonning po&#8217;lat armaturaga yaxshi yopishuvi, po&#8217;lat bilan og&#8217;ir betonning tra ta&#8217;sirida chizikli kengayish koeffisientlari bir-biriga juda yaqinligi (beton uchun avq(lsl,5)10~5; armatura uchun avq1,210~5) T.b.ni hosil qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, beton armaturaga zich yopishib, uni zanglash va yong&#8217;indan asraydi. T.b.dan poydevor bloklar, devor va qavatlararo panellar, yopma plitalar, yig&#8217;ma zinalar, ustun va to&#8217;sinlar, ustunqoziklar, arka va fermalar va b. tayyorlanadi. T. b.ning afzalliklari: o&#8217;ta mustahkamligi; ko&#8217;pga chidamliligi; olovbardoshligi; zilzilabardoshligi; mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruktsiyaga istalgan shakl berish mumkinligi va h.k. Vazni og&#8217;irligi, issiqlik va tovushni oson o&#8217;tkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi kabi omillar uning nuqsonlaridir. Betonda yoriq paydo bo&#8217;lishining oldini olish uchun armatura oldindan zo&#8217;riqtiriladi. Ilgari betonning mustahkamlik darajalari markalar (M) orqali farklanar edi. Xalqaro standartlarning yangi tizimi bo&#8217;yicha beton mustahkamligi sinflar (V) orqali belgilanadi. Mas., beton va T.b. uchun og&#8217;ir betonning siqilish mustahkamligi bo&#8217;yicha quyidagi sinflar mavjud: V3,5; V5; v7,5; V10; V12:5; V15; V20; V25; VZO; V35; V40; V45; V50; V55; V60. Og&#8217;ir betondan ishlanadigan T.b. konstruktsiyalarda mustahkamlik sinfi V7,5 dan kam bo&#8217;lgan betonlarni qo&#8217;llash mumkin emas. Takroriy yuklar ta&#8217;sir etadigan konstruktsiyalarda sinfi V15 dan yuqori bo&#8217;lgan betonlar qo&#8217;llaniladi. Siqiluvchi T.b. elementlari V15 dan kam bo&#8217;lmagan, katta yuk ostida bo&#8217;ladigan konstruktsiyalarda esa (mas., ko&#8217;p qavatli binolarning quyi qavat ustunlarida) sinfi V25 dan kam bo&#8217;lmagan betonlar qo&#8217;llash tavsiya etiladi. Zo&#8217;riqtirilgan beton uchun V20&#8230; V60 bo&#8217;lgan beton sinflari qabul qilinadi. T. b. konstruktsiyalarida qo&#8217;llaniladigan armaturalar, sterjenli va simli armaturalarga bo&#8217;linadi. Sirtining shakliga qarab tekis va davriy profilli armaturalar bo&#8217;ladi. Davriy profilli armatura tekis armaturaga Karaganda beton bilan mustahkamroq bog&#8217;lanadi. T.b. elementlar kamida 0,05% va kupi bilan 3,5% mikdorda armaturalanadi. Mexanik xossalariga qarab armaturabop metall quyidagi sinflarga bo&#8217;linadi: a) sterjen armaturalar: AI; AP; ash; A1V; AV; AVI; b) sim armatura-lar: BI; VP; VR II; K7; K19. Atrof muhit trasi \u2014 40\u00b0 dan 60\u00b0 gacha o&#8217;zgarganda beton bilan armaturaning asosiy fizikmexanik xossalari o&#8217;zgarmaydi. Tra 60\u00b0 dan oshganda betonning strukturasi buzila boshlaydi va mustahkamligi pasayadi, mas., tra 200\u00b0 ga etganda betonning mustahkamligi 30\u2014 40% pasayadi. Oddiy T.b. uchun 500\u00b0-600\u00b0 issiklik kritik tra hisoblanadi. Shuning uchun oddiy T.b.ni 200\u00b0 dan past sharoitda ishlatish tavsiya etiladi. Yuqori (1700\u00b0 gacha) trada ishlaydigan issiklik agregatlari uchun issiqbardosh T.b.dan foydalaniladi. Ad.: Nizomov Sh. R., Hobilov B. A., Temirbeton konstruktsiyalar, T., 1992; Qosimov E., Qurilish ashyolari. T., 2004.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Temirbeton &#8212; beton va po&#8217;lat armatura birikmasidan iborat konstruktsiya va buyumlarning umumiy nomi. T.b. 19-a.da kashf etilgan. T.b. buyumlarga birinchi patentlar Frantsiyada (Lambao, 1850; Kuane, 1854; Mone, 1867), Angliyada (Uilkinson, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/temirbeton\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130798","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130798","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130798"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130798\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130802,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130798\/revisions\/130802"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130798"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130798"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130798"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}