{"id":130805,"date":"2024-06-09T19:19:23","date_gmt":"2024-06-09T16:19:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130805"},"modified":"2024-06-09T19:19:27","modified_gmt":"2024-06-09T16:19:27","slug":"terek-daryosi-boyidagi-jang","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/terek-daryosi-boyidagi-jang\/","title":{"rendered":"Terek daryosi bo&#8217;yidagi jang"},"content":{"rendered":"\n<p>Terek daryosi bo&#8217;yidagi jang (1395 y., 15-17 apr.) \u2014 Amir Temur va Dashti Qipchoq hukmdori Tuxmamishxon qo&#8217;shinlari o&#8217;rtasida Shim. Kavkazdagi Terek daryosi bo&#8217;yida, No&#8217;g&#8217;ay dashtida sodir bo&#8217;lgan jang. Amir Temur 250 ming atrofidagi qo&#8217;shinini 7 qo&#8217;lga bo&#8217;lib, janggohga joylashtirgan. Markazda asosiy qo&#8217;l, uning oldida bosh hiravul (mang&#8217;lay), ortida esa chag&#8217;davul (arergard) turgan. Qo&#8217;shinning o&#8217;ng va so&#8217;l qanotlari qunbullar bilan mustahkamlangan. Taktik jihatdan bu harbiy ko&#8217;shilmalar mustaqil harakat qilgan va faqat oliy bosh qo&#8217;mondonga bo&#8217;ysungan. Sohibqiron qo&#8217;llayotgan jangovar tartib usulining ustun tomonlarini 1391 y.gi jang paytida payqab olgan To&#8217;xtamishxon ham o&#8217;z armiyasini jang maydonida xuddi raqibidek joylashtirgan. 15 apr. chorshanba kuni qaramaqarshi tomon qo&#8217;shinlari (taxm. 450-500 ming) jangovar bayroq va tug&#8217;larini kutarib, takbir nidosini aytib bir-biriga yuzlanadi. Jang muqaddimasi kuncha o&#8217;g&#8217;lon, Bek yorliq o&#8217;g&#8217;lon, Oqtau, Dovud so&#8217;fi va Udurqu qo&#8217;mondonligidagi To&#8217;xtamishxon qismlarining Sohibqiron qo&#8217;shini juvang&#8217;ariga qattiq hujumi bilan boshlangan. So&#8217;l qanotning qo&#8217;qqisdan berilgan zarba oqibatida og&#8217;ir ahvolga tushib qolganligini ko&#8217;rgan Amir Temur Markaziy qo&#8217;ddagi 27 sara qismdan ko&#8217;mak ajratadi. Yordamga o&#8217;z vaqtida etib kelgan askarlar dushman shiddatini qaytarib, qarshi hujumga o&#8217;tadi va g&#8217;animni qochishga majbur etadi. Qochayotganlarni ta&#8217;qib qilishga berilib ketgan anchagina suvoriylar janggoxdan uzoqlashib ketadi. Temuriy jangchilarning yo&#8217;l qo&#8217;ygan taktik ehtiyotsizligi natijasida vujudga kelgan qulay vaziyatdan foydalangan To&#8217;xtamishxon o&#8217;z askariy saflarini qayta tartibga solib, ta&#8217;qibchilarga zo&#8217;r beradi va ularni to&#8217;zitib yuboradi. Kutilmaganda Sohibqiron qo&#8217;l ostida turgan qismlar dushman iskanjasiga tushib, Amir Temurning hayoti xavf ostida qoladi. Sharafuddin Ali Yazdiyning tasvirlashicha, Sohibqironga birinchi bo&#8217;lib ko&#8217;makka etib kelgan Amir Shayx Nuriddin rahbarligidagi otliqlar zudlik bilan otdan tushib, yopirilib kelayotgan xon askarlarini yoylardan tinmay otilayotgan o&#8217;kdar bilan to&#8217;xtatadi. Muhammad Ozod, Alishox. va To&#8217;kal Bavurchi kabi beklar aravalarni bir-biriga bog&#8217;lab fob yasaydilar. Sohibqiron shu aravalar, ular ustiga qo&#8217;yilgan tura (qalqon) va chapar (chetan) panohida bo&#8217;ladi. Aylana mudofaada qolgan Sohibqironga Allohdod, Jaku, Husayn Malik qavchin boshliq bo&#8217;limlar yordamga keladi. Ammo, To&#8217;xtamishxon qo&#8217;shinining hamlasi borgan sari kuchayadi. Asosiy qo&#8217;ldan ko&#8217;makka tashlangan Muhammad Sulton Mirzo hamda Ustaybek qo&#8217;mondonligidagi qismlarning jangga kirishi, Amir Jahonshoh va Amir Hoji Sayfuddin qo&#8217;l ostidagi jangchilarning pistirmadan turib Dashti Qipchoq armiyasi so&#8217;l qo&#8217;liga kuchli zarba berishi vaziyatning ma&#8217;lum darajada o&#8217;nglanishiga sabab bo&#8217;ladi. Jangning 2kuni yana To&#8217;xtamishxon qo&#8217;shinining hujumi bilan boshlanadi. Xon Isabiy va Baxshi Hoji qismlaridan iborat juvang&#8217;arini muhorabaga tashlaydi. Sohibqironning hirovuli (avangard)ni uloqtirishga erishgan bu qo&#8217;shin qanoti Amir Temur barang&#8217;arida jang qilayotgan Amir Hoji Sayfuddin tumanini qurshab oladi va tarqatib yuboradi. Bir qancha askarlarning to&#8217;zg&#8217;ib ketishiga qaramay Xoji Sayfuddin qolgan safdoshlari bilan qarshilik ko&#8217;rsatishni davom ettiradi. O&#8217;z qismdoshlarining matonat bilan kurashayotganini ko&#8217;rgan askarlar ortga qaytib, ular qatoriga qo&#8217;shiladi. Qiyin ahvodda qrlgan bu tumanga Jahonshoh Bahodir, Temur Xoja Oqbo&#8217;g&#8217;a va Rustam mirzolar madadga keladi. Kechgacha davom etgan jang hech bir tomonning ustunligisiz to&#8217;xtaydi. Jangning so&#8217;nggi kuni tag&#8217;in Dashti Qipchoq qo&#8217;shinining shiddatli hujumi bilan boshlanadi. To&#8217;xtamishxon otliq va piyodani safga tizib, markaz va qanotlarni qo&#8217;shimcha kuchlar bilan mustahkamlab, tashabbusni o&#8217;z qo&#8217;liga olish ilinjida Jasur va sara askarlarini jangga kiritadi. Ayni vaqtda xonning ishonchli sarkardalaridan biri Yag&#8217;liboy ham juvang&#8217;ar bilan jangga tashlanadi. Amir Temur ushbu dushman juvang&#8217;arining ancha zaiflashib qolganligini bilgan holda asosiy zarbani unga qaratadi. Natijada, Sohibqiron jangchilarining kuchli hujumlariga bardosh berolmay parokanda bo&#8217;lgan xon askarlari qochishga tushadi. Yag&#8217;liboy qismlari Usmon Bahodir boshchiligidagi barang&#8217;ar tomonidan yakson etilib, uloqtirib tashlanadi. Yag&#8217;liboy Usmon baxrdir bilan kechgan yakkamayakka olishuvda halok bo&#8217;ladi. Nihoyat, Sohibqiron butun jang maydoni bo&#8217;ylab hal qiluvchi hujumga o&#8217;tadi. 3 kun davom etgan shafqatsiz olishuv tufayli tinkasi qurigan Dashti Qipchoq armiyasi qarshilikni bas qiladi va uzilkesil mag&#8217;lubiyatga uchraydi. To&#8217;xtamishxon janggohni xos qo&#8217;riqchilari panohida tashlab qochishga muvaffaq bo&#8217;ladi. Amir Temurning ushbu dahshatli to&#8217;qnashuv vaqtida o&#8217;ta tang vaziyatga tushib, undan faqat bor iste&#8217;dod, g&#8217;ayrat hamda kuchni ishga solib sharaf bilan chiqib ketishi uning To&#8217;xtamishxondek qudratli harbiy kuchga ega bo&#8217;lgan, salohiyatli sarkardadan ustun kelganligini ko&#8217;rsatadi. M;Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma. T., 1966; Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997; Grekov B. D., Yakubovskiy A. Yu., Oltin O&#8217;rda va uning qulashi, T., 1956; Dadaboev H., Amir Temurning harbiy mahorati. T., 1996. Hamidulla Dadaboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Terek daryosi bo&#8217;yidagi jang (1395 y., 15-17 apr.) \u2014 Amir Temur va Dashti Qipchoq hukmdori Tuxmamishxon qo&#8217;shinlari o&#8217;rtasida Shim. Kavkazdagi Terek daryosi bo&#8217;yida, No&#8217;g&#8217;ay dashtida sodir bo&#8217;lgan jang. Amir Temur &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/terek-daryosi-boyidagi-jang\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130805","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130805","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130805"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130805\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130815,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130805\/revisions\/130815"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130805"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130805"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130805"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}