{"id":130811,"date":"2024-06-09T19:19:27","date_gmt":"2024-06-09T16:19:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130811"},"modified":"2024-06-09T19:19:31","modified_gmt":"2024-06-09T16:19:31","slug":"teri-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/teri-2\/","title":{"rendered":"Teri"},"content":{"rendered":"\n<p>Teri \u2014 odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi ta&#8217;sirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyasiya va b.da qatnashadi. Katta yoshdagi odamda T. satqi 1,5 \u2014 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha bo&#8217;lib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4 mm ga etadi. T. butun badanni qoplab, og&#8217;iz, burun, siydik chiqarish kanali, anus sohasida shilliq qavatga aylana-Di. T. o&#8217;ziga xos rang va tusga ega, u donador va muguz kavatlarning qalinligiga, tomirlarning yuza joylashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining ko&#8217;pozligiga qarab belgilanadi. T. ning rangi tashqi va ichki omillar ta&#8217;sirida o&#8217;zgarib turishi mumkin. T. yuzasi, odatda, notekie, unda sonsanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar bo&#8217;lib, ular birbiri bilan kesishgan joylarda uchburchaklar, rombiklar shaklini hosil qiladi. Panjalarning dorsal yuzalarida bular, ayniqsa, yaqqol ko&#8217;rinib turadi. Barmoklarning kaft yuzalarida teri egatchalari kontsentrik aylana shaklida joylashgan. Bu shakllar xar bir shaxsda o&#8217;ziga xos naqshni hosil qiladi. Shaxsni aniklashda (daktiloskopiya), odatda, shu naqshlar izidan foydalaniladi. T. tashqi (epitelial) va ichki (biriktiruvchi to&#8217;qimali) qavatlardan iborat. Bu qavatlar turli moddalar ishlab chiqaradigan bazal membrana bilan ajralib turadi, epitelial qavatda turli bir yoki ko&#8217;p hujayrali bezlar bor. Epiteliy ajratgan qattiq moddalar mollyuskalar va ba&#8217;zi jonivorlarda skelet va ximoya elementi vazifasini bajaradi. Epiteliy hujayralari tsitoplazmasining qisman o&#8217;zgarishi bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar skeleti va parazit chuvalchanglar kutikulasini, ya&#8217;ni kimyoviy va mexanik himoya organini hosil qiladi. Umurtqasizlarda T. epiteliysi bir qavat hujayrali, umurtqalilarda ko&#8217;p qavat hujayrali. Quruqlikda yashovchi umurtqalilar tashqi qavat hujayralarining butunlay shox qatlamiga aylanishidan epidermisning uzluksiz yangilanib turadigan shox qavati vujudga keladi. Yuqori umurtqalilar T.sining shox qatlami va bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarning xitinli zirhi quruqlikda yashash uchun atmosferaning turli trasi va ta&#8217;siriga chidamli bo&#8217;lishida muhim rol o&#8217;ynaydi. Ba&#8217;zi sut emizuvchilar hamda qushlarning tuk va patlari tana haroratini saklab turadi va ularga qattiq sovuqsa ham yashashga imkon beradi. Biriktiruvchi to&#8217;qima qavati yoki derma T.ning kollagen va elastic tolalarini shakllantiradi. Bu tolalar T. ning chidamli va elastik bo&#8217;lishiga (mas., umurtqalilar, bosh oyokli mollyuskalarda), shuningdek, baliklarda suyakli va b. tangachalar yuzaga kelishi hamda terining suyaklanishiga (sudralib yuruvchilarda) yordam beradi. Odam T.si 3 qavatdan \u2014 epidermis (epitelial qavat), o&#8217;rta qavat \u2014 xususiy teri qavati (derma) va teri osti yog&#8217;qavati (kletchatka)dan tarkib topgan (raem). Epidermisning uzi bazal qavat, tikansimon qavat, donador qavat, yaltiroq va muguz (shox) qavatdan iborat. T.ning ustki muguz qavati juda chuqur joylashgan hujayralardan shakllanadi; unda ko&#8217;p nerv tolalari bor. Bu qavat issiqsovuq va tashqi muhitning barcha ta&#8217;sirotlariga ancha chidamli, u shikastlanmagan bo&#8217;lsa, kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchisini o&#8217;tkazmaydi. Uning ust qismi bilinarbilinmas qipiqlanib, ko&#8217;chib turadi, pust tashlaydi (fiziologik pust tashlash). Xususiy teri qavati, asosan, pishiq biriktiruvchi to&#8217;qima va asosiy moddalardan tashkil topgan bo&#8217;lib, unda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari, yog&#8217;va ter bezlari, shuningdek, soch va tirnoq ildizlari joylashgan. Yog&#8217;bezlari yuzda, bosh, ko&#8217;krak va elkada ko&#8217;p bo&#8217;ladi; ular o&#8217;zidan tarkibida yog&#8217;kislota, oqsil, xolesterin va gormonal yog&#8217;simon moddalar ajratib chiqaradi, bu T. ustini moylab turadi, elastikligini oshiradi, uni terlab shilinishdan saqlaydi. Yog&#8217;bilan ter qo&#8217;shilib, T. ustida kislotali muhit hosil qiladi va T.da yiringli kasalliklarni vujudga keltiradigan mikroblarni o&#8217;ldiradi. Yog&#8217;bezlarining ishi ma&#8217;lum darajada endokrin Sistema faoliyatiga ham bog&#8217;liq. T. noto&#8217;g&#8217;ri parvarish qilinsa, u yupqalashib, quruqshab qoladi, mayda ajin tushadi, sho&#8217;ralaydi, qizil dog&#8217;lar paydo bo&#8217;ladi. T.dagi qon va limfa tomirlari bir-biri bilan chalkashib to&#8217;r hosil qilib, terining normal oziqlanishini ta&#8217;minlaydi. T.da nerv chigali va nerv tomirlari ko&#8217;p. Shular yordamida kishi og&#8217;riqni, issiqsovuqni, turli kimyoviy ta&#8217;sirotlarni, shuningdek, bosimni sezadi. Ayniqsa, barmoqlar, burun uchi, kaft va orqadagi o&#8217;rta chiziq sohasi terisi sezgir bo&#8217;ladi. T. osti yog&#8217;qavati yog&#8217;bilan to&#8217;la katakchalardan iborat, ular biriktiruvchi to&#8217;qimadan vujudga keladi. Bu qavatning qalinligi badanning turli erida turlicha, mas., ko&#8217;z qovoqlarida butunlay bo&#8217;lmaydi, lunj, qorin va dumbada qalin bo&#8217;ladi. T. osti yog&#8217;qavati nerv va qon tomirlariga boy. T. rangi, asosan, melanin pigmentiga, qon tomirlarining to&#8217;lishiga va epidermis qalinligiga bog&#8217;liq. Turli omillar, mas., quyosh nuri ta&#8217;sirida va ayrim kasalliklarda (q. Pes) T. pigmentasiyasi o&#8217;zgarishi yoki pigment butunlay bo&#8217;lmasligi ham mumkin. T. organizm bilan tashqi muxit o&#8217;rtasida to&#8217;siq vazifasini o&#8217;taydi. Organizmni tashqi muhitning noxush omillaridan (kimyoviy, fizik va biologik) himoya qiladi. Muguz qavatning zichligi, ustidagi yog&#8217;biriktiruvchi to&#8217;qimalarning cho&#8217;ziluvchanligi, T. osti yog&#8217;qavatining qalin bo&#8217;lishi organizmni turli mexanik ta&#8217;sirotlardan, shuningdek, uncha kuchli bo&#8217;lmagan ishqrr va kislotalar ta&#8217;siridan saklaydi. Bu kavat elektr tokini yomon o&#8217;tkazadi. T.dagi kislotali muhit mikroblar kirishiga to&#8217;sqinlik qiladi; mabodo shikastlangan teri orkali mikrob kirib qolgudek bo&#8217;lsa, unga karshi ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadigan moddalar ta&#8217;siriga uchraydi va shu joyga leykositlar etib kelib, qarshilik ko&#8217;rsatadi, shu soha T.sida yallig&#8217;lanish alomatlari paydo bo&#8217;ladi. T. suv, tuz, oqsil, yog&#8217;, vitaminlar va gaz almashinuvida ishtirok etadi. Gavda trasini saklashda T. juda katta ahamiyatga ega. Chorva hayvonlari T.si \u2014 soch qatlami (jun), epidermis (terining sirt pardasi), derma (teri to&#8217;qimasi) va teri osti yog&#8217;qatlamlaridan iborat. Soch qatlami qishda tana haroratini ushlab turadi, ho&#8217;llanishdan asraydi, issiq vaqtda tanadan ko&#8217;p suv yo&#8217;qolishining oldini oladi. Epidermis ko&#8217;p qavatli epitelial to&#8217;qimalardan iborat. Epidermis soch qatlami suet rivojlangan hayvonlar terisida qalin bo&#8217;ladi. Epidermisda qon tomirlari bo&#8217;lmaydi. U dermadan membrana bilan ajralib turadi. Derma terining asosiy qatalami. U bevosita epidermis tagida joylashgan bo&#8217;lib, tolasimon oqsillardan kollagen, elastik va retikulinlarning murakkab tolalar o&#8217;ralmasidan iborat. Barcha hayvonlar dermasi so&#8217;rg&#8217;ichli va to&#8217;rsimon ikki qatlamdan tuzilgan. Dermaning qalinligi har xil hayvonlarda g&#8217;ar xil bo&#8217;lmay, balki bir xil hayvon tanasining har xil joyida qam har xil bo&#8217;ladi. Eng qalin T. qoramollarda, eng yupqasi shimol bug&#8217;usida. T. molning elka qismida qalin, qorin qismida yupqa. T. ning ostki qatlami yumshoq g&#8217;ovaksimon to&#8217;qimalardan iborat bo&#8217;lib, unda yog&#8217;zaxiralari yig&#8217;iladi. T.da yog&#8217;va ter bezlari joylashgan. T.ning rangi pigment hujayralariga bog&#8217;liq. Hayvon T.si charmmo&#8217;yna va elim ishlab chiqarish.da xom ashyo sifatida ishlatiladi. Yangi shilingan teri tarkibida oqsillar, yog&#8217;lar, uglevodlar, mineral moddalar, fermentlar mavjud, massasining 70% i suvdan iborat. T. xom ashyosi sifatiga hayvon turi, vazni, uning yashash, saqlanish sharoiti, iklim, ozuqa turlari ta&#8217;sir etadi. Qoramol T.sining vazni 25 kg dan ortiq, qo&#8217;y terisining vazni 1-3,5 kg ni tashkil etadi. Ad.: Arifov S, Eshboev E., Teri va tanosil kasalliklari, T., 1997; Ahmedov N., Sodiqova 3., Normal anatomiya va fiziologiya, T., 2004; Straxov I.P. i dr., Ximiya i texnologiya koji i mexa, M., 1985. Saidqosim Arifov, Bahodir Ahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Teri \u2014 odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi ta&#8217;sirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyasiya va b.da qatnashadi. Katta yoshdagi odamda T. satqi 1,5 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/teri-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130811","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130811","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130811"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130811\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130816,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130811\/revisions\/130816"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130811"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130811"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130811"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}