{"id":130820,"date":"2024-06-09T19:20:17","date_gmt":"2024-06-09T16:20:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130820"},"modified":"2024-06-09T19:20:21","modified_gmt":"2024-06-09T16:20:21","slug":"termiziy-al-hakim-hakim-termiziy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/termiziy-al-hakim-hakim-termiziy\/","title":{"rendered":"Termiziy al-Hakim, Hakim Termiziy"},"content":{"rendered":"\n<p>Termiziy al-Hakim, Hakim Termiziy (to&#8217;liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir Hakim Termiziy) (taxm. 750\/760 \u2014 Termiz \u2014 taxm. 869) \u2014 mashhur mutasavvif. T.ning tarjimai holiga oid ma&#8217;lumotlar o&#8217;rta asr Arab mualliflaridan Tojiddin Subkiy, Xatib Bag&#8217;dodiy, Ibn Hajar Asqaloniy, Abdurahmon Sullamiy va b.ning asarlarida, shuningdek, allomaning o&#8217;zi yozgan &#171;Bad&#8217;u sha&#8217;ni Abu Abdulloh&#187; (&#171;Abu Abdulloh ishining boshlanishi&#187;) avtobiografik risolasida keltirilgan. Shuningdek, T. qabri ustiga o&#8217;rnatilgan sag&#8217;ana bitiklarida ham uning hayoti haqida ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlar bor. T. yoshlik yillarida o&#8217;z yurtida tanikli olimlardan ta&#8217;lim olgan. Ilmini takomillashtirish maqsadida Sharq mamlakatlarining ko&#8217;p shaharlarida, jumladan, Balx, Nishopur, Bag&#8217;dod, Makka va Madinada bo&#8217;ladi. O&#8217;sha davrning yirik allomalari bilan ilmiy bahs va munozaralarda ishtirok etadi. T. qalamiga mansub asarlar ko&#8217;p. Misrlik olim Shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning dalolat berishicha, T. 400 dan ortiq asar yozgan, ulardan 60 ga yaqini bizgacha etib kelgan. Ular orasida eng avvalo, Muhammad (sav) hadislariga bag&#8217;ishlangan &#171;Navodir alusul Fi ma&#8217;rifat Axbor Rasul&#187; (&#171;Rasululloh xabarlarini bilishda Nodir usullar&#187;) kitobini aytish kerak. Ushbu asarning 2 qo&#8217;lyozma nusxasi Toshkentda mavjud bo&#8217;lib, ulardan biri O&#8217;zbekiston Musul &#8212; monlar idorasining kutubxonasida, ikkinchisi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida saqyaanadi. Allomaning keyingi yillarda nashr etilgan asarlaridan tasavvufga oid 2 kitobi: &#171;Kitob haqiqat alodamiya&#187; (&#171;insoniyat haqiqati to&#8217;g&#8217;risida kitob&#187;) va &#171;adab unnafs&#187; (&#171;nafs odobi&#187;)ni ko&#8217;rsatish mumkin. T. asarlarining aksariyati qo&#8217;lyozma holda jahonning yirik shaharlaridagi qo&#8217;lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Jumladan, Parij Milliy kutubxonasida quyidagi asarlarining qo&#8217;lyozmalari mavjud: &#171;kitob ussalot va maqosiduho&#187; (&#171;Namoz va uning maqsadlari&#187;), &#171;kitob ulhajj va asrorihi&#187; (&#171;Haj va uning sirlari&#187;), &#171;kitob ulihtiyotot&#187; (&#171;Ehtiyotkorlik yo&#8217;llari&#187;), &#171;kitob uljuma allozim ma&#8217;rifatiho&#187; (&#171;bilish lozim bo&#8217;lgan jumlalar&#187;), &#171;kitob ul Furuq va man&#8217;uttaroduf&#187; [&#171;farqlar va taroduf (ketma-ketlik)ni man qilish&#187;], &#171;Kitob haqiqat ulodamiya&#187; (&#171;insoniyat haqiqati to&#8217;g&#8217;risida kitob&#187;), &#171;kitob Urs ulmuvahaddiyn&#187; (&#171;yakka Xudoga e&#8217;tiqod qilganlarning zavqi&#187;), &#171;kitob ula&#8217;zo van nafs va yusammo kazolika g&#8217;avr ulumur&#187; (&#171;a&#8217;zolar va jon yoki ishlarning mohiyati haqida kitob&#187;), &#171;kitob manozil alibod min aliboda&#187; (&#171;bandalarning bandachilikdagi manzillari yohud Alloxga intiluvchilarning manzillari haqida kitob&#187;. Bu kitob 2003 y. &#171;Movarounnahr&#187; nashriyotida o&#8217;zbek tilida chop etildi), &#171;kitob ulaql valhavo&#187; (&#171;Aql va havoyi nafs haqida kitob&#187;), &#171;Kitob ulamsol min Alkitob vas sunnat&#187; (&#171;Kur&#8217;on va sunnatdagi masallar kitobi&#187;), &#171;kitob almanohiy&#187; (&#171;raddiyalar haqida kitob&#187;). Damashqdagi Azzohiriya kutubxonasida 2 kitob va 5 risolasi bor. Iskandariya (Mar)ning Maktabat albaladiya kutubxonasida 3 ta, London kutubxonasida 5 ta asari saklanadi. T.ning bizgacha etib kelgan muhim asarlaridan biri &#171;xatm ulavliyo&#187; (ba&#8217;zi manbalarda &#171;xatm ulvaloyat&#187;) bo&#8217;lib, unda T.ning valiylik haqidagi qarashlari keng bayon qilinadi. Valiylikning haqqoniyligi, uning nubuvvat (payg&#8217;ambarlik) bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan jihatlari asarning bosh mavzusi hisoblanadi. T. fikricha, aklzakovat o&#8217;zlashtira oladigan eng oliy bilim \u2014 ma&#8217;rifat yoki hikmatdir, bu \u2014 inson kalbini yorituvchi &#171;ilohiy nur&#187;dir. Turfa ilmlarni o&#8217;qibo&#8217;rganish jarayonida uni egallash mumkin, ammo asl ma&#8217;rifat Allohning o&#8217;zi yarlaqagan zotlargagina nasib bo&#8217;ladi. T. sufiy avliyolarni ayni shunday zotlar sirasiga kiritadi. &#171;Xatm ulavliyo&#187; ba&#8217;zi faqih va hukmdorlarning keskin e&#8217;tiroziga ham sabab bo&#8217;lib, oqibatda T. ona shahri Termizdan chiqib ketib, bir qancha muddat Balxda yashagan. Uzok, yillar davomida allomaning yo&#8217;qolib ketgan asarlari sirasiga xato ravishda kiritilgan bu asarni Parij i. t.lar markazi Islomiy madaniyat bo&#8217;limining a&#8217;zosi Usmon Ismoil Yahyo 1965 y. Bayrutda nashr etdi. Asar muqaddima va 29 fasldan iborat bo&#8217;lib, unda ko&#8217;tarilgan masalalar murid va Shayx o&#8217;rtasidagi savoljavob tarzida bayon qilinadi. Bu kitob tasavvuf ilmi tarixida valoyat (avliyolik) masalasini 1marta mukammal bir nazariya va ajoyib makrlalar turkumi shaklida ifoda kilgan Nodir manba sifatida alohida ahamiyatga ega. U Termiz va Balx atrofida shakllangan tasavvuf ahli uchun ma&#8217;naviy vasiyatnoma yoxud ta&#8217;lim dasturi sifatida xizmat qilgan. Ilmfanning turli sohalarida mashhur bo&#8217;lgani uchun T.ni zamondoshlari &#171;alhakim&#187; deb ulug&#8217;lashgan. Ad.: Uvatov U., Al-Hakim at-Termiziy (hayoti va merosi), T., 2001; Termiz tazkirasi [tuzuvchi Mirzo Kenjabek], T., 2001. Ubaydulla Uvatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Termiziy al-Hakim, Hakim Termiziy (to&#8217;liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir Hakim Termiziy) (taxm. 750\/760 \u2014 Termiz \u2014 taxm. 869) \u2014 mashhur mutasavvif. T.ning tarjimai holiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/termiziy-al-hakim-hakim-termiziy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130820","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130820","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130820"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130820\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130823,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130820\/revisions\/130823"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130820"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130820"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130820"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}